Yangi davrda Yevropa sulolalari tarixi: Gabsburglar Mundarija Kirish


II. BOB. Gabsburglar imperiyasidagi siyosiy jarayonlar



Download 48,72 Kb.
bet5/9
Sana14.05.2023
Hajmi48,72 Kb.
#938815
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Yangi davrda Yevropa sulolalari tarxrirlangan

II. BOB. Gabsburglar imperiyasidagi siyosiy jarayonlar
2.1. Gabsburglar imperiyasi tarkibidagi milliy hududlarida siyosiy hayotdagi o`zgarishlar
Bu davlatning asosiy o`zagi nemis viloyatlari yuqori-quyi Avstriya, Tirol va janubiy- g‘arbiy Germaniyadagi Shvabiya yerlari deb atalgan o`lkalar edi. Janubda Shtiriya, Karintiya va Krayna bilan tutashgan edi, Karintiya bilan Shtirya esa asosan slavyan viloyatlari edi. Slavyan o`lkalari bo`lgan Chexiya, Moraviya, Sileziya va o`zining entik sostavi jihatidan murakkab davlat bo`lgan sobiq Vengriya qirollligining bir qismi bosib olinishi natijasida Gabsburglar qo`l ostidagi o`lkalarning milliy sostavi yanada murakkablashib ketdi. Feodal munosabatlar u qadar avj olmagan Tirolni e`tiborga olmaganda, Gabsburglar qo`l ostidagi boshqa hamma o`lkalarda dehqonlar o`z xo`jayinlariga feodal tutqun bo`lib, og‘ir ahvolda kun kechirar edilar. Germaniyaning qolgan qismidagi kabi, bu yerda ham yer-suvga berkitilgan dehqonlarning barshchinaga asoslangan yirik pomeshchiklar xo`jaligi avj olgan viloyatlar hamda xo`jayinlariga natura yoki pul shaklida feodal renta to`laydigan mayda dehqonlar xo`jaligi hukm surgan viloyatlar bor edi6.
Shafqatsiz sotsial zulm ustiga milliy qullik ham hukm surgan yerlardagi dehqonlarning ahvoli ayniqsa og‘ir edi. Bu hol chex xalqining boshiga tushgan musibatlarda juda yaqqol namoyon bo`ldi, chex xalqining milliy mustaqillikdan mahrum bo`lishning barcha oqibatlarigina emas, balki o`ttiz yillik urushning mahv etuvchi natijalarini ham boshidan kechirdi. Bu urush natijasida mayda va o`rtahol chex dvoryanlarining ko`p qismi mamlakatdan haydab chiqarildi, yoki yer-suvdan mahrum etildi. Bu dvoryanlarning yer mulklari musodara qilindi, so`ngra imperator qo`shinlarining va katoliklar ligasi otryadlarining ofitserlariga ulashildi yoki kimoshdi yo`li bilan sotildi.
Dvoryanlarning yer mulklariga ega bo`lib olgan yangi xo`jayinlarning ko`pchiligi nemislar edi. Bu yangi dvoryanlar dehqonlarning tutqunligini kuchaytirib yubordi. Dehqonlarning yer-suvlarini talash hisobiga pomeshchiklarning yer-suvlarini ko`paytirdi va barshchina to`lashni uzluksiz oshirib borib, dehqonlarning ahvolini yanada og‘irlashtirib yubordi. Chexiyada zulmning kuchayishiga dehqonlar XVII va XVIII asrlar davomida ommaviy qo`zg‘olonlar ko`tarish bilan dehqonlarning doimiy tus olib ketgan g‘alayonlari va Avstriya podsholigidagi ishchilar talab qiluvchi kapitalistik sanoatning rivojlana boshlashi dvoryanlarga dehqonlarni batamom qullikka olish uchun imkon bermadi.
Rasman dehqonlar tutqun emas, balki fuqaro deb hisoblanardi. Eng badavlat dehqonlarning bir qismi haq to`lagan badavlat dehqonlar deb ataluvchilar ya`ni shaxsiy tutqunlikdan haq to`lab ozod bo`lgan dehqonlar o`z uchastkalariga rasmiy egalik qiluvchi shaxsan erkin dehqonlar edilar. Uzoq yillar davom etgan urushlar natijasida vayron bo`lgan Vengriyada dehqonlarning ahvoli yana ham og‘ir edi7.
Dvoryanlar mamlakatdagi yer-suvlarining hammasiga egalik qilar hamda turli xil yengillik va imtiyozlardan foydalanar edi, ular har qanday soliq va o`lponlardan ozod qilingan edi. Venger dehqonlari, Vengriya qirolligi territoriyasidagi slavyan, transil’van dehqonlari pomeshchiklarga krepostnoy tutqun bo`lib, erkin suratda. bir joydan ikkinchi joyga ko`chish huquqidan mahrum etilgan edi. Foydalanish uchun pomeshchik tomonidan berilgan yer uchastkasi evaziga dehqon hosilning bir qismini pomeshchikka berish, natura va pul shaklida har xil obroklar to`lashi kerak edi. Pomeshchikning mulkida barshchina ishlarini o`tash majburiyati venger dehqoni yelkasidagi eng og‘ir yuk edi. Barshchinaning miqdorini faqat pomeshchikning o`zi belgilar edi. Gabsburglar g‘arbiy o`lkalaridagi dehqonlarning ahvoli Chexiya va Vengriyadagi dehqonlarning ahvolidan o`zgacha edi.
Dvoryanlar o`z hovli-joylarida istiqomat qilmay, armiyada xizmat qilishni afzal ko`rar va Avstriya byurokratiyasi safidan o`rin olar edi. Dehqonlar o`z yer uchastkalaridan rasmiy foydalanuvchi yer egalaridan iborat edi, biroq jamoa yer suvlarining feodal tomonidan bosib olinishi va feodal rentaning ko`payishi XVI asrdayoq Germaniyadagi dehqonlar urushi vaqtida ham, bu urushdan keyin ko`pdan-ko`p qo‘zg‘olonlarga olib kelgan edi. Misol: 1596-1597-yillarda Shtiriyada va yuqori Avstriyada dehqonlarning katta qo`zg‘oloni bo`lib o`tgan edi. Aholisi slavyanlardan iborat bo`lgan viloyatlardan dvoryan pomeshchiklarning ko`p qismi nemislar edi, bu esa dehqonlarning ahvolini yanada og‘irlashtirib yuborgan edi.
Sanoat qishloq xo`jaligida feodal munosabatlarning hukm surishi va ichki bozorning tangligi Avstriya sanoatining rivojlanishiga toʻgʻonoq bo`ldi. Biroq XVII asrda mamlakatning sanoat sohasidagi taraqqiyotida bir qancha muhim o`zgarishlar yuz berganini ko`rsatib o`tish mumkin. XVII asrda va XVIII asrning boshlarida asosiy o`rinda turgan hunarmandchilik korxonalari bilan bir qatorda mamlakatda ma`lum darajada qishloqdagi kosibchilik ishlab chiqarishi zaminida manufakturalar paydo bo`la boshladi. XVII asrning boshlarida sexlar monopoliyasi va belgilangan tartiblarni zaiflashtirishga qaratilgan bir qancha farmonlar chiqdi. Iosif I (1705-1711) usta degan unvon berilganini bildiradigan patentlarni ko`plab in`om qildi. Uning vorisi Karl VI zamonida (1711-1740) Shunday bir farmon chiqarildiki (1725), unda shogirdlarga, usta degan unvon olmasdan o`z kasblari bilan shug‘ullanish ruxsat etilmadi8.
Avstriya imperiyasi siyosiy taraqqiyot sohasida Yevropadagi boshqa davlatlardan juda ham orqaga qolgan edi. Mamlakat ichida ko`pdan-ko`p boj, chegaralari va bojxonalar bo`lishi siyosiy tarqoqlikni kuchaytirib yuborgan edi, bu boj chegaralari va bojxonalar ichki bozorning tashkil topishini juda ham qiyinlashtirib qo`ygan edi. O`rta asr sexchilik tuzumi, ayrim viloyat, shahar va toifalarning imtiyozlari ham davlatning iqtisodiy taraqqiyotiga va birlashuviga toʻgʻonoq bo`lib kelmoqda edi. Davlatni idora qilish ishining bir qadar bo`sh markazlashtirilishi katta yer magnatlaridan iborat hukmron to`daning manfaatlariga mos tushar edi, bu magnatlar o`rta asrlardagi feodallarning siyosiy traditsiyalarini davom ettirar, davlatni mudofaa qilish manfaatlari yoki dehqonlar qo`zg‘olonlarini bostirish zarurati talab qilgan vaqtdan boshqa mahalda qirol hokimiyatining haddan tashqari kuchaytirilishiga qarshi edi.

Download 48,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish