9 - sinf O’zbekiston tarixi
(9-o’zb-1)XIX asr o‘rtalarida Buxoro amirligining sharqiy chegarasi qaysi tog‘ tizmasiga borib tutashgan edi?
Tyan-Shan
#Pomir
Tibet
Hisor
(9-o’zb-1)Buxoro amirligining markaziy qismi qaysi vohada bo‘lgan?
Qashqadaryo vohasi
Murg‘ob vohasi
#Zarafshon vohasi
Vaxsh vohasi
(9-o’zb-1)XIX asr o‘rtalarida Buxoro amirligi qaysi davlatlar bilan chegaradosh bo‘lgan?
#Eron, Afg‘oniston, Qo‘qon va Xiva xonliklari, Qozoq juzlari yerlari
Eron, Afg‘oniston, Hindiston, Xitoy, Xiva va Qo‘qon xonliklari
Qozoq juzlari, Orenburg general-gubernatorligi, Eron, Xiva va Qo‘qon xonliklari
Xiva va Qo‘qon xonliklari, Eron, Hindiston, Qozoq juzlari, Xitoy
(9-o’zb-1)XIX asr o‘rtalarida Buxoro amirligiga hozirgi Tojikistondagi qaysi hududlar kirgan?
Ko‘lob, Panjikent, Dushanbe viloyatlari
O‘ratepa, Ro‘shan, Andarob vohalari
Muzko‘l, Alichur, Panj vohalari
#Vaxsh, Kofirnihon, Panj vodiylari
(9-o’zb-1)XIX asr o‘rtalarida Buxoro amirligiga hozirgi Turkmanistondagi qaysi hududlar kirgan?
Ko‘lob, Panjikent viloyatlari
Marv va Andarob vohalari
Chorjo‘y va Shibirg‘on viloyatlari
#Mug‘ob daryosi vohalari
(9-o’zb-1)XIX asr o‘rtalarida Buxoro amirligida nechta beklik mavjud bo‘lgan?
#27 ta
40 ta
15 ta
38 ta
(9-o’zb-1)XIX asr o‘rtalarida Buxoro amirligi chegarasini tomonlari bilan to‘g‘ri ko‘rsating.
g‘arb;
sharq;
janub;
shimol.
Pomir tog‘lari;
Amudaryoning chap sohilidagi yerlar;
Qozoq juzlari yerlari;
Xiva xonligi
1-a, 2-d, 3-b, 4-c
#1-d, 2-a, 3-b, 4-c
1-d, 2-a, 3-c, 4-b
1-c, 2-a, 3-b, 4-d
(9-o’zb-1)XIX asr 2-yarmida Xiva xonligi hududi ... dan iborat bo‘lgan.
200 ming km.kv.
800 ming km.kv.
#130 ming km.kv.
300 ming km.kv.
(9-o’zb-1)XIX asr o‘rtalarida Xiva xonligi chegarasini tomonlari bilan to‘g‘ri ko‘rsating.
g‘arb;
sharq;
janub;
shimol.
Eron;
Buxoro amirligi;
Kaspiy dengizi;
Qozoq juzlari yerlari
1-a, 2-d, 3-b, 4-c
1-d, 2-b, 3-a, 4-c
1-c, 2-a, 3-d, 4-b
#1-c, 2-b, 3-a, 4-d
(9-o’zb-1)Xiva xonligida bekliklarni ... boshqargan.
no‘yon va noiblar
#bek va to‘ralar
amir va dorug‘alar
voliy va no‘yonlar
(9-o’zb-1)XIX asr o‘rtalarida Xiva xonligida nechta beklik mavjud bo‘lgan?
27 ta
#40 ta
15 ta
38 ta
(9-o’zb-1)Qo‘qon xonligi va Buxoro amirligi o‘rtasidagi to’qnashuvli vaziyatga sabab bo‘lgan hududlarni aniqlang.
Ko‘lob, Vaxsh, Qobadiyon
Sherobod, Hisor, Kofirnihon
#Qorategin, Ko‘lob, Darvoz, Sho‘g‘non
Xo‘jand, O‘ratepa, Hisor, Pishpak
(9-o’zb-1)Qo‘qon xonligi sharqda qaysi hudud bilan chegaradosh bo‘lgan?
Xitoy
Hindiston
Qozoq juzlari
#Sharqiy Turkiston
(9-o’zb-1)Qo‘qon xonligi geografiyasi Buxoro amirligi va Xiva xonliginikidan nimasi bilan farqlanadi?
#sersuv daryolar, so‘lim vodiylar va serhosil yerlarga boyligi bilan
kichik pastekistliklar, yirik tog‘lar va cho‘llarga boyligi bilan
yirik pastekistliklar, tog‘lar, qirlar va to‘g‘lardagi serunum yerlarga boyligi bilan
toshloq yerlar, o‘rmonzorlar, yirik tog‘lar va cho‘llarga boyligi bilan
(9-o’zb-1)XIX asr o‘rtalari Xiva xonligi aholisining soni qancha bo‘lgan?
130 ming
2 mln.
3 mln.
#800 ming
(9-o’zb-1)XIX asr o‘rtalari Qo‘qon xonligi aholisining soni qancha bo‘lgan?
130 mingdan ortiq
2 mln. ga yaqin
#3 mln. ga yaqin
800 mingdan ortiq
(9-o’zb-1)XIX asr o‘rtalarida O‘rta Osiyo xonliklarining hududi bugungi kundagi O‘zbekistondan tashqari, qaysi davlat yerlarining bir qismini o‘z ichiga olgan?
Qozog‘iston, Tojikiston, Eron, Afg‘oniston, Pokiston
#Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston,Turkmaniston
Tojikiston, Afg‘oniston, Pokiston, Hindiston
Turkmaniston, Tojikiston, Qozog‘iston, Eron
(9-o’zb-2)Amir Muzaffar hukmronlik yillarini aniqlang.
#1860-1885-yillar
1826-1860-yillar
1856-1886-yillar
1852-1868-yillar
(9-o’zb-2)XIX asr o‘rtalarida Buxoro amirligida viloyat va tuman hokimlari ...
devonbegi tavsiyasi bilan qo‘shbegi tomonidan tayinlangan
mehtar tavsiyasi bilan xon tomonidan tayinlangan
#qo‘shbegi tavsiyasi bilan xon tomonidan tayinlangan
otaliq tavsiyasi bilan qo‘shbegi tomonidan tayinlangan
(9-o’zb-2)XIX asr o‘rtalarida Buxoro amirligida tashqi aloqalarni yuritish bilan qaysi mansabdor shug‘ullangan?
qo‘shbegi
ko‘kaldosh
#devonbegi
mehtar
(9-o’zb-2)XIX asr o‘rtalarida Buxoro amirligida davlat hujjatlarini yuritish ishlariga qaysi mansabdor mas’ul bo‘lgan?
#mirzaboshi
mushrif
devonbegi
mehtar
(9-o’zb-2)XIX asr o‘rtalarida Buxoro amirligida amir qo‘shinlarining bosh qo‘mondoni nima deb yuritilgan?
amirlashkar
yasovulboshi
mirshabboshi
#to‘pchiboshi
(9-o’zb-2)XIX asr o‘rtalarida Xiva xonligida oliy amaldor devonbegi hisoblanib, uning ixtiyorida ... dan iborat kengash faoliyat ko‘rsatgan.
mehtar, qo‘shbegi, mirzaboshi
inoq, otaliq, biylar
#qo‘shbegi, mehtar, otaliq
mirzaboshi, qozikalon, qo‘shbegi
(9-o’zb-2)XIX asr o‘rtalarida Xiva xonligida tartib intizom ishlariga qaysi mansab egasi mas’ul bo‘lgan?
amirlashkar
#yasovulboshi
mirshabboshi
to‘pchiboshi
(9-o’zb-2)XIX asr o‘rtalarida Qo‘qon xonligida eng yuqori harbiy lavozim qaysi bo‘lgan?
#amirlashkar
mingboshi
mirshabboshi
to‘pchiboshi
(9-o’zb-2)XIX asr o‘rtalarida Qo‘qon xonligida xazina ishlari va davlat xarajatlarini qaysi lavozim egasi nazorat qilib borgan?
mushrif
devonbegi
xudaychi
#mehtar
(9-o’zb-2)Qo‘qon xoni zaruriyat tug‘ilganida oziq-ovqat ortilgan ... aravaga ega bo‘lgan va ... gacha askarni yig‘a olardi.
9 ming, 30 ming
#12 ming, 60 ming
12 ming, 40 ming
3 ming, 50 ming
(9-o’zb-3)XIX asrda O‘rta Osiyo xonliklari aholisining ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli, yerga egalik tartiblari qay darajada ekanligi nima bilan belgilangan?
egallab turgan mansabi yoki jamiyatdagi e’tibori bilan
davlat lavozimlarida ishlash yoki ishlamasligi bilan
#to‘lanadiga soliq va to‘lovlarning miqdori bilan
harbiy lavozimlardagi mavqei bilan
(9-o’zb-3)Vaqf yerlaridan olinadigan foyda hisob-kitobi va taqsimoti bilan kim shug‘ullangan?
sadr
muftiy
muhtasib
#mutavalli
(9-o’zb-3)XIX asrda O‘rta Osiyo xonliklari aholisi soliq va to‘lovlarni qanday ko‘rinishda to‘lagan?
#mahsulot yoki pul ko‘rinishida
faqat mahsulot ko‘rinishida
faqat pul ko‘rinishida
hokimning o‘z yonidan davlatga to‘lab yuborilgan, so‘ng xalqdan ish hayvonlari, mahsulot va boshqa moddiy buyumlar hisobida yig‘ib olingan
(9-o’zb-3)XIX asrda O‘rta Osiyo xonliklarida sug‘orish inshootlari, yo‘llar qurilishi kabi ishlar qanday tartibda bajarilgan?
professional ustalar tomonidan bajarilgan
har bir xo‘jalik tomonidan o‘ziga tegishli hududda o‘zlari tomonidan bajarilgan va buning evaziga bir yillik soliqlardan ozod qilingan
#aholi tomonidan majburiyat tarzida bajarilgan
soliq to‘lovlarining 1/10 qismi ajratib olinib, shu mablag‘ hisobidan bajarilgan
(9-o’zb-3)O‘rta Osiyo shaharlarida hunarmandchilikning ma’lum bir sohasi rivojlangan bo‘lib, quyidagi shaharlari rivojlangan hunarmandchilik sohasi bilan to‘g‘ri ko‘rsating.
Rishton;
Chust;
Buxoro;
Xiva;
Marg‘ilon;
do‘ppichilik, pichoqchilik;
atlas to‘qish, do‘ppichilik;
me’morchilik, ganchkorlik;
zargarlik;
kulolchilik.
1-a, 2-e, 3-d, 4-c, 5-b
#1-e, 2-a, 3-d, 4-c, 5-b
1-d, 2-a, 3-e, 4-b, 5-c
1-e, 2-c, 3-d, 4-a, 5-b
(9-o’zb-3) “Yerga, dalaga oid” mazmunini beruvchi atama to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang.
pulug
begar
barot
#agrar
(9-o’zb-3)Qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullaniladigan hududga, aholining dehqonchilik bilan bandligi va ularning qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmi ustun bo‘lgan joyga nisbatan qo‘llaniladigan atama qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?
axya
kasana
#agrar
adra
(9-o’zb-3)XIX asrda O‘rta Osiyodagi ichki va tashqi savdoning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan omilni aniqlang.
O‘rta Osiyoning chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi
#uch davlat o‘rtasidagi kelishmovchiliklar, ichki nizo va notinchliklar
ishlab chiqarilgan mahsulotlarning qo‘l mehnatida qilinganligi, soddaligi
hunarmandchilikning boshqa sohalarga qaraganda sust rivojlanishi
(9-o’zb-4-5)Quyidagi me’moriy inshootlari qurilgan yili bilan to‘g‘ri ko‘rsating.
Muhammad Aminxon madrasasi;
Sulton Murodbek madrasasi;
Hokim Oyim madrasasi;
Hazrati Kalon Sohibzoda madrasasi;
Muhammad Rahimxon madrasasi;
Xudoyorxon saroyi.
1851-1855-y.;
1871-yil;
1872-yil;
1862-yil;
1869-yil;
1863-1870-yil.
1-a, 2-b, 3-e, 4-d, 5-f, 6-c
#1-a, 2-c, 3-e, 4-d, 5-b, 6-f
1-e, 2-a, 3-c, 4-b, 5-f, 6-d
1-a, 2-b, 3-d, 4-e, 5-c, 6-f
(9-o’zb-4-5)Ahmad Donishning astranomiya faniga oid asarini toping.
#“Manozir ul-kavokib”
“Ravzat us-safo”
“Buxorodan Peterburgga sayohat”
“Navodir ul-vaqoe”
(9-o’zb-4-5)Ogahiy qalamiga mansub tarixiy asarlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang.
“Baxr ul-asror”;
“Riyoz ul-mulk”;
“Zubdat ut-tavotix”;
“Riyoz ud-davla”;
“Ravzat ussafo”;
“Gulshani davlat”;
“Gulshani muluk”;
“Shohidi iqbol”;
“Manozir ul-kavokib”;
“Firdavs ul-iqbol”.
1, 5, 9, 10
2, 4, 6, 8, 10
#3, 4, 6, 8
3, 5, 7, 9
(9-o’zb-4-5)Tillashayx jome’ masjidi qaysi shaharda bunyod etilgan?
Qo‘qon
Buxoro
Xiva
#Toshkent
(9-o’zb-4-5)XIX asrda O‘rta Osiyo xalqlari orasidagi dostonlarning aksariyatida qanday g‘oya yetakchilik qilgan?
#ezgulikning yovuzlik ustidan g‘alabasi
hukmdorlar, sarkardalarning g‘ayritabiiy jasoratlari
majoziy obrazlar (hayvon timsolida) va ularning sarguzashtlari
oxiri fojiaviy voqealar bilan tugaydigan ta’sirchan g‘oyalar
(9-o’zb-4-5)Muhammad Rizo Ogahiy qaysi tillarni mukammal bilgan?
uyg‘ur, turk, hind, fors
#arab, fors, turk
sanskrit, arab, hind
hind, mo‘g‘ul, turk, afg‘on, fors
(9-o’zb-4-5)Buxoro amiri Muzaffarning taklifi bilan yozilgan asarni aniqlang.
“Buxorodan Peterburgga sayohat”
“Zubdat ut-tavorix”
“Ravzat us-safo”
#“Manozir ul-kavokib”
(9-o’zb-4-5)Munisning avlodlarga qoldirgan ilmiy merosi nimalardan iborat?
“Ravzat us-safo” asari 1-jildining tarjimasi;
“Shohidi iqbol” asari;
18 ming misradan ziyod devoni;
Xorazmning 1812-yilgacha bo‘lgan tarixini o‘z ichiga olgan “Firdavs ul-iqbol” asari;
16 ta tarixiy, ilmiy va tarjima asarlari;
2,3, 5
#1, 3, 4
1, 2, 5
2,4, 5
(9-o’zb-4-5)Saroy shoirlari boshlig‘i, ya’ni “Malik ushshuaro” nomini olgan allomani aniqlang.
Ahmad Donish
Munis
Ogahiy
#Fazliy
(9-o’zb-4-5) “Qish” g‘azalining muallifi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
Ahmad Donish
Munis
#Ogahiy
Fazliy
(9-o’zb-4-5)Mo‘yi muborak madrasasi qaysi shaharda bunyod etilgan?
Samarqand
#Toshkent
Qo‘qon
Buxoro
(9-o’zb-4-5)Ahmad Donishning Buxoro elchilari bilan birga Moskva, Peterburg shaharlariga sayohatga borgan yilini aniqlang.
#1857-yil
1865-yil
1852-yil
1862-yil
(9-o’zb-4-5)Xiva xonligiga Muravyov boshchiligida Rossiya elchilari kelgan yili ...
Shermuhammad Munis vafot etdi
#Munjis Mirxondni “Ravzat us-safo” asari o‘zbek tiliga tarjima qila boshladi
C) Ogahiy tug‘ildi
D) Ahmad Donish tug‘ildi
(9-o’zb-4-5) “Manozir ul-kavokib” asari nechanchi yilda yozilgan?
1855-yil
1862-yil
1857-yil
#1865-yil
(9-o’zb-4-5) “Ravzat us-safo” asarining muallifi qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
Xondamir
Munis
#Mirxond
Ogahiy
(9-o’zb-4-5)Ollohqulixon, Muhammad Aminxon va Muhammad Rahimxon madrasalari qanday usuldagi me’morchilik an’anasida bezalgan edi?
quyoshda uzoq vaqt quritilgan to‘q qizil rang ustidan yashil va oq rangli tasvirlarning tushirilishi bilan
peshtoqlarga qushlar va hayvonlar rasmi aks ettirilgan kufiy yozuvlar bilan
har bir g‘ishtning alohida-alohida ranglar bilan bo‘yab, har xil shakllar yasalishi bilan
#tiniq zangori rang ustidan oq va yashil gullar tushirilgan koshinlar bilan
(9-o’zb-4-5)Prezident Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida keltirilishicha, milliy teatr san’atimizning qadimiy ildizlari nimalarga borib taqaladi?
harbiy ko‘rik va harbiy mashg‘ulotlarga
hukmdorlar saroyida tashkil etilgan san’at truppalariga
qadimgi rim va yunon teatri an’analariga
#xalq o‘yin va tomoshalariga
(9-o’zb-4-5)Shermuhammad Munis nechanchi yillarda yashagan?
#1778-1829-yillar
1787-1828-yillar
1774-1823-yillar
1779-1827-yillar
(9-o’zb-4-5)Ogahiy nechanchi yillarda yashagan?
1803-1872-yillar
1802-1872-yillar
1807-1873-yillar
#1809-1874-yillar
(9-o’zb-4-5) “Buxoroyi sharif mang‘it amirlari muxtasar tarixi” asarining muallifi qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
Muhammad Sharif Buxoriy
Sadriddin Ayniy
Mahmudxo‘ja Behbudiy
#Ahmad Donish
(9-o’zb-4-5)Darvishlar uchun maishiy xona va masjiddan iborat yotoqxona nima deb atalgan?
#xonaqoh
majmua
hujra
maqbara
(9-o’zb-4-5)Truppa so‘zining mazmuni qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
doston kuychilari, baxshilarning og‘zaki asarlari
#teatr yoki sirk artistlari jamoasi
xalq qahramonligi madh etilgan asarlar to‘plami
teatr artistlari tomosha qo‘yadigan sahna
(9-o’zb-4-5)Ahmad Donish nechanchi yillarda yashagan?
1809-1874-yillar
1812-1892-yillar
#1827-1897-yillar
1827-1899-yillar
(9-o’zb-4-5)XIX asrda Baroqxon madrasasini ta’mirlash ishlari nechanchi yildan boshlandi?
1857-yil
1865-yil
#1859-yil
1819-yil
(9-o’zb-4-5)Xiva me’moriy obidalarining qaysi biri Ark darvozasi qarshisida bunyod etilgan?
Muhammad Aminxon madrasasi
#Muhammad Rahimxon madrasasi
Rahmonqul Inoq saroyi
Ollohqulixon madrasasi
(9-o’zb-4-5)Rossiyaning O‘rta Osiyo chegaralaridagi dastlabki (Irtish daryosi sohilida) istehkomi nechanchi yilda vujudga keldi?
1789-yil
1734-yil
#1718-yil
1737-yil
(9-o’zb-6)1843-yil Xiva va Buxoroga kelgan ingliz diplomatiyasining vakilini aniqlang.
#J. Abbot
D.Volf
A.Byorns
A.Konnoli
(9-o’zb-6)Oqmachit qal’asi ruslar tomonidan qancha vaqtda egallangan?
1 oy
2 oy
13 kun
#20 kun
(9-o’zb-6)Ingliz elchisi A. Byorns Buxoroda bo‘lganidan 20 yil o‘tib …
#Perovskiy Oqmachit qal’asini bosib olishga urinib, mag‘lub bo‘ldi
Sirdaryo quyi oqimida Raim qal’asi bunyod etildi
Aleksandr II Qo‘qon xonligini bosib olishni davom ettirish to‘g‘risida qaror qabul qildi
Toshkentga birinchi yurish amalga oshirildi
(9-o’zb-6)Rossiya imperiyasining O‘rta Osiyoni bosib olishi uchun harakatlarini tezlashtirgan omillarni aniqlang.
Aleksandr II ning Qo‘qon xonligini davlat sifatida tugatish to‘g‘risidagi farmoni;
Rossiya imperiyasining sanoat xomashyosiga, xususan, paxtaga bo‘lgan ehtiyojining ortishi;
Rossiyaning ishlab chiqargan mahsulotlari uchun qo‘shimcha iste’mol bozorining zarurligi;
qozoq juzlarining Rossiya fuqaroligiga o‘tishi;
ingliz elchilarining Buxoro amiri tomonidan o‘ldirilishi;
ingliz tovarlarining O‘rta Osiyoga kirib kelishi va Angliyaning bu hududga nisbatan qiziqishining ortishi;
Sirdaryo va Irtish sohillaridagi istehkomlarga xonliklar qo‘shinlarining hujumlari;
Rossiya imperiyasining Qrim urushidagi mag‘lubiyati.
1, 3, 4, 7
#2, 3, 6, 8
2, 4, 6, 7, 8
1, 2, 3, 5, 6, 8
(9-o’zb-6)Rossiya imperiyasining Raim istehkom qal’asi qayerda qurilgan edi?
Sirdaryoning o‘rta oqimida
Irtish daryosi bo‘yida
#Sirdaryoning Orolga quyilish joyida
Orol dengizining g‘arbiy qismida
(9-o’zb-6)Rossiya imperiyasining O‘rta Osiyoga harbiy yurishlarini boshlashiga bahona bo‘lgan omillardan birini aniqlang.
Rossiyaning Qrim urushidagi mag‘lubiyati
#chegara hududlarda yashaydigan Rossiya fuqarolari bo‘lgan aholiga nisbatan talonchilik qilib turuvchi guruhlarning hujumlarini bartaraf etish
1717-yil A.Bekovich-Cherkasskiy va 1839-yil Perovskiy boshchiligidagi ekspeditsiyaning barbod etilishi qasdini olish
Angliya hukumatining O‘rta Osiyoga bir necha marta o‘z elchilarini yuborishi
(9-o’zb-6)1864-1885-yillarda Rossiya imperiyasi O‘rta Osiyo xonliklarining ... hududini bosib olib, mustamlakaga aylantirdi.
#1mln. 583255 km.kv.
588522 km.kv.
1 mln. 883225 km.kv.
255886 km.kv.
(9-o’zb-6)Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olingan qaysi hududlarda Turkiston viloyati tashkil etildi?
Buxoro amirligining shimoliy hududlari va Qo‘qon xonligining Turkiston shahrida
Qo‘qon xonligining shimoliy-sharqiy hududlarida
Buxoro amirligining shimoliy-g‘arbiy hududlari va Toshkent shahrida
#Qo‘qon xonligining shimoliy-g‘arbiy viloyatlari va Toshkent shahrida
(9-o’zb-6) Qrim urushi boshlan yili (1853)yili ...
O‘zbek va tojik aholi yashaydigan Amudaryoning janubidagi hududlar Afg‘oniston viloyatiga aylantirildi
Rossiya imperatori Aleksandr II hukmronligi boshlandi
#Chor Rossiyasi qo‘shinlari Oqmachit qal’asini bosib oldi
Stoddart va Konnoli amir tomonidan qatl etildi
(9-o’zb-6)Rossiya imperiyasining harbiy harakatlarning tayanchig aylangan va Petrovskiy porti deb nomlangan qal’ani toping.
Raim
#Oqmachit
Niyozbek
Kopal
(9-o’zb-6)Nima sababdan Rossiya imperiyasining Toshkentni bosib olishi zarur hisoblangan?
chunki bu shahar Qo‘qon xonligining harbiy markazi bo‘lib, u egallansa, butun xonlik harbiy jihatdan zaiflashar edi
#bu shahar O‘rta Osiyoning bosib olish uchun asosiy yo‘lak, rus harbiylarining kelgusidagi harakatlari uchun tayanch nuqta vazifani bajaradigan joy bo‘lganligi
chunki bu shahar Qo‘qon xonligi va Buxoro amirligi chegarasida joylashgan, Xiva xonligiga olib boriladigan asosiy yo‘l ustida joylashgan edi
bu shahar suv yo‘li orqali Xiva xonligiga olib boradigan qulay geografik hududda joylashgan edi
(9-o’zb-6)Rossiya imperiyasi qo‘shinlari Toshkentni bosib olish maqsadida dastlab nechta yo‘nalishdan yo‘lga chiqadi?
3 ta
4 ta
#2 ta
bitta
(9-o’zb-6)M.Chernyayev tomonidan bosib olinga Avliyoota hozirgi qaysi shahar hisoblanadi?
#Taroz
Almati
Chimkent
Sayram
(9-o’zb-6)1864-yil Turkiston va Chimkent shaharlari mudofaasiga rahbarlik qilish uchun Qo‘qon xoni kimni qo‘shin bilan jo‘natadi?
Solihbek dodxohni
#Aliqulini
Abdurahmon Oftobachini
Iso Avliyoni
(9-o’zb-6)Rus qo‘shinlari tomonidan Turkiston shahrining osonlik bilan egallanishiga olib kelgan omil nima edi?
amirlashkar Alimqulning yaralanib vafot etishi va shahar mudofaasini tashkil eta oladigan sarkardaning yo‘qligi
Turkistonni suv bilan ta’minlab turgan daryo suvining boshqa tomonga oqizib yuborilishi va shaharning suvsiz qoldirilishi
#N.Veryovkinning Turkiston taslim bo‘lmasa, shahardagi muqaddas qadamjolar va Ahmad Yassaviy maqbarasini to‘pga tutishini bilbiruvchi tahdidi
yordamga kelayotga Buxoro amiri qo‘shinlarining kechikishishi
(9-o’zb-6)Podsho hukumatining Sirdaryo istehkom chizig‘i qaysi qal’alar oralig‘ida vujudga keldi?
Verniy va Semipalatinsk
Kopal va Raim
Yangi Qo‘qon va Verniy
#Oqmachit va Raim
(9-o’zb-6)1864-yil Rus qo‘shinlari tomonidan qaysi shahar egallanganidan keyin, Yangi Qo‘qon chizig‘i asosida qo‘lga kiritilgan qal’alar birlashtirildi?
Oqmachit
Toshkent
#Chimkent
Verniy
(9-o’zb-6)Podsho hukumatining Sibir istehkom chizig‘i qaysi shaharlar oralig‘ida vujudga keldi?
#Verniy va Semipalatinsk
Orenburg va Avliyoota
Yangi Qo‘qon va Verniy
Chimkent va Turkiston
(9-o’zb-6)Podsho Rossiyasiga Toshkentning “ixtiyoriy ravishda topshirilishi” to‘g‘risidagi soxta shartnoma shaharning nechta oqsoqoli tomonidan imzolangan?
3 ta
#9 ta
11 ta
5 ta
(9-o’zb-6)Rossiya imperiyasi tomonidan uch kunlik jangdan keyin bosib olingan shaharni aniqlang.
Namangan
Andijon
#Turkiston
Xo‘jand
(9-o’zb-6)XIX asrdagi Toshkentning 12 darvozasi nomlari to‘g‘ri keltirilgan javobni toping.
Labzak;
Sebzor;
Taxtapul;
Ko‘kcha;
Qorasaroy;
Taxta;
Sag‘bon;
Chig‘atoy;
Chimboy;
Kaykovus;
Samarqand;
Xitoy;
Kamolon;
Feruza;
Beshyog‘och;
Namozgoh;
Qo‘ymas;
Qo‘qon;
Qipchoq;
Qashg‘ar.
1, 2, 3, 4, 6, 7, 8, 11, 13, 14, 15, 20
2, 3, 4, 5, 8, 9, 10, 11, 13, 14, 16, 18
2, 4, 5, 6, 7, 9, 11, 12, 13, 15, 17, 19
#1, 3, 4, 5, 7, 8, 11, 13, 15, 17, 18, 20
(9-o’zb-6)XIX asrda Toshkentni mudofaa qilish uchun qurilgan devor ortidagi xandaq qaysi ariqning suvi bilan to‘ldirilgan?
#Kaykovus
Bo‘zsuv
Zovariq
Chirchiq
(9-o’zb-6)XIX asr o‘rtalarida Toshkent aholisi qancha bo‘lgan?
30 mingga yaqin
70 mingga yaqin
#80 mingga yaqin
100 mingdan ortiq
(9-o’zb-6)M.Chernyayevning Toshkentga uyushtirgan birinchi hujumida qancha askaridan ayrilgan?
24 ta
#70 dan ortiq
90 ta
50 ga yaqin
(9-o’zb-6)Toshkent darvozasi deb nom olgan qal’ani aniqlang.
Kopal
Oqmachit
#Niyozbek
Kamolon
(9-o’zb-6)Toshkent shahri himoyachilarining yengilishi va istilochilarning qo‘li ustun kelishini ta’minlagan omillardan birini aniqlang.
shaharning ayrim oqsoqollari tomonidan jangsiz taslim bo‘lish to‘g‘risidagi shartnomaning imzolanishi
#amirlashkar Aliqulining vafot etishi va himoyachilarning yagona boshliqsiz qolishi
rus harbiy qo‘shinlariga general M.Chernyayevning qo‘mondon etib tayinlanishi
shahar qal’asining himoyachilar tomonidan yoqib yuborilishi
(9-o’zb-6)Quyidagi qaysi voqea ruslarga Toshkentni suv bilan ta’minlab turgan suvning uzib qo‘yish imkonini berdi?
#Chernyayev tomonidan Niyozbek qal’asining bosib olinishi
Kaykovus arig‘ining boshqa yo‘nalishga burib yuborilishi
podsho hukumati tomonidan Oqmachit qal’asining bosib olinishi
Kamolon darvozasi yonidan istilochilarning shaharga bostirib kirishi
(9-o’zb-6) “Turkiston viloyatini boshqarish to‘g‘risidagi Muvaqqat Nizom” qachon qabul qilingan?
1867-yil 11-iyulda
1865-yil 18-mayda
1867-yil 12-avgustda
#1865-yil 6-avgustda
(9-o’zb-6)“Turkiston viloyatini boshqarish to‘g‘risidagi Muvaqqat Nizom”ga muvofiq viloyat bo‘limlarining harbiy asosda tashkil etilishidan maqsad nima edi?
O‘rta Osiyoning bosib olingan hududlariga harbiy qal’alar qurish va u yerda harbiy holat joriy qilish
Rossiya imperiyasining boshqa viloyatlaridan farqli ravishda bu o‘lkalarda mustaqil siyosiy va ijtimoiy siyosat olib borish
#Rossiya hukumatining kelgusidagi harbiy rejalarini amalga oshirilishida tayanch hudud vazifasini o‘tashi ko‘zda tutilgan
rus harbiy zobitlarni boshqaruvdagi mansablar bilan ta’minlash orqali rag‘batlantirish
(9-o’zb-6)Biror masala yuzasida bir davlat hukumatining boshqa bir davlat hukumatiga bayon qilgan, hech qanday e’tirozga o‘rin qoldirmaydigan qat’iy talabi nima deyiladi?
kontributsiya
nota
#ultimatum
delegatsiya
(9-o’zb-6) Tohiriy Abul Abbos Abdulloh hukmronligi tuganidan 1000 yil o’tib ...
Verden shartnomasi imzolandi
Xalifa Ma’mun hukmronligi tugadi
#Mayor I.Volf Buxoroga keldi
Bobek boshchiligidagi qo‘zg‘olon bostirildi
(9-o’zb-6)Rossiya imperiyasi o‘z chegaralarini sharqqa tomon kengaytirish uchun dastlab qaysi tadbirni amalga oshirishga intildi?
#Buxoro amirligi, Xiva va Qo‘qon xonliklari bilan har tomonlama aloqalar o‘rnatishga
O‘rta Osiyo davlatlari chegarasida harbiy istehkomlar qurishga
harbiy ekspeditsiyalar tashkil etishga
O‘rta Osiyo chegarasidagi shaharlarni bosib olishga
(9-o’zb-6)Verniy qal’asi hozirda qaysi shaharda joylashgan edi?
Ashxabod
Orenburg
Janbul
# Almati
(9-o’zb-6)1864-1885 yillarda …
chor Rossiyasining O‘rta Osiyoga bosqinining ikkinchi davri bo‘ldi
#chor Rossiyasi O‘rta Osiyo hududining 1583255 kv. km hududini bosib oldi
chor Rossiyasining O‘rta Osiyoga bosqinining ikkinchi davri bo‘ldi
chor Rossiyasi O‘rta Osiyo hududining 1835255 kv. km hududini bosib oldi
(9-o’zb-6)Chor Rossiyasi tomonidan O‘rta Osiyo hududlarining bosib olinish ketma-ketligi to‘g‘ri keltirilgan javobni aniqlang.
#Avliyoota, Turkiston, Chimkent, Toshkent
Oqmachit, Turkiston, Toshkent, Xo‘jand
Chimkent, Oqmachit, Jizzax, Toshkent
Chimkent, Turkiston, Verniy, Toshkent
(9-o’zb-6)Xiva xonligiga yuborilgan Aleksandr Bekovich-Cherkasskiy ekspeditsiyasi muvaffaqiyatsizlikka uchragach, podsho hukumati O‘rta Osiyoni qo‘lga kiritish uchun qanday tadbirni amalga oshirishga kirishdi?
yangi-yangi harbiy ekspeditsiyalarni tashkil qilish
#harbiy istehkomlar qurish
O‘rta Osiyoga qarshi Afg‘oniston bilan ittifoq tuzish
qozoq juzlari va qoraqalpoqlarni o‘z fuqaroligiga kiritish
(9-o’zb-6)Rossiya imperiyasi 1718-yil qaysi daryo sohili bo‘ylab yettita istehkom qurgan edi?
Sirdaryo
Ural
Volga
#Irtish
(9-o’zb-6)Qaysi ingliz elchisi Buxorodan qaytib ketayotganida ikki hamrohi bilan yo‘lda halok bo‘ladi?
I.Volf
#M.Murkroft
J.Abbot
A.Byorns
(9-o’zb-6)1842-yilda Buxoro amiri tomonidan qatl etilgan Ch.Stoddart va A.Konnolilar Buxoroga qanday taklif bilan kelgan edi?
o‘zbeklar va tojiklar yashaydigan Amudaryoning janubiy sohillarida ingliz harbiy istehkomlarini qurish
Sirdaryo sohillarida harbiy istehkomlar qurish, ularning qurilishida ingliz muxandislarini taklif qilish
Angliya bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish, ingliz harbiy mutaxassislarini Boxoroga yuborish, savdo aloqalarini yo‘lga qo‘yish
#O‘rta Osiyo davlatlariga harbiy sohada yordam berish va ular bilan Rossiya imperiyasiga qarshi harbiy ittifoq tuzish
(9-o’zb-6)Chor Rossiyasi O‘rta Osiyoga yurishining uchinchi bosqichi nechanchi yillarni o‘z ichiga oladi?
1873-1876-yillar
1864-1873-yillar
1865-1868-yillar
#1873-1879-yillar
(9-o’zb-6)1865-yil Orenburg general-gubernatorligi tarkibida tashkil etilgan Turkiston viloyatining gubernatori lavozimiga birinchi bo’lib kim tayinlangan?
#M.Chernyayev
K.Kaufman
M.Skobelev
A.Abramov
(9-o’zb-6)Ingliz elchilari Ch.Stoddart va A.Konnolilar Buxoro amiri tomonidan qatl etilgach, bunga javoban ingliz hukumati qanday tadbir qo‘llaydi?
Buxoro amirligi hududiga o‘z josuslarini jo‘natadi
Buxoroga qarshi Rossiya imperiyasini qo‘llabquvvatlash to‘g‘risida rus hukumati bilan kelishib oldi
Amudaryoning janubiy sohilidagi o‘zbeklar yashaydigan hududlarni bosib oldi
#Buxoroga qarshi Afg‘oniston bilan sulh tuzib, ularni qurollantiradi
(9-o’zb-7)1867-yilda tashkil etilgan Turkiston general-gubernatorligining markazi qaysi shahar edi?
Verniy
#Toshkent
Turkiston
Avliyoota
(9-o’zb-7)Turkiston harbiy okrugi nechanchi yilda tuzildi?
#1867-yil
1886-yil
1865-yil
1868-yil
(9-o’zb-7)1865-yil tashkil etilgan Turkiston viloyati podsho Rossiyasi hukumati uchun qanday vazifani bajardi?
O‘rta Osiyo paxta xomashyosini bir joyga yeg‘ib, uni Possiyaning markaziy o‘lkalariga jo‘natadigan joy
#harbiy harakatlarni olib borishda harbiy markaz
o‘lkada temiryo‘l qurilishini tashkil etish va unga boshchilik qilish
uchala xonlikning siyosiy holati xususida ma’lumot to‘plash va xonlarning faoliyatini nazorat qilish
(9-o’zb-7)Nima sababdan O‘rta Osiyoda Rossiya hukumati alohida general-gubernatorlik tashkil qildi?
O‘rta Osiyoning Rossiya markazidan uzoqda joylashganligi;
2) podsho hukumati tomonidan kelgusida bosib olinadigan yerlarning shu ma’muriy hududga birlashtirish;
3) O‘rta Osiyoning Orenburg general-gubernatorligidan uzoqda joylashganligi;
4) O‘rta Osiyo hududida yirik xalq ozodlik kurashlarining bo‘lganligi;
5) yana bitta general-gubernatorlik tashkil qinishi uchun O‘rta Osiyo hududi va aholisining to‘g‘ri kelganligi;
6) Angliya hukumatining janubdan bo‘ladigan xavfini o‘z vaqtida bartaraf qilish uchun alohida harbiy-ma’muriy hududning zarurligi.
#2, 3, 5
1, 4, 5
2, 4, 6
1, 3, 4, 5
(9-o’zb-7)Turkiston general-gubernatori K.Kaufman bir paytning o‘zida ...
volost va uyezdlar boshlig‘i;
Turkiston o‘lkasida joylashgan barcha harbiy qo‘shin qo‘mondoni;
Yettisuv kazaklari qismi qo‘mondoni;
o‘lkaning bosh sudyasi;
imperatorning siyosiy agentligi boshlig‘i;
Turkiston viloyati gubernatori.
2, 5, 6
1, 3, 4, 5
#2, 3, 4
1, 2, 3, 4, 6
(9-o’zb-7)Turkiston general-gubernatorligi tarkibidagi hududi jihatidan eng kichik viloyatni aniqlang.
Sirdaryo
Kaspiyorti
#Samarqand
Yettisuv
(9-o’zb-7)Turkiston general-gubernatorligi dastlab nechta ma’muriy viloyatdan iborat bo‘lgan va ular qaysilar?
2 ta, Yettisuv va Turkiston viloyati
5 ta, Samarqand, Kaspiyorti, Yettisuv, Sirdaryo, Farg‘ona viloyatlari
3 ta, Yettisuv, Samarqand, Sirdaryo viloyatlari
#2 ta, Yettisuv va Sirdaryo viloyatlari
(9-o’zb-7)Turkiston general-gubernatorligiga qarashli, 2000 kv. verst maydonga ega bo‘lgan ma’muriy viloyatni aniqlang.
Sirdaryo
Kaspiyorti
#Samarqand
Yettisuv
(9-o’zb-7)Turkiston general-gubernatorligiga qarashli Sirdaryo viloyatiga qaysi hududlar kirgan?
Buxoro amirligining shimoli va Qo‘qon xonligining 1865-yilgacha bosib olingan hududlari
#1865-yilda tashkil etilgan Turkiston viloyati yerlari va Qo‘qon xonligining bosib olingan shimoliy yerlari
Sarotov, Turkiston viloyatining janubiy qismi, Sirdaryoning o‘rta oqimidan quyi oqimiga qadar bo‘lgan hududlar
sobiq Semepalatinsk viloyati, Buxoro amirligining 1867-yilga qadar bosib olingan hududlari
(9-o’zb-7)Turkiston general-gubernatorligiga qarashli Yettisuv viloyatiga qaysi hududlar kirgan?
Buxoro amirligining shimoli va Qo‘qon xonligining 1867-yilgacha bosib olingan hududlari
1865-yilda tashkil etilgan Turkiston viloyati yerlari va Qo‘qon xonligining bosib olingan shimoliy yerlari
Sarotov, To‘rg‘ay, Oqtepa va Turkiston viloyatining janubiy qimi, Sirdaryoning o‘rta oqimidan quyi oqimiga qadar bo‘lgan hududlar
#Semepalatinsk viloyatining Segriopol, Kopal, Olatavsk okrugi yerlari va sobiq Turkiston viloyatining bir qismi
(9-o’zb-7) Yer o‘lchov birligida verst qacha hududga teng bo‘lgan?
1,6 km.kv. hududga
#1,066 km.kv. hududga
0,66 km.kv. hududga
0,9 km.kv. hududga
(9-o’zb-7)Turkiston general-gubernatori fon Kaufman nima sababdan mahalliy xalq orasida “yarim podsho” nomini olgan?
u davlatning bosh prokurori va bosh sudyasi bo‘lganligi uchun
#boshqa guberniya boshliqlaridan farqli ravishda unga o‘lkada siyosiy, harbiy va geosiyosiy huquqlarning berilishi
boshqa guberniyalardan bu o‘lkaning hududi va aholisi jihatidan yirikligi
Kaufmanning uyezd va volost hokimlaridan, eng quyi hokimliklar boshliqlarigacha ham o‘zi lavozimiga tayinlashi va ozod etishi
(9-o’zb-7)1873-yil tuzilgan Amudaryo bo‘limining markazi qaysi shahar bo‘lgan?
#Petro-Aleksandrovsk
Krasnavodsk
Nova-Aleksandrovsk
Qo‘ng‘irot
(9-o’zb-7)Turkiston o‘lkasida Rossiya imperiyasining mustamlakachilik siyosati to‘liq amalga oshirilishi va hukmronligining mustahkam bo‘lishi uchun ...
harbiy zobitlarning xizmat muddati uzaytirildi
mahalliy xalq vakillaridan ishonchli odamlar ajratib olina boshlandi
mahalliy aholiga ayrim yengilliklar va imtiyozlar berildi
#istilochi amaldorlarga keng vakolatlar berildi
(9-o’zb-7)Turkiston general-gubernatorligining birinchi gubernatori kim?
#Kaufman
Chernyayev
Korolkov
Romanovskiy
(9-o’zb-7)Rossiya imperiyasining O‘rta Osiyoga bosqinining ikkinchi davri nechanchi yillarni o‘z ichiga oladi?
1847-1865-yillar
1864-1873-yillar
#1865-1868-yillar
1873-1879-yillar
(9-o’zb-7)Turkiston general-gubernatorligiga qarashli bo‘lgan viloyatlar va ularning markazlari bilan to‘g‘ri ko‘rsating.
Sirdaryo viloyati;
Yettisuv viloyati;
Farg‘ona viloyati;
Zarafshon (okrugi) viloyati;
Kaspiyorti viloyati.
Verniy;
Ashxabod;
Skobelev;
Toshkent;
Samarqand.
1-c, 2-d, 3-a, 4-e, 5-b
1-c, 2-b, 3-d, 4-e, 5-a
#1-d, 2-a, 3-c, 4-e, 5-b
1-d, 2-b, 3-c, 4-e, 5-a
(9-o’zb-8)1866-yilda Orenburg general-gubernatori N.Krijanovzkiy Buxoro amiri vakili bilan uchrashib amirga qanday talab qo’ygan edi?
bir hafta ichida 500 ming rubl tovon to‘lash
Rossiya foydasiga Buxoro amirligi chegaralarini o‘zgartirish
#10 kun ichida 100 ming rubl tovon to‘lash
O‘ratepa va Xo‘jandni Rossiya ixtiyoriga berish
(9-o’zb-8)Rossiya imperiyasi qo‘shinlarining qaysi shaharga uyushtirgan hujumi natijasida 2 mingdan ko‘proq aholi halok bo‘lgan?
Xo‘jand
#O‘ratepa
Jizzax
Kattaqo‘rg‘on
(9-o’zb-8)Rossiya tomonidan 1864-1866-yillarda bosib olingan hududlarda …
#Sirdaryo viloyati tuzildi
Turkiston viloyati tuzildi
Turkiston general-gubernatorligi tashkil qilindi
Zarafshon okrugi tuzildi
(9-o’zb-8)Buxoro amirligining chor Rossiyasi qo‘shinlari bilan birinchi jangi qayerda bo‘lib o‘tdi?
Cho‘ponota tepaligida
O‘ratepa yaqinida
Zirabuloqda
#Erjar yaqinida
(9-o’zb-8)General F.Romanovskiyga Qo‘qon xonligini egallash haqida ko‘rsatma bergan Orenburg general-gubernatorini aniqlang.
#Krijanovskiy
Skobelyev
Perovskiy
Yerofeyev
(9-o’zb-8)Rus qo‘shinlari Erjar yaqinidagi jangdan keyin qayerga hujum qiladi?
Buxoroga
#Xo‘jandga
Jizzaxga
Samarqandga
(9-o’zb-9)Buxoro amiri Muzaffarga Rossiya mulki foydasiga Buxoro amirligi chegaralari o‘zgartirilgan yangi loyihasini taklif qilgan generalni toping.
F.Romonovskiy
N.Krijanovskiy
#K.Kaufman
I.Abramov
(9-o’zb-9)Zirabuloq jangidan keyin Amir Muzaffar va fon Kaufman o‘rtasida imzolangan shartnomaga ko‘ra ...
amirlik hududi uch baravar qisqardi;
amir urush boshlanishida aybdor deb topildi;
Rossiyaga 500 ming rubl tovon to‘lanadigan bo‘ldi;
Toshkentdan Samarqandgacha bo‘lgan hududlar – Xo‘jand, O‘ratepa, Panjikent, Jizzax, Samarqand, Kattaqo‘rg‘on shaharlari Rossiya hukumati ixtiyoriga o‘tdi;
amirlik Rossiya hukumatiga 100 ming rubl tovon to‘laydigan bo‘ldi;
Amir o‘z ixtiyorida qolgan hududlarni boshqarishda general-gubernator ko‘rsatmalariga rioya etishi belgilandi;
amir faoliyatini nazorat qiluvchi alohida vakil lavozimi ta’sis etildi;
amir Rossiya savdogarlarining amirlik hududida erkin savdo qilishiga sharoit yaratib berish va ularni himoya qilish majburiyatini oldi;
Rossiya savdogarlariga savdo agentliklarini ta’sis etishga ruxsat berildi;
belgilangan kontributsiya 20 yil ichida to‘lanishi qayd etildi;
Rossiya savdogarlar tovarlaridan olinadigan bojning umumiy qiymati 2,5 foizdan oshmasligi belgilandi;
Rossiya savdogarlariga amirlik hududidan boshqa davlatlarga erkin o‘tish huquqi berildi.
1, 2, 3, 6, 8, 10, 11
2, 3, 7, 9, 10, 12
#2, 3, 4, 6, 8, 9, 11, 12
1, 2, 3, 4, 6, 7, 8, 9, 11
(9-o’zb-9)I.F.Abramov boshchiligidagi qo‘shindan yengilgan Abdumalik to‘radastlab qayerga qochishga majbur bo‘lgan?
Hindistonga
Afg‘onistonga
Eronga
#Xiva xonligiga
(9-o’zb-9)Abdumalik to‘ra qachon va qayerda vafot etgan?
1908-yil Afg‘onistonda
1903-yil Makkada
#1909-yil Peshovarda
1907-yil Eronda
(9-o’zb-9)“Rossiyadan hukumat ijozati bo‘lmagan, kim bo‘lishidan qat’i nazar, har xil kimsalarni Buxoro hukumati qabul qilmaydi”. Ushbu jumla qaysi hujjatda keltirilgan?
#1873-yilgi Buxoro-Rossiya shartnomasining 14-moddasida
1868-yilgi Buxoro-Rossiya shartnomasining 1-moddasida
1865-yilgi “Turkiston o‘lkasini boshqarish to‘g‘risidagi Muvaqqat Nizom”ning 9-moddasida
1868-yilgi Buxoro-Rossiya shartnomasining 14-moddasida
(9-o’zb-9)Podsho hukumati qo‘shinlaridan yengilgan Abdumalik to‘raga Afg‘oniston hukmdori Sheralixonning yordam bera olmaganligi sababi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
Eron qo‘shinlarining Hirotga bostirib kirganligi va Sheralining eronliklarga qarshi urush bilan bandligi
#Sheralixonning Angliya bilan yaqinlashib kelayotgan urushda Rossiyaga tayanishni reja qilganligi
Buxoro amirligi va Afg‘oniston davlati o‘rtasidagi azaliy dushmanlik holatlari
Sheralixonning inglizlar bilan urushda mag‘lub bo‘lganligi va yordamga yaroqli qo‘shinning yo‘qligi
(9-o’zb-9)General Kaufman Urgut aholisi huzuriga taslim bo‘lish taklifi bilan kimni yuborgan edi?
Romanovskiyni
#Abramovni
Krijanovskiyni
Chernayevni
(9-o’zb-9)1868-yil Zarafshon okrugi tashkil qilingan bo‘lib, okrug boshlig‘i qilib kim tayinlangan edi?
K.P.Kaufman
M.Chernyayev
F.Romanovskiy
#I.F.Abramov
(9-o’zb-9)P.M.Lessar kim edi?
#Rossiya imperiyasining Boxorodagi birinchi diplomatik vakili
Amudaryo bo‘limi boshlig‘i
Xivaga qarshi yurishning Krasnavodsk harbiy bo‘limi boshlig‘i
Turkmaniston hududidagi harbiy harakatlar boshlig‘i
(9-o’zb-9)Zirabuloq jangida mag‘lubiyatga uchragan Buxoro amirligi Rossiya hukumatiga qancha miqdorda tovon to‘lash majburiyatini oldi?
600 ming rubl
1,5 mln. Rubl
#500 ming rubl
2,2 mln. rubl
(9-o’zb-9)Buxoro amiri Muzaffarning katta o‘g‘li qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?
Nasriddinbek
#Abdumalik
Abdulahad
Said Olim
(9-o’zb-9)Nechanchi yillarda Rossiya Angliya bilan Afg‘oniston va O‘rta Osiyodagi rus yerlari o‘rtasidagi chegara o‘tkazish to‘g‘risida muzokaralar olib bordi?
1880-1885-yillarda
1877-1879-yillarda
#1869-1870-yillarda
1879-1880-yillarda
(9-o’zb-10)Xiva xonligiga qarshi yurish qaysi okruglardan boshlangan edi?
Kazalinsk, Toshkent, Orenburg, Semipalatinsk
Turkiston, Kazalinsk, Qizilravot, Semipalatinsk
Krasnavodsk, Aralsk, Verniy, Chorjo‘y
#Krasnavodsk, Mang‘ishloq, Turkiston, Orenburg
(9-o’zb-10)Pristan nima?
chet el savdogarlari savdo-sotiq olib boradigan, ulgurji savdo qilinadigan alohida savdo tashkiloti
harbiy dengiz yoki daryo floti
#daryolar sohilida qayiqlar to‘xtaydigan maxsus jihozlangan joy – bandargoh
harbiylar joylashtirilishi kerak bo‘lgan, turli xo‘jalik xonalaridan iborat bo‘lgan ko‘chma uy
(9-o’zb-10)1873-yil 12-avgustdagi Gandimiyon shartnomasining qaysi moddasida “Muhammad Rahimxon o‘zini Butun Rossiya imperatorining sodiq xodimi”, deb tan olgan?
9-modda
14-modda
3-modda
#1-modda
(9-o’zb-10)Gandimiyon shartnomasiga ko‘ra ...
xonlik hududi uch baravar qisqardi;
Xiva xoni mustaqil ravishda tashqi aloqalar o‘rnatishdan mahrum bo‘ldi;
Rossiyaga 500 ming rubl tovon to‘lanadigan bo‘ldi;
Amudaryoning o‘ng sohili Rossiya hukumati ixtiyoriga o‘tdi;
xonlik Rossiya hukumatiga 2 mln. 200 ming rubl tovon to‘laydigan bo‘ldi;
Amudaryo bo‘ylab erkin harakatlanish uchun Rossiya kemalariga keng huquq berildi;
Amudaryoning chap sohili Rossiya hukumati ixtiyoriga o‘tdi;
Rossiyalik savdogarlar hamda ularning mollari uchun xon va mahalliy hokimlar javobgar bo‘ladigan bo‘ldi;
Rossiya savdogarlariga xonlik hududida boj to‘lovlarisiz savdo qilishga ruxsat berildi;
belgilangan kontributsiya 20 yil ichida to‘lanishi qayd etildi;
Rossiya savdogarlar tovarlaridan olinadigan bojning umumiy qiymati 2,5 foizdan oshmasligi belgilandi;
Amudaryoning chap qirg‘og‘ida ruslar o‘zlari uchun pristanlar qurish huquqiga ega bo‘ldi.
1, 2, 3, 5, 6, 8, 9, 11
2, 3, 5, 7, 8, 10, 11, 12
#1, 2, 4, 5, 6, 8, 9, 10, 12
1, 4, 5, 6, 8, 11, 12
(9-o’zb-10)Qayerda bo‘lgan hujumda rus generali Veryovkin yarador bo‘lgan edi?
#Xivaga
Andijonga
Urgutga
Hazoraspga
(9-o’zb-10)Chor Rossiyasining Xiva xonligiga yurishi natijasida yo‘lga chiqqan rus qo‘shinlarining qanchasi Xivagacha yetib kelgan?
13 ming
#7,5 ming
9,6 ming
11 ming
(9-o’zb-10)Gandimiyon shartnomasiga ko‘ra, Xiva xonligi necha yil muddatda Rossiyaga tovon to‘lashi kerak edi?
15 yil
#20 yil
10 yil
25 yil
(9-o’zb-10)Rossiya imperiyasi Xiva xonligiga qarshi yurish uchun qancha vaqt tayyorgarlik ko‘rdi?
3 yil
#5 yil
7 yil
2 yil
(9-o’zb-10)Ma’lumki, Xiva xonligiga qarshi rus qo‘shinlari to‘rt yo‘nalishda harakat boshlagan edi. Lekin sharoit taqozosi tufayli qaysi otryadlar orqaga qaytgan?
Kazalinsk, Orenburg
#Krasnavodsk, Mang‘ishloq
Turkiston, Kazalinsk
Krasnavodsk, Toshkent
(9-o’zb-10)Rossiya imperiyasining Xiva xonligiga qarshi yurish uchun uzoq va puxta tayyorgarlik ko‘rishining asosiy sababi nima edi?
bu davrda Xiva xonligi harbiy-siyosiy va hududi jihatidan O‘rta Osiyodagi eng yirik davlat bo‘lganligi
Xivaga boriladigan yo‘llarning mashaqqatliligi hamda Xiva xonining Eron bilan harbiy ittifoqqa kirganligi
#xonlik tomonidan 1717-yil A.Bekovich-Cherkasskiy va 1839-yil V.Perovskiy boshchiligidagi ekspeditsiyaning barbod etilishi
Angliya hukumatining Xiva xonligiga bir necha marta elchilarini yuborib, o‘z harbiy mutaxassislarini taklif qilishi
(9-o’zb-10)Gandimiyon shartnomasiga ko‘ra Xiva xonligi hududi qanchaga qisqardi?
ikki baravar
40 foiz
#uch baravar
50 foiz
(9-o’zb-11)1879-yil Angliya Afg‘onistonning bir qismini bosib oladi va O‘rta Osiyoga yo‘l ochiladi. Shu bois rus hukumati turkmanlar yeriga kimni qo‘shin bilan yuboradi?
#I.Lazerev
P.M.Lessar
M.Skobelev
I.F.Abramov
(9-o’zb-11)Kaspiyorti viloyati tuzilgan (1880) yili …
Rossiya imperatori Aleksandr II hukmronligi tugadi;
Podsho hukumatining O‘rta Osiyoni bosib olishidagi yurishining to‘rtinchi bosqichi boshlandi;
Amudaryo bo‘limi tashkil etildi;
M.Skobelev qo'mondonligi ostidagi qo'shin uch oylik qamaldan so'ng Go’ktepa qal'asini qo'lga kiritdi;
Rossiya elchisining Tehrondagi kelishuvi bilan Buxoro amirligi va Eron o‘rtasidagi chegaralar belgilandi;
Turkiston general-gubernatori fon Kaufman hukmronligi tugadi.
1, 6
1, 2, 5
#2, 4
2, 3, 5
(9-o’zb-11)Qo‘qon xoni Xudoyorxon qaysi voqeadan keyin Turkiston general-gubernatoridan panoh toppish maqsadida Toshkentga qochadi?
Abdurahmon Oftobachi va Iso Avliyolarning qo‘zg‘olonchilar tomoniga o‘tib ketishi
Po‘latxon qo‘zg‘olonining boshlanishi
#xonning ukasi va ikkinchi o‘g‘lining qo‘zg‘olonchilar tomoniga o‘tib ketishi
xonning o‘g‘li Nasriddinbekning qo‘zg‘olonchilar tomoniga o‘tib ketishi
(9-o’zb-11)Qaysi shaharda mustamlakachilarga qarshi harakat bir oy davom etgan?
Buhoro
O‘ratepa
#Namangan
Xiva
(9-o’zb-11)Turkmaniston hududidagi harbiy harakatlarga kimlar rahbarlik qilgan?
Kaufman, Romanovskiy
Skobelev, Abramov, Lessar
Chernyayev, Skobelev, Kaufman
#Lazerev, Skobelev
(9-o’zb-11)Gandimiyon shartnomasiga ko‘ra, Xiva xonligiga qancha tovon to‘lash yuklandi?
1 mln. 200 ming oltin
500 ming rubl
#2 mln. 200 ming rubl
3 mln. oltin
(9-o’zb-11)Qancha vaqt davom etgan jangdan so‘ng Ko‘ktepa qal’asi podsho hukumati qo‘shinlari tomonidan bosib olindi?
20 kun
#3 oy
1 oy
15 kun
(9-o’zb-11)General I.Lazerev boshchiligidagi rus qo‘shini turkmanlar yeriga yuborilgan yili….
Kaspiyorti viloyati tuzildi
Qo‘qon xonligi tugatilib, Farg‘ona viloyati tuzildi
#Rossiyaning O‘rta Osiyoga bosqinchilik yurishining uchinchi bosqichi tugadi
Turkmaniston va Eron o‘rtasida hozirgi chegaralar belgilab olindi
(9-o’zb-11)Qo‘qon xonligini bo‘ysundirishdagi keng ko‘lamli harakatlarga kim boshchilik qilgan?
I.Lazerev
#M.Skobelev
I.Abramov
N.Krijanovskiy
(9-o’zb-11)Qo‘qon xonligidagi milliy-ozodlik harakatlari boshlig‘i Po‘latxonning asl ismi qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?
Mulla Hasan
Iso Avliyo
Abdurahmon
#Mulla Is’hoq
(9-o’zb-11)1875-yil 22-sentabrda Nasriddinbek va fon Kaufman o‘rtasida tuzilgan shartnomaga ko‘ra…
xon o‘zini imperatorning sodiq quli deb tan oldi;
xon mustaqil ravishda tashqi aloqalar o‘rnatishdan mahrum bo‘ldi;
xon Rossiyaga 500 ming rubl tovon to‘laydigan bo‘ldi;
Sirdaryoning chap sohili Rossiya hukumati ixtiyoriga o‘tdi;
xonlik Rossiya hukumatiga 2 mln. rubl tovon to‘laydigan bo‘ldi;
Sirdaryo bo‘ylab erkin harakatlanish uchun Rossiya kemalariga keng huquq berildi;
Sirdaryoning o‘ng sohilidagi yerlar – Namangan va Chust Rossiya hukumati ixtiyoriga o‘tdi;
Xonlikning Rossiya imperiyasi hududiga o‘tgan yerlarida Farg‘ona viloyati tashkil etilishi belgilandi.
1, 2, 3, 4, 6
1, 3, 6, 7
#1, 2, 5, 7
1, 2, 4, 5, 6, 7, 8
(9-o’zb-11)Xudoyorxon qachon va qayerda vafot etgan?
1881-yil Makkada
#1882-yil Afg‘onistonda
1885-yil Peshovarda
1886-yil Hindistonda
(9-o’zb-12)1877-yil Toshkent shahrida Duma tashkil qilinib, Duma ustidan rahbarlik qiluvchi shaxs kimning tavsiyasiga binoan harbiy vazir tomonidan tasdiqlar edi?
#Turkiston general-gubernatori
podshoning o‘zi
Duma a’zolari
ichki ishlar vaziri
(9-o’zb-12)“O‘lkada eng kichik ahamiyatga ega bo‘lgan boshqaruv ham harbiy boshliqlar qo‘lida bo‘lgan”, degan xulosaga kelgan rus hukumati vakilini aniqlang.
#K.Palen
F.Girs
A.Vrevskiy
S.Duxovskoy
(9-o’zb-12)1865-yil 6-avgustdagi “Turkiston viloyatini idora qilish to’g’risidagi Muvaqqat Nizom”ga muvofiq, Turkiston o‘lkasida boshqaruv tizimi nima deb nomlangan?
harbiy gubernatorlar boshqaruvi
xalq boshqaruvi
diktatura boshqaruvi
#harbiy-xalq boshqaruvi
(9-o’zb-12)Turkiston general-gubernatorligi boshqaruvidagi ma’muriy bo‘linishlar to‘g‘ri berilgan qatorni toping.
#viloyat – uyezd – uchastka – volost
guberniya – viloyat – uchastka – uyezd
viloyat – volost – uchastka – uyezd
guberniya – volost – uyezd – ovul
(9-o’zb-12)Turkiston general-gubernatorligi boshqaruvning dastlabki yillarida nima sababdan quyi boshqaruvni saqlab qoldi?
mustamlakachi ma’muriyatning quyi boshqaruv tizimini mutlaqo tushunmasligi;
dastlabki davrda mahalliy aholining ichki ishlari va an’analariga keskin aralashish salbiy oqibatlarga olib kelishini anglaganligi;
dastlabki davrda mahalliy aholi va quyi boshqaruv vakillarining rus tilini bilmasligi;
bu paytda bosib olingan hududlarda norozilik harakatlarining davom etayotganligi;
rus hukumatining o‘lka sharoitini to‘liq bilmasligi;
quyi boshqaruvda ishlashi mumkin bo‘lgan odamlarining bo‘lmaganligi.
1, 2, 3
#2, 4, 5, 6
1, 2, 3, 4, 5
1, 3, 6
(9-o’zb-12)Ma’lumki, dastlabki yillarda podsho hukumati oldida quyi boshqaruvga mahalliy aholidan o‘ziga eng ishonchli bo‘lgan kishilarni topish muammosi paydo bo‘ldi. Bu muammoning hal etilishida qaysi tadbir podsho hukumatiga yordam berdi?
mahalliy amaldorlarga rus tilini o‘rgatadigan maxsus maktablarning tashkil qilinishi
mahalliy amaldorlarga soliq yig‘ish ishlarida ayrim erkinliklarning berilishi
#boshqaruvning dastlabki vaqtlarida ishlab chiqilgan saylov tizimi
qo‘zg‘olonlarni bostirish ishlarida jonbozlik ko‘rsatgan mahalliy amaldorlarning taqdirlanishi
(9-o’zb-12)1867-yilgi “Nizom” loyihasiga asosan o‘troq va chorvador aholi qanday shaklda hududiy birliklarga ajratilishi belgilandi?
#o‘troq aholi bir bosqichli tizim – oqsoqollikka, chorvador aholi ikki bosqichli tizim – volost va ovullarga birlashtirildi
o‘troq aholi ikki bosqichli tizim – volost va uchastkalarga, chorvador aholi bir bosqichli tizim ovullarga birlashtirildi
o‘troq aholi uch bosqichli tizim – volost, uyezd, qishloqlarga, chorvador aholi bir bosqichli tizim – oqsoqolliklarga birlashtirildi
o‘troq aholi to‘rt bosqichli tizim – volost, uyezd, uchastka, ovullarga, chorvador aholi bir boshqichli tizim – o‘tovlarga birlashtirildi
(9-o’zb-12)1886-yil Zarafshon okrugi Samarqand viloyatiga aylantirilib, uning tarkibiga qaysi uyezdlar kiritilgan?
O‘ratepa, Buxoro, Miyonqol, Samarqand
#Xo‘jand, Jizzax, Kattaqo‘rg‘on, Samarqand
Samarqand, Karmana, Shahrisabz, Qarshi
Samarqand, Kattaqo‘rg‘on, Buxoro, Kogon
(9-o’zb-12)1886-yil 12-iyulda Aleksandr III tomonidan tasdiqlangan “Nizom”ning asosiy maqsadi nima edi?
Turkistondagi boshqaruv tartiblarini tubdan o‘zgartirish va yangi ma’muriy hududlarni tashkil etish
barcha boshqaruv organlariga saylov tizimini kiritish
#o‘lkadagi ma’muriy boshqaruvni mustahkamlash, yerdan foydalanish tartiblarini o‘zgartirish
diniy lavozimlarni tugatish, vaqf yerlarini davlat foydasiga musodara qilish
(9-o’zb-12)Turkiston general-gubernatorligida o‘zbek va boshqa mahalliy xalqlar 1897-yil ... ga, 1911-yil ... ga yetgan.
1,7 mln., 5 mln.
2 mln., 7 mln.
#5 mln., 6 mln.
5 mln., 7 mln.
(9-o’zb-12)Turkiston general-gubernatorligiga ko‘chirib keltirilgan yevropalik aholi 1897-yil ... kishini, 1911-yil ... kishini tashkil qilgan.
107 ming, 397 ming
120 ming, 500 ming
#197 ming, 400 ming
80 ming, 360 ming
(9-o’zb-12)1877-yil Toshkentda xo‘jalik boshqaruvi Dumaga o‘tgan bo‘lib, unda shaharni Yangi va Eski qismidan nechta deputat ishtirok etgan?
Yangi shahardan 21 ta, Eski shahardan 48 ta
Yangi shahardan 68 ta, Eski shahardan 41 ta
Yangi shahardan 39 ta, Eski shahardan 80 ta
#Yangi shahardan 48 ta, Eski shahardan 21 ta
(9-o’zb-12)1886-yilgi “Nizom”ga muvofiq, Turkiston general-gubenatorligining ma’muriy boshqaruvida qanday yangi idora tashkil etildi?
Viloyat mahkamasi boshlig‘i Kengashi
Amudaryo bo‘limi
#Turkiston general-gubernatori Kengashi
Turkiston general-gubernatorligi shtabi
(9-o’zb-12)Uyezd tarkibiga kirgan bir necha qishloq yoki ovullardan iborat hududiy bo‘linma nima deb atalgan?
pristav
#volost
tuman
uchastka
(9-o’zb-12)Rossiya imperiyasi O‘rta Osiyoni bosib olgandan keyin, boshqaruv ...
#to‘liq harbiylar qo‘liga o‘tdi
demokratlashtirildi
mahalliy harbiy hokimlar va oqsoqollar qo‘lida qoldirildi hamda ularning vakolati cheklandi
oqsoqollar kengashi, ruhoniylar bilan bir paytda harbiylar qo‘liga o‘tdi
(9-o’zb-12)1886-yilgi “Nizom”ga ko‘ra, Qurama uyezdi qanday nomga o’zgartirildi?
Amudaryo bo‘limi
Oqqo‘rg‘on uyezdi
#Toshkent uyezdi
Sirdaryo viloyati
(9-o’zb-12)Turkiston general-gubernatorligining yer maydoni qancha bo‘lgan?
#1,7 mln. kv. km.
5,2 mln. kv. km.
2,5 mln. kv. km.
1,9 mln. kv. km.
(9-o’zb-12)Toshkentda nechanchi yil “Shahar nizomi” joriy etilgan?
#1877-yil
1866-yil
1874-yil
1886-yil
(9-o’zb-12)XIX asr oxirgi choragida Turkiston general-gubernatorligining aholisi qancha bo‘lgan?
3,5 mln.
#5,2 mln.
7,1 mln.
4,5 mln.
(9-o’zb-12)Turkiston general-gubernatori Kengashining doimiy a’zolari qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?
viloyat harbiy gubernatorlari;
general-gubernatorlik razvedkasi;
general-gubernator devoni boshqaruvchisi;
Turkiston harbiy okrugi shtabi boshlig‘i;
Imperator siyosiy agentligi;
Amudaryo bo‘limi.
1, 3, 6
#1, 3, 4
2, 5, 6
1, 2, 4, 5
(9-o’zb-12)1908-1910-yillarda podsho topshirig‘i bilan Turkiston o‘lkasini taftish qilgan shaxsni aniqlang.
S.Duxovskiy
F.Girs
A.Vrevskiy
#K.Palen
(9-o’zb-12) “Turkiston o‘lkasi boshqa o‘lkalarga nisbatan tarixiy o‘tmishi, etnografik xususiyatlarini hisobga olgan holda alohida e’tibor berilishini talab qiladi”. Ushbu fikrlar kimga tegishli?
K.Palen
F.Girsga
#S.Duxovskoyga
A.Vrevskiyga
(9-o’zb-12)1898-1901-yillarda Turkiston general-gubernatori kim bo‘lgan?
N.Korolkov
Fon Kaufman
#S.Duxovskiy
G.Rozenbax
(9-o’zb-13)Ko‘chirish siyosati natijasida Rossiyadan kelgan dehqonlarning birinchi manzilgohi qayerda tashkil etildi?
Chimkentda
Toshkentda
#Avliyootada
Farg‘onada
(9-o’zb-13)Rossiya imperiyasining ko‘chirib keltirish siyosati nima maqsadda amalga oshirildi?
#mustamlaka tuzumini mustahkamlash maqsadida
yangi ishchi kuchini tashkil qilish maqsadida
rus aholisining turmush tarzini yaxshilash maqsadida
bo‘shab yotgan yerlarni o‘zlashtirish maqsadida
(9-o’zb-13)Rossiya imperiyasining O‘rta Osiyodagi mustamlakachilik siyosati imperiyaning qaysi mustamlakalaridagi siyosatdek bo‘lgan?
Boltiq dengizi bo‘yi hududlari
Qora dengiz bo‘yi hududlari
Vladivostok va Saxalin
#Sibir va Kavkaz
(9-o’zb-13)1875-1890-yillar oralig‘ida Turkistonga qancha rus oilasi ko‘chirildi?
1100
1500
#1300
1900
(9-o’zb-13)Nima sababdan XIX asr so‘nggi choragida Turkistondagi masjid va madrasalarning moddiy ahvoli yomonlashdi?
diniy ilmlarni o‘rganishga e’tiborning susayganligi
jadid maktablarining tashkil etilishi va mablag‘larning yangi maktablarga sarf etilishi
diniy ruhoniylarning ta’qib ostiga olinishi, qozikalon lavozimining tugatilishi
#vaqf yerlari nazoratining mustamlakachi hukumat qo‘liga o‘tishi
(9-o’zb-13)Turkiston yerlari, o‘rmonlari va yer osti qazilma boyliklari nechanchi yilda Rossiya imperiyasi mulki deb e’lon qilindi?
1880-yil
1867-yil
#1886-yil
1876-yil
(9-o’zb-13)Turkiston o‘lkasiga 1891-1892-yillarda Rossiyadan ko‘chib kelgan dehqonlarning nechta manzilgohi vujudga keldi?
#25 ta
19 ta
13 ta
21 ta
(9-o’zb-13)Avliyootada Rossiyadan ko‘chib kelganlarning dastlabki manzilgoni nechanchi yilda vujudga kelgan?
1870-yil
#1875-yil
1881-yil
1886-yil
(9-o’zb-13)1875-1890-yillarda Turkiston o‘lkasiga Rossiyadan ko‘chib kelgan oilalar nechta qishloqni tashkil qildi?
13 ta
#19 ta
9 ta
25 ta
(9-o’zb-13)1892-yildan boshlab…
Turkiston general-gubernatorligi Devonining sudlov bo‘limi ish boshladi
Turkistonda temiryo‘l qurilishi ishlari tugallandi
#Rossiyadan o‘zboshimchalik bilan ko‘chib kelganlar ham ma’muriyat ruxsati bilan ko‘chirilganlarga berilgan imkoniyatlardan foydalanishi e’lon qilindi
Turkistondagi barcha qozikalon lavozimlari tugatilib, barcha qozilarning huquqi tenglashtirildi
(9-o’zb-13)1886-yilgi “Nizom”ga muvofiq, Rossiyadan Turkistonga ko‘chirilgan aholiga qahday imtiyozlar berilgan?
ma’muriyat cherkov va maktab qurish uchun mablag‘ ajratgan;
sanoat korxonasida ish bilan ta’minlash;
150 rubl miqdorida nafaqa belgilangan;
5 yil davomida soliqlardan ozod etilgan;
10 yil davomida soliqlarning yarmini to‘lagan;
ko‘chib kelganlar mablag‘, turar joy, yer maydonlari, kreditlar bilan ta’minlangan;
uy qurilishi uchun dastlab 100 rubldan mablag‘ berilgan;
barchasi davlat lavozimlariga jalb qilingan
1, 4, 7
3, 4, 5, 8
#1, 4, 6, 7
3, 4, 6
(9-o’zb-13)Turkistonda mustamlakachi hukumat qaysi yo‘l bilan din peshvolari, ulamo va diniy muassasalarga zarba berdi?
#vaqf mulki nazoratini o‘z qo‘llariga olish orqali
qozikalon va shayxulislom lavozimini tugatish orqali
yangi maktablar va cherkovlar qurish orqali
diniy ulamolarning yerlari va mol-mulkini musodara qilish orqali
(9-o’zb-13)XIX asr so‘ngi choragida O‘rta Osiyo shaharlari ikki qismdan iborat bo‘lib, uning yangi shahar qismida nimalar joylashgan edi?
masjid, madrasa, xonaqoh, ma’muriyat
#ma’muriyat, harbiy qismlar yashaydigan va ko‘chib kelganlar yashaydigan joylar
masjid, madrasa, ma’muriyat, ko‘chib kelganlar yashaydigan joylar
mahalliy aholi bilan birga ko‘chib kelganlar yashaydigan joylar, jadid maktablari
(9-o’zb-13)Toshkent shahrida qaysi obyekt shaharni ikki qismga ajratib turgan?
ma’muriyat idorasi
eski shahar devorlari
#Bo‘zsuv anhori
Kaykovus arig‘i
(9-o’zb-14)Rossiya imperiyasi Turkistonni bosib olgunga qadar sud va qozilik tizimi qanday bo‘lgan?
sud ishlarini qozilar amalga oshirgan;
har bir qishloqning o‘z qozisi bo‘lgan va o‘z qishlog‘i qozisiga shikoyat bilan murojaat qilgan;
qozilar davlat boshlig‘ining shaxsan o‘zi tomonidan lavozimga tayinlangan;
qozilar shariat qonunlaridan kelib chiqib, qarorlar chiqarishgan;
qozilar qat’iy belgilangasn uchastkaga ega bo‘lishmagan, har bir da’vogar o‘zi ishongan qoziga murojaat qilgan;
qozikalonlarning huquqi deyarli qozilarniki bilan teng bo‘lgan;
qozilar davlatdan maosh olishmagan;
qozilar xalq tomonidan 2,5 yil muddatga saylab qo‘yilgan;
qozi sudlarining vakolatiga da’vo hajmi 100 tillodan oshmaydigan jinoyat ishlari kirgan;
qozilar sud majlisi boshlanishidan oldin tomonlarga kelishib olishni taklif qilgan.
1, 2, 3, 5, 9
1, 4, 6, 7, 9
#1, 4, 5, 7,10
1, 3, 5, 8, 10
(9-o’zb-14)Turkistonda mustamlakachi hukumat tomonidan qozi va biy sudlari tugatilishi maqsad qilib olingan bo‘lib, ular tugatilgunga qadar qanday ishlarni ko‘rishi belgilangan edi?
diniy munozalar, oqsoqollar orasidagi bahs-munozaralar
xon sulolalari orasidagi kelishmovchiliklar
barcha ma’muriy ishlar
#oilaviy mojarolar, kishilar o‘rtasidagi kelishmovchiliklar
(9-o’zb-14)O‘rta Osiyoda Rossiya imperiyasi hukmronligi o‘rnatilgach, sud ishlariga o‘zlashtirishlar kiritildi. Shunga muvofiq, hududdagi qozilarning soni nimaga qarab belgilanadigan bo‘ldi?
sodir bo‘ladigan notinchliklarga qarab
hududda yashaydigan millat soniga qarab
qishloqlar soniga qarab
#aholi soniga qarab
(9-o’zb-14)1886-yilgi “Nizom” Turkiston o‘lkasi sud tizimiga qanday o‘zgarishlar kiritdi?
uyezd sudlari bekor qilindi va ularning o‘rniga shahar va zemstvo boshliqlari tomonidan tayinlanadigan uchastka mirovoy sudlari tuzildi;
viloyat sudlari tugatildi va ularning o‘rniga Toshkent sud palatasi tuzildi;
viloyat boshqaruvining sud bo‘limlari viloyat sudlari bilan almashtirildi;
okrug sudlari joriy etildi;
sud tergovchilari, viloyat prokurori va ularning yordamchisi lavozimlari joriy etildi;
qozilar sudi saqlanib qoldi;
2, 4, 6
2, 5, 6
#1, 3, 5, 6
1, 2, 3, 4
(9-o’zb-10-14)Quyidagi atamalarni ularning izohi bilan to‘g‘ri joylashtiring.
kontributsiya;
pristan;
volost;
uyezd;
apilyatsiya;
shikoyat, norozilik bildirish;
tumanlarga teng hududiy bo‘linma;
bir necha qishloqlardan iborat hudud;
mag‘lub davlatning g‘olib davlatga to‘lovi;
daryo sohilida qayiqlar to‘xtaydigan maxsus joy.
1-e, 2-d, 3-c, 4-b, 5-a
1-d, 2-c, 3-e, 4-b, 5-a
#1-d, 2-e, 3-c, 4-b, 5-a
1-a, 2-e, 3-c, 4-b, 5-d
(9-o’zb-14)Turkistonda sud tergovchilari, viloyat prokurorlari va ularning yordamchilari lavozimi nechanchi yilda joriy qilingan?
1877-yil
#1886-yil
1867-yil
1865-yil
(9-o’zb-14)Toshkent sud palatasi nechanchi yilda tuzilgan?
1890-yil
1877-yil
#1898-yil
1886-yil
(9-o’zb-14)Nechanchi yil Toshkentda maxsus muassasa – mahkama joriy etilgan?
1874-yil
#1866-yil
1871-yil
1879-yil
(9-o’zb-14) Turkiston o‘lkasida 1000 rubldan oshmaydigan jinoyat va fuqarolik iko’rib chiqish ishi qaysi sud bosqichining vakolatiga kirgan?
#xalq sudlari qurultoyi
xalq sudlari favqulodda qurultoyi
qozi va biy sudlari
general-gubernatorlik Devonining sudlov bo‘limi
(9-o’zb-14)Turkiston general-gubernatorligi Devonining sudlov bo‘limi nechanchi yil tashkil qilindi?
#1867-yil
1881-yil
1886-yil
1898-yil
(9-o’zb-14)Mustamlaka davrida Turkistonda o‘zgartirishlar kiritilgan sud bosqichlarini aniqlang.
biy sudlari, qozi sudlari, a’lam sudlari, xalq sudyalari qurultoyi
#qozi sudlari, xalq sudyalari qurultoyi, xalq sudyalari favqulodda qurultoyi
xalq sudyalari favqulodda qurultoyi, xalq sudyalari komissarligi, mirovoy sudlar
zemstvo sudlari, xalq sudyalari qurultoyi, biy va qozi sudlari
(9-o’zb-14)Turkiston o‘lkasida turli volostlar va uyezdlar aholisi o‘rtasida yuzaga kelgan bahsli ishlarni hal qilish ishi qaysi sud bosqichining vakolatiga kirgan?
xalq sudlari qurultoyi
#xalq sudlari favqulodda qurultoyi
qozi va biy sudlari
general-gubernatorlik Devonining sudlov bo‘limi
(9-o’zb-14)Turkiston o‘lkasida 100 rubldan oshmaydigan jinoyat va fuqarolik iko’rib chiqish ishi qaysi sud bosqichining vakolatiga kirgan?
xalq sudlari qurultoyi
xalq sudlari favqulodda qurultoyi
#qozi sudlari
general-gubernatorlik Devonining sudlov bo‘limi
(9-o’zb-14)Toshkent sud palatasi qaysi organga bo‘ysunar edi?
harbiy vazirga
#hukumat Senatiga
harbiy sud komissiyasiga
Turkiston general-gubernatorligiga
(9-o’zb-14)Rossiya imperiyasi nima maqsadda Toshkentda o‘ziga xos muassasa – mahkama joriy qilindi?
qo‘zg‘olon ko‘targan aholini rus huquqi bo‘yicha jazolash
ko‘chirib keltirilgan rus aholisini ish bilan ta’minlash
#imperiyaning mahalliy aholiga ta’sirini kuchaytirish
yevropalik aholi manfaatlarini himoya qilish
(9-o’zb-15)O‘rta Osiyoda qurilgan birinchi temiryo‘l qaysi hududlarni bog‘lagan?
Toshkent – Orenburg
Samarqand – Andijon
#Krasnavodsk – Qizilarvat
Ashxabod – Toshkent
(9-o’zb-15)Turkistonda “Davlat tartiboti va jamoat osoyishtaligini qo‘riqlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Nizom” nechanchi yilda e’lon qilindi?
1886-yil
1892-yil
1916-yil
#1881-yil
(9-o’zb-15)Imperatorning maxfiy maslahatchisi F. Girs Turkiston o‘lkasini nechanchi yilda tekshirgan?
1908-1910-yillar
#1882-1884-yillar
1884-1886-yillar
1886-1892-yillar
(9-o’zb-15)Turkiston o‘lkasi qaysi yillarda “kuchaytirilgan qo‘riqlov” va “favqulodda qo‘riqlov” holatida bo‘ldi?
1880-1989-yillar
1878-1900-yillar
1890-1917-yillar
#1892-1916-yillar
(9-o’zb-15)Rossiya imperiyasi harbiy qurolli kuchlarining asosiy bazalari qayerda joylashgan edi?
Sibirda
Ukrainada
Boltiqbo‘yida
#Kavkazda
(9-o’zb-15)Ispravniklar–bu ...
davlat xavfsizligini saqlovchi tashkilot
uyezd boshqaruvchisi
#uyezd politsiyasi boshlig‘i
rus posyolkalari boshliqlari
(9-o’zb-15)Samarqandga dastlabki temiryo‘l nechanchi yil qurib kelindi?
1880-yil
1881-yil
1885-yil
#1888-yil
(9-o’zb-15)O‘rta Osiyoda temiryo‘llar qurilishida qanday maqsadlar ko’zlangan edi?
o‘lkadagi paxtani olib ketish maqsadi
o‘lkaga rus tovarlarini olib kelish maqsadi
faqat aholini ko‘chirish maqsadi
#harbiy-strategik maqsad
(9-o’zb-15)Temiryo‘l Toshkent orqali Andijongacha kelgan yilni aniqlang.
#1899-yil
1888-yil
1885-yil
1905-yil
(9-o’zb-15)Politsiya so‘zi nemischa so‘z bo‘lib, u qanday ma’noni anglatadi?
harbiy intizom
shahar boshlig‘i
#ma’muriyat
nazorat guruhi
(9-o’zb-15)Turkiston aholisini armiyaga butkul chaqirmaslik siyosatini yoqlab chiqqan rus amaldorini aniqlang.
graf Palen
polkovnik Putinsev
general Duxovskiy
#maxfiy maslahatchi Girs
(9-o’zb-15)Orenburgda Toshkentga qadar temiryo‘l qurib kelingan yilni aniqlang.
1899-yil
#1905-yil
1901-yil
1898-yil
(9-o’zb-15)Turkistonda “Davlat tartiboti va jamoat osoyishtaligini qo‘riqlashga qaratilgan choratadbirlar to‘g‘risidagi Nizom” e’lon qilingan bo‘lib, unga muvofiq, ...
Turkistonda 1916-yilga qadar kuchaytirilgan qo‘riqlov holati e’lon qilindi
general-gubernatorga eng quyi mahalliy hokimlarning ham lavozimiga tasdiqlashi vakolati berildi
#general-gubernator o‘lkada favqulodda qo‘riqlash holatini o‘z ixtiyori bilan joriy etish huquqiga ega bo‘ldi
Turkiston aholisi armiyaga jalb qilinmaydigan bo‘ldi
(9-o’zb-15)Turkiston o‘lkasini tekshirgan F.Girsning ma’lumotiga ko‘ra, o‘lkada ... kishi yashagan, shundan ... tasi erkak kishi bo‘lgan?
1 mln. 200 ming, 240 ming
#2 mln. 404 ming, 1 mln. 200 ming
2 mln. 200 ming, 1 mln. 400 ming
1 mln. 404 ming, 420 ming
(9-o’zb-15)Turkiston o‘lkasida podsho hukumati harbiy siyosatining asosini nima tashkil etgan?
milliy-ozodlik kurashlarini qattiqqo‘llik bilan bostirish
temiryo‘llar qurib, u orqali harbiylarni o‘lkaga osonlik bilan ko‘chirib joylashtirish
#mahalliy aholini harbiy xizmatdan ozod qilish, jangovar an’analarni tag-tomiri bilan tugatish
sekin-asta qozi va biy sudlarini tugatib, mirovoy sudlar tashkil qilish
(9-o’zb-16)Turkistonda chorva mahsulotlarining kamayishiga olib kelgan omilni aniqlang.
chorva mahsulotlari narxining pasayishi
o‘lkada g‘alla ekinlarining ko‘payishi natijasida yaylovlarning qisqarishi
vabo kasalligining avj olib ketishi
#chorvachilik yaylovlarining paxta maydoniga aylantirilishi
(9-o’zb-16) XIX asr oxirilarida Turkistonda 175 ta sanoat korxonalari ishga tushurilgan bo’lib unda qancha ishchi ishlagan?
25,000
#20,000
15,000
10,000
(9-o’zb-16)Sirdaryo magistral kanalining qurilish ishlari qaysi yillarda amalga oshirilgan?
1909-1911-yillar
1908-1910-yillar
1899-1900-yillar
#1911-1913-yillar
(9-o’zb-16)Mustamlakachi hukumat uchun paxta Turkiston o‘lkasida ...... dan keyingi o‘rinda turuvchi yuqori daromadli soha bo‘lgan.
g‘alla va teri
#neft va oltin
temir
chorva mahsulotlari
(9-o’zb-16) XIX asr oxirilarida Turkistonda 175 ta sanoat korxonalari ishga tushurilgan bo’lib unda ishchilarning ish kuni qanchani tashkil etgan?
12 soatni
14 soatni
#16 soatni
18 soatni
(9-o’zb-16)Qachondan Turkistonda yangi paxta navi (Amerika navi)ni etishtirish boshlandi?
1881-yil
1879-yil
#1884-yil
1874-yil
(9-o’zb-16)Qaysi yillari Turkistonda 175 ta sanoat korxonalari ishga tushurilgan?
1881-1900-yillarda
1857-1880-yillarda
#1867-18900-yillarda
1874-18911-yillarda
(9-o’zb-17)Yetimxon qo‘zg‘oloni nechanchi yilda bo‘ldi?
1880-yil
#1878-yil
1879-yil
1896-yil
(9-o’zb-17)Rahmonqulihoji va Mirkarimboy boshchiligida norozilik harakati boshlangan yilni aniqlang.
#1880-yil noyabrida
1885-yil martida
1882-yil oktyabrida
1896-yil dekabrida
(9-o’zb-17)Darvishxon boshchiligidagi qo‘zg‘olon qachon, qayerda sodir bo‘lgan edi?
1882-yil Marg‘ilonda
1880-yil O‘ratepada
#1885-yil Andijonda
1882-yil Namanganda
(9-o’zb-17)1878-yil qayerda qo‘zg‘olon ko‘tarildi?
#Mingtepada
Namanganda
Naymanchida
Qo‘qonda
(9-o’zb-17)1896-yili Turkistonning qaysi volostida mingboshilar saylovida qo‘zg‘olon boshlanib ketdi?
Mingtepa
Marg‘ilon
#Oqsuv-Shahrixon
Namangan
(9-o’zb-17)Rossiya imperiyasi Turkistonni mustamlakaga aylantirgach, kapitalistik munosabatlarga yo‘l ochila boshladi va bu ...
xalqning moddiy ahvolini yaxshiladi
#korxona xo‘jayinlari, savdogarlar va amaldorlarning boyishini ta’minladi
mahalliy banklarning kasodga uchrashiga olib keldi
qishloq xo‘jaligining inqirozga uchrashini ta’minladi
(9-o’zb-17)1879-yilda mahalliy aholi Farg’ona viloyati bashqarmasi oldida ochiqcha nonozilik ko’rsatib Marg’ilon uyezdida soliq to’lash noqonuniy tusga kirganligiga qarshi chiqishdi. Qo’zg’alon kuchayib ketishini sezgan podsho hukumati maxsus komissiya tuzib, vaziyatni o‘rgangan. Ushbu komissiya xulosasiga ko‘ra norozilikka nima sabab bo‘lgan?
viloyatga rus aholisining ko‘p miqdorda ko‘chirilishi
xonlikning tugatilishi va milliy an’analarning cheklanishi
#viloyatda paxta ekishning keng ko‘lamda avj oldirilishi natijasida boshqa ekinlarning kamayib ketishi
vaqf yerlarining davlat tasarrufiga o‘tkazilishi
(9-o’zb-17)Mingtepa hozirgi qaysi tumanga to‘g‘ri keladi?
Kosonsoy
Qo‘rg‘ontepa
Paxtachi
#Marhamat
(9-o’zb-17)Qaysi hududda Rahmonqulihoji va Mirkarimboy boshchiligidagi aholi mahkamaga borib, adolatsiz soliqlarni bekor qilishini so‘rab norozilik bildirgan edi?
Jizzaxda
#Xo‘jand va O‘ratepada
Andijonda
Mingtepa va Namanganda
(9-o’zb-17)1896-yil Namangan uyezdining qaysi qishloqlarida mingboshilar saylovi qo‘zg‘olonga aylanib ketdi?
Qutchi, Shahrixon, Ketmontepa
Ko‘gart, Tojikqishloq, Qutchi
Qo‘yli, Olmos, Chortoq
#Naymanchi, Langarbob, Ko‘hna mozor
(9-o’zb-17)Nechanchi yildan boshlab Turkistonda oddiy fuqarolarni ma’muriyatga qarshilik ko‘rsatgan taqdirda, bevosita harbiy dala sudlariga bera boshlandi?
#1892-yil
1890-yil
1898-yil
1889-yil
(9-o’zb-17)1885-yilda Turkiston o‘lkasining qaysi hududida qo‘zg‘olonlar qaytadan avj olib ketdi?
Samarqand uyezdi
Xorazm vohasi
Zarafshon vohasi
#Farg‘ona vodiysi
(9-o’zb-18) “………… Olomonda o‘qotar yoki boshqacha qurol ham yo‘q bo‘lib, ular chamasi 400 kishi edi”, ushbu ma’lumotlarda nechanchi yil voqealari tasvirlangan?
1880-yil 2-yanvar voqealari
1898-yil 20-iyun voqealari
1878-yil 12-mart voqealari
#1892-yil 24-iyun voqealari
(9-o’zb-18) “Toshotar voqeasi” deb nom olgan qo‘zg‘olon qayerda bo‘lgan edi?
Jizzaxda
#Toshkentda
Andijonda
Namanganda
(9-o’zb-18)Toshkentga 1892-yilgi vaboning kirib kelishi qaysi hududda paydo bo‘lgan kasallik bilan bog‘liq?
Jizzax
Samarqand
Tojikiston
#Afg‘oniston
(9-o’zb-18)Toshkentda “vabo isyoni”ning boshlanishiga nimalar sabab bo‘lgan edi?
mahalliy aholiga nisbatan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan mustamlakachilik jabr-zulmining tobora kuchayib borayotganligi;
vaqf yerlarining davlat tasarrufiga o‘tkazilishi;
xalq ommasining og‘ir ahvoli, hunarmand kosiblar va mardikorlarning ayovsiz ishlatilishi;
iste’mol mahsulotlari narxining oshib borishi, soliqlarning ko‘pligi;
Toshkentning ikki qismga bo‘linishi;
amaldorlarning o‘z mansabini suiiste’mol qilishi, poraxo‘rlikning avj olishi.
1, 2, 5, 6
1, 2, 3
#1, 3, 4, 6
1, 2, 5
(9-o’zb-18)Toshkentda “vabo isyoni” boshlanishi arafasida Eski shahar oqsoqoli kim edi?
Muhammad Yoqub
Umarxo‘ja Inog‘omov
#Inog‘omxo‘ja Umriyoxo‘jayev
Hakimxo‘ja maxsum
(9-o’zb-18)1892-yilgi Toshkent qo‘zg‘oloni vaqtida shahar boshlig‘i kim edi?
A.Vrevskiy
#S.Putinsev
Konshevskiy
V.Poltaratskiy
(9-o’zb-18)Turkiston o‘lkasida “Harbiy holatda deb e’lon qilingan joylar haqida Qoida” qachon kuchga kirgan?
1881-yil 24-noyabrda
1886-yil 19-mayda
#1892-yil 18-iyunda
1898-yil 21-aprelda
(9-o’zb-18)1892-yil Toshkentda bo‘lgan qo‘zg‘olon paytida norozilik bildirgan aholidan qo‘rqib, shahar ma’muri huzuriga qochgan Eski shahar oqsoqolini aniqlang.
#Muhammad Yoqub
Umarxo‘ja Inog‘omov
Inog‘omxo‘ja Umriyoxo‘jayev
Hakimxo‘ja maxsum
(9-o’zb-18)Qaysi qo‘zg‘olondan keyin Turkiston hukumati politsiya shtatini ko‘paytirish va jazo vakolatlarini yanada kengaytirish haqida Sankt-Peterburgga murojaat qilgan edi?
1898-yilgi Dukchi eshon qo‘zg‘oloni
1885-yilgi Andijon qo‘zg‘oloni
1896-yilgi Namangan qo‘zg‘oloni
#1892-yilgi “Vabo isyoni”
(9-o’zb-18)Toshkentda “vabo isyoni” boshlanishi arafasida shahar ma’muriyati nechta qabristonni yopib qo‘ydi?
8 ta
2 ta
#12 ta
14 ta
(9-o’zb-18)1892-yildan keyin Turkistonda “kuchli muhofazada” deb e’lon qilingan hududlarda nimalar taqiqlab qo‘yildi?
#majlis-yig‘inlar, savdo-sanoat korxonalarining ishlashi, matbuot organlari
kech soat oltidan keyin ko‘chalarga chiqish, ish paytida bekor yurish, ko‘cha tomoshalari
bozorlar, savdo-sotiq, kech soat 7 dan keyin ko‘chaga chiqish
biror-bir inshoot qurish, choyxonalar, aholining bir-birining uyiga bordi-keldisi
(9-o’zb-18)1892-yildan keyin Turkistonda “favqulodda muhofazada” deb e’lon qilingan hududlarda butun hokimiyat ...
Harbiy vazir va uning yordamchilari qo‘liga o‘tdi
#general-gubernator yoki u tayinlagan bosh noib qo‘liga o‘tdi
Turkiston harbiy okrugi qo‘liga o‘tdi
imperator tayinlagan maxsus harbiy-gubernator qo‘liga o‘tdi
(9-o’zb-19)Muhammad Alining ota kasbi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
kulolchilik
duradgorlik
zargarlik
#dukchilik
(9-o’zb-19)1898-yilgi qo‘zg‘olon qaysi qishloqda boshlandi?
Qutchi
Shahrixon
#Tojikqishloq
Marg‘ilon
(9-o’zb-19)Muhammad Ali eshon yashagan yillarni aniqlang.
1856-1898-yillar
#1846-1898-yillar
1850-1898-yillar
1842-1898-yillar
(9-o’zb-19)Dukchi eshon qo‘zg‘oloni ikkiga bo‘linib harakat qilgan va ikkinchi guruhga kim rahbarlik qilgan?
G‘oyibnazar
#Ziyovuddin Maxsum
Mahammad Ali
Muhammad Yoqub
(9-o’zb-19)Andijon qo‘zg‘olonining boshlanishiga nimalar sabab bo‘lgan edi?
1891-yil Farg‘ona vodiysiga ko‘plab rossiyaliklarning ko‘chirilishi;
Rus hukumatining Rossiya hududidagi soliqlarni ham joriy qilishi;
vaqf yerlarining tugatilib, davlat yerlariga aylantirilishi;
mahalliy erkaklarning harbiy xizmatdan ozod qilinishi;
vodiyda asosan paxta ekilishi natijasida oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabning keskin oshishi;
masjidlarning yopib qo‘yilishi.
1, 4, 6
2, 4, 5
3, 4, 6
#1, 3, 5
(9-o’zb-19)Quyidagi atamalarni ularning mazmuni bilan muvofiq joylashtiring.
eshon;
dukchi;
kazarma;
pristav
aholi yashaydigan joy nazoratchisi;
harbiy qism joylashgan maxsus bino;
charxning ip o‘raladigan moslamasini yasovchi;
dindorlar orasida obro‘ qozongan diniy unvon.
1-a, 2-c, 3-b, 4-d
1-c, 2-d, 3-b, 4-a
#1-d, 2-c, 3-b, 4-a
1-d, 2-c, 3-a, 4-b
(9-o’zb-19)Podsho Nikolay II kimni 1898-yilda vaqtinchalik Turkiston general-gubernatori etib tayinladi?
Veryovkinni
#Korolkovni
Kuropatkinni
Gippiusni
(9-o’zb-19)Turkiston o‘lkasida yuqori nufuzli din peshvolari, ta’lim muassasalarida ish olib boradigan mutasaddilarning keskin noroziligini keltirib chiqargan omilni aniqlang.
rus aholisining ta’lim muassasalariga jalb qilinishi
xristianlikning o‘lka aholisi orasida targ‘ib qilinishi
#vaqf yerlarining katta qismi davlat yerlariga aylantirilishi
rus aholisining o‘lkaga ko‘chirib keltirilishi
(9-o’zb-19)Qaysi qo‘zg‘olon rahbari oddiy fizikaviy hodisalardan foydalanib, xalq orasida mo‘jizalar ko‘rsatgan?
Yetimxon
Po‘latxon
Darvishxon
#Muhammad Ali
(9-o’zb-19)1898-yilgi Dukchi eshon qo‘zg‘oloni davrida harakatning umumiy rahbariga zudlik bilan qo‘shilmasdan, atrofdagi mustamlakachi qo‘shinlarga qarshi kurash olib borib, taktik xatoga yo‘l qo‘ygan rahnamolardan birini aniqlang.
G‘oyibnazar
Mirkarimboy
Rahmonqulihoji
#Chibil bo‘lis
(9-o’zb-19)1898-yilgi Andijon qo‘zg‘olonida faol ishtirok etgan va rahnamolik qilgan shaxslarni aniqlang.
Muhammad Ali eshon;
Muhammad Yoqub;
mingboshi G‘oyibnazar;
Rahmonqulihoji;
Ziyovuddin maxsum;
Chibil bo‘lis;
Mirkarimboy;
Damin kulol.
1, 2, 4, 6, 8
1, 4, 7, 8
#1, 3, 5, 6
1, 2, 3, 4, 5
(9-o’zb-19) Rossiya imperiyasi Jizzax va O‘ratepani bosib olgandan 20 yil oldin….
Raim qalasi qurildi
#Muhammad Ali eshon tug‘ilgan.
Turkiston viloyati tashkil topdi
Rossiya imperiyasi Chimkent va Turkiston shaharlarini bosib oldi
(9-o’zb-19)Rus noibi polkovnik Konshevskiy qaysi qo‘zg‘olondan qo’rqib uyidan chiqmasdan telefon orqali harbiy kuchlarni chaqirgan?
1878-yilgi Yetimxon qo‘zg‘oloni
1885-yilgi Andijon qo‘zg‘oloni
#1898-yilgi Andijon qo‘zg‘oloni
1892-yilgi “Vabo isyoni”
(9-o’zb-19)1898-yilgi Dukchi eshon qo‘zg‘olonida Ketmontepa va Ko‘gart qishlog‘idagi harakatlarga kim rahbarlik qilgan?
Ziyovuddin maxsum
#Chibil bo‘lis
Rahmonqulihoji
Mirkarimboy
(9-o’zb-19)1898-yilgi Dukchi eshon qo‘zg‘oloni bostirilgach, Turkiston general-gubernatori S.Duxovskiyga o‘lim jazosini ko‘paytirmaslik haqida telegramma yuborgan shaxsni aniqlang.
Imperator Aleksandr II
#Harbiy vazir A.Kuropatkin
Turkiston harbiy okrugi boshlig‘i N.Korolkov
Imperator Aleksandr III
(9-o’zb-19)Andijon qo‘zg‘oloni natijasida Rossiya hukumati Turkiston general-gubernatoriga o‘lim jazosini kamaytirish va uni qaysi jazo bilan almashtirish haqida ko‘rsatma bergan edi?
#katorga va qamoq jazosi
70 darradan 200 darragacha kaltaklash jazosi
jarima, qamoq, qo‘l kesish
davlatga 5 yilgacha tekin ishlab berish, jarima
(9-o’zb-19)Andijon qo‘zg‘oloni bostirilgach, imperiya ma’muriyati nima sababdan o‘lim jazosini ko‘paytirmaslik haqida ko‘rsatma berdi?
ishchi kuchining kamayib ketishining oldini olish uchun
#mahalliy aholining g‘azabini yanada kuchaytirmaslik uchun
xalqaro jamoatchilikning Rossiyaga nisbatan fikrini o‘zgartirmaslik uchun
mahalliy aholi bilan kelishish uchun
(9-o’zb-19)Tarixiy manbalarda yozilishicha, Dukchi eshon qo‘zg‘oloni natijasida qancha odam o‘lim jazosiga mahkum etilgan?
340 ta
180 ta
250 ta
#380 ta
(9-o’zb-19)1898-yil vaqtinchalik Turkiston general-gubernatori lavozimiga tayinlangan N.Korolkov shu paytgacha qaysi lavozimda edi?
general-gubernator Devoni boshlig‘i
Farg‘ona viloyati gubernatori
#Sirdaryo viloyati gubernatori
Turkiston harbiy okrugi boshlig‘i
(9-o’zb-19)1898-yilgi Dukchi eshon qo‘zg‘olonining mag‘lubiyatga uchrashiga sabab bo‘lgan omillarni aniqlang.
qo‘zg‘olon rahbarlari orasidagi o‘zaro nizolar;
qo‘zg‘olonga aholining barcha tabaqalari ishtirok etmaganligi;
qo‘zg‘olonning o‘lka bo‘ylab keng tarqalib ketmaganligi;
qo‘zg‘olonni tashkil etishda qat’iy tartib va intizomning bo‘lmaganligi;
qo‘zg‘olonchilarning aniq bir rejaga asoslanmaganligi;
hammaning bir vaqtning o‘zida ko‘tarilmaganligi;
qo‘zg‘olon va ishtirokchilarining harbiy sohadan bexabarligi, qurollarining o‘ta soddaligi;
qo‘zg‘olonchilar tarkibida 3 ta guruhning mavjudligi va ularning bir-birini qo‘llab-quvvatlamaganligi.
1, 2, 5, 8
#2, 3, 4, 5, 6, 7
2, 3, 4, 6, 7, 8
1, 2, 3, 6, 7, 8
(9-o’zb-19)Italyancha “uycha”, “kulba” ma’nolarini anglatuvchi atamani toping.
#kazarma
katorga
pristan
okrug
(9-o’zb-19)Mahbusning jinoyati uchun og‘ir mehnat sharoitida jazoni o‘tash joyi nima deb ataladi?
kazarma
lager
#katorga
turma
(9-o’zb-19)1898-yilgi Andijon qo‘zg‘oloni boshlangan paytda dastlab qaysi tuman pristav qo‘zg‘olonchilar tomonidan o‘ldirilgan?
Mingtepa
Qo‘yli
#Asaka
Namangan
(9-o’zb-19)1898-yilgi Andijon qo‘zg‘oloni natijasida necha kishiga berilgan o‘lim jazosi o‘z kuchida qoldi?
11 kishi
#22 kishi
18 kishi
35 kishi
(9-o’zb-19)Yetimxon qo‘zg‘olonidan 20 yil o‘tib ...
#Dukchi eshon qo‘zg‘olonining oldini ololmaganligi uchun Farg‘ona viloyati gubernatori lavozimidan ozod etildi
Namangan uyezdida mingboshilar saylovi qo‘zg‘olonga aylanib ketdi
Rossiyadan Farg‘ona vodiysiga aholining ko‘chirib keltirilishi kuchaydi
Turkiston o‘lkasida “Harbiy holatda deb e’lon qilingan joylar haqida Qoida” kuchga kirgan
(9-o’zb-20)XIX asrning ikkinchi yarmida bo’lgan milliy-ozodlik harakatlarida o’lka aholisining turli tabaqa vakillari ishtirok etgan. Shularni ko’rsating.
savdogarlar
dehqonlar
darveshlar
katta mulk egalari
hunarmandlar
harbiylar
mingboshilar
qozilar
chorvadorlar
din ulamolari
qishloq oqsoqollari
2,3,4,7,9,10,11
#1,2,4,5,7,8,10,11
2,3,5,6,8,9,11
1,2,4,6,7,9,10
(9-o’zb-20)XIX asrning ikkinchi yarmida Turkiston o’lkasida olib borilgan milliy-ozodlik harakatlari asosiy sabablarini toping.
soliq va majburiyatlarning og’irligi;
mahalliy boshqaruv vakillarining sotqinlarcha podsho ma’murlariga xizmat qilishi;
Dukchi eshon qo’zg’olonida 380 kishini o’lim jazosiga tortilgani;
Rossiya o’lkalaridan ko’chirib keltirilgan aholiga yangi ekin maydonlarining bo’lib berilishi;
narx-navolarning oshib ketganligi;
o’lkada paxtadan boshqa ekinni ektirilmaganligi;
turmush sharoitlarining yomonligi;
mahalliy aholi uchun tibbiy xizmat ko’rsatishning yo’qligi;
yangi ishlab chiqarish va texnologiyalarning faqat imperiya manfaatlariga xizmat qilishi;
#1, 2, 4, 5, 7, 8, 9
2, 3, 4, 5, 6, 8, 9
1, 2, 5, 6, 7, 9
2, 3, 6, 7, 8
(9-o’zb-20)XIX asrning ikkinchi yarmida Turkistonda bo‘lgan milliy-ozodlik harakatlarining rahbarlari qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?
Damin kulol, Namoz Pirimqulov, Nazirxo‘ja eshon, Dukchi eshon
Inog‘omxo‘ja Umriyoxo‘jayev, Darvishxon, Abdurahmon jevachi, Abdurahmon Oftobachi
Yetimxon, Mirkarimboy, Muhammad Yoqub, Dukchi eshon, Nazirxo‘ja eshon
#Po‘latxon, Yetimxon, Qurbonjon dodhoh, Dukchi eshon, Darvishxon
(9-o’zb-20) Turkistondagi XIX asrning ikkinchi yarmidagi qo’zg’olonlar xarakteriga ko’ra qanday ko’rinishida yuz bergan?
bosqinchilik ko’rinishida yuz bergan
kelushuvchanlik ko’rinishida yuz bergan
#milliy-ozodlik ko’rinishida yuz bergan
ozodlikka qarshi kurash ko’rinishida yuz bergan
(9-o’zb-21)Qoraqalpoqlar XIX asr o‘rtalarida urug‘ ya’ni arislarga bo‘lingan bo’lib, arislar orasida eng yirigi qaysi edi?
shullik
jung’ar
#o‘n to‘rt urug‘
aris-qo‘ng‘irot
(9-o’zb-21)Qoraqalpoqlar XIX asr o‘rtalarida urug‘ ya’ni arislarga bo‘lingan bo’lib, arislar orasida harbiy kuch borasida ikkinchi o’rinda qaysi turgan?
#aris-qo‘ng‘irot
shullik
jung’ar
o‘n to‘rt urug‘
(9-o’zb-21)Xiva xoni XIX asrning ikkinchi yarmida qoraqalpoq urug‘larini boshqarish, soliqlarni undirish, harbiy xizmatni o‘tash majburiyatlariga doir ishlarni tartibga solish maqsadida qanday lavozimni joriy qilgan edi?
otaliq
inoq
#beklarbegi
Noib
(9-o’zb-21)Xiva xoni Muhammad Rahim I nima sababdan “Qoraqalpoq ulusini” tashkil qilgan edi?
qoraqalpoqlarni xonlik fuqaroligiga qabul qilish uchun
qoraqalpoqlarning xonlikka qarshi tinimsiz qo‘zg‘olonlarining oldini olish uchun
#qoraqalpoqlarni boshqarish qulay bo‘lishi uchun
qoraqalpoqlarni soliq tizimiga tortish uchun
(9-o’zb-21)Qaysi Xiva xoni davrida “qoraqalpoq ulusi” shakllantirildi?
Ollohqulixon
#Muhammad Rahimxon I
Asfandiyorxon
Muhammad Aminxon
(9-o’zb-21)Qoraqalpoqlar qachondan boshlab quyi Amudaryo havzasi va Orolning janubi, janubiy g‘arbiy sohillariga kelib joylashgan?
#XIX asr boshlaridan
XVIII asr oxirlaridan
XIX asr oxirlaridan
XVII asr o‘rtalaridan
(9-o’zb-21)Tarixan qoraqalpoqlar qaysi hududlarda yashab kelgan?
dastlab Ural daryosi havzasida, so‘ng quyi Sirdaryo havzasida, keyin Amuradyoning quyi oqimida, undan Orolning janudiy-sharqiy etaklarida
dastlab Volga daryosi havzasi, keyin Kaspiy dengizi bo‘ylarida, undan keyin Sirdaryoning o‘rta va quyi oqimida
dastlab Ili daryosi bo‘ylarida, keyin Enasoy havzasida, undan keyin Orolning janubiy qismlarida
#dastlab Ural, keyin Volga bo‘ylarida, keyin Orol atrofi hamda Sirdaryoning quyi oqimlarida, undan keyin quyi Amudaryo havzasida
(9-o’zb-21)Qoraqalpoqlar orasida sudlarning nechta turi mavjud bo‘lgan?
uchta turi: o‘tov sudi, ovul sudi va biy sudi
#ikki turi: qozi sudi va biy sudi
ikki turi: o‘tov sudi va ovul sudi
to‘rt turi: o‘tov sudi, ovul sudi, biy sudi, qozi sudi
(9-o’zb-22)Qoraqalpoqlarning Xiva xoniga qarshi qo‘zg‘oloni rahbari Ernazarbiyning maqsadi nima edi?
#Xiva xonligi tobeligidan qutulib, Rossiya imperiyasi tobeligiga o‘tish
Xiva xoni zulmini kamaytirish, soliqlarni cheklash va xalqini majburiyatlardan ozod qilish
qozoq xonliklari bilan ittifoq bo‘lib, dastlab Xiva xonligi tasarrufidan chiqish, keyinchalik xonlik hududida yashovchi barcha qoraqalpoq xalqlari yashaydigan joylarni egallab olish
markazi Qo‘ng‘irot shahri bo‘lgan mustaqil qoraqalpoq xonligini tuzish
(9-o’zb-22)Bobo Go‘klan boshchiligidagi qoraqalpoqlar qo‘zg‘oloni nechanchi yillarda bo‘lgan?
1889-1891-yillar
1876-1885-yillar
1883-1893-yillar
#1881-1891-yillar
(9-o’zb-22)XIX asrning ikkinchi yarmida Xiva xonligining qoraqalpoqlardan olinadigan zakot solig‘ining qiymati qancha bo‘lgan?
40 bosh qoramol uchun 7 so‘m, 40 bosh qo‘y va echki uchun 3 so‘m 20 tiyin
40 bosh qoramol uchun 9 so‘m, 40 bosh qo‘y va echki uchun 2 so‘m
40 bosh qoramol uchun 8 so‘m 50 tiyin, 40 bosh qo‘y va echki uchun 2 so‘m 20 tiyin
#40 bosh qoramol uchun 9 so‘m, 40 bosh qo‘y va echki uchun 2 so‘m 50 tiyin
(9-o’zb-22)Urush ro‘y bergan taqdirda qoraqalpoq jamoalari Xiva xoniga navkar yig‘ib berishi kerak bo‘lgan. Askar yig‘ib bera olmagan jamoalardan … miqdorda pul yig‘ilgan.
130-200 ming so‘m
80-100 ming so‘m
#180-250 ming so‘m
150-180 ming so‘m
(9-o’zb-22)Qoraqalpoqlarning Ernazarbiy boshchiligidagi qo‘zg‘oloni nechanchi yillarda bo‘ldi?
1853-1856-yillarda
#1855-1856-yillarda
1851-1855-yillarda
1855-1859-yillarda
(9-o’zb-22)Xiva xoni Muhammad Aminxon hukmronlik qilgan yillarni aniqlang.
1855-1856-yillar
1842-1855-yillar
1855-1856-yillar
#1845-1855-yillar
(9-o’zb-22)Qoraqalpoqlarning Xiva xoniga qarshi qo‘zg‘oloni rahbari Ernazarbiy qaysi qabiladan bo‘lgan?
mang‘it
joungur
shulluk
#qo‘ldovli
(9-o’zb-22)Qoraqalpoqlarning Xiva xoniga qarshi qo‘zg‘oloni rahbari Ernazarbiy tomonidan qurdirilgan qo’rg’oni aniqlang.
#Qozoqdaryo
Julek
Yangiqo‘rg‘on
Qamishqo‘rg‘on
(9-o’zb-22)Qoraqalpoqlarning Ernazarbiy boshchiligida qo‘zg‘olon qaysi Xiva xoni davrida bostirildi?
Muhammad Aminxon
Muhammad Rahim II
#Said Muhammadxon
Rahimqulixon
(9-o’zb-22)Qoraqalpoqlarning Xiva xoniga qarshi qo‘zg‘oloni rahbari Ernazarbiy kimni xon qilib ko‘tarishga intilgan edi?
marg‘it qabilasi boshliqlaridan biri Otamurodni
#qozoq urug‘i boshliqlaridan biri Zarliqni
Xiva harbiylaridan biri Muhammadniyozni
joungur qabilasi oqsoqoli Rizoqulni
(9-o’zb-22)Qoraqalpoqlarning Ernazarbiy boshchiligidagi qo‘zg‘olonini bostirish uchun Xiva xoni kimni jo‘natgan edi?
Otamurodxonni
Shohniyozni
Haqqulini
#Muhammadniyozni
(9-o’zb-22)1858-1859-yillarda Xiva xoniga qarshi qoraqalpoq urug‘lari qo‘zg‘olon ko‘targan bo‘lib, uning markazi qaysi shahar edi?
#Qo‘ng‘irot
Xo‘jayli
Chimboy
Kegiyli
(9-o’zb-22)Qoraqalpoqlarning Xiva xoniga qarshi qo‘zg‘oloni rahbari Ernazarbiy o‘ldirilgach, bu qo‘zg‘olonni oxirigacha qo‘llab-quvvatlovchi guruhlar qayerga qochishadi?
Afg‘onistondagi ingliz rezidensiyasiga
Katta qozoq juzi qarorgohiga
Orenburg general-gubernatori qarorgohiga
#Oqmachit qal’asiga
(9-o’zb-22)1900-yilda qoraqalpoqlarning qayerlarda mustamlakachilarga qarshi norozilik harakatlari ko‘tarildi?
Xo‘jayli viloyati va Petro-Aleksandrovsk shahrida
#Nukus volosti va Qo‘ng‘irot bekligida
Chimboy, Beruniy tumani, Ural posyolkasida
Chimboy qishlog‘i va Beruniy tumanida
(9-o’zb-22)1858-1859-yillarda Xiva xoniga qarshi qoraqalpoq urug‘lari qo‘zg‘olon ko‘targan bo‘lib, bu qo‘zg‘olon kim tomonidan bostirilgan edi?
#turkman jangovar kuchlari boshlig‘i Otamurodxon
qozoq urug‘i boshliqlaridan biri Zarliq
Xiva harbiylaridan biri Muhammadniyoz
joungur qabilasi sardori Rizoqul
(9-o’zb-22)XIX asr oxirida mustamlakachi hukumatga qarshi Bobo Go‘klan qo‘zg‘oloni qayerlarda ko‘tarildi?
Petro-Aleksandrovsk va Ural posyolkasida
Chimboy va Xo‘jayli viloyati, Petro-Aleksandrovskda
Orolbo‘yi, Beruniy tumani va Ural posyolkasda
#Biybozor va Nukus volostida
(9-o’zb-22)Qoraqalpoqlarda yer solig‘i nima deb atalgan?
ushr
#solg‘ut
alg‘ut
tanobona
(9-o’zb-22)Urush ro‘y bergan taqdirda qoraqalpoq jamoalari Xiva xoniga qancha navkar yig‘ib berishi kerak bo‘lgan?
Har bir jamoa mingdan o‘n minggacha
#Har bir jamoa mingdan ikki minggacha
Har bir jamoa ikki mingdan uch minggacha
Har bir jamoa besh mingdan o‘n minggacha
(9-o’zb-22)Qoraqalpoqlarning Ernazarbiy boshchiligidagi qo‘zg‘olonini qaysi davlat qo‘llab-quvvatlagan?
Eron
Buxoro amirligi
Qo‘qon xonligi
#Rossiya imperiyasi
(9-o’zb-22-24)Berdaqning 1855-yilgi qo‘zg‘olonga bag‘ishlangan asarini aniqlang.
“Omongeldi”
#“Ernazarbiy”
“Oydo‘stbiy”
“Ahmoq podsho”
(9-o’zb-23)1873-yil Amudaryo bo‘limi tashkil qilinib, u qaysi viloyat tarkibiga kiritildi?
Kaspiyorti viloyati
Samarqand viloyati
#Sirdaryo viloyati
Toshkent uyezdi
(9-o’zb-23)1870-yilga kelib qoraqalpoqlar …
hunarmandchilik bilan shug‘ullana boshlashdi
#deyarli o‘troq turmush kechira boshladi
Orol bo‘yiga kelib joylashdilar
Amudaryoning quyi oqimiga kelib joylashdilar
(9-o’zb-23)1875-yil Ural kazaklari nima sababdan Amudaryo bo‘limiga ko‘chirildi?
yerga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida
harbiy xizmatni a’lo darajada bajarganliklari uchun
#armiya xizmati to‘g‘risidagi yangi nizomga bo‘ysunmaganligi uchun
rus hukumati Amudaryo bo‘limida o‘z mavqeini mustahkamlash maqsadida
(9-o’zb-23) Rossiyadan ko’chib kelganlar Amudaryo bo’limining qaysi hududlarida yashar edi?
Ural posyolkasi, Chimboy qishlog‘i va Beruniy tumanida
#Petro-Aleksandrovskda, Nukus qishlog’i va Uralskiy posyolkasida
Chimboyda, Xo‘jayli shahri va Petro-Aleksandrovskda
Orolbo‘yi, Beruniy tumani va Uralskiy posyolkasida
(9-o’zb-23)1875-yilda Ural kazaklari Qoraqalpog‘istonning qaysi hududlariga ko‘chirilgan edi?
Chimboy, Xo‘jayli viloyati, Petro-Aleksandrovsk
Orolbo‘yi, Beruniy tumani, Ural posyolkasi
#Petro-Aleksandrovsk, Ural posyolkasi, Nukus qishlog‘i
Ural posyolkasi, Chimboy qishlog‘i, Beruniy tumani
(9-o’zb-23)1873-yilgi shartnomadan keyin Xiva xonligi tarkibida qoraqalpoqlarning qancha qismi qoldi?
70 ming
#25 ming
38 ming
20 ming
(9-o’zb-23)Amudaryo bo‘limida jami aholining necha foizini qoraqalpoqlar tashkil qilgan?
#48,6 %
3,8 %
70 %
25 %
(9-o’zb-23)1875-yil Amudaryo bo‘limiga ko‘chirilgn Ural kazaklari bu yerda asosan qaysi mashg‘ulot bilan shug‘ullangan?
dehqonchilik
hunarmandchilik
ovchilik
#baliqchilik
(9-o’zb-23)Gandimiyon shartnomasidan keyin Xiva xonligida qoraqalpoqlar necha foizni tashkil qilgan?
48,6 foizni
#3,8 foizni
70 foizni
25 foizni
(9-o’zb-23)XIX asr oxirida qoraqalpoqlarning qaysi shahri Rossiya imperiyasini Xiva xonligining iqtisodiy markazlari bilan bog‘lagan?
Qo‘ng‘irot
Xo‘jayli
#Chimboy
Kegiyli
(9-o’zb-23)Bir tanob yer qanchaga teng?
1500 kv. m.
1900 kv. m.
2200 kv.m.
#2500 kv. m.
(9-o’zb-23)1914-yilda qoraqalpoqlar yerida nechta umumta’lim maktabi bo‘lgan?
2 ta
#4 ta
6 ta
9 ta
(9-o’zb-24)Qoraqalpoq adiblari yashagan yili bilan to‘g‘ri berilgan javobni toping.
Kunxo‘ja;
Otash Olshinboy;
Ajiniyoz;
Berdaq
1827-1900;
1788-1875;
1824-1878;
1799-1880.
1-c, 2-d, 3-b, 4-a
1-b, 2-c, 3-a, 4-d
#1-d, 2-b, 3-c, 4-a
1-a, 2-b, 3-c, 4-d
(9-o’zb-24)Berdaq necha yoshdan she’r yoza boshlagan?
#20 yosh
25 yosh
18 yosh
23 yosh
(9-o’zb-24)“Qirqqiz” dostonida aytilishicha, Olloyor qiziga qaysi yerni hadya etgan?
Sarkubni
#Muyelini
Chimboyni
Mang‘itni
(9-o’zb-24)Oxund so‘zining ma’nosi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?
#o‘qimishli, ilmli kishi; xalq dostonlarining mohir ijrochisi
madrasa mudarrisi; darveshona hayot kechiruvchi kishi
tasavvuf tariqati rahnamosi; faqir, kambag‘al kishi
tarki dunyo qiluvchi, bu dunyo nozne’matlaridan voz kechgan
(9-o’zb-24)Qoraqalpoq og‘zaki ijodida kulgi qahramoni bo‘lgan obrazni aniqlang.
Kunxo‘ja
Zevar
#O‘mirbek
Otash Olshinbiy
(9-o’zb-24) “Qirqqiz” dostonining bosh g‘oyasi ...
sevgiga sadoqat, qahramonlik
#yuksak vatanparvarlik, ona yurtga muhabbat
ma’rifatparvarlik, mehnatsevarlik
mardlik, jasurlik, bahodirlik
(9-o’zb-24) “Qirqqiz” dostoni qahramonlaridan Arslon qayerlik bo‘lgan?
buxorolik
qo‘ng‘irotlik
eronlik
#xorazmlik
(9-o’zb-24)Taxallusi Zevar bo‘lgan qoraqalpoq adibini aniqlang.
Kunxo‘ja Ibrohim
#Ajiniyoz Qasiboy o‘g‘li
Berdaq
Otash Olshinboy
(9-o’zb-24) “Qirqqiz” dostonida aytilishicha, Olloyor qayerning hukmdori bo‘lgan?
#Sarkubning
Muyelining
Chimboyning
Mang‘itning
(9-o’zb-24)Qoraqalpoq adibi Kunxo‘ja o‘z ijodini nimaga bag‘ishlagan?
qoraqalpoq xalqining sarson-sargardonlikda turli yurtlarga ko‘chib yurishiga
yuksak vatanparvarlik, ona yurtga muhabbat hissiga
#ovullarning oddiy ahliga, ularning kundalik mehnatiga va turmushiga
hukmdorlarning adolatsizligi, ularning turli isrofgarchilikka olib keladigan turmush tarziga
(9-o’zb-24)Qoraqalpoqlarning Tosh madrasasi qachon, kim tomonidan qurdirilgan?
1841-yil, Qo‘ng‘irot hokimi Shohniyoz
1847-yil, Xo‘jayli hokimi Otamurod
1855-yil, Chimboy hokimi Olloyor
#1841-yil, Mang‘it hokimi Xo‘janiyoz
(9-o’zb-24)Qoraqum eshon madrasasi qachon qurilgan?
XIX asr oxirida
#XIX asr o‘rtalarida
XVIII asr oxirida
XVIII asr boshida
(9-o’zb-24)Qoraqalpoqlarda qachondan ilk yozma asarlar paydo bo‘la boshladi?
XVIII asr boshidan
XVIII asr oxiridan
#XIX asr oxiridan
XIX asr o‘rtalaridan
(9-o’zb-24)Qoraqalpoq madrasalarida ta’lim qaysi bosqichlarda amalga oshirilgan?
#ikki bosqichda: birinchi bosqichda arab tili grammatikasi o‘rgatilgan, ikkinchi bosqichda diniy-huquqiy bilimlar o‘rgatilgan
uch bosqichda: birinchi bosqichda alifbo o‘rgatilgan, ikkinchi bosqichda Qur’on oyatlari yodlatilgan, uchinchi bosqichda diniy bilimlar o‘rgatilgan
bir bosqichda: diniy bilimlar o‘rgatilgan
ikki bosqichda: birinchi bosqichda xalq og‘zaki ijodi o‘qitilgan, dostonlar yod olingan, ikkinchi bosqichda tabiiy bilimlar o‘rgatilgan
(9-o’zb-24)Dastlab Mo‘ynoqdagi eski maktabda, so‘ngra Xivadagi Sherg‘ozixon madrasasida o‘qigan qoraqalpoq adibini aniqlang.
Berdaq
Kunxo‘ja
#Ajiniyoz
Otash Olshinboy
(9-o’zb-24)Qoraqalpoq ziyolilari orasida birinchi bo‘lib oxund darajasiga erishgan adibni aniqlang.
#Ajiniyoz
Berdaq
Kunxo‘ja
Otash Olshinboy
(9-o’zb-24)XX asr boshlariga kelib qoraqalpoq demokratik an’analarining yangi avlod vakillarini aniqlang.
Jeyin Jirov;
Qulimbet;
Umar;
Sariboy,
Saidazimboy;
Bekmurot;
Sodiq;
Qulmurot.
1, 2, 4, 7
#2, 3, 4, 7, 8
2, 3, 5, 6, 8
1, 3, 4, 5, 6, 8
(9-o’zb-24)“Ajiniyoz” romani muallifini aniqlang.
T.Bekmurot
S.Karimov
#K.Sultonov
D.Mashrabov
(9-o’zb-24)Ajiniyoz Qasiboy o‘g‘li qaysi tillarni yaxshi bilgan?
fors, turk, arab, o‘zbek
o‘zbek, tojik, fors, arab
turkman, qirg‘iz, turk, forz
#o‘zbek, qozoq, turkman
(9-o’zb-24)Berdaqning asarlari qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?
“Ahmoq podsho”, “Avlodlar”, “Bo‘zatov”, “Xalq”
#“Omongeldi”, “Avlodlar”, “Oydo‘stbiy”, “Ernazarbiy”
“Xalq uchun”, “Omongeldi”, “Erniyozbey”, “Bo‘zatov”
“Oydo‘stbiy”, “Darbadal el”, “Edigey”, “Qublon”
(9-o’zb-24)Quyidagi qaysi asarda qoraqalpoqlarning yurtma-yurt ko‘chib yurishi bilan bog‘liq voqealar tasvirlangan?
“Xalq uchun”
“Ahmoq podsho”
#“Bo‘zatov”
“Qiz Mengesh bilan aytishuv”
(9-o’zb-25) Andijon (Dukchi eshon) qo’zg’oloni bo’lgan yili....
Namangan uyezdining Oqsuv-Shahrixon volostidagi Naymanchi, Ko’hna mozor, Langarbob qishloqlarida mingboshilar saylovlaridagi norozilik qo’zg’olonga aylanib ketdi.
#Turkistonda ikkinchi jadid maktabi Qo’qon shaharda ochilgan.
1900-yil Nukus volosti va Qo’ng’irot bekligida norozilik harakatlari amalga oshirildi.
Turkistonda birinchi jadid maktabi Buxoro shaharda ochilgan.
(9-o’zb-25)Ismoil G‘aspirali nechanchi yillarda yashagan?
1845-1909-yillar
#1851-1914-yillar
1829-1901-yillar
1856-1918-yillar
(9-o’zb-25)Turkistonda birinchi jadid maktabi qaysi shaharda ochilgan?
Qo‘qonda
Andijonda
#Buxoroda
Samarqanda
(9-o’zb-25) “Usuli savtiya” birikmasining ma’nosi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
yangi usul
birgalikdagi ta’lim
#harf tovushi usuli
yozib o‘rgatish usuli
(9-o’zb-25)Ismoil G‘aspirali 40 kunda nechta o‘quvchining savodini chiqargan?
4 ta
#12 ta
19 ta
28 ta
(9-o’zb-25)1884-yil qaysi shaharda birinchi jadid maktabi ochildi?
Buxoroda
Anqarada
Bakuda
#Boqchasaroyda
(9-o’zb-25) 1888-yilda chop etilgan “Rahbari muallimin” yoki “muallimlarga yo’ldosh” kitobi kimga tegishli?
M.Behbudiy
#Ismoil G‘aspirali
Ahmad Donish
Munavvarqori
(9-o’zb-25)Turkistonda taraqqiyparvarlik harakatining rivojlanishi nechta bosqichda bo‘ldi?
uch boshqichda: birinchi bosqich maktab islohoti, ikkinchisi teatrlar tashkil etish, uchinchisi demokratik davlat qurish
ikki bosqichda: birinchi bosqich o‘lkada maktablar tashkil etish, ikkinchi bosqich o‘lka yoshlarini chet ellarda o‘qitish
#ikki bosqichda: birinchi bosqich ma’rifatparvarlik, ikkinchi bosqich siyosiy ko‘rinishdagi harakat
to‘rt bosqichda: birinchi bosqich o‘lkada maktablar tashkil etish, ikkinchisi yoshlarni chet ellarda o‘qitish, uchuchisi teatrlar tashkil etish, to‘rtinchisi demokratik davlat qurish
(9-o’zb-25) Turkiston taraqqiyparvarlarining eng yoshi kichigi bo’lgan Cho’lpon 1910-yil necha yoshda edi?
12 yosh
11 yosh
#13 yosh
15 yosh
(9-o’zb-25)Butun turkiy xalqlar o‘rtasida yoyilgan jadidchilik harakatining asochisi kim?
Munavvar Qori
#Ismoil G‘aspirali
Ahmad Donish
Mahmudxo‘ja Behbudiy
(9-o’zb-25) “Jadid” so‘zining ma’nosi nima?
intizom
dunyoviy
#yangi
usul
(9-o’zb-25)Butun turkiy xalqlar orasida jadidchilik g‘oyalarining tarqalishiga qaysi gazetaning o‘rni katta bo‘lgan?
“Xurshid”
#“Tarjimon”
“El bayrog‘i”
“Sadoi Turkiston”
(9-o’zb-25)Temiryo‘l orqali dastlabki poyezd Samarqandga kelgan yili ...
Ismoil G‘aspirali Turkistonga sayohat qildi
Andijonda dastlabki yangi usul maktabi ochildi
#“Rahbari muallimin yoki muallimlarga yo‘ldosh” kitobi chop etildi
“Fargo‘na sahifasi” jurnali chiqa boshladi
(9-o’zb-25)1910-yil Turkiston taraqqiyparvarlarining eng yoshi kichigi va eng yoshi kattasi qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?
Cho‘lpon va Munavvar Qori
Abduqodir Shokuriy va Ahmad Donish
Obidjon Mahmudiy va Fitrat
#Cho‘lpon va Mahmudxo‘ja Behbudiy
(9-o’zb-25)O‘rta Osiyodagi milliy taraqqiyparvarlik harakati hududiy xususiyatlariga ko‘ra ... jadidlariga bo‘linadi.
Buxoro, Toshkent, Qo‘qon
Xiva, Buxoro, Qo‘qon, Samarqand
#Turkiston, Buxoro va Xiva
Farg‘ona, Sirdaryo, Samarqand
(9-o’zb-25)Quyidagi qaysi asarda yangi usul maktablarining ta’lim tizimi, dars o‘tish va uning ashkil qilinishi, xonalarning jihozlanishi, dars jadvali, ta’tillar, imtihonlar bayon etilgan?
“Turkiy guliston yoxud axloq”
“Birinchi muallim”
#“Rahbari muallimin yoki muallimlarga yo‘ldosh”
“Yer yuzi”
(9-o’zb-25)Turkistonda ikkinchi jadid maktabi qachon va kim tomonidan ochilgan?
1899-yil Mannon qori
1893-yil Shamsiddin domla
#1898-yil Salohiddin domla
1897-yil Ahmadjon domla
(9-o’zb-25)Xiva xonligida XX asr boshlarida shakllangan taraqqiyparvarlik harakati nechta oqimdan iborat bo‘lgan va ular qaysilar?
3 ta oqim: Davlatmurod mahram boshchiligidagi o‘ng oqim, Islomxo‘ja boshchiligidagi so‘l oqim, xon rahbarligidagi markaz
#ikkita oqim: qozikalon Boboxon Salimov boshchiligidagi - so‘l oqim, bosh vazir Islomxo‘ja boshchiligida - o‘ng oqim
Boboxon Salimov boshchiligidagi bitta oqim
4 ta oqim: Matmurod boshchiligidagi demokratlar, Polvonniyoz Hoji Yusupov boshchiligidagi respublikachilar, Bobooxun Salimov boshchiligidagi o‘ng oqim, Islomxo‘ja boshchiligi monarxiyachilar
(9-o’zb-25)1910-yil Turkistondagi jadidlarning eng yoshi ... yoshda, eng kattasi ... yoshda bo‘lgan?
19, 28
15, 43
12, 38
#13, 36
(9-o’zb-25)Xiva xonligida bosh vazir Islomxo‘ja boshchiligidagi jadidchilik oqimining maqsadi nima bo‘lgan?
yangi usul maktablarini tashkil qilish, yoshlarni chet ellarga o‘qishga yuborish
xon hakimiyatini ag‘darib, demokratik tuzumni tashkil etish
yangilik va islohotlarni xushlamaydigan qadimchilar oqimini tag-tomiri bilan yo‘qotish
#xon hokimiyatini saqlab qolgan holda islohotlar o‘tkazish
(9-o’zb-25)Jadidchilik harakati Buxoroda nechanchi yildan boshlab siyosiy tashkilot sifatida shakllana boshladi?
1900-yil
#1910-yil
1918-yil
1917-yil
(9-o’zb-25)Toshkentdagi dastlabki jadid maktabi qachon, kim tomonidan tashkil etilgan?
1898-yil Abdurazzoq qori
#1899-yil Mannon qori
1897-yil Salohiddin domla
1898-yil Shamsiddin domla
(9-o’zb-25)Andijonda dastlabki poyezd kelgan yili o‘sha yerda ...
“Xurshid” gazetasi tashkil qilindi
#Shamsiddin domla rahbarligida dastlabki jadid maktabi ochildi
Abdulhamid Cho‘lpon tug‘ildi
Ishoqxon Ibrat vafot etdi
(9-o’zb-25)Ismoil G‘aspiralining Toshkent, Samarqand Buxoroga tashrif buyurgan yili ...
Andijonda dastlabki yangi usul maktabi ochildi
#Buxoro amirligida birinchi jadid maktabi ochildi
“Shuhrat” gazetasi tashkil qilindi
“Fargo‘na sahifasi” jurnali chiqa boshladi
(9-o’zb-25)Turkiston jadidlari, ziyolilarning fikricha, xalqni ozodlikka eltuvchi yo‘l nima bo‘lgan?
xon hokimiyati, monarxiyani ag‘darish
hukmdorlarning hokimiyati cheklanishi, xalqning boshqaruvda ishtirok etishi
barcha tabaqalarning bir paytda, bir joyda birlashib, mustamlakachilarga zarba berish
#aholining bilimini, ma’rifatini uyg‘otish
(9-o’zb-25)XX asr boshida Xiva xonligidagi taraqqiyparvarlarning so‘l oqimiga kimlar birlashgan va ularning maqsadi nima edi?
Islomxo‘ja boshchiligidagi sanoat korxonalari egalari va yirik boylarni birlashtirgan, xon hokimiyatini saqlab qolgan holda islohotlar o‘tkazish
Boboxon Salimov boshchiligidagi sanoat korxonalari egalari va yirik boylarni birlashtirgan, yoshlarni chet ellarga o‘qishga yuborish
#Boboxon Salimov boshchiligidagi sarmoyadarlar, hunarmandlar va boshqa tabaqa vakillarini birlashtirgan, yangi usul maktablarini tashkil qilish orqali xalq ommasining siyosiy faolligiga erishish
Polvonniyoz Hoji Yusupov boshchiligidagi demokratchilarni birlashtirgan, yangilik va islohotlarni xushlamaydigan qadimchilar oqimini tag-tomiri bilan yo‘qotish
(9-o’zb-25)Qaysi hududdagi milliy ziyolilarning harakati Turkiston o‘lkasiga nisbatan og‘ir ijtimoiy-siyosiy sharoitda vujudga keldi?
Farg‘ona
Ettisuv
Xiva
#Buxoro
(9-o’zb-25) “Rahbari muallimin yoki muallimlarga yo‘ldosh” kitobining muallifi qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
Munavvar Qori
Abdurauf Fitrat
Abdulla Avloniy
#Ismoil G‘aspirali
(9-o’zb-26) “Taraqqiy” gazetasi nechanchi yildan chiqa boshlagan?
#1906-yil
1908-yil
1907-yil
1913-yil
(9-o’zb-26)Quyidagi jadid matbuot nashrlari ichida qaysi biri jurnal hisoblanadi?
“Sadoi Farg‘ona”
“Kengash”
#“Oyna”
“Sadoi Turkiston”
(9-o’zb-26)Turkistondagi yangi usul maktablari ta’lim jarayonida qanday standart mezon qilib olingan edi?
Turkiya standartlari
#Yevropa standartlari
Amerika standartlari
Sharqiy Osiyo standartlari
(9-o’zb-26)O‘rta Osiyo taraqqiyparvarlari rivojlangan jamiyat tashkil etish vazifasini amalga oshirishda quyidagi qaysi yo‘nalishlar ustuvor bo‘lib hisoblanadi?
o‘lkada yangi usul maktablari tarmog‘ini kengaytirish;
harbiy-siyosiy tashkilotlar tuzish va u orqali mustaqillikka erishish;
qobiliyatli yoshlarni chet ellarga o‘qishga yuborish;
turli ma’rifiy jamiyatlar, teatr truppalari tuzish, gazeta va jurnallar chop etish;
xalqni mustamlakachilarga qarshi targ‘ib qilish yo‘li bilan mustaqil demokratik davlat tuzish;
xalqning ijtimoiy-siyosiy va madaniy ongini oshirish yo‘li bilan Turkistonda milliy demokratik davlat qurish.
1, 2, 3, 4, 5
1, 3, 6
2, 3, 5, 6
#1, 3, 4, 6
(9-o’zb-26)Dastlabki paytlarda Turkistondagi yangi usul maktablarining ko‘pchiligida qayerda nashr qilingan qo‘llanmalardan foydalanilgan?
#Qozon va Orenburg
Angliya va Germaniya
Turkiya va Eron
Xitoy va Hindiston
(9-o’zb-26)Quyidagi matbuot nashrlari va ularni tashkil qilgan muharrirlarni aniqlang.
“Xurshid”;
“Shuhrat”;
“Taraqqiy”;
“Osiyo”
Abdulla Avloniy;
Anmadjon Bektemirov;
Munavvar Qori;
Ismoil Obidov
1-a, 2-d, 3-c, 4-b
#1-c, 2-a, 3-d, 4-b
1-c, 2-a, 3-b, 4-d
1-b, 2-a, 3-d, 4-c
(9-o’zb-26)1917-yilda tashkil etilgan ommaviy axborot vositalarini aniqlang.
#“Hurriyat” va “Farg‘ona sahifasi”
“Oyna” va ”Turon”
“Sadoi Farg‘ona” va “Ulug‘ Turkiston”
“Sadoi Turkiston” va “Kengash”
(9-o’zb-26)1917-yilga kelib Turkiston o‘lkasida jadid maktablarining soni qancha bo‘lgan?
80 ga yaqin
24 ta
63 ta
#100 ga yaqin
(9-o’zb-26)1911-yilda O‘rta Osiyoda yangi usuldagi maktablar soni ... ga, undagi o‘quvchilarning soni ... ga yetdi.
24 ta, 1740 ta
61 ta, 4102 ta
#63 ta, 4106 ta
83 ta, 2430 ta
(9-o’zb-26)1910-yil Toshkentda ... jadid maktabi faoliyat ko‘rsatib, ularda ... o‘quvchi o‘qigan.
63 ta, 4106 ta
#24 ta, 1740 ta
83 ta, 2430 ta
24 ta, 4102 ta
(9-o’zb-26)1913-1915-yillarda Turkistonda nashr etilgan gazetalarni aniqlang.
“Sadoi Turiston”;
“Xurshid”;
“Sadoi Farg‘ona”;
“El bayrog‘i”;
“Samarqand”;
“Hurriyat”;
“Kengash”;
“Turon”;
“Shuhrat”;
“Ulug‘ Turkiston”
1, 2, 3, 4, 6, 7, 9
2, 3, 6, 7, 9, 10
#1, 3, 4, 5, 7, 8, 10
2, 5, 6, 9, 10
(9-o’zb-26)Jadidlar xotin-qizlar ta’limi masalasida qanday fikrda bo‘lgan?
alohida ayollar maktabini tashkil qilish;
islom ayollarni ma’rifatli bo‘lishiga to‘sqinlik qilmaydi, deb hisoblagan;
jadidlar o‘g‘il va qiz bolalarni birga o‘qitishni yoqladilar;
jadidlar qizlar uchun faqat diniy bilimlar o‘rgatilishini yoqlab chiqdilar.
1, 4
#2, 3
1, 2, 3
2, 4
(9-o’zb-27)Jadid ma’rifatparvarlaridan qaysi biri imomxatib, qozi, keyin muftiy lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan?
A.Avloniy
Fitrat
#M.Behbudiy
Asadullaxo‘ja o‘g‘li Ubaydullaxo‘ja
(9-o’zb-27) “Shuhrat” gazetasi nechanchi yil tashkil qilingan?
1909-yil
1906-yil
1908-yil
#1907-yil
(9-o’zb-27)Turkiston jadidlarini birlashtirishda “O‘rta Osiyo jadidlarining otasi” deb tan olingan allomani toping.
Munavvar Qori
Abdurauf Fitrat
Abdulla Avloniy
#Mahmudxo‘ja Behbudiy
(9-o’zb-27)XX asr boshida Turkistonda jadidlarning butun bir avlodi shakllangan bo‘lib, ularni faoliyat olib borgan hududi bilan to‘g‘ri aniqlang.
Xivada;
Toshkentda;
Buxoroda;
Farg‘ona vodiysida;
Samarqandda.
Mahmudxo‘ja Behbudiy;
Abduqodir Shakuriy;
Polvoniyoz Hoji Yusupov;
Saidahmad Siddiqiy-Ajziy;
Bobooxun Salimov;
Munavvar Qori;
Is’hoqxon Ibrat;
Abdulla Avloniy;
Cho‘lpon;
Ubaydullaxo‘ja Asadullaxo‘jayev;
Obidjon Mahmudov;
Fitrat;
Hamza Hakimzoda Niyoziy;
Sadriddin Ayniy;
Fayzulla Xo‘jayev.
1-c, e; 2-f, o, j; 3-l, n, h; 4-a, i, d; 5-g, b, k
1-g, e; 2-f, h, j; 3-l, n, o; 4-c, i, k; 5-a, d, b
#1-c, e; 2-f, h, j; 3-l, n, o; 4-g, i, k; 5-a, b, d
1-c, e; 2-f, k, j; 3-d, n, o; 4-g, i, h; 5-a, b, l
(9-o’zb-27)Bir yilda tavallud topgan jadid allomalarini aniqlang.
Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulhamid Cho‘lpon
Hamza Hakimzoda Niyoziy, Abdulla Avloniy
#Munavvar Qori, Abdulla Avloniy
Bobooxun Salimov, Polvoniyoz Hoji Yusupov
(9-o’zb-27)Mahmudxo‘ja Behbudiy tashabbusi bilan tashkil etilgan “Behbudiy kutubxonasi” kimning sharafiga qilingan edi?
Behbudiyning ustozi Ahmad Donish
#Behbudiyning otasi
Buxoro amiri Amir Abdulahad
Ismoil G‘aspirali
(9-o’zb-27)“Adibi avval”, “Adibi soniy”, “Yer yuzi” kabi maktab darsliklari qaysi jadid ma’rifatparvari qalamiga mansub?
#Munavvar Qori
Abdurauf Fitrat
Abdulla Avloniy
Mahmudxo‘ja Behbudiy
(9-o’zb-27) Kim Samarqand yaqinidagi Baxshitepa qishlog’ida tug’ilgan?
Munavvar Qori
Abdurauf Fitrat
Abdulla Avloniy
#Mahmudxo‘ja Behbudiy
(9-o’zb-27)Hokimiyatning mavjud tuzum uchun zararli deb hisoblagan ma’lumotlarni cheklash maqsadida matbuot ustidan nazorat qilishi nima deyiladi?
pamflet
felyeton
#senzura
rezumi
(9-o’zb-27)Mahmudxo‘ja Behbudiy qachon tug‘ilgan?
1866-yilning 20-martida
#1875-yilning 19-yanvarida
1878-yilning 22-fevralida
1891-yilning 24-yanvarida
(9-o’zb-27)Mirkomil Mirmo‘minboyev – bu ...
#Andijonlik taraqqiyparvar sarmoyador bo‘lib, yoshlarning chet ellarda o‘qishi uchun mablag‘ ajratgan
Toshkentlik jadid bo‘lib, huquqshunoslik sohasi bo‘yicha Rossiyada ta’lim olib qaytgan edi
Samarqandlik ma’rifatparvar bo‘lib, “Tarbiyayi atfol” jamiyatining a’zosi bo‘lgan
Toshkentlik ma’rifatparvar bo‘lib, Beshyog‘ochda birinchi jadid maktabini ochgan edi
(9-o’zb-27)1904-yildan boshlab Turkiston o‘lkasida ijtimoiy-siyosiy, ma’rifiy harakatlarning faol ishtirokchisiga aylangan ma’rifatparvarni aniqlang.
Abdurauf Fitrat
Abdulla Avloniy
#Munavvar Qori
Mahmudxo‘ja Behbudiy
(9-o’zb-27) “Tarbiyayi atfol” jamiyati nechanchi yilda tashkil etilgan?
1906-yil
#1910-yil
1904-yil
1913-yil
(9-o’zb-27) “Tarbiyayi atfol” jamiyatini tashkil qilgan ma’rifatparvar jadidlar qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?
Muhammaddin maxdum;
Abdurauf Abdurahim o‘g‘li;
Polvoniyoz Yusupov;
Hoji Rafiy;
Mirza Abduvohid;
Saidahmad Siddiqiy-Ajziy;
Usmonxo‘ja;
Mahmudxo‘ja;
Hamidxo‘ja Mehriy;
Hakimxo‘ja Maxdum
1, 3, 4, 6, 9
2, 3, 5, 7, 10
#1, 4, 5, 7, 9
2, 4, 6, 9, 10
(9-o’zb-27) “Tarbiyayi atfol” jamiyati qayerda tashkil etilgan?
Farg‘onada
Toshkentda
Xivada
#Buxoroda
(9-o’zb-27) “Tarbiyayi atfol” jamiyati 1911-yilda ... nafar, 1912-yil ... nafar talabani ... ga o‘qishga yuborgan?
12, 15, Yevropa mamlakatlari
#15, 30, Turkiya
13, 21, Sharq mamlakatlari
12, 30, Germaniya
(9-o’zb-27)Absolyutizm so‘zining mazmuni qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
qo‘sh hokimlik
boshboshdoqlik
#yakka hukmdorlik
cheklangan hokimlik
(9-o’zb-27) “Muallimi avval”, “Muallimi soniy”, “Turkiy guliston yoxud axloq” asarlarining muallifi kim?
#Abdulla Avloniy
Munavvar Qori
Abdurauf Fitrat
Mahmudxo‘ja Behbudiy
(9-o’zb-28)Islom dini tarixiga oid bir xil nomda asar yozgan jadid allomalarini toping.
Abdulla Avloniy, Bobooxun Salimov, Ubaydullaxo‘ja Asadullaxo‘jayev
Abduqodir Shakuriy, Polvoniyoz Hoji Yusupov, Munavvar Qori
Hamza Hakimzoda Niyoziy, Sadriddin Ayniy, Fayzulla Xo‘jayev
#Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Fitrat
(9-o’zb-28)Jadidlarning fikriga ko‘ra, chin musulmon bo‘lish uchun ...
barcha dunyo dinlarining mazmunini bilishi zarur
#diniy bilimlar bilan birga dunyoviy bilimlarni bilishi zarur
islom dinining 5 ta arkoniga amal qilishi lozim
Qur’on va Hadislarning mazmunini yaxshi o‘zlashtirish lozim
(9-o’zb-28)Birinchi oliy ma’lumotli o‘zbek advokatini aniqlang.
Sadriddin Ayniy
Mirkomil Mirmo‘minboyev
Fayzulla Xo‘jayev
#Ubaydullaxo‘ja Asadullaxo‘jayev
(9-o’zb-28)Buyuk rus yozuvchisi Lev Tolstoy bilan yozishmalar olib borgan Turkiston taraqqiyparvarini aniqlang.
Ahmad Donish
Sadriddin Ayniy
#Ubaydullaxo‘ja Asadullaxo‘jayev
Fayzulla Xo‘jayev
(9-o’zb-28)1917-yil Rossiyadagi fevral voqealaridan keyin Turkiston jadidlarining g‘oyasi qanday yo‘nalishlarda o‘zgardi?
o‘lkani boshqarish yuzasidan islohotlar o‘tkazish;
parlamentar monarxiya tashkil qilish;
mahalliy aholi huquqlarini kengaytirish;
yoshlarni chet ellarda o‘qitishni ta’minlash;
Davlat Dumasidan o‘lka aholisi sonidan kelib chiqib o‘rin ajratish;
milliy matbuot erkinligini ta’minlash.
2, 3, 4
1, 2, 3, 4, 5
2, 4, 6
#1, 3, 5, 6
(9-o’zb-28)Biror-bir hududning qonun bilan chegaralangan davlat hokimiyatini mustaqil amalga oshirish huquqi nima deyiladi?
delegatsiya
#avtonomiya
federatsiya
absolyutizm
(9-o’zb-28) “Musulmonlar markaziy sho‘rosi” tashkiloti qachon va qayerda tuzilgan?
1917-yil aprelda Buxoroda
1915-yil fevralda Toshkentda
#1917-yil martda Toshkentda
1918-yil oktabrda Qo‘qonda
(9-o’zb-28)Turkiston Muxtoriyati respublikasi qancha vaqt faoliyat ko‘rsargan?
90 kun
2 oy
120 kun
#72 kun
(9-o’zb-28) “Qonun” ma’nosini bildiruvchi atamani aniqlang.
federal
delegatsiya
#avtonomiya
syezd
(9-o’zb-28)Jadidlar tomonidan tashkil etilgan “Musulmonlar markaziy sho‘rosi”ning ta’sis syezdida nechta delegat qatnashgan?
250 ta
#350 ta
175 ta
280 ta
(9-o’zb-28)Jadidlar tomonidan tashkil etilgan “Musulmonlar markaziy sho‘rosi”ning ta’sis syezdida ishtirok etgan delegatlar qanday qarorga kelgan?
Turkiston deb atalgan davlat tashkil etish;
Turkiston Muxtoriyati davlatini tuzish;
tarkibiga Buxoro, Xiva hamda Turkiston general-gubernatorligi kirgan yangi davlat tuzish;
Buxoro va Xiva davlatlarida monarxiya tuzumini saqlab qolgan holda, parlament shaklidagi Kengash tashkil qilish.
#1, 3
1, 2, 4
2, 4
1, 3, 4
(9-o’zb-28)Toshkentning Qoryog‘di mahallasidan bo‘lgan jadid ma’rifatparvarini aniqlang.
Abdulla Avloniy
Munavvar Qori
Ismoil Odidov
#Ubaydullaxo‘ja Asadullaxo‘jayev
(9-o’zb-28)Abdulla Avloniyning islom tarixiga oid asari nechanchi yilda yozilgan?
#1910-yil
1909-yil
1915-yil
1913-yil
(9-o’zb-28)1909-yil qaysi jadid ma’rifatparvari islom tarixiga oid asar yozgan?
Sadriddin Ayniy
#Mahmudxo‘ja Behbudiy
Abdurauf Fitrat
Hamza Hakimzoda Niyoziy
(9-o’zb-29)Rossiyaning birinchi jahon urushi natijasida Turkiston o‘lkasidan urushga kimlar jalb qilinishi belgilandi?
19 yoshdan 43 yoshgacha bo‘lgan mahalliy aholi vakillari
zaxirada bo‘lgan rus zobitlari
#19 yoshdan 43 yoshgacha bo‘lgan aholining yevropalik vakillari
19 yoshga to‘lgan barcha erkaklar
(9-o’zb-29)Turkistonda “favqulodda muhofaza holati” deb e’lon qilingan sanani aniqlang.
1916-yil
1915-yil
#1914-yil
1917-yil
(9-o’zb-29)1916-yil 25-iyundagi podsho farmoniga muvofiq necha yoshdan katta bo‘lgan erkaklar mardikorlikka olinishi lozim edi?
18 yosh
#19 yosh
16 yosh
17 yosh
(9-o’zb-29)Antanta ittifoqiga kiruvchi davlatlarni aniqlang.
Germaniya, Avstriya-Vengriya, Italiya
Rossiya, Germaniya, Fransiya
Germaniya, Angliya, Fransiya
#Angliya, Fransiya, Rossiya
(9-o’zb-29)1916-yil Turkistonda yashaydigan yevropalik aholining urushga safarbar qilinishi nima sababdan ularning oilasini noqulay ahvolga soldi?
chunki ularning oilasi ikki yoki uch kichidan iborat bo‘lgan
#chunki safarbarlik ayni hosil yig‘iladigan paytga to‘g‘ri kelgan edi
chunki ular endi ko‘chib kelgan bo‘lib, hali o‘lkaga to‘liq moslashmagan edi
ularning oilasini mahalliy aholidan himoyalaydigan odam bo‘lmaganligi
(9-o’zb-29)Rossiya imperatori Nikolay II ning hukmronlik yillarini aniqlang.
1891-1918-yillar
1881-1917-yillar
#1894-1917-yillar
1897-1916-yillar
(9-o’zb-29)Birinchi jahon urushi boshlangach, Turkistonda “favqulodda muhofaza holati” deb e’lon qilingan bo‘lib, “favqulodda holat” tartiblariga rioya etmagan va uni buzgan shaxslarga qanday jazo qo‘llanilgan?
100 so‘mgacha jarima yoki 3 yilgacha qamoqqa olingan
#50 so‘mgacha jarima yoki 3 oygacha qamoqqa olingan
80 so‘mgacha jarima yoki 3 yilgacha qamoqqa olingan
50 so‘mgacha jarima yoki 6 oygacha qamoqqa olingan
(9-o’zb-30)1916-yil 25-iyundagi podsho farmoniga ko‘ra Farg‘ona viloyatidan qancha kishi mardikorlikka olinishi kerak edi?
38 ming
#50 ming
87 ming
85 ming
(9-o’zb-30)1916-yil 4-iyulda norozilik harakatlari dastlab qaysi shaharda boshlangan edi?
Jizzax
Samarqand
#Xo‘jand
Toshkent
(9-o’zb-30)Farg‘ona viloyati gubernatori A.Gippuis nima sababdan lavozimidan olib tashlanadi?
xalq harakatlarini bostira olmaganligi uchun
#imperatorga Turkiston o‘lkasida norozilik kayfiyati haqida bergan ma’lumotini buyruqni bajarmaslik deb hisoblanganligi uchun
qo‘zg‘olonchilar bilan muzokaralar olib borib, tinchlik yo‘li bilan xalq harakatlarini bostirishga uringanligi uchun
qo‘zg‘olonlarning oldini ololmaganligi uchun
(9-o’zb-30)Podsho farmoniga muvofiq, Turkiston o‘lkasining qaysi viloyatidan front orqasiga eng ko‘p mardikor olinishi kerak edi?
Kaspiyorti viloyati
Farg‘ona viloyati
Samarqand viloyati
#Sirdaryo viloyati
(9-o’zb-30)1916-yilgi qo‘zg‘olon boshlangan hududlar ketma-ketligini ko‘rsating.
Jizzax;
Samarqand;
Xo‘jand;
Toshkent.
3, 2, 1, 4
2, 3, 4, 1
#3, 2, 4, 1
3, 1, 4, 2
(9-o’zb-30)1916-yil 25-iyundagi podsho farmoniga ko‘ra Samarqand viloyatidan qancha kishi mardikorlikka olinishi kerak edi?
50 ming
87 ming
#38 ming
85 ming
(9-o’zb-30)1916-yilgi qo‘zg‘olonlarni eslang! Rizvonbibi Ahmadjonova qaysi shahar qo‘zg‘olonchilari tarkibida bo‘lgan?
Xo‘jand
Jizzax
Samarqand
#Toshkent
(9-o’zb-30)1916-yil imperatorning farmoniga ko‘ra front ortiga safarbarlik e’lon qilingan bo‘lib, qaysi viloyatda belgilangan mardikorni to‘plash uchun xonadonlarning har beshtasidan bir kishini olishga to‘g‘ri kelgan?
Samarqand
Sirdaryo
Yettisuv
#Farg‘ona
(9-o’zb-30)1916-yil 7-iyulda qayerda norozilik chiqishlari bo‘lgan?
#Dahbetda
Urgutda
Angorda
Rishtonda
(9-o’zb-30)1916-yil qaysi shaharda bo‘lgan qo‘zg‘olon natijasida 2 ta mirshab va 63 ta qo‘zg‘olonchi o‘ldirilgan?
Namanganda
Andijonda
Rishtonda
#Eski Marg‘ilonda
(9-o’zb-30)1916-yilgi norozilik harakatlari Toshkentdan keyin qaysi hududga o‘tib, u yerda alangalanib ketdi?
Jizzax uyezdi
#Farg‘ona vodiysi
Samarqand uyezdi
Xorazm vohasi
(9-o’zb-30)1916-yil 9-iyul kuni qaysi shaharda imperator farmoni o‘qib eshittirilishi natijasida norozilik chiqishlari boshlandi?
Toshkentda
#Andijonda
Jizzaxda
Eski Marg‘ilonda
(9-o’zb-30)1916-yil 5-iyulda Samarqandning qaysi qishlog‘ida norozilik chiqishlari bo‘lgan?
Dahdedda
Orifonda
Sangzorda
#Urgut
(9-o’zb-30)1916-yilgi qo‘zg‘olonlarda kim ma’muriyatga qarata “Bizni o‘ldirsanglar ham o‘g‘illarimizni sizlarga bermaymiz”, deb aytdan edi?
Mirkarimboy
#Rizvonbibi Ahmadjonova
Ro‘zi Solijonova
Muhammad Yoqub
(9-o’zb-30)1916-yil 10-iyul kuni qaysi shaharda 25 mingga yaqin aholi bozor maydonida yig‘ilib, norozilik chiqishini uyushtirgan?
Toshkentda
Andijonda
Jizzaxda
#Eski Marg‘ilonda
(9-o’zb-30)1916-yil qaysi shaharda bo‘lgan qo‘zg‘olon natijasida politsiya tomonidan 11 kishi o‘ldirilgan va 15 kishi yarador qilingan?
#Toshkentda
Rishtonda
Andijonda
Namanganda
(9-o’zb-30)XX asr boshlarida Labbaytog‘a dahasi qaysi shaharda bo‘lgan?
Jizzaxda
#Namanganda
Toshkentda
Andijonda
(9-o’zb-30)1916-yilgi qaysi shaharda bo‘lgan qo‘zg‘olonda 3 kishi o‘ldirildi va 12 kishi yaralandi?
Qo‘qonda
Farg‘onada
#Andijonda
Namanganda
(9-o’zb-31)1916-yil mardikorlikka olinadiganlarning tuziladigan ro‘yxatiga muvofiq, Samarqand viloyatining Jizzax uyezdidan qancha kishi olinishi mo‘ljallangan edi?
#11 ming
9 ming
7 ming
13 ming
(9-o’zb-31)1916-yilgi Jizzax qo‘zg‘oloni rahbarlari va faol ishtirokchilarini aniqlang.
Nazirxo‘ja eshon, Abulqosim jevachi, To‘rabekov, To‘rabek Eshonqulov, Rahmonqul hoji
#Nazirxo‘ja eshon, Abdurahmon jevachi, To‘raqul To‘rabekov, Eshonqul To‘rabekov, Qosim hoji
Nazirxo‘ja eshon, Mirkarimboy, Solihbek dodhoh, To‘rabek qozi, Qosim hoji
Nazirxo‘ja eshon, Muhammad Yoqub, Abdurahmon jevachi, Aliqul To‘rabekov, Qobil hoji
(9-o’zb-31)Jizzax qo‘zg‘olonini bostirgan harbiy boshliqlarni aniqlang.
Putensev va Gippuis
Ivanovich va Kurapatkin
#Afanasyev va Ivanov
Korolkov va Kerenskiy
(9-o’zb-31)1916-yilgi Jizzax qo‘zg‘olonining umumiy rahbari kim bo‘lgan?
#Nazirxo‘ja eshon
Abdurahmon jevachi
Mirkarimboy
Muhammad Yoqub
(9-o’zb-31)1916-yilgi qo‘zg‘olonlarda Mirzayor Xudoyorov qaysi hududdagi oqsoqol sifatida norozilik kelib chiqishiga sabab bo‘lgan?
Toshkent
Farg‘ona
#Jizzax
Namangan
(9-o’zb-31)1916-yilgi qo‘zg‘olonlarni eslang! Damin kulol boshchiligidagi hunarmandlar qaysi shaharda norozilik harakatini amalga oshirgan edi?
Toshkentda
Farg‘onada
#Jizzaxda
Andijonda
(9-o’zb-31)Jizzax uyezdi aholisi asosan dehqonchilikning qaysi mahsulotini yetishtirar edi?
paxta
poliz mahsulotlari
#g‘alla
uzum
(9-o’zb-31)Jizzax uyezdida podshoning mardikorlikka olish to‘g‘risidagi farmoni qaysi sanada e’lon qilingan edi?
9-iyul
24-iyun
#3-iyul
5-iyul
(9-o’zb-31)Jizzax uyezdida 1916-yilgi dastlabki norozilik harakatlari qaysi sanada boshlangan edi?
7-iyul
11-iyul
13-iyul
#5-iyul
(9-o’zb-31)1916-yilgi Jizzax qo‘zg‘oloni bostirilgach, nima sababdan uning tinch aholisi cho‘lga haydaladi?
shaharda o‘lat kasalligi avj olganligi sababli
#aholining qo‘zg‘olonchilarga xayrixoh bo‘lganligi va podsho hukumatiga yordam bermaganligi sababli
podsho hukumati qo‘zg‘olon ko‘targan boshqa shaharlarga bu tadbir o‘rnak bo‘lishi sababli
cho‘l hududini o‘zlashtirish va uni unumdor yerga aylantirish
(9-o’zb-31)Jizzax qo‘zg‘oloni rahbarlaridan biri Abdurahmon jevachining kasbi, ya’ni jevachi nima?
tegirmonchi
paxta tituvchi
#qurol-aslahaxona boshlig‘i
ip yigiruvchi
(9-o’zb-31)Jizzax qo‘zg‘oloni rahbarlaridan biri Abdurahmon jevachi qo‘zg‘olonchilarni qayerda to‘plab, barcha birgalikda harakat qilishiga kelishib olishadi?
#Jizzaxdan 12 chaqirim uzoqlikdagi Kuyaboshi mavzeida
Zomin va Sangzor tumanlari oralig‘ida
Jizzax shahri yaqinidagi Ketmontepa qishlog‘ida
Jizzax uyezdiga uzoq bo‘lmagan Sangzor darasida
(9-o’zb-31)1916-yil qaysi shahardagi qo‘zg‘olonchilar temiryo‘l stansiyalarini, aloqa simlarini uzib, temiryo‘l va ko‘priklarni buzib tashlagan edi?
Toshkentda
Andijonda
#Jizzaxda
Eski Marg‘ilonda
(9-o’zb-32)1916-yilgi qo‘zg‘olonlar Turkiston xalqi uchun qanday yo‘qoyishlar olib keldi?
Jizzax atrofidagi bir qancha qishloqlar yondirilib yuborildi va aholining ko‘pchiligi uyjoysiz qoldi;
Mingtepa tumani butunlay yo‘q qilinib, o‘rniga Marhamat tumani tashkil etildi;
Turkiston aholisi orasida ko’plar qirilib ketdi;
qo‘zg‘olon kuzda bo‘lganligida ko‘pchilik dehqonlar hosilini yig‘ib ololmadi;
qo‘zg‘olon yoz faslida bo‘lganligidan ekinlar payhon bo‘ldi va aholi qish uchun g‘amlanadigan oziq-ovqatning katta qismidan ajraldi;
jazo tariqasida aholining yerlari qisqartirildi va o‘z hovlisida iborat kichik yernigina saqlab qoldi.
2, 6
1, 5
1, 2, 3, 4, 6
#1, 3, 5
(9-o’zb-32) “Urush frontiga yangi bir Turkiston fronti qo‘shildi”, deb 1916-yil Turkistondagi voqealarga baho bergan shaxsni aniqlang.
#A.F.Kerenskiy
A.N.Kuropatkin
K.Palen
N.Godibekov
(9-o’zb-32) 1916-yildagi qo’zg’olonlarda o’lka keng xalq ommasining barcha tabaqalari, jumladan, .............. ham ishtirok etdi.
bolalar va ayollar
dindorlar va savdogarlar
#qariyalar va ayollar
harbiylar
(9-o’zb-33) XIX asr oxirlariga kelib, amir lashkari shoshilinch yig‘iluvchi, yomon ta’lim ko‘rgan va qoloq harbiy qurollar bilan qurollangan …
#dehqonlardan iborat edi
chorvadorlardan iborat edi
hammollardan iborat edi
hunarmandlardan iborat edi
(9-o’zb-33)XIX asr oxirida Buxoro amirligida paydo bo‘lgan telefon aloqasi qaysi ob’yektlarni bog‘lagan edi?
#Rossiya imperatorining siyosiy agentligi va qo‘shbegi uyi
Turkiston general-gubernatori uyi va Rossiya imperatorining siyosiy agentligi
Buxoro amiri Arki va Sirdaryo viloyati gubernatori uyi
Buxoro amiri Arki va Turkiston general gubernatori uyi
(9-o’zb-33) Buxoro amirligida joylardagi qonunlarning ijro etilishi, diniy amallarning bajarilishi, axloqiy mezonlar, bozorlardagi o‘lchovlar ustidan nazoratni qaysi amaldor olib borgan?
qozi
shayxulislom
#rais
qozikalon
(9-o’zb-33)XIX asrning oxirlarida Buxoro amirligida uchta oliy amaldor kimlardan iborat edi?
qo‘shbegi, to‘pchiboshi, mehtar
qo‘shbegi, parvonachi, ko‘kaldosh
qo‘shbegi, otaliq, eshikog‘aboshi
#qo‘shbegi, devonbegi, bosh qozi
(9-o’zb-33)Buxoroning qaysi amiri Qrim va Kavkazga borganida qimmatbaho sovg‘alar va saroylar sotib olar edi?
Amir Muzaffar
#Amir Abdulahad
Amir Olimxon
Amir Nasrullo
(9-o’zb-33)XIX asr ikkinchi yarmida Buxoro amirligida aholining 90% ga yaqinini kimlar tashkil qilar edi?
#dehqonlar
savdogarlar
hunarmandlar
chorvadorlar
(9-o’zb-33)“Rossiya imperatorining siyosiy agentligi” nechanchi yillarda faoliyat ko‘rsatgan?
1886-1918-yillar
#1885-1917-yillar
1886-1916-yillar
1873-1886-yillar
(9-o’zb-33)Buxoro amirligining Ko‘lob bekligida nechanchi yil qo‘zg‘olon ko‘tarilgan edi?
#1888-yil
1889-yil
1885-yil
1893-yil
(9-o’zb-33)Buxoro amirligida xirmonlarni xatga olgan shaxs foydasiga aholidan qanday soliq undirilgan?
#dorug‘ayi muzd
kafsan
tanobona
yaksara
(9-o’zb-33)Buxoro amirligida qaysi lavozim ahamiyati va mavqei jihatidan qushbegidan keyingi o‘rinda turgan?
#Devonbegi
Shayxulislom
Ko‘kaldosh
Mehtar
(9-o’zb-33)Buxoro amirligida ko‘tarilgan nechanchi yilgi qo‘zg‘olon Pomir chegara qo‘shinlari ko‘magi bilan bostirilgan?
#1888-yilgi
1889-yilgi
1891-yilgi
1885-yilgi
(9-o’zb-33)Buxoro amirligida bog‘ va polizlar uchun qanday soliqlar undirilgan?
dorug‘a
ushr
#tanobona
yaksara
(9-o’zb-33)Qachondan boshlab Buxoro amirligida rus qishloqlari paydo bo‘la boshladi?
1886-yil
#1888-yil
1880-yil
1890-yil
(9-o’zb-33)Buxoro amirligini Moskva bilan bog‘laydigan temiryo‘l qaysi hududlar orqali o‘tar edi?
#Toshkent, Orenburg
Krasnavodsk, Mang‘ishloq
Verniy, Avliyoota, Astraxan
Turkiston, Almati, Petropavlovsk
(9-o’zb-33)Rossiyaning Afg‘oniston bilan olib boriladigan savdosi qaysi hudud orqali o‘tar edi?
Qo‘qon xonligi
Xiva xonligi
Turkmanlar yerlari
#Buxoro amirligi
(9-o’zb-33)Buxoro amiri Abdulahad hukmronlik qilgan yillarni aniqlang.
1880-1918-yillar
1886-1910-yillar
#1885-1910-yillar
1893-1911-yillar
(9-o’zb-33) Vose qo‘zg‘oloni nechanchi yilda bo‘lgan edi?
1888-yil
1889-yil
1886-yil
#1885-yil
(9-o’zb-33)Baljuvon bekligida ko‘tarilgan Vose qo‘zg‘olonining sababi nima edi?
beklik aholisining bir yilda ikki marta mehnat majburiyatiga jalb qilinishi
#oldingi hosilsiz yillar uchun ham o‘sha yilning o‘zida soliqlarni yig‘ishga intilish
harbiylikdan bosh tortgan aholiga nisbatan ikki baravar “qozon puli” solig‘ining joriy etilishi
kafsan solig‘ining oshirib yuborilishi
(9-o’zb-33)Amir Muzaffar davrida Buxoro amirligida ko‘tarilgan eng yirik qo‘zg‘olonlardan birini aniqlang.
Yetimxon qo‘zg‘oloni
Ko‘lob qo‘zg‘oloni
Darvishxon qo‘zg‘oloni
#Vose qo‘zg‘oloni
(9-o’zb-33)XIX asr oxirida Buxoro amirligi aholisi qancha bo‘lgan?
3 mln. atrofida
#2 mln. atrofida
1,5 mln. atrofida
2,5 mln. Atrofida
(9-o’zb-33)Kalif dehqonlari nechanchi yil qo‘zg‘olon ko‘tardi?
1888-yil iyun
#1889-yil may
1891-yil oktyabr
1885-yil may
(9-o’zb-33-34)Kaspiyorti temiryo‘li qurilgan yili Buxoro amirligida ...
Amir Abdulahad taxtga o‘tirdi;
Rossiya imperiyasining vakili lavozimi ta’sis etildi;
Baljuvonda Vose qo‘zg‘oloni bo‘ldi;
“Rossiya imperatorining siyosiy agentligi” tashkil etildi;
Vose va Amir Muzaffar o‘rtasida so‘nggi jang bo‘lib o‘tdi;
Amir Muzaffar vafot etdi.
1, 2, 6
1, 2, 5, 6
#1, 3, 4, 5, 6
1, 2, 3, 4, 5, 6
(9-o’zb-34) 1917-yil 8-aprelda jadidlar qaysi shaharlarda namoyish o‘tkazishgan?
Kogon va Romitan
Vardonze va Chorjo‘y
#Karki va Buxoro
Kogon va Chorjo‘y
(9-o’zb-34)1920 yilgi siyosiy-harbiy jarayonlardan keyin Amir Olimxon qayerga qochishga majbur bo‘ldi?
Xorazmga
#Afg‘onistonga
Toshkentga
Orenburgga
(9-o’zb-34)Buxoroda tuzilga birinchi hukumat – Xalq nozirlari kengashiga kim boshchilik qilgan?
S.Inog‘omxo‘jayev
#Fayzulla Xo‘jayev
A. Fitrat
Mahmudxo‘ja Behbudiy
(9-o’zb-34)Said Olimxon nechanchi yilda taxtga o‘tirgan?
#1910-yil
1893-yil
1918-yil
1905-yil
(9-o’zb-34)Qachon yosh buxoroliklar Chorjo‘yda qo‘zg‘olon uyushtirdilar?
1918-yil 1-mart
1920-yil 6-oktabr
1919-yil 2-mart
#1920-yil 29-avgust
(9-o’zb-34)Said Olimxon Peterburgga o‘qishga borgan yilni aniqlang.
1889-yil
1890-yil
#1893-yil
1891-yil
(9-o’zb-34)“Inqilobchi yosh buxoroliklarning Turkistondagi markaziy byurosi” tuzilgan yilni aniqlang.
1910-yil
#1920-yil
1918-yil
1917-yil
(9-o’zb-34)Yosh buxoroliklar amir hokimiyatining ag‘darilishi va demokratik tuzumning o‘rnatilishini mahalliy aholi orasida tashviqot qilish maqsadida qaysi matbuot nashrlarini tashkil qildi?
“Shuhrat” gazetasi va “El bayrog‘i” jurnali
“Xurshid” gazetasi va “Oyna” jurnali
#“Uchqun” gazetasi va “Tong” jurnali
“Shuhrat” gazetasi va “Al-izoh” jurnali
(9-o’zb-34)Buxoro amirligi hududi orqali dastlabki temiryo‘l o‘tkazilganidan 30 yil o‘tib …
Toshkentda birinchi tramvay paydo bo‘ldi
Amir hokimiyati ag‘darildi
#Jadidlar Karki va Buxoroda namoyishlar o’tkazishdi
qizil armiya tomonidan Buxoro egallandi
(9-o’zb-34)Buxoro amirligida faoliyat ko‘rsatgan jadid taraqqiyparvarlarini aniqlang.
Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abduqodir Shakuriy, Saidahmad Siddiqiy-Ajziy, Is’hoqxon Ibrat, Musajon Sayidjonov
Fayzulla Xo‘jayev, Abdulla Avloniy, Ubaydullaxo‘ja Asadullaxo‘jayev, Obidjon Mahmudov, Abduqodir Muhitdinov
#Fitrat, Sadriddin Ayniy, Fayzulla Xo‘jayev, Abdulvohid Burhonov, Usmon Xo‘ja, Abduqodir Muhitdinov, Musajon Sayidjonov
Mirzo G‘ulom, Hamza, Fitrat, Fayzulla Xo‘jayev, Munavvar Qori, Abduqodir Muhitdinov, Musajon Sayidjonov
(9-o’zb-34)Buxoro amiri 1917-yil e’lon qilgan farmonida qaysi tadbirlarni amalga oshirishni va’da bergan edi?
odil sudlov, xiroj, zakot va boshqa soliqlarni undirishning barqaror asosini yaratish;
mehnat majburiyatlari bekor qilinishi;
amaldorlarga xizmat yuzasidan vazifalarni ijro etish chog‘ida qo‘shimcha ustama haq olish taqiqlanishi;
savdogarlar erkin savdo agentliklarini tuzish;
amaldorlarga davlat tomonidan belgilangan maosh tashkil etish;
mamlakat uchun foydali bilimlarni rivojlantirish va rag‘batlantirish;
amir xazinasidan tashqari davlat xazinasini tashkil qilish;
davlat kirim va chiqimlarini belgilaydigan byudjet tashkil qilish;
bosmaxonalar ochish;
mahbuslarni zindondan ozod etish;
1, 2, 3, 4, 5, 7
1, 3, 4, 5, 6, 8, 10
1, 2, 4, 5, 7, 9, 10
#1, 3, 5, 6, 7, 8, 9, 10
(9-o’zb-34)Arabcha “o‘ta fidoyi” ma’nosini anglatadigan atamani aniqlang.
#mutaassib
radikal
konservativ
liberal
(9-o’zb-34)Buxoro amiri Olimxon Peterburgda qancha vaqt ta’lim olgan edi?
2 yil
13 yil
7 yil
#3 yil
(9-o’zb-34) “Yosh buxoroliklar” iborasi qay tariqa paydo bo‘lgan edi?
jadid maktablarini bitirgan buxorolik yoshlarning ijodiy faoliyati natijasida
Fayzulla Xo‘jayev va Mahmudxo‘ja Behbudiy tarafdorlarining madaniy islohotlari natijasida
#amirning 1917-yildagi farmonni amalga oshirish maqsadida tuzilgan qo’mita yosh buxoroliklar deb atalishi natijasida
jadidlarning o‘zlarini boshqa hududdagi taraqqiyparvarlardan ustunligini ko‘rsatishi natijasida
(9-o’zb-34)1917-yil Buxoro amirining farmoni e’lon qilingan bo‘lib, bu farmonni qo‘llab-quvvatlagan vazmin va bosiq yosh buxoroliklar vakillarini aniqlang.
#Mahmudxo‘ja Behbudiy, Mullaxon o‘g‘li, Mirzo G‘ulom
Fayzulla Xo‘jayev, Abdurauf Fitrat, Usmon Xo‘ja
Mirzo G‘ulom, Sadriddin Ayniy, Abdurauf Fitrat
Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Sadriddin Ayniy
(9-o’zb-34)1917-yil Buxoro amirining e’lon qilgan farmonidan qoniqmagan holda islohotlarni yanada chuqurlashtirish tarafdori bo‘lgan radikal harakat vakillarini aniqlang.
Mirzo G‘ulom, Sadriddin Ayniy, Abdurauf Fitrat
Mahmudxo‘ja Behbudiy, Mullaxon o‘g‘li, Mirzo G‘ulom
Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Sadriddin Ayniy
#Fayzulla Xo‘jayev, Abdurauf Fitrat, Usmon Xo‘ja
(9-o’zb-34)Keskin va qat’iy chora-tadbirlar tarafdorlari nima deb atalgan?
liberal
mutaassib
#radikal
tolerant
(9-o’zb-34)Buxoro amiri xazinasini ro‘yxatga olgan amirlik qushbegisini aniqlang.
#Mirzo Nasrullo
Amir Sayfiy
Islomxo‘ja
Mirzo Rizoqul
(9-o’zb-34)1917-yil 8-aprelda namoyish o‘tkazgan jadidlarga kimlar rahnamolik qilgan?
Usmon Xo‘ja va Mahmudxo‘ja Behbudiy
#Fayzulla Xo‘jayev va Abdurauf Fitrat
Musajon Saidjonov va Sadriddin Ayniy
Fayzulla Xo‘jayev va Abduqodir Muhitdinov
(9-o’zb-35)XIX asr ikkinchi yarmida Xiva xonligida turli majburiyatlar, doimiy yoki favqulodda soliqlarning ... turi mavjud bo‘lgan.
18
20
#25
15
(9-o’zb-35)1873-yildan keyin Xiva xonligidagi yerlarning hosildor katta qismi Rossiya tasarrufiga o‘tishi oqibatida xonlik ma’muriyati sarf-xarajatlarga bo‘lgan ehtiyojlarni qanday yo‘l bilan qoplay boshladi?
#yangi soliqlar joriy qilish yoki ilgari mavjud bo‘lganlarini oshirish
turkmanlarning chorvasini oldingisiga qaraganda 40% kamaytirish va qolganlarini xazina hisobiga musodara qilish
vaqf yerlarini 40% gacha qisqartirib, xazina foydasiga dehqonlarga bo‘lib berish
vaqf yerlarini 20% gacha qisqartirib, xazina foydasiga dehqonlarga bo‘lib berish
(9-o’zb-35)Manbalarda qayd etilishicha, XIX asr oxirgi choragida Xiva xonligidagi 64 ta masjid va madrasa qancha yerga egalik qilar edi?
48 ming tanobga yaqin
#205 ming tanobdan ziyod
306 ming tanobga yaqin
160 ming tanobdan ziyod
(9-o’zb-35)XIX asr ikkinchi yarmida Xiva xoni ustidan nazorat qilish uchun Kengash ta’sis etilgan bo‘lib, u necha kishidan iborat edi?
4 kishi
#7 kishi
5 kishi
9 kishi
(9-o’zb-35)XIX asr oxirida Xiva xonligi ma’muriy jihatdan nechta viloyatga bo‘lingan edi?
40 ta
27 ta
15 ta
#20 ta
(9-o’zb-35)Xiva xonligida jarchi foydasiga yig‘iladigan soliqni aniqlang.
#“afanakpuli”
“cho‘ppuli”
“kafsan”
“dorug‘oyi”
(9-o’zb-35)Xiva xonligida “cho‘ppuli” solig‘i ...
mehnat majburiyati haqida xabar berganlar foydasiga to‘langan
qo‘y va echkilarni qo‘rada qishlaganligi uchun olinadigan soliq
#o‘tloqlardan foydalanganlik uchun to‘langan
mehnat majburiyatiga chiqmagan aholi to‘laydigan soliq
(9-o’zb-35)Manbalarda qayd etilishicha, XIX asr oxirida Xiva xonligida qancha ruhoniylar oilasi barcha soliqlardan ozod etilgan?
3 ming atrofida
2 mingga yaqin
1,5 ming atrofida
#4 mingga yaqin
(9-o’zb-35)XIX asr oxirida Xivada qancha masjid bo‘lgan?
140 ta
#160 dan ortiq
154 ta
80 ga yaqin
(9-o’zb-35)XIX asr oxirida Xiva xonligida faoliyat ko‘rsatgan madrasalarda ta’lim olish necha yilgacha bo‘lgan?
#10 yilgacha
15 yilcha
21 yil
14 yilgacha
(9-o’zb-35)XIX asr oxirida Xiva xonligida faoliyat ko‘rsatgan maktablar soni qanchani tashkil etgan?
160 dan ortiq
1000 ga yaqin
#1500 ga yaqin
2 mingga yaqin
(9-o’zb-35)XIX asr oxirida Xiva xonligida oliy ta’lim hisoblangan madrasalarda asosiy fanlar sifatida qaysi fanlar o‘qitilgan?
arifmetika, geometriya, tarix, adabiyot
islom huquqi, biologiya, geometriya, tarix
matematika, adabiyot, mantiq, tarix
#arab grammatikasi, islom huquqi va falsafasi
(9-o’zb-35)XIX asr oxirida Xiva xonligida bosh vazir lavozimi egasi qanday nom bilan atalgan?
biy
#mehtar
devonbegi
inoq
(9-o’zb-35)Xiva xonligida muntazam qo‘shinni kim boshqargan?
#yasovulboshi
to‘pchiboshi
mirshabboshi
amirlashkar
(9-o’zb-35)Rossiya hukumati Xiva xoni ustidan nazorat qilish maqsadida Kengash ta’sis etgan bo‘lib, Kengash a’zolaridan qanchasi rus hukumati vakillari edi?
3 tasi
#4 tasi
2 tasi
5 tasi
(9-o’zb-35)XIX asr oxirida Xiva xonligining muntazam qo‘shini qanchani tashkil qilgan?
2000
3000
#1500
2500
(9-o’zb-35)XIX asr oxirida Xiva xonligida aholining 90% ini tashkil qilgan dehqonlar sug’oriladigan yerlarning qanchasiga egalik qilganlar?
#5% ga
10% ga
8% ga
7% ga
(9-o’zb-35)XIX asr oxirida Xiva shahrida qancha avliyo dahmalari bo‘lgan?
15 ga yaqin
#60 dan ortiq
50 ga yaqin
20 dan ortiq
(9-o’zb-36)Xiva xonligida 1910-1915-yillarda kerosin va neft bilan ishlaydigan nechta sanoat korxonasi barpo etildi?
92 ta
#40 ta
81 ta
38 ta
(9-o’zb-36)1917-yilda Buxoro amirligida nechta sanoat korxonasi bo‘lgan?
#92 ta
72 ta
81 ta
48 ta
(9-o’zb-36)XX asr boshlarida Yangi Urganch shahrida tashkil qilingan paxta tozalash zavodlarining nechtasi mahalliy tadbirkorlarga tegishli bo‘lgan?
8 tasi
10 tasi
#3 tasi
6 tasi
(9-o’zb-36)1909-yilda tashkil etilgan “A-Meta” sindikati qaysi tadbirkorlarning kapitalini birlashtirgan edi?
Tojiniyozov-Baqqolov
Rizayev-Solijonov
#Madiyorov-Baqqolov
Manuilov-Maksum
(9-o’zb-36)“Birgalikda ishlash” ma’nosini anglatuvchi atamani aniqlang.
kapital
#sindikat
kasanachilik
trest
(9-o’zb-36)XX asr boshida 11ta paxta tozalash zavodlari qaysi shaharda joylashgan edi?
Gurlanda
Qo‘ng‘irotda
Mo‘ynoqda
#Yangi Urganchda
(9-o’zb-36)XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Xiva xonligi tumanlari hunarmandchilik ishlab chiqarishining u yoki bu sohasiga ixtisoslangan bo‘lib, shundan gilam va kigizlar asosan qaysi tumanlarda ishlab chiqarilar edi?
Yangi Urganch, Xonqa, Xo‘jayli
Chimboy, Hazorasp, Xonqa, Yangi Urganch
Mo‘ynoq, Taxta, Bog‘ot
#Porsu, Ko‘hna Urganch, G‘azovot, Alieli
(9-o’zb-36)XIX asr oxiri – XX boshlarida Xiva xonligida vujudga kelgan yangi shaharlarni aniqlang.
Yangi Urganch, Toshhovuz
#Bog‘ot, Taxta, Mo‘ynoq
Gurlan, Qo‘ng‘irot, Yangi Urganch
G‘azovot, Mang‘it, Bog‘ot
(9-o’zb-36)Quyidagi sindikatlarning qaysi biri beda urug‘ini sotib olish bo‘yicha Xiva bozorida o‘z yakka hokimligini o‘rnatgan edi?
aka-uka Rizayevlar sindikati
“Kudrin va K” jamiyati
#“A-Meta” sindikati
“Besh-bosh” fabrikasi
(9-o’zb-36)XX asr boshida Xiva xonligining qaysi shahrida Rossiya-Osiyo va Sibir savdo bankining bo‘limlari va pochta-telegraf idorasi joylashgan edi?
Mo‘ynoq
Gurlan
Toshovoz
#Yangi Urganch
(9-o’zb-36)Quyidagi jarayonlarning qaysi biri Xivaning Rossiyaga qaramligini kuchaytirdi?
Krasnavodksdan Qizilarvotgacha temiryo‘lning qurilishi;
Amudaryo flotiliyasining tashkil etilishi;
Kaspiyorti temiryo‘li qurilishi;
Rossiya imperatorining siyosiy agentligining tashkil etilishi.
1, 2, 3
2, 4
#2, 3
1, 4
(9-o’zb-36)Aka-uka Rizayevlar va Solijonovlarning paxta tozalash zavodlari qaysi shaharda bo‘lgan?
Yangi Urganchda
Xivada
Mo‘ynoqda
#Gurlanda
(9-o’zb-36)1909-yili Xiva xonligida nechta sanoat korxonasi bor edi?
#81 ta
92 ta
70 ta
66 ta
(9-o’zb-36)Xiva xonligi hunarmandchiligida qoplar va arqonlar asosan qaysi shaharda tayyorlangan?
Gurlanda
Xo‘jaylida
G‘azovotda
#Yangi Urganch
(9-o’zb-36)1887-yil bo‘lgan voqeani aniqlang.
Kaspiyorti temiryo‘li qurildi
#Amudaryo flotiliyasi ta’sis etildi
“A-Meta” sindikati tashkil etildi
Xivada dastlabki bosmaxona ochildi
(9-o’zb-36)XX asr boshlarida Gurlanda tashkil etilgan Rossiya savdogarlarining 10 ta idorasi asosan nima bilan shug‘ullangan?
neft mahsulotlarini tashib ketish
paxtani qayta ishlash
#paxtani tashib ketish
yog‘ ishlab chiqarish
(9-o’zb-36)XX asr boshida Xiva xonligining qaysi shahrida ikkita yog‘ zavodi, sovun va ko‘n zavodi hamda bitta tegirmon joylashgan edi?
#Yangi Urganch
Mo‘ynoq
Toshovuz
Gurlan
(9-o’zb-36)XX asr boshida Xiva xonligida qaysi savdosanoat tashkiloti har yili Rossiyaga qariyb 3 ming tonna paxta xonashyosini ekspert qilgan?
Sibir savdo bankining bo‘limi
#“A-Meta” sindikati
Rossiya-Osiyo banki
aka-uka Rizayevlarning paxtaga dastlabki ishlov berish zavodi
(9-o’zb-37)Xiva xonligida faoliyat ko‘rsatgan jadid taraqqiyparvarlarini aniqlang.
Polvoniyoz Yusupov, Bobooxun Salimov, Saidahmad Siddiqiy-Ajziy, Is’hoqxon Ibrat, Musajon Sayidjonov
#Bobooxun Salimov, Polvoniyoz Yusupov, Nazir Sholikorov, Jumaniyoz Sultonmurodov, Bekjon Rahmonov
Jumaniyoz Sultonmurodov, Bobooxun Salimov, Polvoniyoz Yusupov, Abdulvohid Burhonov, Usmon Xo‘ja, Abduqodir Muhitdinov
Bobooxun Salimov, Polvoniyoz Yusupov, Mirzo G‘ulom, Bekjon Rahmonov, Abduqodir Muhitdinov
(9-o’zb-37)Yosh xivaliklar xonga taqdim qilgan “Islohotlar loyihasi”ga muvofiq, xon hokimiyatiga qanday o‘zgartirish kiritilishi kerak edi?
xon devoni tugatilib, uning o‘rniga Nozirlar kengashi tashkil etilishi kerak edi
xon saylab qo‘yiladigan bo‘lishi kerak edi
#xon devoni saqlab qolinib, faqat amaldorlar davlat ta’minotiga o‘tkazilishi kerak edi
xon hokimiyati Nozirlar kengashi va Majlis bilan tuzish va konstitutsion monarxiya shaklida cheklanishi kerak edi
(9-o’zb-37)Yosh xivaliklar 1917-yil 5-aprelda xondan islohot o‘tkazish to‘g‘risidagi manifestni imzolashni talab qilgan edi. Manifest o‘z ichiga nimalarni olgan edi?
odil sudlov, xiroj, zakot va boshqa soliqlarni undirishning barqaror asosini yaratish;
xon hokimiyati Nozirlar kengashi va Majlis bilan cheklangan konstitutsion monarxiyani tashkil qilish;
amaldorlarga xizmat yuzasidan vazifalarni ijro etish chog‘ida qo‘shimcha ustama haq olish taqiqlanishi;
davlat mablag‘lari sarflanishi ustidan moliya vazirligini tashkil qilish;
suv taqsimotini isloh qilish;
xonlikning barcha hududida yangi usul maktablarini tashkil qilish uchun qo‘mita tuzish;
xon xazinasidan tashqari davlat xazinasini tashkil qilish;
Amudaryodagi savdo kemalarini qisqartirish.
1, 3, 5, 7, 8
1, 3, 6, 8
2, 3, 4, 5, 7
#2, 4, 5, 6
(9-o’zb-37)1902-yil Xiva xonligida …
Sibir savdo banki kashkil qilindi
#Matyoqub pishiq rahnamoligida qo‘zg‘olon bo‘ldi
Xonlikda qurg‘oqchilik va ocharchilik bo‘ldi
“Yosh xivaliklar” partiyasi tusildi
(9-o’zb-37)1912-yil Hazorasp va Xonqada ko‘tarilgan qo‘zg‘olon xalq norozilik chiqishlaridagi qanday yangi omilni namoyon etdi?
ular hukumat qo‘shinlarini butunlay mag‘lubiyatga uchratgan
ular qo‘zg‘olonga rahbarlik qiladigan yo‘lboshchisiz harakat qilishgan
#ular o‘qotar qurollar bilan qurollangan va jang qilish usulini o‘zlashtirgan
ular yagona birlashgan kuchga ega bo‘lgan
(9-o’zb-37)Asfandiyorxon xonlik bosh vaziri Islomxo‘jani nimada ayblab qatl qildirgan edi?
qo‘zg‘olonlarni yashirincha qo‘llabquvvatlaganlikda
davlat yerlarini o‘z qarindoshlariga bo‘lib berishda
viloyat hokimlarini nohaq o‘ldirganlikda
#davlat mablag‘larini o’zlashtirishda
(9-o’zb-37)1910-1911-yillarda Xiva xonligida …
#qurg‘oqchilik bo‘ldi
qo‘zg‘olonlar avj oldi
sanoat korxonalari qurila boshladi
Tovar-pul munosabatlari jonlandi
(9-o’zb-37)1910-yil Xiva xonligi taxtiga kim o‘tirgan?
Muhammad Rahim II
#Asfandiyorxon
Rahimqulixon
Said Abdullaxon
(9-o’zb-37)Xivada xon “Islohotlat loyihasi”ni nechanchi yilda qabul qilgan?
#1910-yil
1915-yil
1916-yil
1917-yil
(9-o’zb-37)Matyoqub pishiq boshchiligidagi qo‘zg‘olon qaysi tumanlarda bo‘lgan edi?
#Xonqa, Hazorasp, Bog‘ot
Yangi Urganch, Pitnak, Xonqa
G‘azovot, Pitnak, Bog‘ot
Xonqa, Xo‘jayli, Ko‘hna Urganch
(9-o’zb-37)Xorazm Xalq Sovet Respublikasi tashkil etilgani e’lon qilingan sanani aniqlang.
1920-yil 12-may
#1920-yil 27-aprel
1919-yil 21-uyun
1918-yil 2-fevral
(9-o’zb-37) Junaidxon qaysi urug‘ vakili bo‘lgan?
mang‘it
#turkman
qo‘ng‘irot
qoraqalpoq
(9-o’zb-37)Eski tuzum tarafdorlari, islohotlar va o‘zgarishlarga qarshi turuvchilar nima deb yuritilgan?
radikallar
liberallar
#konservatorlar
novatorlar
(9-o’zb-37)Xiva xonligi davlat sifatida qancha vaqt hukm surdi?
3 asr
2,5 asr
370 yil
#410 yil
(9-o’zb-37)1912-yil Hazorasp va Xonqada qo‘zg‘olon ko‘targan aholi qayerda Xiva xoni qo‘shinlarini mag‘lubiyatga uchratgan?
Bog‘ot yaqinida
#Alieli va Toshhovuz oralig‘ida
Yangi Urganch ostonasida
Mang‘it qishlog‘ida
(9-o’zb-37)Xiva xoni Said Abdulla nechanchi yillarda hukmronlik qilgan?
1910-1918-yillar
1917-1919-yillar
1917-1920-yillar
#1918-1920-yillar
(9-o’zb-37)Xiva xoni Said Abdulla kimning tashabbusi bilan taxtni egallagan edi?
Rossiya imperatori
Buxoro amiri Olimxon
#Junaidxon
Yosh xivaliklar
(9-o’zb-37)1917-yil Xiva xonligida tashkil etilgan Majlisning birinchi sessiyasida ... xivalik deputat va ... turkmanlar vakili ishtirok etdi.
28 ta, 4 ta
#30 ta, 7 ta
27 ta, 3 ta
15 ta, 5 ta
(9-o’zb-37)Xiva xonligi tarixida “xalq inqilobi” nomi bilan kirgan inqilob qachon yuz berdi?
1917-yil 26-aprelda
1917-yil 5-aprelda
1920-yil 27-aprelda
#1920-yil 2-fevralda
(9-o’zb-37)Amir Sayid Olimxon harbiy-siyosiy bilimini oshirish maqsadida Peterburgga o‘qishga jo‘natilgan yildan 20 yil o‘tib Xiva xonligida ...
Hazorasp va Xonqadagi qo‘zg‘olonlar keskin tus oldi
#taraqqiyparvar xonlik bosh vaziri Islomxo‘ja qatl etildi
Yosh xivaliklar xonga “Islohotlar loyihasi”ni taqdim qildi
Pitnak, Hazorasp, Yangi Urganch, Ko‘hna Urganch tumanlarida dehqonlarning norozilik uyushmalari vujudga keldi
(9-o’zb-37)Yosh xivaliklarning yosh buxoroliklardan asosiy farqli jihatini aniqlang.
yosh xivaliklarning islohotlarga oid talablari ancha yumshoq va xon hokimiyati bilan murosa qilishida edi
yosh xivaliklar ichida uchta bir-biriga qarama-qarshi oqim mavjud edi
#yosh xivaliklar harakatida turli qatlamlari – dehqonlar, hunarmandlar, savdogarlar, mayda mulk egalari, ziyolilarning ishtirok etishi edi
yosh xivaliklar harakati vakillari yosh buxoroliklar singari ikki oqimdan emas, yagona fikrga ega bo‘lgan bitta oqimdan iborat edi
(9-o’zb-34-37)Bir yilda taxtga chiqqan Xiva xoni va Buxoro amirlarini aniqlang.
Muhammad Rahinxon II va Amir Muzaffar
#Asfandiyorxon va Sayid Olimxon
Said Abdullaxon va Sayid Olimxon
Ollohqulixon va Amir Nasrulloxon
(9-o’zb-37)Xiva xoni Asfandiyorxon taxtga chiqqach, xonlikdagi yerlarni qaytadan o‘lchashni boshlaydi. Bundan maqsad nima edi?
#mamlakatda yangi soliqlarni joriy qilish
egasi tashlab ketgan yerlarni aniqlash va ularni yersiz dehqonlarga bo‘lib berish
bosh vazir Islomxo‘ja tasarrufida bo‘lgan yerlarni tortib olish
Rossiya sarmoyadorlarining sanoat korxonalari qurishi uchun yangi yerlar ochish
(9-o’zb-38)Turkistonning qaysi shahrida va qachon birinchi gimnaziya ochilgan edi?
Qo‘qonda 1892-yil
Toshkentda 1886-yil
Andijonda 1895-yil
#Toshkentda 1896-yil
(9-o’zb-38)Rus-tuzem maktablarida o‘quv kuni necha qismdan iborat bo‘lgan?
#ikki qism
uch qism
to‘rt qism
qismlarga ajralmagan
(9-o’zb-38)XIX asr O‘rta Osiyo maktablarida bosqichma-bosqich nimalar o‘rgatilishini aniqlang.
arab alifbosi, talaffuz, So‘fi Olloyor kitoblari, “Haftiyak”, “Xo‘ja Xofiz” devoni
arab alifbosi, “Chor kitob”, harflar o‘qilishi va talaffuz, So‘fi Olloyor kitoblari, “Haftiyak”, “Xo‘ja Xofiz” devoni
#arab alifbosi, harflar o‘qilishi va talaffuz, “Haftiyak”, “Chor kitob”, So‘fi Olloyor kitoblari, “Xo‘ja Xofiz” devoni
arab alifbosi, harflar o‘qilishi va talaffuz “Chor kitob”, “Haftiyak”, “Xo‘ja Xofiz” devoni, So‘fi Olloyor kitoblari
(9-o’zb-38)XIX asr O‘rta Osiyo maktablarida o‘rgatiladigan darsliklarning qaysi birida musulmon an’analari aks etgan?
#“Chor kitob”
“Xoja Hofiz”
“Haftiyak”
“Sabot ul-ojizin”
(9-o’zb-38)Qaysi sana O‘zbekiston Respublikasida Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni sifatida belgilangan?
1-iyun
21-iyul
18-aprel
#27-iyun
(9-o’zb-38)So‘fi Olloyorning asarlari qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?
“Chor kitob”, “Xo‘ja Xofiz”
#“Risolayi aziza”, “Sabot ul-ojizin”
“Dalil ul-oshiqin”, “Risolayi jadidiya”
“Bahoriyat”, “To‘rt unsur”
(9-o’zb-38)XIX asrda O‘rta Osiyo boshlang‘ich maktablaridagi butun ta’lim davri necha yilgacha borar edi?
#5-6 yil
7-8 yil
2-4 yil
9-10 yil
(9-o’zb-38)Buxoro amirligida jadid maktablari nechanchi yilda yopib qo‘yildi?
1911-yil
1909-yil
1917-yil
#1913-yil
(9-o’zb-38)Turkiston o‘lkasida boshlang‘ich maktablar, rus-tuzem maktablari tarmog‘ini yaratish loyihasini ishlab chiqqan general-gubernator kim?
K.P.Kaufman
#G.O.Rozenbax
S.I.Duxovskiy
M.G.Chernyayev
(9-o’zb-38)G.O.Rozenbax Turkiston general-gubernatori lavozimini egallagan yili …
#Toshkentda birinchi rus-tuzem maktabi ochildi
Turkiston o‘lkasida birinchi gimnaziy tashkil topdi
O‘rta Osiyo Olimlar jamiyati faoliyati to‘xtatildi
Kaspiyorti temiryo‘li qurildi
(9-o’zb-38)Turkistonda birinchi rus-tuzem maktabi Toshkentning qayerida ochildi?
Mirzakarimboy xonadonida
#Saidg‘ani Saidazimboy xonadonida
Ko‘kcha eski maktabi o‘rnida
Turkiston general-gubernatorligining eski binosida
(9-o’zb-38)1911-yilga kelib Turkiston o‘lkasidagi rus-tuzem maktablarining soni qanchaga yetdi?
81 taga
78 taga
113 taga
#89 taga
(9-o’zb-38)Ma’lumki, XX asr boshlarida hukumatning jadid maktablariga qarshi kurashi boshlangan bo‘lib, hukumat dastlab bu maktablarga nimani taqiqladi?
diniy bilimlarni o‘qitishni
yangi o‘quvchi qabul qilishni
#turk va fors manbalaridan foydalanishni
siyosiy fanlar, xususan, tarix, falsafa, huquqshunoslik fanlarining o‘qitilishini
(9-o’zb-38)“Turkistanskiy vedomosti” va uning o‘zbek tilidagi ilovasi “Turkiston viloyatining gazeti”ning muharririni aniqlang.
#N.Ostroumov
U.Gajibekov
I.Obidov
M.Behbudiy
(9-o’zb-38)Ilk bor o‘zbek tilida nashr etilgan milliy gazeta nomini toping.
“Shuhrat”
#“Taraqqiy”
“Tarjimon”
“Sadoi Turkiston”
(9-o’zb-38) “Al-izoh” jurnali nechanchi yilda nashr etilgan?
1913-yil
1909-yil
1914-yil
#1915-yil
(9-o’zb-38)“Oyna” jurnalining birinchi soni nechanchi yilda nashr etilgan?
#1913-yil
1915-yil
1909-yil
1914-yil
(9-o’zb-38)Rossiya imperiyasi o‘z mustamlakalaridagi mahalliy aholini qaysi atama bilan atagan?
megrant
demograf
dekadent
#tuzem
(9-o’zb-39)Jadidlar tarixni xonlar, amirlar almashinuvini tasvirlash o‘rniga ...
madaniyat tarixini yoritishni taklif qildi
#xalq tarixning haqiqiy bunyodkori ekanligini yoqlab chiqdi
o‘zbek xalqining qadimgi tarixini yoritishni taklif qildilar
dunyoviy tarixni haqqoniy yoritishni taklif qildi
(9-o’zb-39)“Toshkentning yangi tarixi” asarining muallifini aniqlang.
#Muhammad Solih
Yusuf Bayoniy
Mulla Olim Mahdum Hoji
Ahmad Donish
(9-o’zb-39)Jadid adabiyotida ilk nasriy asar muallifini aniqlang.
#Abdulla Qodiriy
Mahmudxo‘ja Behbudiy
Fitrat
Muqimiy
(9-o’zb-39)1911-1917-yillarda jadid teatrlarida qancha pyesa qo‘yilgan edi?
#25 ta
10 dan ortiq
50 ta
30 dan oshiq
(9-o’zb-39)Quyidagi allomalarning qaysilari satirik asarlar yoki felyetonlar yozgan?
Muqimiy;
Zavqiy;
M.Behdudiy;
Yusuf Bayoniy;
Fitrat;
Abdulla Qodiriy.
1, 2, 4, 5
#1, 2, 6
3, 4, 5, 6
1, 4, 6
(9-o’zb-39) “Afrosiyob qo‘rg‘oni”, “Shohizinda”, “Cho‘ponota” asarlarining muallifini aniqlang.
Muhammad Solih
#V.Vyatkin
Mulla Olim Maxdum
V.Bartold
(9-o’zb-39)“Padarkush” pyesasining muallifini aniqlang.
Hamza Hakimzoda Niyoziy
#Mahmudxo‘ja Behbudiy
Abdulla Avloniy
Nusratilla Qudratilla
(9-o’zb-39)Turkiston mintaqasining bosh xaritasi nechanchi yilda tuzib chiqilgan?
1886-yil
#1867-yil
1873-yil
1871-yil
(9-o’zb-39)1871-yil tashkil qilingan O‘rta Osiyo olimlar jamiyati keyinchalik nima sababdan yopib qo‘yilgan edi?
Rossiya davlati manfaatlariga zid harakat qilganligi
faqat mahalliy aholi vakillarini jamiyatga jalb qilganligi uchun
#mablag‘ yetishmaganligi tufayli
o‘lkada olimlarning yetishmasligi uchun
(9-o’zb-39)Turkistonda Arxeologiya havaskorlar to‘garagi nechanchi yilda tashkil qilingan?
#1895-yil
1893-yil
1898-yil
1889-yil
(9-o’zb-39)Quyidagi jadid pyesalaridan qaysi biri Abdulla Qodiriy qalamiga mansub?
“To‘y”
“Juvonmarg”
#“Baxtsiz kuyov”
“Arshin mol olan”
(9-o’zb-39)O‘zbek tilida yaratilgan ilk sayohatnomalar (yo‘l ocherklari) muallifi kim?
H. H. Niyoziy
Nusratulla Qudratulla
Abdulla Qodiriy
#Muqimiy
(9-o’zb-39)Toshkentda Turkiston muzeyi tashkil etilgan yilni aniqlang.
1870-yil
1872-yil
#1876-yil
1871-yil
(9-o’zb-39)Turkistonning qadimgi davridan to XX asr boshlarigacha bo‘lgan voqealarning yilnomasi bayon etilgan asarni aniqlang.
“Tarixi jadidayi Toshkant”
“Shohizinda”
#“Tarixi Turkiston”
“Cho‘ponota”
(9-o’zb-39)Rus va o‘zbek tillarini o‘rganish bo‘yicha bir nechta darslik yozgan allomani aniqlang.
Muhammad Solih
#V.Vyatkin
Mulla Olim Maxdum
A.Fitrat
(9-o’zb-39)O‘zbek tilidagi ilk tarixiy asar sifatida shuhrat topgan asarni aniqlang.
“Tarixi jadidayi Toshkant”
“Zafarnoma”
#“Tarixi Turkiston”
“Padarkush”
(9-o’zb-39)“Tarixi Turkiston” asarining muallifini aniqlang.
#Mulla Olim Mahdum Hoji
Muhammad Solih
Yusuf Bayoniy
Ahmad Donish
(9-o’zb-39)Turkistonning barcha aholisiga “hozirgi dunyoda yashash, ziyoli, komil va odil” bo‘lish uchun o‘z vatani tarixini o‘rganish da’vati bilan marojaat qilgan taraqqiyparvarni aniqlang.
Abdulla Avloniy
Muhammad Yusuf
Abdurauf Fitrat
#Mahmudxo‘ja Behbudiy
(9-o’zb-39)Muhammad Yuzuf Bayoniy qalamiga mansub asarlarni aniqlang.
#“Xorazm tarixi”, “Shajarayi Xorazmshohiy”
“Navodir ul-vaqoe”, “Gulshani davlat”
“Xorazm tarixi”, “Riyoz ud-davla”
“Xorazmshohlar sulolasi”, “Shohidi iqbol”
(9-o’zb-39)Turkiston ma’muriyati hududni xaritalashtirish va iqlimni o‘rganish uchun dastlab qayerda metereologiya stansiyasini tashkil etdi?
Samarqandda
#Toshkentda
Farg‘onada
Qo‘qonda
(9-o’zb-39)“Hapalak qishlog‘i ahlining xonga arzi”, “Saylov” “Tanobchilar” asarlarining muallifini aniqlang.
H.H.Niyoziy
Maxmur
N.Qudratilla
#Muqimiy
(9-o’zb-39) “To‘y” dramasining muallifini aniqlang.
H.H.Niyoziy
#Nusratilla Qudratilla
Abdulla Qodiriy
Mahmudxo‘ja Behbudiy
(9-o’zb-39)Pomir to‘g tizimini o‘rganib chiqqan rus zoologi va sayyohini aniqlang.
P.Semyonov-Tyanshanskiy
#N.Seversev
G.Mushketov
D A.Fedchenko
(9-o’zb-39)Quyidagi qaysi pyesada oilaviy va shaxsiy fojialar sababchisiga aylangan serchiqim ba’zi urf-odatlar va an’analar tanqid ostiga olingan?
#“To‘y”
“Juvonboz”
“Baxtsiz kuyov”
“Padarkush”
(9-o’zb-39)Kundalik turmushda ro‘y beradigan salbiy hodisalarni tanqid qilib yozilgan gazeta yoki jurnal maqolasi nima deb ataladi?
satira
senzura
hajviya
#felyeton
(9-o’zb-39)Jadidlar nimani xalqqa bevosita yaqinlashishning eng samarali deb baholadilar?
yangi usul maktablarini
#teatrni
siyosiy harakatni
matbuotni
(9-o’zb-39)Abdulla Qodiriy ilk nasriy asarlarini e’lon qilgan yilni aniqlang.
#1910-yil
1915-yil
1909-yil
1914-yil
(9-o’zb-39)Farg‘ona vodiysi, Oloy, Zarafshon vodiysi va Qizilqumni tekshirgan rus tadqiqotchisini aniqlang.
P.Semyonov-Tyanshanskiy
N.Seversev
G.Mushketov
#D A.Fedchenko
(9-o’zb-39)XX asr boshida erk va ozodlik g‘oyalarini tarannum etgan she’rlari uchun zindonga tashlangan shoirni aniqlang.
Muqimiy
Anbar Otin
Ahmad Donish
#Ubaydulla Zavqiy
(9-o’zb-39) “Juvonboz” hikoyasi kimning qalamiga mansub?
Q.Nusratilla
Anbar Otin
A.Samadov
#Abdulla Qodiriy
(9-o’zb-39)1853-1921-yillarda yashab faoliyat ko‘rsatgan allomani aniqlang.
Muqimiy
Anbar Otin
#Ubaydulla Zavqiy
Avaz O‘tar
(9-o’zb-39)Shoira Anbar Otinning shahardagi mutaassiblar tomonidan ta’qibga uchrashiga va kaltaklanishiga sabab bo‘lgan omil nima edi?
shoiraning ayrim dindorlarning axloqsizligini fosh qiluvchi she’rlar yozganligi sababli
#ayollarning erkinligi va teng huquqli bo‘lishiga da’vat etganligi
uyida maktab ochib, u yerda qiz va o‘g‘il bolalarni birgalikda o‘qitganligi sababli
ayollarning ilm egallashini targ‘ib qilganligi uchun
(9-o’zb-40)Mashhur aktrisa V.Komissarjevskaya boshchiligidagi ruppa Turkistonning qaysi shaharlarida gastrol safarida bo‘ldi?
#Toshkent va Samarqandda
Qo‘qon va Toshkendda
Buxoro va Xorazm
Samarqand va Buxoro
(9-o’zb-40)Xiva xoni Muhammad Rahimxon II ning Xorazm maqomlarini asrash haqidagi farmoni nechanchi yilda e’lon qilingan edi?
1878-yil
1869-yil
1898-yil
#1882-yil
(9-o’zb-40)Xorazm an’anaviy teatrida ikki turkum tomoshalar bo‘lib, ular ...
oddiy xalq tasviri va saroy ahli tasviridan iborat bo‘lgan
qo‘g‘irchoq va kattalar teatrlaridan iborat bo‘lgan
#kulguli va xatarli o‘yinlardan iborat bo‘lgan
zamonaviy va qadimgi o‘yinlardan iborat bo‘lgan
(9-o’zb-40)Samara teatri nechanchi yilda Turkistonda bir necha kunlik gastrol safarida bo‘lgan?
1897-yil
1878-yil
#1870-yil
1910-yil
(9-o’zb-40)XIX asrning ikkinchi yarmida bir necha shaharlarda an’anaviy teatr uyushmalari vujudga kelgan edi. Shulardan Zokir eshon boshchiligidagi truppa qaysi shaharda tashkil etilgan edi?
Samarqandda
Buxoroda
#Qo‘qonda
Xorazmda
(9-o’zb-40) “Zaharli hayot yoxud ishq qurbonlari” asari kimga tegishli?
#Hamza Hakimzoda Niyoziy
Abdulla Avloniy
Mahmudxo‘ja Behbudiy
Mannon Uyg‘ur
(9-o’zb-40)“Mahramlar” nomli teatr asari kimning qalamiga mansub?
H. H. Niyoziy
A. Avloniy
#A.Samadov
A.Fitrat
(9-o’zb-40)XIX asrning ikkinchi yarmida bir necha shaharlarda an’anaviy teatr uyushmalari vujudga kelgan edi. Shulardan To‘la masxara boshchiligidagi truppa qaysi shaharda tashkil etilgan edi?
Samarqandda
#Buxoroda
Qo‘qonda
Xorazmda
(9-o’zb-40) “Bir farangi bilan buxorolik bir mudarrisning qilgan munozaralari” sahna asarining muallifi kim?
H.H.Niyoziy
A. Avloniy
A.Samadov
#A.Fitrat
(9-o’zb-40)Bir yilda sodir bo‘lgan voqealarni aniqlang.
Andijonda dastlabki milliy teatr tashkil etildi, Nurullaboy saroyining qurilishi tugallandi
Ubadulla Zavqiy vafot etdi, Xivada dastlabki milliy teatr tashkil etildi
V.Vyatkin Ulug‘bek rasadxonasi qoldiqlarini topdi, Islomxo‘ja minorasining qurilishi tugallandi
#Qo‘qonda dastlabki havaskorlar teatri tashkil etildi, Mannon Uyg‘ur san’atga ilk qadamini tashladi
(9-o’zb-40)Qo‘qonda tashkil etilgan dastlabki havaskorlar teatrida namoyish etilgan birinchi spektakl qaysi edi?
“Padarkush”
#“Zaharli hayot yoxud ishq qurbonlari”
“Baxtsiz kuyov”
“Bir farangi bilan buxorolik bir mudarrisning qilgan munozaralari”
(9-o’zb-40)O‘zbek milliy teatrining birinchi aktirisasi nomini aniqlang.
#Ma’suma Qoriyeva
Mukarrama Turg‘unboyeva
Yulduz Rizayeva
Mehri To‘rayeva
(9-o’zb-40)1922-yilda qaysi shaharlarda milliy teatrlar tashkil etilgan?
Andijon va Qo‘qonda
Samarqand va Buxoroda
#Xiva va Buxoroda
Namangan va Farg‘onada
(9-o’zb-40) Kim «Teatr - bu ibratxonadir», deb aytgan?
#Mahmudxo‘ja Behbudiy
Mannon Uyg‘ur
Abdulla Avloniy
H.H.Niyoziy
(9-o’zb-40)Mashhur aktrisa V.Komissarjevskaya boshchiligidagi truppa Turkiston o‘lkasida nechanchi yilda gastrol safarida bo‘ldi?
#1910-yil
1912-yil
1870-yil
1908-yil
(9-o’zb-38-40)Toshkentda xalq kutubxonasi ochilgan yili?
O‘rta Osiyo olimlar jamiyati vujudga keldi;
“Turkistanskiy vedomosti”ning birinchi soni chiqdi;
arxeolog olim V.Vyatkin tug‘ildi;
Turkiston general-gubernatori taklifi bilan Samara teatri o‘lkada gastrol safarida bo‘ldi.
1, 2, 3
2, 3
#2, 4
1, 2, 4
(9-o’zb-40)Buxoro amirligi hududida 50 ga yaqin yangi usul maktabi yopib qo‘yilgan yili …
V.Komissarjevskaya boshchiligidagi truppa Turkiston o‘lkasida gastrol safarida bo‘ldi
#Turkiston o‘lkasida dastlabki yozma teatr asarlari paydo bo‘ldi
Turkistonda birinchi o‘zbek havaskorlar teatr truppasi tashkil etildi
“Turon” truppasi Turkiston bo‘ylab gastrol safarida bo‘ldi
(9-o’zb-40)1910-1912 yillarda qaysi davlat teatr jamoalari Turkistonga gastrol safarida bo‘lishgan edi?
#Ozarbayjon, Tatariston
Rossiya, Gruziya
Turkiya, Armaniston
Tatariston, Eron
(9-o’zb-40)Turkistonda birinchi o‘zbek milliy teatri qaysi shaharda tuzilgan?
#Samarqandda
Toshkentda
Qo‘qonda
Buxoroda
(9-o’zb-40) “Arshin mol olan”, “Layli va Majnun”, “Go‘ro‘g‘li” musiqali pyesalarining muallifini aniqlang.
V.Komissarjevskaya
#U.Gajibekov
Nusratilla Qudratilla
H.H.Niyoziy
(9-o’zb-41)Turkistonda naqsh-amaliy san’at markazi qaysi shahar bo‘lgan?
#Buxoro
Qo‘qon
Xiva
Toshkent
(9-o’zb-41)XIX asr oxirida qurilgan Buxorodagi Sitorai Mohi Xosa majmuasining Oqsaroy zaliga pardoz berish ishi qaysi usta boshchiligida amalga oshirilgan edi?
#Shirin Murodov
Hoji Hofiz
Mirzo Hakim
Mulla Qosimov
(9-o’zb-41)Nurillaboy saroyi qaysi Xiva xoni davrida bunyod etilgan?
#Muhammad Rahimxon II
Asfandiyorxon
Muhammad Aminxon
Ollohqulixon
(9-o’zb-12-41)Bir yilda sodir bo‘lgan voqealarni aniqlang.
Buxoro amirligida barcha yangi usul maktablari yopib qo‘yildi, Avloniy boshchiligida “Turon” teatri tashkil qilindi
#Islomxo‘ja minorasi qurildi, graf Palen Turkiston general-gubernatorligini tekshirdi
O‘rta Osiyo Olimlar jamiyati tuzildi, “Turkiston viloyati gazeti” chiqa boshladi
“Taraqqiy” gazetasi tashkil etildi, “Shuhrat” gazetasi tashkil qilindi
(9-o’zb-41)Xorazm me’morchilik maktabining sarkori sifatida mashhur bo‘lgan usta me’morni aniqlang.
Ibrohim Hofizov
Shirin Murodov
#Odina Muhammad Murod
Mo‘minjon Solihov
(9-o’zb-41)Sharq va G‘arb me’morchiligi an’analari asosida bunyod etilgan inshootlarni aniqlang.
Islomxo‘ja minorasi, Tillashayx masjidi
Andijon Jomiy madrasasi. Xudoyorxon saroyi
Hokim Oyim madrasasi, Buxoro amiriligi Arki
#Sitorai Mohi Xosa, Nurullaboy saroyi
(9-o’zb-41)XX asr boshlarida O‘rta Osiyoda mashhur bo‘lgan Obloqul, Ibrohim Hofizov, Mo‘minjon Solihovlar qaysi soha vakillari hisoblanadi?
musiqa san’ati
kulolchilik
zargarlik
#me’morchilik
(9-o’zb-41)XX asr boshlarida O‘rta Osiyoda mashhur bo‘lgan Nurmuhammad, Abdujabbor, So‘fimuhammad Niyoz, va Abdulla singari ustalar qaysi soha vakillari hisoblanadi?
#kulolchilik
me’morchilik
zargarlik
naqqoshlik
(9-o’zb-41)Nurullaboy saroyi nechanchi yillarda bunyod etilgan?
1894-1914-yillar
#1904-1912-yillar
1902-1914-yillar
1898-1908-yillar
(9-o’zb-41) XX asr boshlarida me’moriy inshootlardagi devoriy naqshlarda ilgari uchramagan manzaralar tasvirlana boshlandi. Bunday turdagi yangi tasvirlar qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
devoriy yozuvlarda hayvonlar va qushlar suratini hosil qilish
#suzib borayotgan kema, temir yo‘l va hayvonlar tasvirlangan naqshlar
o‘simliklar, gullar tasvirlangan naqshlar
tiniq zangori rang ustidan oq va yashil gullar tushirilgan naqshlar
Do'stlaringiz bilan baham: |