Taraqqiyotning yangi tendensiyalari Germaniya sanoatida sexlar tuzumi kechki o‘rta asrlarning an'analarini saqlagan holda XIX asrning ikkinchi yarmigacha amal qildi. Ammo mamlakat iqtisodiyotida asta-sekin kapitalistik rivojlanish elementlari paydo bo‘la boshladi. Qishloq xo‘jaligida qisman yollanma mehnatdan foydalana boshlandi. XVIII asrda Yaponiyaning iqtisodiyoti rivoji XVIII asrda Yaponiya agrar mamlakat edi. Uning aholisi asosan dehqonlardan (aholining 80%) va samuraylardan tashkil topgan edi. Asta-sekin hunarmandlar va savdogarlar paydo bo'ldi. Davlat va harbiy apparat, hamda ziyolilar hukmron sinf - samuraylardan shakllandi.
XVI asrda Ieyasuning qishloq xo'jaligi sohasida takror ishlab chiqarishni qo'llab-quvvatlashga yo'naltirilgan agrar islohoti de- hqonlarga yerlarni biriktirishga va dehqonlardan soliqlar yig'imini maksimal darajaga yetkazishga imkon berdi.
Savdo kapitaliga ega bo'lgan savdogarlarning roli oshib bordi. Bu davrda yapon qishloqlarida "yangi pomeshchiklar" deb nom- lanuvchi qatlam savdogarlar, boy dehqonlar va samuraylardan shakllandi. Shu tariqa kapitalistik uklad shakllana boshladi. Asta- sekin shaharlarning iqtisodiy va ijtimoiy o'rni oshib bordi. Ularning aholisi ko'paydi. XVIII asrning boshida Edo shahrining aholisi 500 ming kishidan oshd 1830-1840 yy.da o'n ikkinchi segun Ieyosi boshqaruvi davrida Midzuno Tadakuni tomonidan amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar feodal tizimni mustahkamlashning oxirgi urinishi edi. Savdoga- rlarga yuqori soliqlar qo'yildi. Narxlar ustidan nazorat o'rnatishga, qishloqlarga dehqonlarni qaytarishga harakat qilindi. O'ta qisqa muddatda Yaponiya sanoat inqilobini amalga os- hirdi. Yapon hukumati subsidiyalar berish, soliqlardan ozod etish, davlat buyurtmalarini bajarayotgan firmalarga qurilgan zavodlarni haqini bo'lib-bo'lib to'lashga ruxsat etish orqali xususiy tadbirko- rlarni qo'llab-quvvatladi 1870 y.da davlat tomonidan birinchi telegraf va temiryo'l lini- yalari qurildi, ya'ni infratuzilma yaratilishi boshlandi. Davlat mamlakatni geologik o'rganilishini amalga oshirdi - ko'mir, temir
rudasi, oltin konlari ochildi. Kapitalning yetishmasligi xorijiy kapitalni jalb qilinishini taqazo etdi, uning ishtirokida fabrika tipidagi yirik korxonalar qurildi. Yaponiyada xorijiy zayomlar hisobiga temiryo'l qurilishi boshlandi. Ingliz kapitali ko'mir qazib olishga konsessiya oldi. Yapon hukumati xorijiy mutaxassislarni ham jalb etishar edi
Etiboringiz uchun raxmat