1794 yilgi arxivlar to‘g‘risidagi dekretining ahamiyati
Arxiv reformalarini o‘tkazishda 1794 yilda 25 iyunda 7 messiodora dekreti katta ahamiyat kasb etdi. Ushbu arxiv islohoti jahon bo‘yicha o‘rnak sifatida xizmat qilib, keyinchalik Yevropa, Amerikaga tarqaldi.
Dekret Milliy arxiv, hududdiy arxiv, eski arxivlarni to‘plamlashtirish masalalarini qamrab oladi.
Dekret Milliy arxivga tegishli moddalar bilan boshlanadi. Uning tarkibi aniqlashtirilib berilib, respublikaning hokimiyat idoralaridan topshirilgan yangi davr arxiv hujjatlari haqida boradi: bosh shtatlar, qonunchilik organlariga bo‘lib o‘tadigan saylov hujjatlari, qonunchilik organlari faoliyatini yorituvchi barcha materiallar, qo‘mitalar, komissiyalar, xalqaro shartnomalar, davlat mulki va qarzi haqidagi hujjatlar, yillik aholini ro‘yhatga olish hujjatlari va boshqalar. Hujjatlt mteriallar bilan birgalikda arxivda respublika muhrlari, tangalaridan namunalar, uzunlik va og‘irlik o‘lchovi ettalonlari saqlanishi lozim edi. Albatta ularning arxiv materiallariga aloqasi bo‘lmasada, ularni respublikani va fuqarolarni ximoya qilishda xizmat qiluvchi vosita sifatida saqlanishi lozim edi.
Boshqa moddalari arxiv ishini boshqarish va tashkil etish ishlari haqida bo‘lib, unda arxiv ustavi berilib, qo‘shimchalar kiritilgan edi. Arxiv ishini tashkil etish borasidagi moddalarda arxiv tarmoqlari distrikt( rayonlarga)larini ko‘rib chiqdi. Distrkt arxivlari mahalliy arxivlar bilan birgalikda Milliy arxiv ma'muriyatiga bo‘ysunar edi. Arxiv ishini nazorat qilish uchun arxiv ishlari qo‘mitasi tashkil etilishi lozim edi. Boshqa arxivlar milliy arxivning filiallari kabi edi.
Har qanday yer egaligi bilan bog‘liq hujjatlar qaerda bo‘lmasin parijdagi votchina seksiyasiga topshirilishi lozim edi.
Arxivlarni jamoatlashtirish masalalari 7 messidora dekretida barcha arxivlarga bo‘lgani kabi qonuniylashtirilgan edi.
Dekretdagi katta masala eski hukumat davridagi ariv tizimi merosi haqida edi. Eski tuzumning muassasalar, koorporatsiyalar va familiya- votchina arxivlari bir joyga yig‘ish lozim edi. Bu maqsadda Parijda va boshqa shaharlarlarning markazlarida maxsus hujjatlarni to‘plash byurolari tashkil etildi. Byurolarda Parijda 9 kishi, boshqa shaharlardagi bo‘limlarda 3 kishidan 9 kishigacha ishladi. Arxivchilar taxminiga ko‘ra hujjatlarni 4-6 oy ichida yig‘ib olmoqchi edi. Hujjatlarni yig‘ishda ularni kelib chiqishiga ko‘ra 4 guruhga bo‘lib yig‘dilar. Davlat mulkiga tegishli hujjatlar, dominial, ho‘jalik, sud hujjatlari parijdagi yoki boshqa shaharlardagi arxivlarning dominial yoki huquqiy bo‘limlariga topshirilishi lozim edi.
Tarixiy yodgorlik sifatida aniqlangan hujjatlar milliy kutubxonaga yoki distriktlar kutubxonasiga yo‘naltirilishi lozim edi. Oxirgi ikki hujjatlar guruhiga feodal hujjatlar va keraksiz hujjatlar kirar edi. Ularning ikkisi ham yo‘q qilinishi mo‘ljallangan edi. Dekretda bu haqda aniq bir narsa deyilmagani uchun, bu hujjatlarga extiyot bo‘lib yondoshish lozim edi.
Dekretda
1. Hujjatlarni markaziy va mahalliy davlat arxivlariga yig‘ish 2. Arxivlarni markazlashtirib boshqarish
3. Davlat arxivlari talablarini tan olish kabi so‘zlar bitilgan edi.
Tez orada 7 messidora dekreti e'lon qilingandan so‘ng termiadora burilishi yuz berdi. Ammo dekret bekor qilinmadi, u birmucha vaqt o‘z kuchida qoldi. Asta-sekin uning bir necha qonun qoidalari kuchini yo‘qotdi, chunki mamlakatda siyosiy va ma'muriy organlar vakillarining o‘zgarishi bilan bog‘liq edi. Lekin u xozirgacha unitilgan emas, xozir ham fransiyadagi arxiv ishini rivojlantirishning asosi hisoblanadi. Dekret e'lon qilingandan so‘ng 6 oyga mo‘ljallangan ishlar o‘z muddatida yakuniga yetmadi. Byuroning ishlari ancha paytgacha cho‘zildi. Ko‘pgina amaliy ishlar ularni dekretdagi buyruqlarni aylanib o‘tishga majbur qildi. Komyuzning o‘zi 450 ta arxiv hujjatlarini yig‘ishda ishtirok etib, u bir necha yil davom etgan. Ammo u ishlar baribir oxirigacha yetkazilmadi. Byurolar borib borib qo‘mitalarga aylantirildi. Komyuz milliy arxivni Markaziy saqlovxonaga aylantirmoqchi edi. Bu maqsadda milliy arxiv qoshida tarixiy seksiya ochildi. Markaziy arxivlarning distriklarga bo‘linishi bekor qilinib, ma'muriy –hududiy departamentlar tashkil etildi. 1796 yili qonuniy jihatdan departament arxivlari faoliyati ko‘rib chiqildi. Distriktlarga yig‘ilgan hujjatlar departament arxivlar tarkibiga o‘tgan edi. Qonunda departament arxivlarining milliy arxivga bo‘ysunishi masalasida hyech qanday aniq gap aytilmagan edi. Shuning uchun Milliy arxivni Markazlashtirish ishlari amalga oshirilmadi.
Fransiyada Termiadora burilishidan so‘ng Napaleaon hukmdorligi davrida arxiv ishi biroz orqaga ketdi. Milliy arxiv inqirozga yuz tutdi. Milliy arxiv bo‘ysungan bosh qonunchilik organining ahamiyatini yo‘qolib borishi, arxivni butlashda u muhim ahamiyatga ega bo‘lgani uchun ham shunday oqibatlarga olib keldi. Yangi materiallarning kelib tushishi to‘xtab qoldi. Asosiy siyosiy hukumatning yangi tashkil etilgan organi Direktoriya devonxonasida, keyin birinchi konsulda yig‘ilar edi. O‘ta muhim va maxfiy hujjatlar Imperator Napaleon arxivida maxfiy saqlanar edi. Milliy arxiv nomi Imperiya arxivi nomini oldi va u endi Ichki ishlar vazirligiga bo‘ysunar edi. Napaleon Parijda Yevropadagi muhim tarixiy hujjatlar markazini tashkil etmoqchi edi. Imperator sena daryosi bo‘yida maxsus katta bino qurdirishga buyruq berdi. 1810 yilda Napaleon hokimiyatdan ketgandan so‘ng binoning faqatgina poydevorini qurishga ulgurgan edi. Ushbu g‘oya Yevropa mamlakatlari uchun qimmatga tushdi. Ayniqsa Vatikan arxivi, Ispaniyadagi Simankas arxivi katta talofot ko‘rdi. Ularning tarkibidagi hujjatlarni Parijga yetkazishda ko‘pgina yo‘qotishlarga uchradi. Keyinchalik vena shartnomasiga muvofiq bu hujjatlarni egasiga qaytardi, lekin ularning ko‘pgina qismi Fransiyada qolib ketdi.
1796 yilda Fransiyada distriktlarga bo‘lininsh maslasi bekor qilindi. Departament arxivlari tashkil etilgandan so‘ng Direktoriya ularga e'tibor qaratmadi, ya'ni arxivlarni markazlashtirishga e'tibor qaratmadi. Departament arxivlari mahalliy hokimiyatga bo‘ysundirildi. Milliy arxiv bilan mahalliy arxivlar aloqasi uzildi. Hokimiyat vakillari hujjatlarning qadr-qimmatini bilmas edi, shu sabab arxivlarga e'tibor pasaydi. 1830 yilda tarixga murojaat qilish, yangi manbalarni qidirish ishlari, arxivlarga e'tibor qaratilishiga sabab bo‘ldi.
1839 yilda Departament arxivlarida hujjatalrni saqlash haqida ko‘rsatma, 1841 yilda ularni klassifikatsiya qilish haqida ko‘rsatmalar qabul qilindi.
1841-1842 yillarda kommunal va gospital arxivlar haqida ko‘rsatmalar qabul qilindi. Ikkala arxivlar ham Departament direktoriga bo‘ysunar edi.
Milliy arxiv yoki Imperiya arxivi oldingi maqomidan ayrildi . lekin uning tarkibida katta va qimmatli saqlov birligi bor edi. U Fransuz tarixini yorituvchi bir necha asrlik tarixga ega bo‘lgan tarixiy manbalarga ega bo‘lgan xazina edi. Unda birinchidan Fransiyaning inqilobgacha bo‘lgan muhim hujjatlari va kolleksiyalari yig‘ilgan edi. Ular XIII asrdan boshlanib “Xartiya xazinasi”, Parij parlamenti fondi, hisob palatasi, sud va qamoqxona muassasalari hujjatlari, qirollar va shahzodalarning saroy va shaxsiy hujjatlari, votchina, sud va ma'muriy arxivlar hujjatlari, cherkov va monastir idoralari hujjatlari, ritsarlik ordenlari, qadimgi yorliqlar, diplomlar, sudlar, xronikalar kabi alohida o‘ta noyob va muhim koleksiyasi mavjud.
Undan keyin bu yerda inqilob davridagi muhim hujjatlar ham jamlangan edi. Inqilobdan keyin arxivni butlashda o‘zgarishlar bo‘ldi. Unga Ichki ishlar vazirligi o‘z hujjatlarini topshirdi .
XIX asr boshlarigacha bo‘lgan hujjatlar ma'lum bir tartibda joylashtirildi. Ushbu tizimni tashkil etish ishlarini Komyuz boshlagan bo‘lsa, uni arxivchi uning joyiini egallagan Donu nihoyasiga yetkazdi.
Ushbu tizim XVII- XVIII asr arxivchilari ananasiga ko‘ra tashkil etilib, unda mavzuli guruhlar, guruhlar qoshida seksiyalar sifatida tashkil etildi. Ular 6 tani tashkil etdi:
Qonunilik
Ma'muiy
Tarixiy
Topografik
Dominial
Huquqiy
Seksiyalar ichida hujjatlar yanada kichik guruhlarga ya'ni seriyalarga bo‘linar edi. Seriyalar shunaqa ko‘p ediki ularga hatto harflar ham yetmas edi va ular ikkitalik, uchtalik harflar bilan ham belgilandi. Ushbu klassifikatsiya XVIII asr oxiri XIX asrda eng mashhur bo‘lgan bo‘lsada, uning salbiy oqibatlari ham bor edi. Masalan Xartiya xazinasi kabi noyob kolleksiya bitta kichik seriya tarkibiga kiritilgan edi.
Arxivlarni butlashda jiddiy muammolar kelib chiqdi. Bunga 1830, 1848, 1871 yillarda inqiloblar ham katta sabab bo‘ldi.Har bir yangi hukumat vakili o‘zidan oldingi o‘tmishdoshlari hujjatlarini arxivga topshirdi. Ayniqsa 1848 yilda arxiv Direktoriya hujjatlarini, Burbon va Orlean dinastiyasi hujjatlarini qabul qilib oldi.
Keyinchalik hukumat Markaziy organlarninng muomaladan chiqqan hujjatlarni topshirishni buyurdi. Shundan so‘ng Ichki ishlar vazrligi, maorif vazirligi,sanoat va savdo vazirligi, statistika organlari hujjatlarini topshirdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |