Italiya yagona davlat sifatida birlashtirilgandan so‘ng arxiv ishi
Yagona Italiya davlati tashkil etilgandan so‘ng ko‘pgina ilgarigi qirolliklar hududida madaniy, siyosiy markazlari mavjud edi. Italiya qirolligi birinchi o‘rinda 1861 yildan keyingi markaziy muassasalarning hujjatlarni yig‘ish ishlari olib borilgan.1870 yilda komissiya tuzilib, u umumiy arxiv reformasi loyihalarini tayyorlay boshladi. Ushbu tayyorgarchilik ishlari 1874 yil 5 martda va 1875 yil 27 mayda arxiv borasidagi qonunlarda namoyon bo‘ldi. Arxiv reformasi jarayonida arxivlarni markazlashgan boshqaruv tizimini joriy etish choralari ko‘rildi. Endi mamlakatda Davlat arxivlarini boshqarish ishlarini ichki ishlar vazirligi qoshidagi arxiv seksiyasi olib borar edi. Bundan tashqari Kengash organi tashkil etilib, ilmiy texnik masalalarni hal etar edi. Kengash tarkibida arxiv direktorlari, xokimiyat muassasalari arixiv xodimlari keyinchalik universitet professorlari ham qo‘shilgan. Arxiv yeksiyasi qoshida bevosita Qirollik bosh arxivi joylashgan. Arxiv boshqa Yevropa mamlakatlari Markaziy arxivlaridan farq qilib, u tarixiy arxiv emas edi. Unga vazirliklardan va markaziy muassasalarning 1861 yildan keyingi hujjatlari saqlovga olingan.
Mamalakat 10 ta arxiv okrugiga bo‘lindi. Ular Italiyaning tarixiy bo‘linishiga ko‘ra tashkil etilib, har bir okrugda 1 – darajadagi va 2-3ta ikinchi darajadagi arxivlarga bo‘lingan. 1 –darajali arxiv boshlig‘i Arxiv okrugi boshlig‘i sifatida Superintendant bo‘lsa 2 –darajadagi arxivga direktor boshlig‘ bo‘lib, superintendantga bo‘ysungan.
Ushbu 17 ta davlat arxivlari italiya birlashuviga qadar bo‘lgan hujjatlar saqlangan. 1871 yil Neapol va Florensiya yirik tarixiy arxivlari asosida Rim arxivi tashkil etilgan.uning tarkibiga papa hukmronligi davri davridagi cherkov davlati bo‘lmish vatikan hujjatlari saqlangan.
Venetsiya arxivida Venetsiya respublikasining registratura hujjatlari va senat va boshqa muassasalar hujjatlari shu bilan birga arxivda o‘rta asrlardagi xalqaro aloqalar, savdo, dengizchilik ishlariga oid ma'lumotlari mavjud. Yangi davlatchilik tuzumining mahalliy muassasalar hujjatlarini saqlash uchun Italiya qirolligining asosiy shaharlarida provinsiya arxivlari tashkil etildi.(ular o‘sha paytda 45 ta edi). Ushbu arxivlar ba'zida davlat arxivlari yonida joylashgan, ular IIV arxiv seksiyasiga bo‘ysunmagan balki mahalliy mahalliy hokimiyat bo‘limi prefektlarga bo‘ysungan. Ular ilmiy tarixiy arxivlar bo‘lmay, registratura arxivlari edi. Davlat arxivlari xodimlariga oliy ma'lumotli bo‘lish, paleografiyani, arxiv ishini va boshqa maxsus tarixiy fanlarni bilishi lozim edi. Provinsiyal registraturalar uchun o‘rta ma'lumotli bo‘lib, xokimiyat admlari sinovlaridan o‘tishgan. Bundan tashqari Italiyada idoraviy bo‘lmagan arxivlar ham mavjud bo‘lib, ular arxiv organlariga aloqador emas edi. Ularga qirollik uyi, pralament,.vazirliklar va boshqa markaziy organlar mahalliy muasasalar, universitetlar va boshqa o‘quv muassasalari kirar edi.
Shahar arxivlarini davlat nazorat qilmagan.albatta bu xolat salbiy oqibatlarni keltirib chiqargan. Ba'zi shahar arxivi tarkibidagi materiallari o‘zining qadimiyligi jixatidan davlat arxivi materiallari bilan tenglasha olardi. Lekin ular hujjatlarni binolarda, chordoqlarda, yerto‘lalarda saqlashar edi. Faqatgina ba'zi boy shaharlargina o‘zining arxiv hujjatlari yaxshi saqlab, ulardan ilmiy tadqiqotchilarga foydalanish uchun berish mumkin edi. Ulardan bittasi Rim shahrida joylashgan arxiv bo‘lib, eski patriarxlar saroyida joylashgang bo‘lib, tarkibida bir necha yuz yillik shahar muassalari hujjatlari yig‘ilgan edi. Masalan konsulat,senat va boshqa organlar hujjatlari edi. Qadimgi Rim notarius arxivi ko‘pgina shaxsiy huquqiy akt hujjatlari, ular ijtimoiy, iqtisodiy tarixni yoritishda muxim manba hisoblanadi. Arxiv materiallari ichida Orsini familiya arxivi mashxur bo‘lib, u 1012 yildan 1813 yilgacha bo‘lgan (800 yil) yilni qamrab oladi. Rim arxivi davlat arxivi bilan yonma-yon joylashgan va ularning tarkibidagi hujjatlar bir biri bilan chambarchas bog‘liq edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |