Italiyada birinchi jahon urushigacha arxiv ishi tarixi Italiyada arxiv ishining rivojlanishi uning yagona hududdiy davlat sifatida shakillanishiga qadar, siyosiy bo‘linishlar jarayonida har bir qirolliklarda alohida mustaqil ravishda rivojlangan. Aynan siyosiy va madaniy islohatlar natijasida arxiv ishi rivojlanishiga ta'sir etdi. 18 asr oxirida siyosiy hujjatlar, diplomatik, dinastiya va boshqa hujjatlar qirollik arxivida to‘plandi. Gersoglar va boshqa siyosiy xodimlar hujjatlari devonxonada Stat–kotiblarda saqlangan. Ayrim davlatlarda tarixiy arxivlar tashkil etilgan. Masalan ulardan bittasi Neaplda 1540 yil tashkil etilgan. Unda anjuy va aragona dinastiyasi hujjatlari saqlangan.
XVIII asrda Italiyadagi arxivlar hujjatlari predmet yoki qog‘oz hujjatlariga ko‘ra yoki mavzusiga ko‘ra guruhlarga bo‘lingan. Arxivlar tarixiy hujjatlarni nashrga tayyorlashda poleografik va diplomatik tadqiqotlar olib borilgan. XVIII asr birinchi yarmida mashxur tarixchi, arxeograf, olim Lyudovik Muratori tomonidan ko‘pgina arxiv hujjatlari nashr qilingan.
XIX asrga kelib bir qator siyosiy o‘zgarishar tufayli ayrim davlatlarda tarix fani va arxiv ishi rivojlandi. 19 asrda ko‘pgina siyosiy jarayonlar natijasida tarix fani va arxiv ishi sohasida ko‘pgina o‘zgarishlar yuz berdi. Bu paytda fransuzlar ta'sirida ham bir qator o‘zgarishlar sodir bo‘lgan. Napaleon tomonidan Milan vassallik Markazi qilingandan keyin u yerda Markaziy arxiv tashkil etilib, eski lombardlar hokimiyati, monastrlar hujjatlari unda jamlandi. Eng kata tadbir Neopolitan qirolligida sodir bo‘lib, 1808 yilda bosh arxiv tashkil etilgan va unga 1545 yildan keyin bo‘lgan barcha hokimiyat hujjatlari kiritildi.
Kapuano saroyida saqlangan bu hujjatlar XVI-XVIII asrlarga tegishli hujjatlarni sistemalashtirish ishlari olib borilgan. Ular yo‘nalishlariga ko‘ra seksiyalarga bo‘lingan (masalan siyosiy, ichki ishlar, moliya, adliya, harbiylar). Guruhlar ichida ular xronologiuk jixatdan davrlashtirilgan. Qimmatli nodir yorliqlar alohida «Diplomatica» kolleksiyasiga kiritilgan. 1810 yil Neopolitan qirolligida prefekturalar qoshida provinsial arxivlar tashkil etildi. 1818 yilda nihoyat Sitsiliyada arxivlar to‘g‘risida qaror qabul qilinib, arxivlarning superintendantligi maxssus organi tashkil etildi. Unga Neapoldagi va Palermodagi 2ta markaziy va provinsial arxivlar bo‘ysundirildi. Shunday qilib Neopolitan qirolligida arxiv ishi reformasi Fransiya va Belgiya davlatlariga nisbatan oldin bo‘lib o‘tgan. 1845 yilda Neopolitan davlat arxivi tarkibiga Kapuano saroyidagi qadimgi arxiv hujjatlari ham kiritildi. Natijada Italiya va boshqa davlatlari tarixiga oid Yevropadagi yirik arxiv shakillandi.
Arxivda o‘rta yer dengizidagi xalqaro siyosat, savdoga oid qadimgi hujjatlardan Fridrix II davridan Gogenshtoufen davrigacha bo‘lgan hujjatlari, Anjuy dinastiyasi hujjatlarini o‘zida jamlagan. Arxivda malakali kadrlar yo‘q edi. Opis va kataloglar og‘ir ahvolda bo‘lib tarixchilar kam foydalangan. 1815 yilda Venetsiyada kattadavlat arxivi tashkil etildi. Unga Venetsiya faoliyatidagi va tugatilgan muassalar hujjatlari kiritildi. Ular siyosiy, huquqiy, domaniyal seksiyalariga bo‘lingan va ular ichida sohalariga qarab muassasalar hujjatlari saqlangan.
XIX asr o‘rtalarida arxiv borasida bir qator o‘zgarishlar yuz berdi. Bunda mashxur Italiyan arxivchisi Franchesko Bonani (1806-1874) ning xizmatlari katta. U yangi yangi tashkil etilgan arxivchilar maktabining raisi bo‘lib, shu bilan birga tarixiy manbalar ahamiyatini harakat qildi.1852 yilda tashkil etilgan davlat arxivining Taskan lavozimiga saylandi. Uning tashabbusi bilan Florensiyada Markaziy arxiv tashkil etildi. Uning tarkibiga ilgari mavjud bo‘lgan «Archivo Diplomatico» arxivi respublikachilar paytida mavjud bo‘lgan shahar boshqarmalari hujjatlari kiritildi. Uning tarkibida X asrga tegishli diplomatik aktlar ro‘yxatga olish hujjatlari Medichi va Urbino dinastiyalari fondlari Taskanlarning keyingi arxiv hujjatlari ham jamlangan.
Florensiya arxiv Italiyadagi katta arxivlardan biri edi. Undan mamlakatning barcha tarixchi tadqiqotchilari foydalanishgan. Uning tarkibida Italiyaning siyosiy, iqtisodiy va madaniy tarixiga oid ma'lumotlar mavjud. Shaxsiy hujjatlardan Dante Bruneileski, Djardano Bruno va boshqa Italiya sa'nati va madaniyatiga hissa qo‘shgan mashhur shaxslarning shaxsiy dasxatlari mavjud. Qog‘ozlar va boshqa hujjatlari mavjud. Bonani rahbar bo‘lgan arxivda ilmiy tashkilot tashkil etildi. Bonani arxiv hujjatlari va matnlarini nashr etish ishlarini olib bordi. 1857 yil tor doirada fransuz maktabiga qiyosiy ravishda arxiv maktabi tashkil etildi. Ularda faqatgina o‘sha paytda qimmatbaho sanalgan o‘rta asrlar manbalariga oid ma'luumotlar berilgan. Florensiya maktabi Italiyadagi barcha raxivlar haqida ma'lumot berilgan Bonani tashabbusi bilan Siene, Pize va Lukke shaharlarida davlatarxivlari tashkil etilgan. Bundan tashqari Genui, Boloni, Modeni davlat arxivlarida uning tajribasi qo‘llanilgan.