Yangi davr arab adabiyoti



Download 1,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/73
Sana20.04.2020
Hajmi1,62 Mb.
#45906
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   73
Bog'liq
yangi davr arab adabiyoti (1)

 
ABUL QOSIM ASh-ShABBI  
Abulqosim  ash-Shabbi  Tunisning  XX  asrdagi  eng  buyuk  shoiri  bo‘lib,  qisqa  hayoti 
davomida o‘ziga xos ijodi bilan iste’dodli adib sifatida shuhrat qozondi.  
Shabbi  Tunis  janubidagi  Tozer  qishlog‘ida  tug‘ildi.  Uning  otasi  arab  dunyosidagi  eng 
yirik  diniy  bilim  dargohi  bo‘lmish  al-Azhar  universitetini  tamomlagan,  qozi  lavozimida  ishlar 
edi.  U  o‘g‘liga  islomiy  boshlang‘ich  maktabga  qo‘shimcha  ravishda  yoshlik  davridanoq 
an’anaviy musulmon ta’limoti asoslari - arab grammatikasi, kalom, adabiyot, falsafa fanlaridan 
bilim  berdi.  Shabbi  Yevropa  tillarini  bilmas  edi,  ammo  Yevropa  xalqlari  adabiyotiga  qiziqib, 
tarjimonlar  orqali  u  bilan  kengroq  tanishishga  harakat  qildi.  Ayniqsa,  fransuz  romantiklari  – 
Alfred de Myuss, Alfons de Lamartin, Alfred Vinya, Teofil Gote ijodiga ko‘proq qiziqdi.  
Shabbi 1921 yilda endigina 12 yoshga kirganida az-Zitun talabasi bo‘ldi, 1925 yilda esa, 
o‘zining birinchi she’rini yozdi. She’r hidja (hajviya) janrida yozilgan universitet ta’limi tizimi 
hamda  ma’noni  so‘zamollik  girdobiga  g‘arq  qilishga  qodir  safsatafurush  grammatistlar  ustidan 
kuluvchi satira edi.  
Shabbi she’rlari 1926 yildan boshlab «an-Nahda» gazetasida e’lon qilina boshlaydi, shu 
yillardan  uning  ijtimoiy  faoliyati  ham  boshlanadi.  U  o‘qish  uslubiyatini  yaxshilash  tarafdori 
bo‘lgan az-Zitun talabalariga boshchilik qiladi, Tunis adabiy klubini, hozirgacha Tunisning eng 
faol yoshlar tashkiloti bo‘lgan «Musulmon yoshlar» tashkilotini tuzishda faol ishtirok etadi. Az-
Zitunda  olgan  bilimlarini  mukammallashtirish  maqsadida  Shabbi  1928  yilda  Tunis  huquq 
maktabiga kiradi va 1930 yilda uni muvaffaqiyat bilan tugatadi.  
Shabbi  1927  yilda  al-Xalduniya  universitetida  «Arablarda  poetik  taxayyul»  mavzusida 
ma’ruza  o‘qib  (ma’ruza  1929  yilda  kitob  holida  nashr  etildi),  unda  o‘zining  she’riyatdagi 
prinsiplarini bayon etdi: poetik ijod erkinligi, an’anaviy arab she’riyati qonun - qoidalaridan voz 
kechish,  yangi  she’r  shakllarini  o‘zlashtirish,  mavzular  ko‘lamini  kengaytirish.  Ma’ruza 
adabiyotni  yangilashga,  uni  oxirgi  davr  hayotini,  bugungi  kun  odamini  tasvirlashga  qaratilgan 
qaynoq da’vat bo‘lib yangradi.  
Mumtoz  arab  adabiyoti  va  aruz  bilimdoni  bo‘lgan  Shabbi  ushbu  ma’ruzasida  (uni  tom 
ma’noda  adibning  ijodiy  manifesti  deb  atash  mumkin)  arab  va  Yevropa  adiblarining 
she’riyatdagi  prinsiplari  har  xil  ekanini  ta’kidlab  o‘tdi.  U  arablarning  «bilim»  mumtoz 
poeziyasiga  «tuyg‘u»  romantik  poeziyasini,  klassik  poetika  taqozo  etgan  kutilmagan  obrazli 
ifodalar, an’anaviy mavzularning g‘aroyib tomonlarini ochib berishga mustaqil badiiy kashfiyot, 
«poetik  taxayyul»ni  qarshi  qo‘ydi.  Shabbi  fikricha,  aynan  ana  shu  narsalar  insonning  ichki 
dunyosini ochib berishga qodir, bu esa she’riyatning eng oliy vazifasidir. Shabbi an’anaviy arab 
adabiyotidagi mavzularning torligi, bir xilligiga e’tiroz bildirar ekan, bu bilan poeziyada voqeiy 
hayotni  kengroq  ifodalashni  yoqlab  chiqdi.  Poeziya  insonni,  uning  muhit  bilan  munosabatini 
idrok etgandagina uning ehtiyojlarini qondiradi, yangi ideallarning shakllanishiga yordam beradi.  
Shabbi 25 yoshda hayotdan ko‘z yumgan bo‘lsa ham, uning ijodi boy va rang-barangdir. 
Uning  she’rlari  1956  yilda,  mustaqillik  e’lon  qilinishi  arafasida  «Hayot  qo‘shig‘i»  nomi  bilan 
bosilib  chiqdi.  To‘plamdan  o‘rin  olgan  ilk  she’rlarining  ko‘pchiligi  Tunisga,  uning  tabiatiga 
bag‘ishlangan  («Go‘zal  Tunis»,  «Cho‘pon  qo‘shig‘i»,  «Shoxchalar  soyasida»).  Ijodining  ilk 
davrlaridanoq  Shabbi  poeziyaning  vazifasi  («O,  mening  ilhomim!»),  shoirning  hayotdagi  o‘rni 
(«Hayot»)  borasida  ko‘p  mulohaza  qiladi.  Ammo  keyinroq,  Shabbi  otasidan  ayrilib,  o‘zi  og‘ir 
kasallikka chalingani, xorijga ketishga majbur bo‘lganidan keyin uning she’riyatida g‘amginlik, 
sog‘inch, o‘kinch motivlari kuchaydi. «Men bu hayotda achchiq ko‘z yoshlari va g‘amdan, azob-
uqubatdan  o‘zga  nimani  ko‘rdim  (“E’tirof”),  mening  boshim  uzra  tobora  ko‘proq  qora  soyalar 


 
160 
to‘planmoqda…(«G‘am»)»,- deydi adib. Shoirning shaxsiy musibati unga insonning oliy ehtiyoji 
– ozodlikdan mahrum qilingan mamlakat dardlarini chuqurroq idrok etishga yordam beradi:  
Dunyoni anglashni juda istardim.  
O‘z qalbimni ham, ammo hech narsani tushunolmayapman.  
Faqat bir narsani men idrok etdim –  
Inson yo‘li uni o‘limga boshlab borarkan.  
Saroylar uzra og‘ir ingrashlar yangrar,  
Uylarda faqat musibat.  
Dunyoda zo‘ravonlik odamlar ustidan hukmrondir.  
Marsiyaga xos bunday motivlar Shabbi ijodida ko‘p uchrab turadi, ammo aksar hollarda 
u hayotsevarlik tuyg‘ulari bilan uyg‘unlashib boradi.  
Otajon, o‘limingdan so‘ng ko‘p azob chekdim.  
G‘am tuyg‘ularimni ham so‘ndirdi.  
Ammo men hayotga intilaman, unga quloq tutaman.  
Tuyg‘ularim jo‘sh uradi yana,  
Hayajon bilan hayotga, shodlikka, ilhomimga intilaman.  
Shabbining  ijodiy  uslubida  Yevropa  romantizmi  ta’siri  sezilib  turadi.  Voqelikni  qora, 
noxush  ranglarda  idrok  etish,  erk  va  go‘zalliklarga  eng  oliy  ideal  sifatida  intilish,  tabiat 
hodisalarini  personifikatsiya  qilish,  ularga  hayrat  bilan  o‘z  hissiyotlari  ifodasi  sifatida  qarash  – 
uning chuqur emotsional lirikasi ana shunday motivlarga boy. Shabbi arab poeziyasi uchun yangi 
bo‘lgan jonli hissiyotlar va zavq-shavq daryosini kashf etar ekan, o‘zining bor ijodiy taxayyuli 
kuchini  unga  g‘anim  va  zim-ziyo  voqelikka  qarshi  yo‘naltirdi.  Hayot  adolatsizlik  va 
yomonlikdan to‘lib-toshib yotibdi; Shabbi vatandoshlarini faoliyatsizlakda ayblaydi:  «Bu hayot 
bilan kurashadigan biror yurak yo‘q» («O‘g‘lonlar»). Fitna-fasod, amalparastlik, qashshoqlik va 
baxtsizlik hukm surayotgan bu dunyoni buzib tashlash kerak («O‘lik dunyo»), kelajakdagi yangi 
hayot  uchun  xalqni  kishanlab  turgan,  uni  azob-uqubatga  solayotgan,  o‘lim  sharpasini  olib 
kelayotgan barcha narsani vayron qilish kerak.  
Ey xalqim! Men bir o‘tinchi bo‘lganimda, ularning tupiga bolta solardim,  
Agar  men  hayqirgan  sel  bo‘lganimda,  barcha  eski  sag‘analarni  oqizib  ketardim  birin-
ketin.  
Agar men shamol bo‘lganimda, gullarni g‘am bilan so‘ldirgan barcha narsalarni uchirib 
ketardim.  
Tuyg‘ularim to‘fondek kuchli bo‘lganda men –  
Isyonkor qalbimni senga atardim, ey xalqim.  
Agar vujudimda quyun kuchi bo‘lganida, o‘z so‘zim bilan - 
Seni chorlardim yangi hayotga, ey xalqim.  
Shabbi  ijodida  ozodlikka,  buyuk  va  shonli  kelajakka  bo‘lgan  ishonch  ham  ana  shunday 
kuchli yangraydi:  
Agar xalq intilsa yangi hayotga,  
Taqdir unga kulib boqadi.  
Qorong‘ulik yo‘qolib, qullik zanjirlari uziladi.  
(«Hayotga intilish»)  
Asrimiz tun va g‘am asridir,  
Ammo tundan keyin tong otadi… 
Bu asr xalqdan tortib oldi shon-shuhratini  
Ammo bir kun kelib, hayot unga qilichini qaytarib beradi!  
(«Go‘zal Tunis»)  
Uningcha  yomonlik  ustidan  g‘alaba  qozonish  faqat    yangi  g‘oyalar  bilan  qurollanib, 
voqelik maromiga faol qatnashganlarga nasib qiladi:  
Asr bilan hamnafas bo‘l, shunda seni - 
Qo‘rqitolmas na vahima, na taqdir.  
Asr bilan hamnafas bo‘l, nima bo‘lsa ham,  


 
161 
Shunda seni taqdir aldamas.  
Hayotdan chekinganlar, holingizga voy,  
Siz endi o‘limga mahkumsiz.  
(«Asr bilan hamnafas bo‘l»)  
Zulmga qarshi isyon mavzusi Shabbining oxirgi she’rlaridan biri -  «Dunyo zolimlariga» 
asarida eng yorqin ifodasini topdi:  
Zolimlar – hayot dushmani, o‘lim do‘stlari.  
Qul qilingan yurtning mustabid xo‘jayinlari, ko‘zingizni oching,  
Tong otmoqda, ufqda bulutlar qalinlashmoqda.  
Momoqaldiroq gumburlashi, shamol uvillashi eshitilmoqda.  
Men aqllarga nur taratdim, umid tug‘ildi,  
Ey zolim, yerni ko‘z yoshi va qon bilan sug‘ording,  
Ularning to‘lqini seni g‘arq etadi.
76
 
Shabbi  ko‘pgina  arab  romantik  adiblari  tasavvuridagi  qalbning  mavhum  ideallashgan 
ozodligi  doirasidan  tashqariga  chiqadi.  Uning  ijodiga  xos  grajdanlik  nafasi  istibdod  va  jabr-
zulmdan ozod bo‘lishga intilishda o‘z ifodasini topadi.  
 

Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish