Yangi davr arab adabiyoti



Download 1,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/73
Sana20.04.2020
Hajmi1,62 Mb.
#45906
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   73
Bog'liq
yangi davr arab adabiyoti (1)

 
ABDURAZZOQ KARABAKA  
Abdurazzoq  Karabaka  1904  yilda  Tunisda  tug‘ildi,  otasidan  vaqtli  yetim  qoldi,  Qur’on 
maktabida  ta’lim  oldi.  O‘zining  ilk  she’rlaridan  birini  ifodali  o‘qib  bergani  uchun  Karabaka 
tantanali bir yig‘ilishda mukofot olishga erishdi. Keyinchalik Karabaka Zitunga o‘qishga kirib, 
uni  20  yoshida  tugatdi.  Karabaka  teatrga  qiziqar,  pesalar  yozib,  ular  ijrosida  o‘zi  ham 
qatnashardi.  1940-1945  yillarda  «Teatr  yulduzi»  jamiyati  Karabakaning  andalussiyalik  go‘zal 
shoira  va  Ispaniya  musulmonlarining  romantik  shoiri  sarguzashtiga  bag‘ishlangan  «Vallada  va 
Ibn  Zaydun»  pesasini  muvaffaqiyat  bilan  namoyish  etdi.  Uning  «Aysha  al-Xadra»  pesasi  ham 
katta muvaffaqiyat qozondi. Karabaka gazeta va jurnallar bilan faol hamkorlik qildi, ularda she’r, 
hikoya, adabiyotga bag‘ishlangan maqolalar e’lon qildi.  
Adibning  ko‘pgina  hikoyalari  mazmuni  bir  xil  -  ularda  Tunis  burjuaziyasining  xulq-
atvori tanqid qilinadi. Karabaka aktrisa va qo‘shiqchi ayollar uchun ko‘plab qo‘shiq va she’rlar 
yozgani  sababli,  unga  «yoshlar  shoiri»,  «go‘zallar  shoiri»  deb  nom    berganlar.  U  ham  arab 
adabiy  tilida,  ham  go‘zal  va  ifodali  Tunis  shevasida  ijod  qilib,  she’rlarida,  asosan,  sevgi 
tuyg‘ularini  tarannum  etdi.  Mana,  «Shunday  vaqtlar  bo‘lgan  edi»  («Kana  zamana»)  she’rini 
olaylik:  
Qaydasan hayot, ey sen, unutilgan zamon.  
Qaerda baxt, tongda ham, tunda ham bizdan qochar u.  
Muhabbat va do‘stlik og‘ushida o‘tkazgan vaqtimiz qani?  
Ehtiros jomini ichardik paydarpay.  
Butun vujudim husniga mahliyo edi,  
Hissiyotlarim yonardi uning ishqida.  
O, qanchalik telbalarcha sevardim uni!  
Uni baxtli qilish uchun jonimni berishga tayyor edim!
75
  
Karabakaning  ba’zi  bir  she’rlarida  ayollarga  nisbatan  an’anaviy  qarashlar  o‘z  ifodasini 
topdi. «Chodra tashlash tarafdorlariga!» (1924) she’rida adib emansipatsiya tarafdorlari so‘ziga 
kirib, chodrasini tashlagan ayollarni qoralab fikr bayon etadi.  Musulmon ayoliga murojaat qilar 
ekan,  Karabaka  o‘qimagan  ayol  yuzini  ochgani  bilan  Yevropaning  bilimli  ayollariga  o‘xshab 
qolmaydi.  Shuning  uchun  u  ayollarni  chodrani  tashlamaslikka,  turish-turmushida  oldingi 
musulmon ayollariga taqlid qilishga chaqiradi.  
Karabaka  ijodi  juda  rang-barang  bo‘lib,  uning  yo‘nalishlari  o‘zgarib  turar,    ba’zida 
an’anaviylik sof lirikaga o‘rnini bo‘shatib bersa, ayrim hollarda zamon  voqealariga munosabat 
ham  o‘z  ifodasini  topardi.  Umuman,  an’anaviy  yo‘nalish  she’riyati  ham  Yevropa  romantizmi 
ta’sirida  bo‘lib,  turli  ko‘rinishlarda  ideal  va  voqelik  orasidagi  ziddiyatni  ifodalar  edi.  XIX  asr 
Yevropa  romantiklari  singari  Tunis    shoirlari  o‘tmishga  o‘rta  asrlar  hayotidan  o‘z  ash’orlariga 
mavzular,  husni  tarovat  olish  uchun  murojaat  qilishar,  tabiatni  kuylab  asarlar  yozishar  edi.  Bu 
davr  she’riyatida  Yevropa  sentimentalizmi  ta’siri  ham  sezilib  turadi.  Sodiqiya  talabalaridan 
bo‘lgan Muhammad al-Xulsi ijodi buning yorqin misolidir.  
Tunis adabiyotidagi oraliq yo‘nalish ham bir guruh yozuvchilarni qamrab oladi. Ular arab 
madaniyatining  kuchli  ta’siri  ostida  bo‘lib,  islomiy,  diniy  doktrinalarga  qattiq  rioya  qilganlar. 
                                           
75
 Пантучек С. Тунисская литература. Москва. М.1969. С. 85.  


 
159 
Ayni paytda Yevropa madaniyatining sezilarli ta’sirini ham his etganlar. Bu guruh yozuvchilar 
ham, asosan, Zitundan yetishib chiqqanlar, ammo ular ko‘proq novatorlik pozisiyasida turdilar, 
an’anaviy  adiblarga  ko‘ra  Yevropadan  kirib  kelayotgan  yangiliklarga  sezgirroq  bo‘ldilar.  Ular 
o‘rta  asrlarning  eng  qoloq  sarqitlariga  qarshi  isyon  ko‘tarish  bilan  birga  arab  madaniyati 
asoslarini  saqlab  qolish  lozim,  deb  hisoblar  edilar.  Bu  yo‘nalish  namoyandalari  Tohir  Hadda, 
Shabbi, Said Abu Bakr, Husayn al-Jadiriy, Ahmad Xayriddin va boshqalar edilar.  

Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish