Yangi davr arab adabiyoti



Download 1,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/73
Sana20.04.2020
Hajmi1,62 Mb.
#45906
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   73
Bog'liq
yangi davr arab adabiyoti (1)

MUHAMMAD DIB 
Jazoir  fransuzzabon  adabiyotining  yana  bir  yetuk  vakili  Muhammad  Dib  1920  yilda 
Tlemsen  shahrida  tug‘ilib,  nochorlikda  yashadi.  Uning  kasbi  jurnalist  edi,  o‘qituvchi  bo‘lib 


 
154 
ishladi.  40-50  yillarda  Dibning  maqolalari  nafaqat  Jazoir,  balki  Fransiya  va  Shveysariya  vaqtli 
matbuotida ham e’lon qilib borilar edi.  
Dib 1952 yilda ona shahri va o‘zining bolalik  yillari o‘tgan muhitni tasvirlovchi  «Katta 
uy» nomli roman e’lon qildi. Bosh qahramon – Umar ismli bola sarguzashtlarida adib hayotidan 
olingan  o‘rinlar  oz  emas.  Fransiyada  XIX  asr  birinchi  yarmida  ta’sis  etilgan  Feneon  nomidagi 
adabiy mukofotga sazovor bo‘lgan bu roman yosh yozuvchini birdaniga mashhur qilib yubordi. 
Umarning  keyingi  taqdiri  «Yong‘in»  (1954),  «To‘quvchilik  kasbi»  (1957)  romanlarida 
tasvirlandi  va  bu  uch  asar  «Jazoir»  trilogiyasini  tashkil  etdi.  «Jazoir»  trilogiyasi,  «Kafe» 
to‘plamiga (1955) kirgan hikoyalar qashshoqlik va jaholat iskanjasida azob chekkan Jazoir xalqi 
fojeasini,  uning  kolonial  rejim  sharoitida  dahshatli  ochlikda  umr  kechirganini  haqqoniy 
tasvirlaydi. Bu kitoblar rus tilida ham nashr etilgan.  
«Jazoir»  trilogiyasida  Tlemsen  shahrida  yashagan  bolaning  mungli  bolalik  va  o‘smirlik 
yillari haqida hikoya qilinadi. Umar - qashshoqlik farzandi, u Parij ko‘chalarida izg‘ib yuradigan 
Gavroshni (V.Gyugo) eslatadi.  
Umar erta, o‘z yoshi uchun anchagina erta o‘zini o‘rab turgan dunyoni sinchiklab kuzatib 
boradi, uning baland-pastlari ustida bosh qotiradi. Og‘ir turmush ana shunday erta uning ko‘zini 
ochib qo‘yadi: ko‘pincha uylarida bir urvoq ham bo‘lmas, qashshoqlik joniga tekkan onasi esa 
ba’zida alamini undan olardi. Bola xorijliklar nigohida faqat nafrat tuyg‘usini ko‘rar edi.  
Mana,  bolalik  ham  o‘tdi.  Uni  odamlar  orasiga  -  to‘quvchilik  sexiga  ishga  berishadi. 
Ammo uning hayoti xuddi ilgarigidek dahshatli. Ba’zida Umar qalbini umidsizlik chulg‘ab olar, 
ochlikdan  o‘layotganlarni  ko‘rganida  ularga  yordam  berishdan  ojiz  ekanligini  sezar,  lekin  bu 
umidsizlik  uning  hayotga  bo‘lgan  intilishini,  qalbidagi  orzularini  so‘ndirolmas  edi.  Umar 
tabiatan  kuchli  shaxs,  u  tap  tortmas,  jangari,  o‘z  haqini  qo‘ymaydigan  odam.  Buning  sababi 
yolg‘iz  uning  tabiatan  hayotni  sevishida  ham  emas.  Umar  -  xalq  o‘g‘loni,  xalq  uni  kelajakka 
ishonishga  o‘rgatgan.  Umar  yoshligidanoq  taqdirga  tan  berishdan  bosh  tortadi.  «Hayotingni 
garovga tikib bo‘lsa ham kurashdan qo‘l tortmaslik kerak», - deydi u.  
Atigi 14 yoshga kirgan Umar hamma narsani ham tushunavermasdi. U qanday kurashish 
kerakligini  bilmasdi,  ammo  kimga  qarshi  kurashishni  bilardi.  Uning  qalbida  g‘urur  tuyg‘usi 
uyg‘onib bormoqda edi. Arablarni odam o‘rnida ko‘rmaganlari uchun u yevropaliklarni  yomon 
ko‘rardi. Ha, Umar ko‘pchilikning biri edi, u istisno emasdi, o‘z ahvolini idrok eta boshlagan 40-
yillardagi  jazoirlikning  tipi  edi.  Yozuvchi  Umar  obrazida  trilogiyaning  asosiy  g‘oyasini 
mujassamlantirishga,  jazoirliklarning  milliy  ongi  qanday  o‘sib  borgani,  kelajakda  bunday 
yashash mumkin emasligini qanday idrok etganini ko‘rsatishga harakat qiladi.  
Nasriy asarda milliy xarakterning tug‘ilishi jarayonini tasvirlash uchun yozuvchi G‘arbda 
keng  tarqalgan  tavba  romanlaridagi  kitobiy  jo‘n  biografik  tasvirdan  qochadi.  Shu  yo‘l  bilan  u 
«Jazoir»da  milliy  ongning  uyg‘onishi  xronikasini  yaratadi,  ikki  chiziqli  bayon  yaratishga,  bir 
vaqtning  o‘zida  ham  xalq  taqdirini,  ham  alohida  shaxs  taqdirini  uyg‘un  holda  ifodalashga 
erishadi.  
Dib romanlari jonli tasvirlangan personajlar bilan to‘la. Ularda kambag‘allar mahallasida 
istiqomat  qiladigan  qator  ayollar  obrazlari  ham,  yangi  zamonlar  kelishini  orzu  qilgan  Bni-
Bublenlik  fallohlar  ham,  Jazoirning  ertangi  inqilobiy  kunini  o‘zida  mujassamlashtiradigan 
Hamid Siroj kabi kurashchilar ham, alpgavda Okash kabi ustaxonani tashlab mamlakat bo‘ylab 
safarga chiqqan to‘quvchilar ham bor. Siroj yangi hayot kelishini biladi va uning uchun jangga 
tayyor.  
Dib  tarixni  bo‘yab  ko‘rsatmaydi,  xalqning  fe’l-atvorini  chiroyli  qobiqqa  o‘rab 
tasvirlamaydi.  U  ziyrak  realist  sifatida  qullikka  solingan  xalq  chekkan  kulfatlar  xronikasini 
yaratadi, ba’zan uning fojeali oqibatlarini ko‘rsatib beradi. Qashshoqlik odamlarni buzadi, ularni 
o‘g‘irlikka,  jinoyatga  boshlaydi.  Shunday  bo‘lsa  ham  yozuvchi  ochlik  va  qashshoqlikni 
insoniyatning  azaliy  musibatlari  va  nosog‘lomliklari  ramzi  qilib  ko‘rsatish  darajasigacha  past 
ketmaydi.  Gadoylar,  xonavayron  bo‘lgan  dehqonlar  hayotini  tasvirlar  ekan  («To‘quvchilik 
kasbi») yozuvchi asar qahramonlarida, o‘quvchida bu xo‘rlangan insonlarga nisbatan hamdardlik 


 
155 
tuyg‘usini uyg‘otadi, ularning insoniy g‘ururdan tashqari bor-budini shilib ketganlarga nisbatan 
g‘azabini keltiradi.  
«To‘quvchilik  kasbi»  Jazoirning  yaqin  o‘tmishini  yoritgani  bilan  o‘quvchiga  hozirgi 
kunni yaxshiroq tushunishga, jazoirliklar qanday qilib tish-tirnog‘igacha qurollangan «madaniyat 
tarqatuvchila»ga qarshi besh yillik urush yukini yelkalarida ko‘tarib chiqqanlarini idrok etishga, 
yuz  minglab  fallohlar  va  to‘quvchilar  nega  qo‘llariga  qurol  olganlarini  bilib  olishga  yordam 
beradi.  
O‘quvchilar Umarni milliy ozodlik kurashchilari orasida ko‘rarmikanlar? Shunday bo‘lsa 
kerak.  Muhammad  Dib  o‘quvchilarga  murojaat  qilib  aytgan  edi:  «Agar  qachonlardir  o‘ylab 
yurgan  asarlarimni  yozishga  muvaffaq  bo‘lsam,  unda  albatta  Umar  ishtirok  etadi.  Mening  ilk 
asarlarimning  yosh  qahramoni,  endilikda  ulg‘aygan,  voyaga  yetgan.  U  endi  tajribali, 
mustamlakachilarga  qarshi  kurashga  ko‘tarilgan  xalq  oldida  turgan  muammolarni  yaxshi 
tushunadi. Umar ishchi bo‘ldi, faol xarakatchan, jasur kishiga aylandi.»  

Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish