Amin ar-Rayhoniy (1876-1940).
Amin ar-Rayhoniy haqida arab va noarab munaqqidlar nimalarni yozmadilar. «Ar-
Rayhoniyning har bir sahifasi zararli va xavotirli fikrlar, nobud etuvchi inqilobiy g‘oyalardir».
«Bu al-Fureyqa vodiysi faylasufi. Bu yangi payg‘ambar», «u gapga chechan yozuvchi,
vaysaqi». «U ozodlik tarafdori, har qanday zulmning ayovsiz dushmani».
Amin ar-Rayhoniy kim o‘zi?
Rus kitobxonini ar-Rayhoniy asarlari bilan tanishtirgan mashhur arabshunos
I.Yu. Krachkovskiy
uni
yangi
arab
adabiyotidagi
Suriya-Amerika
maktabining
yetakchilaridan biri, deb ataydi.
Ar-Rayhoniy 1876 yil 24 noyabrda o‘rta hol maronit oilasida dunyoga keldi. Ularning
Bayrutdan shimolroqdagi al-Fureyqa tog‘i vodiysida ozroq yeri bo‘lgan. 12 yoshida u
amakisi bilan birga Qo‘shma Shtatlarga boradi. Oilaning savdo-sotiq ishlari uni
qiziqtirmasdi. U najot yo‘lini kitoblardan qidirardi. Hugo, Volter, Russo, Bayron,
27
Shekspirlarni ingliz tilida o‘qidi. Shekspir teatri shu qadar uni rom etdiki, 17 yoshida
shtatma-shtat kechib yurgan sayyor truppaga kirdi. Ularda ko‘pincha Shekspir pesalaridagi
masxarabozlar rolini o‘ynadi. 1897 yilda Kolumbiya universitetining huquqshunoslik
fakultetiga o‘qishga kirdi. Lekin bir yildan so‘ng uni tark etdi va mustaqil o‘qishini davom
ettirdi.
Ar-Rayhoniy
vaqti-vaqti
bilan
Livanga
kelib
turarkan,
ma’lumotidagi
yetishmovchiliklarni to‘ldirishga harakat qilar, arab tili va adabiyotini qunt bilan o‘rganardi.
Uni, ayniqsa, suriyalik ko‘zi ojiz faylasuf-shoir, hurfikrli mutafakkir Abul A’lo al-
Ma’riy hayratga soldi. Nyu-Yorkka qaytgach, u al-Ma’riy she’rlarini ingliz tiliga tarjima
qildi.
Arab madaniyati bilan qanchalik qiziqmasin, ar-Rayhoniy vatanidagi hayotni
ideallashtirmadi. 1900 yil 9 fevralda Nyu-Yorkdagi maronit jamiyati tashkil bo‘lganiga bir
yil to‘lishi munosabati bilan arab tilidagi nutqi bunga dalil bo‘la oladi. Shu nutqida u arablar
birligi yo‘lida diniy murosaga, sabr-toqatga chaqirdi va Livanda hukmron bo‘lgan dinlararo
dushmanlikni keskin qoraladi. Uning fikricha, dushmanlik va cherkov peshvolariga ko‘r-
ko‘rona bo‘ysinish mamlakat qoloqligining sababchisidir. Ana shu nutqdan keyin
«Hayvonlar olamida uch tomonlama kelishuv» (1903) pamfleti yuzaga keldi. Kitob
qahramonlari inson tili bilan so‘zlashuvchi hayvonlar. («Kalila va Dimna»ga taqlid). Ot
hayvonlarni bug‘ poezd va avtomobilga qarshi chora ko‘rish uchun otxonaga majlisga
yig‘adi, go‘yo ular hayvonlar xokimiyatini barbod qilayotgan emishlar. Muallif fikri
bayonchisi bo‘lgan tulki hayvonlarni taraqqiyotga to‘sqinlik qilishda ayblaydi. Hayvonlar
uni sudga beradilar. So‘ng adolat timsoli-she’r paydo bo‘ladi. Ot, eshak, xachir o‘zlariga
shafqatli bo‘lishni so‘rab so‘zlaydilar. Sher kechiradi, ammo ular baribir taraqqiyot timsoli
poezd g‘ildiraklari ostida halok bo‘ladilar.
«Mana shu jajji kitobcha Suriya va ba’zi Amerika yoshlari ongida chinakam inqilob
qildiki, aytishlaricha, xatto Emil Zolyaning o‘zi ham kitoblarida ar-Rayhoniyning «Uch
tomonlama kelishuv»idagidek shafqatsiz bo‘lmagan,
8
deb yozadi Nyu-York gazetalaridan
biri.
1904 yilda Rayhoniy «Xachirbon va Ruhoniy» qissasini nashr etdi. Unda nasoro
ruhoniylarining ochko‘zligi va xasisligi tanqid qilinadi. Rayhoniyning ilk asarlari 1910 yilda
«Rayhoniyat» nomi bilan chop qilindi. Ular to‘rtta (1910-1928): she’rlar va nasr, esse, hikmatli
so‘zlar, mashhur 2-jildlik Arab yarim oroli mamlakatlari va Mesopotamiyaga qilingan sayohatlar
bayoni, bir qancha roman, arab mamlakatlariga bag‘ishlangan tarixiy va geografik asarlar. Bu
to‘plamlarni I. Yu. Krachkovskiy «Bu yozuvchining barcha izlanish va dardlarining yorqin
kundaligi» deb atagan edi.
Amin ar-Rayhoniy munaqqidlari ikki guruhga bo‘linadi: konservativ guruh uni G‘arbning
tashlandig‘i deb, turli malomatlarni unga ag‘darishdi; inqilobiy doiralar esa, adibni o‘z faylasufi
hisoblashardi. Uzoq yillar G‘arbda yashagan adib, g‘arbcha turmush tarzi va ijtimoiy tuzumdan
ixlosi qaytgan edi. «Nyu-York» mansur she’rida u kapitalizmga turli ayblar qo‘yadi. «Ex, Nyu-York,
sen zaminning boyliklarini yig‘ding, sening saroylaringda javohirlar, oltin, qimmatbaho taqinchoqlar
mo‘l. Qorong‘u kulbalaringda esa qashshoqlik, ochlik va nolalar».
9
«Shunday kunda qashqir ham yoqimtoy» hikoyasida Rayhoniy ishsizning oilasida ochlik va
shamollashdan go‘dak vafot etgani tasvirini beradi. G‘arb sivilizatsiyasidan hafsalasi pir bo‘lgan
Rayhoniy ona yurti Livanga qaytdi. Bu yerda ham adib chuqur hayotiy ziddiyatlarga duch keldi.
Mamlakatda xorijiy kapital, turk poshsholari hukmron, bir vaqtlar iste’dodli, badavlat bo‘lgan xalq
iztirob va ochlikdan azob chekardi («Bayrut tasviri»). «Bayrut-mis gardishidagi Sharq durdonasi,
balchiqdagi dur bo‘lib, uning tepasida elektr shovqin soladi, » - deb alam bilan yozadi adib ona
shahri haqida.
Amin
ar-Rayhoniy
dunyoni
o‘zgartirish yo‘lini avvalo shaxsning o‘z-o‘zini
takomillashtirishida va xalqni ma’rifatli qilishda, «to‘g‘ri tarbiya va haqiqiy ta’limda» deb bildi.
8
Современная арабская проза. М., 1961, стр. 3
9
Ўша китоб, ўша бет
28
Ammo endi uning sevimli shiori «shaxs takomilida-jamiyat takomili, jamiyat takomili esa -
hokimiyat takomili» ham yozuvchi uchun yetarli emasdek tuyuldi. Endi uni zulmga qarshi isyon,
ijtimoiy inqilob fikri band etgan edi.
1917 yilgi Rossiya inqilobi haqidagi xabarni ar-Rayhoniy katta qiziqish va hayrihohlik bilan
qabul etdi. Unda «tozalovchi bo‘ron»ni ko‘rdi, vaholanki proletariat diktaturasi uning mutloq tenglik
va ozodlik haqidagi ideallariga zid edi.
U bolsheviklar tinch inqilob, ma’rifat va islohatlar yo‘lidan boradilar, ularning noyob
tajribalari muvaffaqiyatli yakunlanadi, mutlaqo yangi jamiyat quriladi, deb o‘yladi.
Rayhoniy ijodida ikki qissa alohida o‘rin tutadi: «Girdob binafshasi» (1910) va «Haramdan
tashqarida» (1917) qissalari xuddi Jubronning «Singan qanotlar»i singari Sharqda ayol ahvoli
mavzusi bilan bog‘lanib ketadi.
Arab romantiklari ma’rifatparvarlardan feodal an’analariga qarshi kurashning muhim
qirralaridan biri-ayol ozodligi uchun kurash estafetasini qabul qilib oldilar. «Haramdan tashqarida»
romani voqealari Turkiyada birinchi jahon urushi yillarida sodir bo‘ladi. Jahon yuqori lavozimli turk
zobiti Rizo poshshoning qizi. U turmushga chiqadi, lekin ko‘p o‘tmay eri uyga ikkinchi xotinini olib
keladi, bu Jahonga og‘ir haqorat bo‘lib tuyuladi, u erining xonadonidan ketadi. Jahon qolgan umrini
musulmon ayollarining oila va jamiyatdagi huquqlari uchun kurashga bag‘ishlaydi. Harbiy
gospitalda shafqat hamshirasi bo‘lib ishlaydi, o‘sha yerda nemis generali Fon Villenshteynni
uchratadi. Chuqur e’tiqodli musulmon Jahon generalning sevgisini rad qilmaydi, u bilan birga
yashashga rozi bo‘ladi.
Jahon chinakam romantik obraz. U an’analarga qarshi bosh ko‘targan, yuksak maqsadlarga
intiluvchi, ehtirosli (uning shiori - qasos yoki o‘lim), mag‘rur tabiatli ayol. Jahonda ma’rifatparvarlik
romanlarida uchramaydigan xususiyatlar mavjud. Uning qalbi alamli ziddiyatlarga to‘la.
Rayhoniy qahramoni o‘zi kabi fojiali, yolg‘iz, u sharq dunyosida ham, G‘arb dunyosida ham
o‘zini begona his etadi. Hatto o‘zining aziz otasi, keksa poshsho bilan ham umumiy til topisha
olmaydi, sevgan insoni-nemis generali ham dushmanga aylanadi.
Jahon ozodlikka sanamga sig‘ingandek sig‘inardi, ozodlik u intilayotgan muqaddas maqsad
edi. Jahon oiladagi sof ayollik huquqlarini himoya qilish bilan cheklanmasdan, o‘zini ozod shaxs
sifatidagi mavqeini ham himoya qilar edi.
Qissa faqat feministik ma’noga ega emas. Jahon taqdirida an’ana tarafdorlari va
taraqkiyparvarlar, Sharq va G‘arb, insoniylik va Nisshega xos beqaydlik bir-biri bilan chatishib
ketgan. Nisshechilikning asl qiyofasini ochib berish, uning ta’sirini susaytirish arab dunyosi uchun
alohida ahamiyat kasb etadi. Nisshe ta’limoti XX asr boshlarida arab adiblari va siyosiy arboblarini
hayotda o‘zligini tanishga, faolikka, irodali bo‘lishga chaqirgani bilan o‘ziga jalb etdi. Odatda, bu
chaqiriq ularda ma’rifat va mustaqillik uchun kurash bilan bog‘lanib ketardi. Ar-Rayhoniy ham
qoloqlik va sustkashlikka qarshi bo‘lib, nisshechilikning g‘ayriinsoniy mohiyatiga tushuna oldi va
unga ochiq qarshi chiqdi.
Bu asarning umumiy romantik mazmuniga realistik unsurlarning singib ketgani yaqqol
seziladi. Voqealar sodir bo‘lgan joy (Istanbul), vaqt (birinchi jahon urushining ilk davri) aniq
ko‘rsatilgan, Sharq uchun o‘ta dolzarb voqealar o‘z aksini topgan. Ular axloqiy jihatdangina emas,
siyosiy nuqtai nazardan ham badiiy tadqiq etilgan. Haqiqatga yaqinroq qilib tasvirlashga intilish shu
bilan izohlanadiki, Jahon arab emas, turk. Oliy tabaqaga mansub turk ayollari ko‘proq
yevropalashgan va ularda erkinlik ko‘proq edi. Shu davrda bironta musulmon arab ayoli Jahon
mavqeiga ko‘tarila olmasdi.
Qissaning uchinchi nashriga (1933) ar-Rayhoniy bayonining romantik emotsional ohangini
silliqlovchi o‘zgarishlar kiritadi, eng muhimi melodramatik yakunini o‘zgartirdi. Jahon qasos oladi,
lekin halok bo‘lmaydi. Istambuldan uzoq joyda, boshqa nom ostida kurashishni davom ettiradi,
taraqqiyparvar gazetalar bilan hamkorlik qiladi, o‘zining oqbadan o‘g‘lini ozodlik va insonparvarlik
ruhida tarbiyalaydi.
1915 yilda ar-Rayhoniy amerikalik jurnalist va rassom Berta Keys bilan topishadi, bir yildan
so‘ng unga uylanadi. Er-xotin Meksika, Fransiya, Ispaniya bo‘ylab sayohat qiladilar. Andaluziyaga
borganda ispanlarning arxitekturasi, urf-odati, milliy xarakterida uning qalbiga yaqin bo‘lgan
29
g‘arbiy-sharqiy umumiylik, o‘xshashliklarni izlashga intiladi. 20- va 30-yillar arab mamlakatlariga
sayohatlar va jo‘shqin, tinimsiz ijodiy izlanishlar bilan kechadi. Uning arab Sharqiga, ona xalqi
madaniyati sarchashmalariga sayohat xaqidagi orzulari asta-sekin idrok etilgan siyosiy mazmun bilan
boyidi. Uning sayohatdan maqsadi arablarni o‘zaro yaqinlashtirish, talab va harakatlarda hamkorlikni
ta’minlash bo‘lib, «Arab podshohlari», «Tog‘lar va sahrolar Arabistoni» (1930), «Arab ibn Saudi»
(1928) asarlarida o‘z ifodasini topdi. 1935 yilda uning barhayotligidagi oxirgi asar -«Eron qalbi»
kitobi chiqdi. Livan bo‘ylab sayohatlari natijasini 1947 yilda, vafotidan so‘ng bosilgan «Livan qalbi»
kitobida ifodaladi.
Amin ar-Rayhoniy 1940 yil 13 sentyabrda vafot etdi. Adibning merosi uning ukasi Albertga
qoldi. U yozuvchi tug‘ilgan qishloq al-Fureyqadagi adib uyida muzey tashkil qildi. O‘sha yerda
Rayhoniy kutubxonasi, uning yozishmalari, arab hukmdorlarining tortiqlari saqlanadi.
Uning hayotiga oid asarlarda ar-Rayhoniy shoir, romantik shoir sifatida emas, avvalo jamoat
arbobi, arab mamlakatlari birligi, islohatlar va ma’rifat kurashchisi sifatida tasvirlanadi.
Adib zamondoshi bo‘lgan yetuk arab yozuvchilari mumtoz uslubning ko‘hna unsurlari -
tashbih, mubolag‘a, tajnis, qofiyani yangicha qo‘llash tarafdori bo‘lib chiqdilar. Ana shunday
«yaxshi uslub»ni mukammal egallagan mashhur misr adibi, ar-Rayhoniy tengdoshi Mustafo al-
Manfalutiy (1876-1924)dir. Ar-Rayhoniy esa, arab adabiy tilining barcha boyliklarini egallagan
holda, unga erkin munosabatda bo‘lar, jumlalari mumtoz uslubiyat qoidalariga mos kelishi-
kelmasligi to‘g‘risida qayg‘urmasdi. Tanqidchilarning sinchkovlik bilan qilgan e’tirozlariga ar-
Rayhoniy parvo qilmasdi- to‘la ijod erkinligi adibning shiori edi. Uning nazarida hozirgi adabiyot
foytunchilari ham nafratga loyiq, chunki ular «bilimlari foytuniga hukumat narxnomasini osib olib,
yo‘lovchiga ma’qul bo‘lgan tomonga qalamni suraverdilar («Adiblar»). Hamma hurmat qiladigan
o‘rta asr arab adibi al-Mutanabbiyni osiy, mustabid hukmdor o‘ngida jilpanglaydigan va axlat
orasida sudralib yuradigan iste’dod» deb ataydi («Al-Mutanabbiyning ikki she’ri»).
Ar-Rayhoniy yozuvchilarni ikki toifaga bo‘ladi: «Ularning bir toifasi odamlar uchun,
boshqalari o‘zi uchun yozadi» («Adiblar»).
Bir qaraganda, bu adabiyotning siyosatdan mutloq yiroqligini tan olish, real hayotdan
chekinayotganlarni oqlashdek tuyuladi. Ammo ar-Rayhoniy bu so‘zlarga o‘zgacha ma’no beradi.
O‘z-o‘zini qoniqtirish vijdon buyurganini qilish, bu esa yozuvchi halol va fidoyilik bilan, hech kimga
qaramasdan, haqiqatga fikr-o‘y, so‘z va ish bilan xizmat qilishini anglatadi («Ulug‘ shahar»).
Shunday qilib, san’atkor ozodligi ar-Rayhoniyga anarxistcha chegarasizlik bo‘lmay, balki yuksak
maqsadni ko‘zlashdir.
Ar-Rayhoniyning yozuvchi burchiga munosabati «yig‘loqi shoirlar»ni keskin qoralashida
yaqqol namoyon bo‘ladi. Yig‘loqi she’riyat garchi samimiy bo‘lsa-da, odamlarga zarracha naf
keltirmaydi. Ana shu fikrni ar-Rayhoniy «Shoirlarga nasihatlar» asarida rivojlantiradi.
Ar-Rayhoniy asarlarida tabiat xamisha jonli tasvirlanadi, chunki uning panteistik tasavvurida
tabiat tushunchasi hamisha xudo tushunchasi bilan bog‘liq. Xudo, uning ta’rificha, «muhabbat va
xaqiqat», «yashiringan borliq», «tabiat zamiridagi sir».
Ar-Rayhoniy xudoga chinakam sig‘inish diniy marosimlarni bajo keltirishda emas, tabiat
qonunlari bo‘yicha harakat qilishda, o‘z qalbida Xudo nurini, vijdonda Xudo adolatini saqlashdir,
hamisha, har joyda, har qanday sharoitda yolg‘onga qarshi haqiqatni himoya qilishdir, deb o‘rgatadi.
Ar-Rayhoniydagi Xudo-tabiat haqidagi tasavvurlar, baxt tushunchasi bilan ham bog‘liq. Baxt
tabiat va uning qonunlari bilan to‘la uyg‘unlikda yashashdir,- deydi adib. «To‘la uyg‘unlikka har
qanday ishga ijodiy yondoshgandagina erishish mumkin» («Baxt nima?», «Ekuvchilar uchun
urug‘lik»).
Hayot va dinni bunday tushinish L. N. Tolstoy ta’limotining ba’zi qoidalarini esga soladi.
Ehtimol bu uning ta’siridir, chunki ar-Rayhoniy uchun Tolstoy «ozodlik, birodarlik, muhabbat
namunasi» edi («Tolstoy»).
Ar-Rayhoniydagi diniy - falsafiy konsepsiya ancha barvaqt shakllandi. U «ar-
Rayhoniyat»ning I va II jildlaridagi asarlarda o‘z aksini topdi. Bu konsepsiyaning amalga tatbiq
etilishi ideal jamiyat g‘oyasi va uni amalga oshirish yo‘llari haqidagi fikrlar qisman evolyusiyani
30
boshdan kechirdi, chunki ar-Rayhoniy aytganidek, «aqlli odam haqiqat talab etsa, o‘z e’tiqodini
o‘zgartirish yoki isloh qilishdan o‘zini tiymaydi».
O‘ta xaqqoniylik va samimiylikka intilgan ar-Rayhoniy o‘z ichki ziddiyatlarini yashirmaydi.
Bu ayniqsa, ideal jamiyatni qurish yo‘llari haqida so‘z ketganda yaqqol seziladi. Ar-Rayhoniy
harakatning tinch yo‘lini shaxs, jamiyat, hokimiyatni mukamallashtirish sxemasini tavsiya etdi.
Ammo u bilibmi - bilmaymi, revolyusion to‘ntarish imkoniyatini ham inkor etmaydi («Inqilob,
ekstremizm»). Hatto inqilobni tabiatning ekstremal hodisalari zilzila, suv toshqini kabilar bilan
solishtirib, uni insoniy adolatning ko‘rinishi sifatida oqladi. Ayni paytda uning nazarida, ma’naviy
inqilob, inson qalbidagi qo‘zg‘olon umumxalq qo‘zg‘alonidan oldin sodir bo‘lishi lozim.
Ar-Rayhoniy she’riyatda chinakam novator sifatida namoyon bo‘ldi. Uning she’rlari arab
sarbasti (verlibrini) yaratishdagi ilk urinishlar edi. U arab she’riyatiga yangi shakl - «ash-shi’r al-
mansur» mansur she’rni kiritdi.
I. Yu. Krachkovskiy bu atamani «nasriy she’r» deb tarjima qildi, ularning I. Turgenevning
nasriy she’rlari bilan muqoyasa qildi.
Ar-Rayhoniy asarning ma’no yaxlitligini himoya qilib, qasidaning kompozision qurilishini
inkor etadi. Uning fikricha qasida qurilishi shoirlarga shaxsning dunyo haqidagi mushohadalarini
ifodalash imkonini bermaydi. U shoirlarni puch, so‘zlar bezagidan iborat bo‘lgan poetik tildan voz
kechishga chaqiradi.
Ar-Rayhoniy poetik ijodining ilk bosqichida jahon romantik adabiyotiga daxldor mavzularni
ko‘tarib chiqdi. Ozodlik ideali na G‘arbda, na Sharqda amalga oshishi mumkin bo‘lmagan shaxsning
mutloq ozodligi sifatida talqin qilinadi. («Nyu-York», «Gado Navuxodonasor»), tabiat mavzusiga
murojaat etib uni ilohiylashtiradi, buzuq jamiyatga va ikkiyuzlamachi rasmiy din vakillariga qarama-
qarshi qo‘yadi («Tabiat», «Shifo ber», «Vodiy ma’budasi», «Mening vodiydagi ibodatxonam»). Bu
asarlarda tabiat inson xususiyatlarini kasb etadi, u mangu harakatda tasvirlanadi.
Romantik individualizmdan, umuman, voqelikka qarshi isyondan vatanni asoratga solishga
qarshi norozilikka yuz o‘girish ar-Rayhoniyning XX asr 20-30 yillar she’riyatiga xos xususiyatdir.
Shoirning diqqat markazida arablar taqdiri, Sharq qoloqligi tanqidi turadi.
Ar-Rayhoniy Sharq va G‘arb madaniy an’analari sintezi asosida arab uyg‘onishi zarurati va
mumkinligini e’lon qiladi («Arablar burguti», «Iroqning xudosi», «Misr»). Ar-Rayhoniy endi
jo‘shqinlik, hissiyotlar tug‘yonidan o‘quvchini falsafiy mushohadaga undovchi vazmin bayon
uslubiga o‘tadi.
Ar-Rayhoniyning obrazlar olami ikki manbadan-Qur’on va Amerika romantik shoiri Uolt
Uitmen (1810-1892) she’riyatidan oziqlanadi. Uolt Uitmen ar-Rayhoniy ruhiga eng yaqin shoir.
U burjuacha yashash tarziga qarshi bosh ko‘targan isyonkor, umuminsoniy birodarlik tarafdori, ingliz
romantizmi taqlidchilari she’riyatining eskirib ketgan qonunlarini buzib tashlagan ijodkordir.
Shoir Qur’ondagi qiyomat syujetini eskilikning yemirilishi, yangilikning tug‘ilishi sifatida
talqin qiladi. («Samum», «Men-Sharqman»). Olloh to‘g‘risidagi syujetda ar-Rayhoniy she’riyatida
injil syujetlari – insonning o‘limi va tirilishi, insonning chormixga tortilishi ham uchraydi. («Biz
ikkimiz bu yerda begonamiz», «Mening vodiydagi ibodatxonam»).
Uitmendan shoir dinga yangicha munosabatni, fanga mehrni, uni optimistik idrok etishni,
demokratiya tabiatini kuylashni qabul etdi. Avtoportret, astronomik obrazlar, industrial peyzaj,
mifologiyaga qiziqishning kuchayishi Uitmen she’riy usullarining unga ko‘rsatgan ta’siridan dalolat
beradi. Sharq va G‘arb an’analarining qo‘shiluvi shoirning Uitmen she’riy texnikasiga borib
taqaluvchi – saj’ va sarbastga munosabatida yaqqol ko‘rinadi. Aruzga xos badastir o‘lchov ar-
Rayhoniyda uchramaydi.
O‘z vaqtida ar-Rayhoniy chuqur iztirob va ehtiros bilan tilga olgan muammolar naqadar
dolzarb ekanligini arab Sharqida sodir bo‘layotgan bugungi voqealar yaqqol ko‘rsatib turibdi.
Soddadil, go‘zal tuyg‘uli idealist shoir xalqaro siyosat, sinfiy ziddiyatlarning nozikliklariga uncha
tushunmagan «ma’naviy inqilob»ga ishonib adashgan ham bo‘lsin, lekin uning ijodi haligacha o‘z
ahamiyati va qiymatini yo‘qotgan emas. Mustaqillik va taraqqiyot uchun kurashayotgan arab
fidoyilari uchun ar-Rayhoniy ijodi ma’naviy quvvat va samimiylik maktabidir. Undagi falsafiy
31
teranlik shovinizm bilan zaharlanmagan jo‘shqin vatanparvarni - haqiqatga sadoqatli kitobxon
qalbini o‘ziga tortadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |