Yangi davr arab adabiyoti


 Misr modernistlari (yangilovchilari) maktabi



Download 1,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/73
Sana20.04.2020
Hajmi1,62 Mb.
#45906
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   73
Bog'liq
yangi davr arab adabiyoti (1)

 
2. Misr modernistlari (yangilovchilari) maktabi. 
«Misr modernistlari» maktabi deb adabiyotga birinchi jahon urushi davrida kirib kelgan 
ko‘p sonli Misr  yozuvchilarini atash rasm bo‘lgan. Bu harakat butun arab Sharqi taraqqiyotida 
katta  rol  o‘ynadi.  Bu  oqimga  «modernizm»  nomini  birinchi  marta  yevropaliklar  berdilar.  Bu 


 
36 
atamani  ilk  bor  ingliz  arabshunos  olimi  Gibb  qo‘lladi,  keyinroq  esa  I. Yu. Krachkovskiy  uni 
taomilga  kiritdi.  Ammo,  afsuski,  bu  atama  o‘rinsiz,  panislomizm  diniy  oqimi  bilan  bog‘liq 
harakatga  nisbatan  qo‘llanilgan  edi.  Uning  tarafdorlari  yagona  musulmon  davlati  tuzishni  o‘z 
oldilariga  maqsad  qilib  qo‘ydilar.  Bu  oqim  ba’zi  davlatlar  qo‘lida  bosqinchilik  quroliga  ham 
aylandi. 
Modernizm atamasi yana «san’at san’at uchun» ma’nosini ham anglatadi.  
Modernizm  XIX  asr  oxiri,  XX  asr  boshlarida  san’atda  yuzaga  kelgan  jarayon  bo‘lib, 
dekadentlik  oqimlari  yig‘indisini  bildiradi.  Modernizm  san’atda  gumanistik  idealning 
yo‘qolishidan  paydo  bo‘lib,  haqiqat  izlashdan  hafsalasi  pir  bo‘lish,  dunyoga,  ijtimoiy 
muammolarga  beparvolik  tufayli  yuzaga  keldi.  Sharqdagi  modernizmga  kelsak,  aksincha,  u 
adabiyot  va  san’atning  yuksalishi,  gullashi,  milliy  o‘zlikni  anglash  pallasi  edi.  Misr 
modernizmining Yevropa  modernizmidan  farqi ham  ana shunda.  Lekin  ular  orasida  umumiylik 
mavjud.  U ham,  boshqasi  ham  qandaydir  yangilik,  o‘ziga  xoslik  kiritishga  intildi,  lekin  bu 
yangiliklar turlicha nuqtai nazardan amalga oshirildi. 
Nazarimizda,  mazkur  maktabga  ushbu  nom  arab  adabiyoti  tajribalarini  bajonidil 
o‘zlashtirayotgan  yosh  yozuvchilar  (mujadiduna)  dunyoqarashini  o‘tmishga  qaytishga, 
zamonaviy  madaniyat  yutuqlaridan  voz  kechishga  chaqirayotgan  eskiparast  (muhafizuna) 
yozuvchilardan farqlash uchun berilgan. Bu maktabning yuzaga kelishi davrida, XIX asrning 80-
yillardan  boshlab  Misr  inglizlar  ta’siri  ostida  edi.  Inglizlar  Misrda  kolonial  hokimiyat  tizimini 
yaratdilar. 
Birinchi jahon urushi yillarida ular mamlakatni bosib olib, Misrning oltin zaxirasiga ega 
bo‘lib  oldilar.  Dehqon  xo‘jaligining  vayron  bo‘lishi,  oddiy  misrliklar  turmush  darajasining 
tubanlashuvi shundan boshlandi. 
Misr xalqi milliy-ozodlik kurashining natijasi o‘laroq, 1929  yil qo‘zg‘oloni sodir bo‘ldi. 
Inglizlar xalq  yetakchisi  Sa’d Zag‘lulni hibs etib Malta oroliga surgun qildilar. Qo‘zg‘olonning 
ko‘tarilishi  shu  hibsdan  boshlandi.  Misr  xalqining  ingliz  bosqinchilariga  qarshi  1919  yilgi 
qo‘zg‘oloni  bostirildi,  lekin  u  mamlakatdagi  ijtimoiy  tafakkurning  inqilobiylashuviga  ta’sir 
ko‘rsatdi. Yosh milliy burjuaziya dastlabki paytlarda Misr xalqining mustaqillik uchun kurashiga 
boshchilik qildi. U ijtimoiy va madaniy hayotning hamma jabhalarida  «misrlashtirish» (Tamsir) 
shiorini o‘rtaga tashladi. 
Ana  shu  harakat  ta’sirida  o‘ziga  xos  Misr  adabiyoti  yaratila  boshladi.  Bu  maktabga 
mansub  yozuvchilar  realizm  shiorini  ko‘tardilar,  Misr  jamiyatining  barcha  tabaqalari  hayotini 
xaqqoniy aks ettirishga intildilar. Ilk bor jamiyatni ijtimoiy qayta qurish, misrliklarning madaniy 
qoloqligiga  barham  berish  zururati  masalasi  keskin  qo‘yildi.  Hikoya,  roman,  pesalar 
qahramonlari  aksariyati  xalq  ichidan  tanlandi.  Kitobxonlarga  tushunarli  bo‘lishga  intilish, 
yozuvchilar oldiga tilni isloh qilish vazifasini qo‘ydi. 
Umumiy  intilish  va  vazifalar  (tamsir-al-adab)  bo‘lishi  bilan  birga  bu  maktab 
yozuvchilarining  o‘ziga  xos  ijodiy  qiyofasi  ham  bor  edi.  Ko‘pgina  yangilikparast  yozuvchilar 
notekis  yo‘lni  bosib  o‘tdilar,  realizmdan  boshlab  dekadentlikka  o‘tib,  so‘ng  yana  realizmga 
qaytdilar.  Fransiya  va  Angliyada  ta’lim  olgan  yosh  yozuvchilar  G‘arbiy  Yevropa  adabiyoti, 
tarjima orqali rus adiblari ijodi bilan yaxshi tanish edilar. Suriya-Amerika maktabi yozuvchilari - 
Jubron,  ar-Rayhoniy,  M. Nuaymelar  ham  Misrda  realistik  adabiyot  shaklanishiga  ta’sir 
ko‘rsatdilar. 
Bu  maktabning  asosiy  namoyandalari  Muhammad  Husayn  Haykal,  Muhammad  va 
Mahmud  Teymurlar,  Taha  Husayn,  Tavfiq  al-Hakim,  Iso  va  Shihata  Ubaydiy,  Mahmud  Tohir 
Lashin  va  boshqa  adiblar  1919  yilgi  revolyusiyadan  keyin  adabiyotda  xalq  hayotini  realistik 
tasvirlash  bayrog‘ini  ko‘tardilar,  o‘z  vatani  mustaqilligi,  dunyo  sivilizatsiyasi  vakillari  orasida 
munosib  o‘rin  egallash  uchun  intilayotgan  Misr  burjuaziyasining  liberal  doiralari  mafkurasi 
ifodachisi bo‘ldilar. 
Misr  yozuvchilarining  yangi  avlodi  ijodi  ma’rifatparvarlik  realizmiga  mansub.  Bu 
jihatdan  Misr  adabiyoti  XVIII  va  XIX  asr  boshlaridagi  Yevropa  va  Rossiya  ma’rifatparvarlik 
davri  realistik  adabiyotini  eslatadi.  Ma’rifatparvarlik  realizmi  arab  zaminida  kuchli  va  zaif 


 
37 
tomonlari, ijtimoiy konkretligi, taraqqiyparvar g‘oyaviy  yo‘nalishi, maishiy tasvir aniqligi bilan 
ko‘zga  tashalanadi.  Ayni  chog‘da  u  didaktikaga  moyilligi,  syujet  qurilishining  shartliligi  bilan 
ajralib turadi. 

Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish