Yangi davr arab adabiyoti


III BOB  ARAB ADABIYoTIDA ILK REALIZM DAVRI



Download 1,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/73
Sana20.04.2020
Hajmi1,62 Mb.
#45906
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   73
Bog'liq
yangi davr arab adabiyoti (1)

III BOB 
ARAB ADABIYoTIDA ILK REALIZM DAVRI  
(1910-1935) 
1.Suriya-Amerika adabiy maktabining yuzaga kelishi va faoliyati  
Suriya-Amerika  adabiy  maktabi
6
… Turli-tuman xalqaro aloqalar kengayayotgan hozirgi 
vaqtda bunday so‘z birikmasi bizga g‘alati tuyulmaydi. Lekin asr boshida ar-Rayhoniy o‘zining 
ilk  asarlarini  e’lon  qilgan  chog‘larda  Yevropa  kitobxoniga  bu  hayratomuz  tuyulgan  bo‘lsa  ajab 
emas.  Chunki arab  olami  bilan  hali ko‘pchilik  tanish  bo‘lmagan bu  vaqtda  Kiplingning  «G‘arb 
bu-G‘arb, Sharq bu-Sharq» degan so‘zlari hammaga ma’lum edi. Sharq va G‘arbning bu sintezi 
tabiatini tushinish uchun tarixga murojaat qilish zarur. 
 XVI  asrdan  buyon  Turkiya  imperiyasining  viloyati  bo‘lib  kelgan  Suriya  XIX  asrda 
rivojlangan mamlakatlar manfaati doirasiga tushib qoladi. Bu yerda o‘z ta’sirini o‘tkazish uchun, 
birinchi navbatda, Fransiya va AQSh raqobat qila boshlaydi. Ular mamlakat aholisining salmoqli 
qismini  tashkil  etuvchi  masihiylarga  suyanishga  intiladilar.  Bu  holat,  bir  tomondan,  Suriyani 
asta-sekin  yevropalashishiga,  feodal  munosabatlarning  keskinlashuviga  olib  keldi,  mamlakatni 
burjua  taraqqiyoti  yo‘liga  burdi,  xalq  ahvolini  yanada  og‘irlashuviga  sabab  bo‘ldi.  Misr, 
Fransiya, Braziliya, AQShga ommaviy emigratsiya boshlandi. Amerikada, qisman Nyu–Yorkda 
arab muhojirlarining kattagina koloniyalari vujudga keldi, u yerda o‘ziga xos siyosiy va madaniy 
hayot tashkil topdi, turli xayriya va adabiy jamiyatlar paydo bo‘ldi, ko‘p sonli arabcha, inglizcha 
gazeta  va  jurnallar  chop  etildi.  Bu  yerda  ular  vatandagidan  arzonga  tushar,  poligrafik  sifati 
yuqori bo‘lar, eng muhimi - senzura yo‘q edi. O‘ziga xos «Suriya-Amerika adabiy maktabi»ning 
yuzaga  kelishi  uchun  qulay  sharoit  tug‘ildi.  Amerikadagi  barcha  adiblar  Jubron  Xalil  Jubron 
boshchiligidagi «Ar-Rabitu al-qalamiya» («Qalam uyushmasi») adabiy to‘garagi va Abdulmasih 
al Haddod muharrir bo‘lgan «as-Soyih» («Sayyoh») jurnali atrofiga uyushdilar. 
Jubron  Xalil  Jubron,  Amin  ar-Rayhoniy,  Mixail  Nuayme,  Abu  Madiy,  Nasib  Arida, 
Nodira  Haddad,  Abdulmasih  al  Haddod,  Rashid  Ayyub,  Amin  Mushrok  va  boshqalar  ana  shu 
guruh  a’zolari  edilar.  Ulardan  uchtasi  M. Nuayme,  N. Arida,  A. Haddod  Falastindagi  rus 
maktabida  ta’lim  olganlar.  Ularning  qarashlari  ma’lum  darajada  rus  adabiyoti  ta’sirida 
shakllangan edi. 
Amerikadagi  o‘ziga  xos  adabiy  maktabni  birinchi  avlod  arab  muhojirlari  emas,  uch 
madaniyat-Amerika, Yevropa va arab madaniyatlari ta’sirida shakllangan ikkinchi avlod yaratdi. 
Muhojirlarda sokin arab qishloqlari bilan ular tushib qolgan yangi muhit-ulkan Amerika shahari 
o‘rtasidagi  ziddiyatni  alam  bilan  his  etish  tuyg‘ulari  tarbiyalagan  edi.  G‘arbdagi  hayotni  idrok 
etishdagi  ziddiyatlar  kundan-kunga  kattalashishi  ularda  Amerikaning  nooshno  voqeligiga, 
«quturgan  poyga»ga  bo‘lgan  nafratni  chuqurlashtirdi,  lekin  yuksak  ma’rifiy  ideallarga  hurmat 
saqlandi.  Agarda  ko‘pincha  G‘arb  arab  Sharqidagi  ma’rifatparvarlarga  zamonaviy 
demokratiyaning  timsoli  bo‘lib  tuyulgan  bo‘lsa,  «suriya-amerikaliklar»  bu  demokratiyaning 
haqiqiy basharasini amalda kuzatgan va qabul qilmagan edilar. 
Ayni  chog‘da  vatandagi  hayot  ham,  ularni  qanchalik  o‘ziga  tortmasin,  qoniqtirmasdi. 
Ular  hayot  turg‘unligi,  qoloqligi,  jaholatni  nozik  his  etdilar,  Suriyani  qiynayotgan  siyosiy, 
ijtimoiy, diniy ziddiyatlarni ko‘rdilar. G‘arbu Sharq o‘rtasida sarson bo‘lish, to‘lg‘anish mavjud 
voqelikni  inkor  etish  muhojir  yosh  adiblarda  romantik  isyonni  yuzaga  keltirdi,  ular  ma’naviy 
qashshoqlikka qarama-qarshi turuvchi panohni tabiatdan, o‘z ichki olamlaridan axtardilar, xuddi 
G‘arbdagi  salaflari  singari  ijtimoiy  utopiyalar,  inqilobiy  burchlar  to‘g‘risida  orzu  qildilar. 
Ayni  chog‘da ular arab  ma’rifatparvarlik  asrining  farzandlari  sifatida  o‘z xalqining  g‘am va 
anduhlariga  beparvo  bo‘lmadilar,  xayoliy  haqiqatni  izlash  yo‘lida  targ‘ibotchilikni  afzal 
bildilar,  jamiyat  va  insonni  takomillashtirish  mumkinligiga  ishondilar,  yaxshilik  va  adolat 
g‘oyalarini yoyishni o‘zlarining muqaddas burchlari deb bildilar.  
                                           
6
  Хориж  шарқшунослигида  шаклланган  “сиро-американская  литературная  школа”  атамаси  ўзбек  тилига 
“Сурия-Америка  адабий  мактаби”  шаклида  ўгирилди.  Шарқшунос  мутахассисларга  маълум  ва  равшан 
бўлган  мазкур  атаманинг  асл  моҳиятини  ўқувчилар  ушбу  бўлим  мазмунидан  илғаб  оладилар,  деган 
умиддамиз (Тарж.). 


 
23 
Ular hayotdagi qoloqlik, zerikarli bir xillikka qarshi isyon ko‘tardilar, adabiyotda esa 
fikr  va  ijod  erkinligini  e’lon  qildilar,  yangi  mavzu  va  shakllarga  murojaat  etdilar,  kuchli 
xarakterlar, teran tuyg‘ularni aks ettirdilar. 

Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish