Yangi davr arab adabiyoti


Muhammad al-Muvaylihiy (1858-1930)



Download 1,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/73
Sana20.04.2020
Hajmi1,62 Mb.
#45906
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   73
Bog'liq
yangi davr arab adabiyoti (1)

Muhammad al-Muvaylihiy (1858-1930). XX asr boshlarida Misrda zamonaviy novella 
shakllana  boshladi.  Mazkur  janrning  mumtoz  arab  adabiyotidagi  ko‘rinishlari  sifatida  islomdan 
oldingi  davr  bahodirlarining  qahramonliklarini  tasvirlovchi  «Arab  kunlari»  asarida  mavjud 
bo‘lgan  ko‘p  sonli  o‘rta  asr  novellalari-maqomalarni,  shuningdek,  makr-hiyla  syujetli 
qahramonlik  romanlari  va  nihoyat,  «1001  kecha»  ertaklarini  ko‘rsatsa  bo‘ladi.  Individual  ijod 
namunasi bo‘lgan, murakkab til, so‘z o‘yiniga asoslangan maqomalar esa, XX asrgacha mashhur 
bo‘lgan. 
Muhammad  al-Muvaylihiy  Yevropa  adabiyotidan  andoza  olish,  unga  taqlid  qilishga 
qarshi  edi.  U maqomaga  yangi  hayot  bag‘ishlash,  mazmunini  yangilash  uchun  kurashdi.  1906 
yilda  «Misbah  ash-Sharq»  gazetasida  adibning  «Iso  ibn  Hishom  hikoyasi»  nomi  bilan 
maqomalar turkumi bosildi, ularning alohida nashri 1912  yilda chiqdi.  Bu asarda XIX asr oxiri 
XX boshlaridagi Misr ijtimoiy siyosiy tuzumi, ingliz istilosi qattiq hajv qilinadi. 
Asar qahramoni Muhammad Ali davrida  yashagan poshsho birdaniga ikki asr oralig‘ida 
tirilib,  hikoyachi  Iso  ibn  Hishom  bilan  birga  Qohirada  sayr  qiladi.  Birinchi  qadamdanoq 
«tirilgan» poshsho yangi urf-odat va qoidalar qurboni bo‘ladi. Muallif poshshoni turli odamlar-
savdogarlar, mansabdorlar, ko‘zbo‘yamachi do‘xtirlar bilan to‘qnashtiradi. 
Feodal  tuzum  davrida  yashagan  poshshoni  tiriltirib,  muallif  uni  burjua  taraqqiyoti  va 
mustamlakachilar hukmronlik qilgan Misrning turli-tuman tomonlariga nigoh tashlashiga majbur 
qiladi. 
Yozuvchi  poshsho  tili  bilan  G‘arbga  ko‘r-ko‘rona  taqlidni,    mansabdorlarning 
to‘rachiligini tanqid ostiga oladi. 
Garchi muallif o‘rta asr nasrining eng yetuk janri hisoblangan maqomaga murojaat qilgan 
bo‘lsa-da, uning asarlari mumtoz maqomaga taqlid emas. Muallifning bu asarlarida maqomaning 
tashqi  ko‘rinishi  olingan  bo‘lib,  zamonaviy  novella  va  drama  unsurlari  mavjud.  Muvaylihiy 
asarini maqoma bilan yaqinlashtirgan narsa asarning boshlanishi, uning qofiyalangan nasr-sajda 
yozilganidir.  Drama  unsuri  esa  dialogda ko‘rinadi,  ammo dialog  ham  mumtoz  maqoma  yo‘lida 
emas, balki komediyalar uslubida yozilgan.  
Mazkur asarning fazilatlaridan biri til soddaligi va ifodaliligidir. Hatto sajda ham muallif 
bayonni ataylab murakkablashtirmaydi. 
Shaklning  shartli  bo‘lishiga  qaramay,  asarda  realistik  tendensiya  sezilib  turadi,  chunki 
muallif  ularda  XIX  asrning  oxirlaridagi  Misr  hayotining  xarakterli  xususiyatlarini  butun 
murakkabligi  va  ziddiyatlari  bilan  tasvirlaydi.  Shuningdek,  butun  asar  davomida  kitobxon 
qahramonni  real  hayotiy  vaziyatlarda  mushohada  etadi.    «Iso  ibn  Hishom  hikoyasi»  arab 
adabiyoti  tarixida  «al-qissa»  janrini  boshlab  bergan  asar  sifatida  talqin  qilinadi.  Shuningdek,  u 


 
19 
ilk  arab  realizmi  namunasi,  qator  badiiy  uslubiy  fazilatlarga  ega  asar  hamdir.  Misr  shoiri 
Muhammad  Hofiz  Ibrohimning  (1871-1932)  «Satix  kechalari»  asari  ham  ana  shu  janrda 
yozilgan. 

Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish