Yangi davr arab adabiyoti



Download 1,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/73
Sana20.04.2020
Hajmi1,62 Mb.
#45906
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73
Bog'liq
yangi davr arab adabiyoti (1)

NOJIYa SAMER  
Tunis  adabiyoti  taraqqiyotida  adibalar  ijodi  ham  salmoqli  o‘rin  egallaydi,  ular  orasida 
esa, Nojiya Samer nomi alohida ajralib turadi.  
N.Samer  Damashqda  tunislik  oilada  dunyoga  keldi.  U,  asosan,  hikoya  va  radiopesalar 
yozadi.  Uning  pesalari  «Osmon  adolati»  («Adolat  as-sama»)  hikoyalari  esa,  «Yashashni 
xohlaymiz» («Aradna al-hayt») nomi bilan to‘plam holida nashr etilgan.  
Adiba muntazam ravishda adabiyotshunoslik bo‘yicha maqolalar e’lon qilib turadi, «An-
nadva»  («Klub»)  va  «Qissa»  («Hikoya»)  jurnallari  bilan  hamkorlik  qiladi.  N.Samer  ijodi 
o‘zining g‘oyaviy  yo‘nalishi, uslubiy xususiyatlariga ko‘ra Tunis adabiyotida  50-yillar oxiri va 
60-yillar  boshlarida  yetakchilik  qilgan  adabiy  yo‘nalishga  taaluqlidir.  Bu  –  ijtimoiy  mavzular 
asosiy  o‘rinni  egallagan  realistik  yo‘nalish  bo‘lib,  mustamlakachilikka  qarshi  milliy  kurash 
nafasi bilan yo‘g‘rilgan adabiy oqim ham unga taaluqlidir.  
N.Samerning  «Yashashni  xohlaymiz»  to‘plamiga  kirgan  14  hikoyasi  ham  antikolonial 
mavzuga  bag‘ishlangan  bo‘lib,  ulardagi  qahramonlar  Tunis  ozodligi  yo‘liga  jonini  tikkan 
insonlar siymosini o‘zida mujassamlantiradi.  
Yangi  davr  Tunis  adabiyotining  shakllanishida  radio  samarali  rol  o‘ynadi.  Tunis 
yozuvchilarining  ko‘pchiligi  radioga  kelib  ishlar  edilar.  Radiodagi  faoliyat  ko‘pchilik  Tunis 
yozuvchilari,  jumladan,  Nojiya  Samer  ijodida  ham  o‘z  izini  qoldirdi.  Radio  bayondagi 
ixchamlikni,  tilning  sodda  va  tushunarli  bo‘lishini  talab  etar  edi.  Shuning  bilan  birga 
materiallarning publisistik ruhda bo‘lishi, ma’lum bir qolipga tushirilishini taqozo qilardi.  


 
164 
N.Samerning  «Yashashni  xohlaymiz»  to‘plamiga  kirgan  hikoyalarida  jurnalistikaga  xos 
uslub, materiallarni talqin qilish tamoyili yozuvchiga katta ta’sir ko‘rsatgani shundoqqina sezilib 
turadi.  Bu  hikoyalarning  bosh  qahramoni  ayollar,  ular  uy-ro‘zg‘or  tashvishlari,  er  va  bolalar 
qayg‘usi  bilan  chegaralangan  bir  muhitda  hayot  kechiradilar.  N.Samer  asarlaridagi  ayol,  eng 
avvalo,  beka va ona siymosini  o‘zida aks ettiradi.  Ular  yumshoq tabiatli,  mehribon,  tortinchoq 
qilib tasvirlangan, ularning xislatlari – ma’naviy go‘zallik, oilaga sadoqat, qalb tozaligi. Deyarli 
barcha hikoyalar ibtidosida ular shunday qiyofada namoyon bo‘ladilar.  
«…Urush  ularning  uyi  ostonasigacha  yetib  kelgan  edi.  Jazo  bo‘linmalari  askarlari, 
fransuz  parashyutistlari  ularning  uylariga  bostirib  kirishar,  eshiklarini  buzishar,  yo‘llarida 
uchragan har qanday muqaddas va muhim narsa bo‘lsa, barchasini yer bilan yakson qilishar edi. 
Ana  shunda  bu  ayollar  jangchiga  aylanishardi»
77
.  Vatan  ozodligi  uchun  kurash  ular  qalbida 
vatanparvarlik, fidokorlik tuyg‘ularini alangalatardi.  
«Abadiy vafodorlik» hikoyasi qahramoni yaqindagina qallig‘i Tavfiqni frontga jo‘natgan 
yoshgina  hamshira  Vadia  yaradorlarga  yordam  qo‘lini  cho‘zadi.  N.Samer  qahramoni  qallig‘ini 
orziqib  kutadi,  lekin  yaralanganlar  orasida  u  yo‘q.  Yozuvchi  yaradorlar  orasidan  alohida 
shaxslarni  tanlab  olib,  ularning  hayotida  ro‘y  bergan  fojeali  lahzalarni  reportaj  usulida 
tasvirlaydi. Bu yo‘l-yo‘lakay, ammo o‘tkir ifoda kuchi bilan tasvirlangan lahzalar uyg‘unlashib, 
xalq boshiga tushgan dahshatli falokat manzarasini vujudga keltiradi.  
Vadia Tavfiqni qayta uchratmaydi. Yigit  yuzlab o‘ziga o‘xshaganlar kabi dom-daraksiz 
yo‘qolgan. Endi Vadianing o‘zi davolagan, dardini yengillatgan yaradorlar uning mehribonliklari 
evaziga ko‘nglini ko‘tarishadi, boshiga tushgan musibatni yengillatishga harakat qilishadi.  
«Qarshilik ko‘rsatish harakatiga ketayotgan kishi»  hikoyasi  qahramoni  –  Oyshaning  eri 
xotin,  bola–chaqasini  qoldirib  qarshilik  harakatiga  qo‘shilishga  ketayotganida  xotiniga  deydi: 
«Peshonamizga o‘lim yozilgan bo‘lganda ham, uni qo‘l qovushtirib, qo‘rqa-pisa kutib o‘tirish – 
sharmandalik». N.Samer hikoyasida shunday vaziyatni tasvirlaydiki, xavf-xatar bilan yuzma-yuz 
to‘qnashgan ayol o‘zi va bolalariga dushman xavf soladigan bo‘lsa, unga qarshi kurashga kirishi 
kerak  bo‘ladi.  Haqiqatan  ham  ularning  uyi  oldida  harbiy  mashina  to‘xtab,  eshiklari  taraqlay 
boshladi.  Eshik  ochilgach,  ostonada  avtomat  tutgan  ola-bula  kiyimdagi  parashyutchilar 
ko‘rinadi.  Yozuvchi  ayolning  qalbidan  kechayotgan  tuyg‘ularni  qisqa,  lo‘nda  ifodalarda 
tasvirlaydi. Oldiniga Oysha qo‘rqib ketadi, keyin qo‘rquvni bosib, eri chiqib ketganiga xursand 
bo‘ladi.  Oysha  askarlar  uylarini  g‘orat  qilishlarini  xotirjam  kuzatib  turadi  –  unga,  bolalariga 
tegishmasa bo‘ldi. Shu taxlitda adiba Oyshaning qalbida ko‘tarilayotgan his – tuyg‘ularni diqqat 
bilan kuzatib boradi va uning keyingi xatti – harakatini asoslash uchun psixologik asos tayyorlab 
boradi.  Bolalar  uning  etagiga  o‘ralib  oyoqlariga  yopishadilar.  Bu  hol  uni  onalik  shijoatini 
ko‘rsatishga  undaydi.  Askarlar  uydagi  narsalarni  olib  ketayotganda  o‘g‘ilchalaridan  birini 
berishni  talab  qiladilar.  «Kattalar  yo‘q  ekan,  bolasidan  qasos  olishga  haqqimiz  bor»,  -  deydi 
ulardan  biri.  Oysha  turgan  joyida  qotib  qoladi  –  bolalari  o‘limini  ko‘rishdan  oldin  o‘zi  o‘lgani 
yaxshi emasmi?  
Bu  fojeali  holatni  N.Samer  bir  epizod  kiritish  bilan  butunlay  o‘zgartirib  yuboradi. 
Oyshaning  ruhiy  qiynoqlarini  sezgan  bir  soldat  to‘satdan  bolakayni  o‘ldirmoqchi  bo‘lgan  ikki 
sherigini otib tashlaydi. N.Samer o‘quvchisiga bu soldatning mustamlakachi fransuz emasligini 
bildirishga oshiqadi… U boshqa insonning boshiga tushgan kulfatni tushungan, Tunis zaminini 
qonga botirgan, onalik tuyg‘usini oyoq osti qilganlarga qarshi qo‘l ko‘targan bir inson, xolos.  
«Onam» hikoyasida N.Samer o‘quvchini borbardimon qilingan, osmondan o‘qqa tutilgan 
Tunis  shaharlari  ko‘chalaridan  olib  o‘tadi.  O‘quvchi  ko‘zi  oldida  qonga  botirilgan  trotuarlar 
jonlanadi,  u odamlardan najot so‘rab jovdirab turgan  yaradorlarning ingrashlarini eshitadi.  Har 
tarafda o‘liklar sochilib yotibdi. Ularni qoplagan havo ham qon isi anqib turgan xira choyshabga 
o‘xshaydi. Bu manzarani tasvirlagach N.Samer plakatdagi yozuvga o‘xshagan izoh beradi: «Bu 
shahardagi  barcha  narsalar,  -  yozadi  u,  -  kelgindilarga  qarshi  o‘z  ozodligini  qo‘lga  olish  uchun 
kurashga otlangan mustamlaka, xalqlarning fojeasini o‘zida aks ettiradi.»
78
 
                                           
77
 Арабская литература (средневековье и современность). Т.: 1982. С.99. 
78
 Араб адабиёти. Б.100 


 
165 
N.Samerning  yozuvchilik uslubi,  bir tomondan, ixchamlikka intilishda ko‘rinsa, boshqa 
tomondan,  voqealarning  eng  keskin  lahzalarida  qahramonning  ruhiy  holatini  tasvirlashda  o‘z 
ifodasini  topadi.  Uning  asarlarida  manzara  tasvirlari  ham  juda  kam.  Muallif  xuddi  voqealar 
rivojidagi  shiddatga  putur  yetkazmaslik  uchun  ularni  chetlab  o‘tgandek  tuyuladi.  Samer 
hikoyalarida  faqat  poyonsiz  va  tim-qora  osmonda  charaqlab  turgan  minglab  yulduzlar 
manzarasini  ko‘rish  mumkin,  ammo  mana  shu  yiroqda  jimgina  miltirab  turgan  yulduzli  tubsiz 
osmon  obrazi  uning  hikoyalarida  ba’zan  bo‘layotgan  mudhish  voqealarga  qarshi  e’tiroz 
ma’nosini  beradi,  ba’zan  esa,  odamlar  najot  izlab  ko‘z  tikkan  chegarasiz  yuksaklikni  o‘zida 
mujassamlantiradi.  
«Yashashni  xohlaymiz»  hikoyasida  N.Samer  bostirib  kelayotgan  xatarni  ifodalash, 
o‘quvchi qalbini qahramon yuragi bilan bir xil tepishga majbur qilish uchun qo‘llaydigan tovush 
vositalari ham diqqatni jalb etadi. Osmondan yog‘ilib kelayotgan bombalarning chiyillashi, yerni 
larzaga  solib  portlayotgan  snaryadlar  gumburlashi,  to‘plarning  vahimali  o‘kirishlari, 
pulemyotlarning  yoqimsiz  tarsillashi  xatar  hissini  tuygan  inson  qalbi  tepishiga  ta’sir  qiladi, 
xalqning bosqinchilar bilan olib borayotgan qonli kurashiga mos ruh tug‘diradi.  
N.Samer  o‘z  qahramonlarini  xalqning  keng  qatlamlaridan  tanlaydi.  Adibaning  diqqat 
markazida turgan odamlar aynan shularning o‘zi. Ular erkaklar, ayollar, bolalar, ammo birinchi 
galda o‘z erlari, o‘g‘illari yonida turib vatan ozodligi uchun kurashga otlangan ayollar – xotinlar, 
kelinlar, onalardir. Ularning tolmas kurashchi bo‘lib shakllanishi, kurashga otlanganlar lageriga 
kelib  qo‘shilishi,  grajdanlik  tuyg‘usiga  ega  bo‘lishi  jarayoni,  siyosiy  ongining  o‘sishi,  vatan 
ozodligi  uchun  jonfidoligi  –  «Yashashni  xohlaymiz»  to‘plami  hikoyalarining  mavzulari 
shulardan iborat. Bu asarlar qahramonlari hayotga tashna, ammo tiz cho‘kib yashashni xohlamas 
edilar. Ular o‘limga tika qaraydilar va shu orqali qonli kurashlarda mustaqilligini qo‘lga kiritgan 
xalq xotirasidan abadiy o‘rin oladilar.  
Shuni  aytish  lozimki,  Tunis  zaminida  madaniyat  qadimgi  zamonlardan,  bu  yerlarda 
finikiyaliklar  yashagan  davrlardan  rivojlangan.  Keyinchalik  bu  yerlarni  rimliklar  egallab,  o‘z 
madaniyatlarini olib keldilar. Qadimgi zamonlarda Mag‘rib mamlakatlarida rivojlangan ajnabiy 
madaniyat  bizga  ma’lum  bo‘lmagan  mahalliy  madaniyat  bilan  birlashib,  o‘ziga  xos  xususiyat 
kasb  eta boshladi.  Oldingi  sivizizatsiyalar obidalarini  yakson  qilgan  arab bosqinidan keyin  esa, 
Tunisda asl arab madaniyati taraqqiy eta boshladi.  
Ilk vaqtlarda bu madaniyat umumiy til va din tufayli sharqiy arab madaniyati bilan yaqin 
aloqada  rivojlanib  bordi,  ammo  keyinchalik  sekin  –  asta  Tunisda  mustaqil  siyosiy,  iqtisodiy, 
diniy  hayot shakllana boshladi. Bu mamlakatning geografik va ijtimoiy muhiti, mahalliy aholi – 
berberlar, bu yerda muhim bo‘lib qolgan rimliklar, karfagenliklar uning shakllanishiga bevosita 
ta’sir  o‘tkazdilar.  Shu  bois  ko‘p  asrlar  davomida  bu  o‘lkada  turli  madaniyatlarning  qorishib 
ketishi jarayoni davom etdi.  
Tunis  madaniyatiga keyinchalik bu  yerga kelgan  madaniyatlarning ko‘rsatgan ta’siri bir 
xil emas. Masalan, turklar to‘g‘ridan – to‘g‘ri bu madaniyatga deyarli hech qanday ta’sir o‘tkaza 
olmadilar, ularning bevosita ta’siri madaniy ko‘tarilish davrida birmuncha seziladi, xolos.  
Fransuz  madaniyati  ta’siri  esa,  ayniqsa,  XIX  asr  oxiri  va  XX  asr  boshlarida  sezilarli 
bo‘ldi.  Ammo  aytish  joyizki,  arablar  ta’siri  bu  yerda  hammadan  kuchli  bo‘lib,  yerli  aholi 
tomonidan chuqur o‘zlashtirildi va hozirgacha saqlanib qolmoqda.  
Tunisda  arab  mumtoz  adabiyoti  xazinasiga  kirgan  juda  ko‘p  asarlar  yaratildi.  Bu 
mamlakatning o‘rta asrlar adabiyoti ham shakl, ham mazmun jihatidan sharqiy arab adabiyotiga 
o‘xshashdir.  
Arab dunyosida XIX asr boshlaridan ajralish jarayoni boshlanadi va bu, ayniqsa, siyosiy 
va iqtisodiy hayotda o‘z ifodasini topdi. Tunisda ham Mag‘rib va arab dunyosi tarkibiga kiruvchi 
alohida  yaxlitlik  tasavvuri  shakllana  boshlaydi,  Yevropa  taraqqiyotining  bevosita  va  bilvosita 
ta’siri  ostida  tub  o‘zgarishlar,  islohotlar  zamoni  boshlanadi.  Yevropa  bilan  bo‘lgan  madaniy 
aloqalar esa bu jarayonda muhim rol o‘ynadi.  
Bu mamlakat  taraqqiyotiga Yevropada kechayotgan jarayonlar ta’sirida rivojlanayotgan 
birinchi  musulmon  davlati  bo‘lmish  Turkiya  tajribasi  katta  ahatiyatga  ega  bo‘ldi.  Ayni  paytda 


 
166 
madaniyat sohasida, turmush tarzi va urf-odatlarda yangilanish jarayoni eski hayot tarzini yengib 
o‘tish  bilan  bog‘liq  ko‘plab  to‘siqlarga  duch  kelindi.  Bu  jarayon  sekin  –  asta  qadimparast  va 
reaksion kuchlar bilan kurashda kechdi.  
XIX  asrning  o‘rtalaridan  boshlab  Tunis  madaniyati  umumarab  madaniyatidan  ajralib 
chiqib,  mustaqil  rivojlana  boshladi.  Ba’zibir  arab  adabiyotlari  mavzu  va  g‘oya,  shakl  nuqtai 
nazaridan  o‘zaro  farq  qila  bordi  va  o‘ziga  xos  rivojlanish  yo‘liga  qadam  qo‘ydi.  XX  asrning 
o‘rtalariga kelib milliy arab adabiyotlari haqida gapirish mumkin bo‘lib qoldi.  
Hozirgi zamon Tunis adabiyoti mahalliy 
 an’analarning  sharq  va  g‘arb  adabiyoti 
unsurlari bilan birlashgan shaklini o‘zida mujassamlantiradi. Buning natijasida o‘ziga xos Tunis 
adabiyoti shakllandi, unda qator original asarlarni vujudga keltirgan oqimlar paydo bo‘ldi.  
Tunisda  fransuz  adabiyotining  ta’siri  Jazoirdagidek  kuchli  bo‘lmadi.  Tunisning 
fransuzzabon  adabiyoti  umumiy  –  adabiy  jarayondan  birmuncha  ajralib  tursa  ham,  u  baribir 
mamlakat  adabiyotining  tarkibiy  qismi  bo‘lib  qoldi  va  roman  uning  eng  rivojlangan  janriga 
aylandi.  
Tunis  adabiyoti  hanuzgacha  mamlakat  tashqarisida  unchalik  ma’lum  emas,  jahon 
tanqidchiligida ham juda kam yoritilganicha qolmoqda. Bu hol unga oid ba’zibir asossiz fikrlarni 
keltirib  chiqarmoqda.  Aslida,  Tunis  adabiyotining  taraqqiyot  yo‘li  uning  katta  imkoniyatlarga, 
kelajakka  egaligini  ko‘rsatmoqda.  Tunis  adiblarining  badiiy  mahorati  tobora  o‘sib  bormoqda, 
ularning asarlari mavzusi esa, rang-baranglik va teranlik kasb etmoqda.  
 

Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish