Yangi davr arab adabiyoti



Download 1,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/73
Sana20.04.2020
Hajmi1,62 Mb.
#45906
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   73
Bog'liq
yangi davr arab adabiyoti (1)

MAHMUD BAYRAM AT-TUNISIY  
Bu davr adabiyotida muhim rol o‘ynagan mualliflardan biri Mahmud Bayram at-Tunisiy 
(1893-1961)  bo‘lib,  u  Aleksandriya  shahrida  tunislik  oilada  dunyoga  keldi,  1919  yilda 
Aleksandriyada  chiqadigan  «Yodgorlik  toshi»  («al-Misalla»)  jurnali  bilan  hamkorlik  qilib, 
o‘zining adabiy faoliyatini boshladi.  
Mahmud  Bayram  at-Tunisiy  1919  yilda  Aleksandriyadan  Tunisga  keladi,  keyin  esa, 
Fransiyaga jo‘nab ketadi. U 1921 yilda ona vataniga qaytadi va «ash-Shabab» («Yoshlar») nomli 
gazeta chiqara boshlaydi. Oradan ko‘p o‘tmay kolonial hokimiyat vakillari uni Tunisdan chiqib 
ketishga  majbur  qiladilar,  u  Misrga  qaytadi  va  umrining  oxirigacha  shu  yerda  yashaydi.  Uning 
adabiy  merosi  barakali  bo‘lib,  ikki  devon,  pesalarni  («Shahrizoda»,  «Dinarlar»  va  b.)  qamrab 
oladi.  
Bayram  serqirra  iste’dod  sohibi  edi,  kulgi,  achchiq  kinoya  ham  unga  begona  emas.  U 
asarlari  uchun  materialni  shahar  va  qishloq  muhitidan  tanlar  edi.  Uning  poeziyasi  sezilarli 
darajada xalq og‘zaki ijodi ta’sirida bo‘ldi, bu asarlarining ham mazmunida, ham shaklida, ham 
musiqiyligida o‘z ifodasini topdi.  
Tunis  adabiyotida  fransuz  tilida  ijod  qiluvchi  adiblar  alohida  bir  qatlamni  tashkil  etadi. 
Fransuzzabon  adabiyot  Tunisda  Jazoirdagi  singari  mavqega  esa  bo‘lmasa  ham,  lekin  umuman 
mamlakatdagi adabiy jarayonda salmoqli o‘rin tutadi.  
Fransuzzabon  adiblardan  biri  –  Muhammad  Nu’mon  1923  yilda  «Parda  ortida»  nomli 
hikoya  e’lon  qilgan  bo‘lsa,  tunislik  advokat  Taxar  Essafi  «Zumraddan  yasalgan  afsungar» 
(1931), «Marokashlik ayol» (1935) novellalari bilan chiqdi. Essafi o‘z novellalarida musulmon 
mamlakati ayoli ahvolini qalamga oldi, bu sohada chuqur islohotlar o‘tkazish, o‘zgarishlar qilish 
lozimligini ta’kidladi, birinchi marta duragay oila masalasini ko‘tarib chiqdi.  
Mahmud Aslan, Mustafo Kurd, Saloh Ettri va boshqalar Tunisning fransuzzabon shoirlari 
edilar.  
Umuman olganda, urushlar oralig‘idagi davr yangi Tunis adabiyotini vujudga keltirishda 
navbatdagi  bosqich bo‘ldi. Bu davr adabiyotida  novatorlik, asosan, asarlarning mazmunida o‘z 
ifodasini topdi, shakl jihatidan esa, ular hali an’anani  davom  ettirar edilar. Ayniqsa, poeziyada 
an’anaviylik kuchli seziladi,  faqat  unga xalq  tili kirib kelganini ta’kidlash mumkin.  Bu davrda 
poeziya nasrga nisbatan quyiroq mavqeni ishg‘ol qilardi.  

Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish