IV BOB
XX ASRNING BIRINChI YaRMIDAGI ARAB ShE’RIYaTI
(MISR, SURIYa)
XX asr boshlaridagi arab adabiyotida ko‘proq nasr taraqqiy topdi. Poeziyada esa, bu
davrda mazmunan ko‘pincha an’anaviy lirika ustunligicha qoldi. Shoirlar ko‘hna o‘lchov
shakliga amal qildilar.
Arab she’riyatida mumtoz an’analar kuchli bo‘lib, yangilanish jarayoni sekin va og‘ir
kechdi. Shunga qaramasdan, ko‘hna qasida shakli yangi mazmun bilan boyidi: jo‘shqin
vatanparvarlik, ozodlik harakatiga da’vat va jamiyatning boshqa dolzarb muammolari qasidaning
asosiy mavzusiga aylandi. Qasida shaklining asta-sekin yemirilishi jarayoni boshlandi, poetik
ijodni keng kitobxonlar qatlamiga yaqinlashtirish, tilni soddalashtirish keng tus oldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |