Yangi davr arab adabiyoti


Muhammad Teymur (1892-1921)



Download 1,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/73
Sana20.04.2020
Hajmi1,62 Mb.
#45906
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   73
Bog'liq
yangi davr arab adabiyoti (1)

 
Muhammad Teymur (1892-1921) mashhur filolog olim Ahmad posha Teymur oilasida 
tug‘ilgan. Boshlang‘ich, o‘rta ma’lumotini Misrning yevropalashgan yangi maktablaridan birida 
oldi.  Bolalikdan  adabiyot  va  san’atga  mayli  bor  edi.  U  1911  yilda  otasining  istagiga  binoan 
o‘qishni  davom  ettirish  uchun  Yevropaga  jo‘naydi.  Birinchi  jahon  urushi  boshlanganda  u 
vatanida  edi,  Parijdagi  yuridik  ta’limi  chala  qoladi.  Mamlakatda  urush  va  inqilobiy  harakat 
ko‘tarilayotgan  sharoitda  M.Teymur  madaniyatining  boshqa  liberal  arboblari  qatorida  o‘zining 
ijtimoiy  va  ijodiy  faoliyatini  faollashtiradi.  M. Teymurning  matbuotdagi  chiqishlarida,  xuddi 
boshqa  zamondoshlarinikidek,  siyosiy  aniqlik  va  konkretlik  yo‘q  edi.  U adolat,  demokratiya 
haqida umumiy ishoralar bilan chiqardi. 
San’atlar  ichida  M. Teymurning  eng  mehr  qo‘ygani  teatr  edi.  U komediyaning  Moler, 
Bomarshe  kabi  ustalarini  e’zozlar,  ayniqsa,  Shekspirni  «jahon  drammasining  otasi»  deb  atardi. 
Muhammad  o‘zining  sahna  san’ati  nazariyasi  va  Yevropa  teatri  tajribasini  Misr  voqeligiga 
bog‘lashga intildi. 
Muhammad  pesalari  asosida  pirovardida  to‘siqlarni  yengadigan  muhabbat  mavzusi 
yotadi. Pesalarining qurilishida u uch birlik talabiga amal qildi. 
M. Teymurning  yozuvchilik  salohiyati  «Ko‘z  nimani  ko‘rsa»  («Ma  taraxa  al-uyun», 
1917-1918)  novellalarida  yorqin  namoyon  bo‘ldi.  Yozuvchining  aksariyat  hikoyalarining 
zamirida  mavjud  jamiyatda  boylik,  hokimiyat  yovuzlik,  illatni  tug‘dirmaydi,  balki  yovuz, 
axloqsiz kishilar boylik va hokimiyatga ega bo‘ladilar, degan g‘oya yotadi. 
Ma’rifatparvar  sifatida  u  ijtimoiy  illatni  yo‘qotishning  yagona  yo‘li  insonni 
takomillashtirish,  ma’rifatini  tarqatish,  mulkdorlar  va  ma’lumotli  doiralar  tomonidan  xalqqa 
ko‘mak berish deb tushunadi. 
«Telba oshiq» novellasida hikoya qiluvchi boy do‘stiga murojaat qilib: «Sening yurting, 
ey  do‘st,  yaxshilikka  sarflash  uchun  hozirliklaringning  bir  qismiga  muhtoj.  Seni  kambag‘allar 
kutmoqda, ularga tekin maktablar kerak, seni qariyalar kutmoqda, ularga kasalxonalar ochuvchi 
sen emasmi?!» deydi. 
 Yozuvchi  xalq  maorifi  uchun  kurashdi.  Lekin  bu  muammoni  ma’rifatparvarlarga  xos 
shaklda hal qiladi. 
«Poezdda» hikoyasi: Kupeda suhbat ketadi. Yo‘lovchilar dehqonga o‘qish kerakmi degan 
mavzuda  bahslashadilar.  Bahsga  sabab  bo‘lgan  narsa  umumiy  ta’limni  joriy  etish  va 
savodsizlikka  qarshi  kurash  haqidagi  gazetadagi  xabar  bo‘ladi.  Shayx  va  oqsoqol  (o‘mda) 
dehqonning  ma’lumotli  bo‘lishini  «jinoyat»  deb  hisoblaydi.  «Dehqonga  darradan  boshqa  narsa 
kerakmas,-  deydi  ochiqdan  ochiq  suhbatdoshlardan  biri,-  chunki  u  beshikdan  qabrgacha 
bo‘yinsunishga  o‘rgangan».  Hikoya  qiluvchi  va  talaba,  qishloq  kishilari:  «Dehqon  ham  bizga 
o‘xshagan  odam,  o‘z  yaqiningga  bunday  muomala  qilish  gunohi  azim»,  -deyishadi.  Hikoyada 


 
39 
hukmron  tabaqa  vakillari  muallif  tomonidan  bevosita  taraqqiyparvar,  Misr  «yangilanishi»ga 
rahbarlik qilishga qodir kuch sifatida baholanadi. 
M. Teymur 
hikoyalarining 
asosiy 
xususiyatlari 
hayotni 
qarama-qarshiliklarda 
ko‘rsatishdir.  Uning  samimiyati  va  xayrixohligi  hamisha  kambag‘allar  va  tahqirlanganlar 
tomonida  «to‘y  va  dafn»  qahramonlaridan  biri  o‘g‘li  o‘lgan  izvoshchi,  boshqasi  o‘g‘liga 
dabdabali  to‘y  qilayotgan  poshsho.  U kambag‘alga  dafn  uchun  sadaqa  berishdan  bosh  tortadi. 
Hikoya xuddi A. Chexovning «Qayg‘u»sini eslatadi, u yerda ham yolg‘iz kambag‘alning fojiasi 
ko‘rsatiladi. 
Zamonaviy  jamiyatning  fe’l-atvorini  adib  «Matatiya  kafesidagi  ramazon»  hikoyasida 
tasvirlaydi.  Kafeda  turli  ijtimoiy  guruh  vakillari  o‘tiribdi.  Mana  hurmatli  shayx,  u  ro‘zani 
buzgani yo‘q, lekin uning o‘yin-kulgi qilayotgan odamlar orasida ishtirok etishi diniy riyokorlik 
timsoli bo‘lib tuyuladi. 
Mana kafega boshqa odam kirdi, o‘zini taqvodor qilib ko‘rsatadi, ammo islom aqidalarini 
buzib  yashirincha  faqat  ovqatgina  emas,  spirtli  ichimlik  ham  buyuradi.  Kafe  jihozlarini 
tasvirlarkan  muallif  go‘yo  ular  go‘zalligini  kafening  doimiy  shinavandalarining  munofiqligi  va 
ikkiyuzlamachiligiga qarama qarshi qo‘yadi.  
M. Teymur  ijodi  realistik  hikoya  janri  taraqqiyotini  boshlab  berdi.  Teymur  asaralari 
problematikasi sezilarli darajada demokratlashdi.  Qahramonlar orasida xalqning  quyi  tabaqalari 
vakillarini, dehqonlarni, jamiyatining bilimdon doiralari vakillarini ko‘ramiz. 
M. Teymur novellistika san’atini, fikrini qisqa va aniq ifodalashini bu janrning Yevropa 
adabiyotidagi  eng  yaxshi  vakillaridan,  ayniqsa,  A. Chexov  va  Mopassandan  o‘rgandi.  Ayni 
paytda,  uning  asarlarida  milliy  Misr  koloriti  sezilib  turadi.  Shuni  ko‘zda  tutib 
I. Yu. Krachkovskiy «Ko‘zlar nimani ko‘radi»ni o‘qishda birinchi qarashdayoq men arab milliy 
novellasining tarovatini his qildim»,
14
 deb yozgan edi. 
M. Teymur  hikoyalarida  tanqidiy  realizm  alomatlari  ham  paydo  bo‘ladi  -  ijtimoiy, 
maishiy  muhit  aniqlashtirilgan,  qahramonlar  xarakteri  indiuviduallashtirilgan.  M. Teymur  ijodi 
unga Misr adabiyotida hikoya janrining asoschisi, degan munosib shuhratni keltirdi. 

Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish