Yangi davr arab adabiyoti



Download 1,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/73
Sana01.08.2021
Hajmi1,55 Mb.
#135534
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73
Bog'liq
yangi davr arab adabiyoti

BEShIR XRAYEF  
Beshir Xrayef realistik oqimning eng ko‘zga ko‘ringan namoyandasi bo‘lib, 1917  yilda 
dunyoga  keldi.  U  adabiyotga  kirib  kelgunga  qadar  bir  necha  bor  kasbini  o‘zgartirdi.  Limonad 
sotuvchi  savdogar,  ko‘chada  gazeta  sotuvchi  va  hokazolar  bo‘ldi.  Keyinroq  u  Xalduniya 
universitetini tugatib, o‘qituvchi bo‘lib ishlay boshladi.  
Xrayef  o‘zining  birinchi  hikoyasini  1936  yilda  e’lon  qildi.  Keyingi,  1937  yilda  e’lon 
qilgan  «Zulm  tuni»  hikoyasida  majburan  turmushga  berilayotgan  tunislik  qiz  to‘y  arafasidagi 
oxirgi  tunini  dugonalari  doirasida  o‘tkazgani,  sevgilisi  bilan  xufyona  vidolashgani  borasida 
hikoya  qilinadi.  Jamiyatdagi  axloqiy  muhitga  salbiy  ta’sir  ko‘rsatuvchi  ayollar  huquqsizligi 
mavzusi keyinchalik Xrayefning boshqa asarlarida ham o‘z aksini topdi.  
Oradan  yigirma  yil o‘tgach Xrayef  «Sinish» romanini nashr ettiradi, unda Tunis mayda 
burjuaziyasining  hayotini  aks  ettiradi.  Asarda  Tunis  mayda  burjuaziyasining  hayotiy  lavhalari, 
G‘arbiy Yevropa modernizmi ta’sirida siyosiy masalalarga befarq bo‘lib ketgan yoshlar turmushi 
yorqin aks ettirilgan.  
Romanning  bosh  qahramoni  22  yashar  Slim  al-Burjiy  Xrayefning  avtobiografik 
sarguzashtlari  asosida  tasvirlangan.  Slim  Zitunda  o‘qiydi,  ammo  imtihonda  yiqilgach  o‘qishni 
tashlab  ketadi  va  advokat  idorasiga  ishga  kiradi.  Romanning  ilk  sahifalari  qahramonning  o‘z 
hayoti  voqealari  to‘g‘risidagi  ta’sirchan  izhori  dilidan  iborat.  Onasining  erkatoyi  hech  narsada 
kamchilik  ko‘rmasdan  o‘sgan  Slim  zerikib  yashaydi,  o‘zini  qaerga  qo‘yishni  bilmaydi.  Teatr 
muhitiga  kirib  qolgach  esa,  u  Latifa  nomli  aktrisa  bilan  tanishadi,  uni  sevib  qoladi.  Latifa  esa 
aktrisa  bo‘lib  ishlay  boshlagan  fohisha  bo‘lib  chiqadi.  Romanda  to‘satdan  sirli  bir  shaxs  – 


 
163 
tunislik  tadbirkor  Rabah  paydo  bo‘ladi.  Latifa  uni  sevib  qoladi,  Slim  esa  javobsiz  qolgan 
muhabbati tufayli azob chekadi.  
Romanda Tunis yoshlarining 20-yillardagi hayoti, psixologiyasi, turish-turmushi, odatlari 
aks  ettirilgan.  Asar  matni  maqollarga  boy,  muallif  tili  adabiy  bo‘lsa  ham,  ammo  dialoglar 
shevada yozilgan. Bu uslub tanqidchilar e’tiroziga sabab bo‘ldi.  

Download 1,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish