Yangi davr arab adabiyoti



Download 1,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/73
Sana01.08.2021
Hajmi1,55 Mb.
#135534
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   73
Bog'liq
yangi davr arab adabiyoti

MA’RUF AR-RUSAFI  
(1875-1945)  
Shoir Bag‘dodda kurd oilasida dunyoga  keldi. U boshlang‘ich ta’limni Bag‘dodda oldi. 
Keyinchalik  Bag‘dodda  arab  adabiyotidan,  Konstantinopoldagi  Davlat  Oliy  maktabida  arab 


 
122 
tilidan  dars  berdi.  Adib  Turkiya  parlamenti  departamentiga  saylandi,  ammo  ko‘p  o‘tmay 
hukumat  bilan  ixtilofda  bo‘lgani  uchun  davlat  ishlarini  tark  etdi.  Ar-Rusafi  jasorat  bilan  o‘z 
qarashlarini himoya qilar, mamlakatning tez sur’atlar bilan rivojlanishi tarafdori edi.  
Ar-Rusafi  o‘zidan  ham  poetik,  ham  nasriy  asarlardan  iborat  juda  boy  adabiy  meros 
qoldirdi. Ayniqsa, uning  "Ar-Rusafiyot"  nomi bilan 1910 va 1931 yillarda nashr etilgan devoni 
juda mashhur.  
Ar-Rusafiy  she’riyati  bir  qator  o‘ziga  xos  xususiyatlarga  ega.  Shoir  an’anaviy  shakl  va 
janrlardan  foydalangan  bo‘lsa  ham,  uning  she’rlari  zamon  ruhi  bilan  sug‘orilgan,  til  va  uslub 
jihatidan  sodda  va  tushunarli  edi.  Zamonasining  turli  jihatlarini,  xususan,  ijtimoiy 
munosabatlarni  qalamga  olar  ekan,  u  o‘z  asarlarida  xalq  hayotini  yaxshilash  g‘oyalarini, 
odamlarning orzu-umidlarini ifodalashga harakat qildi.  
Ar-Rusafiyning  she’rlari  xalq  orzu-umidlari  haqqoniy  aks  ettirilgani,  odamlar  qalbida 
jo‘sh  urib  turgan  g‘azab  va  nafratni  ifodalagani  uchun  Iroq  xalqi,  boshqa  arab  mamlakatlari 
aholisi orasida keng tarqalgan edi. Shoir o‘z xalqini ozod ko‘rishni istardi. Ammo Iroq istiqlolini 
qo‘lga  kiritish  bunchalik  uzoq  muddatlarga  cho‘zilgani  unda  umidsizlik,  chorasizlik 
kayfiyatlarini tug‘dirardi.  
 
Arablar, aytingchi, kelarmi, qachon -  
 
Siz g‘aflat uyqusin tark etgan zamon.  
Ar-Rusafiy "Iroqda so‘z erkinligi" she’rida yuraksizlik tufayli zolimlarga qulluq qiluvchi 
shoirlarni achchiq so‘zlar bilan tanqid qiladi:  
 
Jim bo‘lingiz! So‘z taqiqlangan,  
 
Uyquga cho‘ming-u, qaytib uyg‘onmang.  
 
Uxlab, tush ko‘rayotganlar baxtlidir bugun,  
 
"Millat ozodligi" so‘zini endi unuting.  
 
Kamsuqum bo‘lganlar orom yashaydi,  
 
Dolzarb mavzularni chetlab o‘tganlar!..  
Ammo shoir pirovard g‘alabaga ishonar va bu ishonch unga umid bag‘ishlardi:  
 
Ojiz huquqini olur, yo‘qolur zulm,  
 
Zolimlar ham yo‘q bo‘lur bir kun.  
 
Bunyodkorlik shafag‘i yarqirab- 
 
Vatan osmoniga yoyilar so‘zsiz.   
Shoir  hal  qiluvchi  bu  kurashda  asosiy  rahbarlik  rolini  ishchilar  sinfi  o‘ynaydi,  deb 
hisoblar,  shuning  uchun  ham  hokim  tabaqalar  o‘zlarining  asosiy  zarbalarini  milliy-ozodlik 
harakatida  munosib  o‘rin  egallash  uchun  kurashayotgan  ishchilar  sinfiga  qarshi  qaratgan  bir 
mahalda, ularni himoya qilib asarlar yozdi.  
Ar-Rusafiyning  "Ishchilarga"  asari  shoirning  mehnat  kishisining  jamiyatdagi  roli, 
kurashdagi o‘rnini qanday tushunganini yorqin ifodalab beradi. Ishchilarning siyosiy va ijtimoiy 
huquqini himoya qilishga bag‘ishlangan bu she’r bunday so‘zlar bilan boshlanadi:  
 
Mamlakatning barcha boyligi -  
 
Mehnat samarasi, o‘zga narsamas...  
 
Taraqqiy etsa agar yana jamiyat,  
 
Bularning barchasi ishchilar tufayli.  
Shoir  insondo‘stlik  va  halollik  quvg‘in  qilingan  jamiyatning  axloqiy  norasoliklarini 
qalamga  oladi,  odamlar  o‘z  muddaolarini  hosil  qilish  uchun  qo‘llaydigan  turli  g‘ayriqonuniy, 
tuban vositalarni qoralaydi.  
"Hayot  bizni  firibgarlik  va  aldov  yo‘liga  boshladi  va  ko‘rib  turganingizdek,  biz  tulki 
terisidan tikilgan soxtakorlik nimchasini kiyib oldik.  
Bu  azoblarimiz  yana  qancha  davom  etarkin,  qachongacha  ko‘r  va  gumroh  bo‘lib 
yuramiz?"  
Iroqning  o‘sha  davrdagi  sharoitida  o‘z  iymon  -  e’tiqodi  haqida  ochiq  so‘zlash  adibdan 
katta grajdanlik jasoratini talab qilar edi. O‘z yo‘lining xaqligiga ishonch shoirga kuch bag‘ishlar 
edi.  


 
123 
Az-Zaxoviy  va  ar-Rusafiy  ijodining  ilg‘or  jihatlari  Iroq  adabiyotiga  30-yillarda  kirib 
kelgan Muhammad Mahdi al-Javohiriy (1905 y.tug‘.), Muhammad Solih Bahr al-Ulum (1912 y. 
tug‘.) tomonidan rivojlantirildi.  
 

Download 1,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish