Yangi davr arab adabiyoti



Download 1,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/73
Sana01.08.2021
Hajmi1,55 Mb.
#135534
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   73
Bog'liq
yangi davr arab adabiyoti

IROQ ShE’RIYaTI 
Poeziya  Iroq  adabiyotining  eng  rivojlangan  sohasi  bo‘lib,  aksar  shaharlar  uning 
rivojlanish  markazlari  bo‘lib  xizmat  qildilar.  Cho‘l  etagida,  giyoh  o‘smaydigan  tekislikda 
joylashgan mo‘jazgina Najaf shahri bu manzillarning eng muhimi edi. Najaf avloddan avlodga 
o‘tib kelayotgan arablarning jonli tarixini saqlovchi bir xazinadir.  
Iroq  adabiyotida  XIX  asrning  oxirigacha  she’riyat  asosiy  o‘rin  egallar,  unda  an’analar 
iskanjasida qolgan lirika, islomiy ruh hukmronlik qilar edi. Ammo  XIX asrning boshlarida ro‘y 
bergan barcha muhim siyosiy  voqealar Jamil Sidqi az-Zaxoviy (1868-1939),  Ma’ruf ar-Rusafiy 
(1875-1945),  Abu  al-Muhsin  al-Kozimiy  (1865-1935)  ijodida  o‘z  aksini  topa  boshladi.  Bu 
shoirlar  ijodining  gullagan  davri  XIX  asrning  20-30  -  yillariga  to‘g‘ri  keladi.  Bu  davrda  ingliz 
bosqinchilari va ichki feodal reaksiyasiga qarshi jo‘shqin kurash davom etardi.  
Iroq  jamiyatida  XX  asr  20-yillarning  oxiriga  kelib,  har  jihatdan  rivojlanish  nishonalari 
ko‘rina boshladi, jamiyatda tabaqalanish kuchaydi, xalq ommasining ongi o‘sdi, shaharlar sur’at 
bilan  rivojlandi,  sanoat  korxonalari  vujudga  keldi,  ular  xonavayron  bo‘lgan  hunarmandlar  va 
kasanachilarni  o‘z  bag‘riga  oldi.  Bu  omillar  ishchilar  sinfining  maydonga  kelishi, uning  o‘zini 
anglash  jarayonining  tezlashuviga  olib  keldi.  Bu  davrda  o‘rta  burjua  tabaqalari  ham  anchagina 
mustahkam mavqega ega bo‘ldi.  
Iroq  qishloqlarida  feodallar  zulmi,  monarxiya  tuzumini  qo‘llab-quvvatlagan  hukmron 
doiralar  istibdodi  kuchaydi.  Buning  oqibatida  mamlakatda  ish  tashlashlar,  ommaviy  mitinglar, 
namoyishlar,  ayovsiz  ekspluatatsiya  qilinayotgan  dehqonlarning  qurolli  qo‘zg‘olonlari  yuzaga 
kelaboshladi. Bunday hol Iroq xalqi oldiga yangi maqsad va vazifalar qo‘ydi.  
Iroq xalqining shiddatli kurashi adabiy hayotda jonlanishga olib keldi, bir qator ijtimoiy-
siyosiy va adabiy jurnallar ta’sis etildi.  
Iroqning  vatanparvar  shoirlari  miting  va  yig‘ilishlarda  xalq  oldiga  chiqib  o‘z  asarlarini 
o‘qishar,  odamlarni  ruhlantirib,  faol  siyosiy  kurashga  chorlar  edilar.  Vatanparvar  shoirlar 
inglizlar  siyosatiga  qarshi  oppozision  partiyalar,  gazetalar  atrofiga  birlashar,  klublarda  faoliyat 
ko‘rsatishar edi.  
Iroq shoirlarining xalq hayoti, kurashiga  faol aralashuvi Iroq poeziyasiga barakali ta’sir 
ko‘rsatdi,  tilning  tushunarliligi,  uslubning  soddaligi  bu  davr  poeziyasining  o‘ziga  xos 
xususiyatiga aylandi. Yangi davr  Iroq  shoirlari asarlari endilikda o‘rta asr arab poeziyasiga xos 
balandparvozlik,  murakkab  ifodalardan  xoli  edi.  Eski  shakllarni  saqlab  qolgan  holda  shoirlar 
xalq  hayoti,  uning  kurashini  o‘z  asarlari  mazmuni  qilib  oldilar  va  bu  bilan  adabiyotga  yangi 


 
121 
poetik shakllarning kirib kelishiga zamin hozirladilar. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng esa, ular 
badiiy adabiyotdan o‘rin egalladi.  
Mazkur davrda novella, drama kabi boshqa adabiy janrlar badiiy adabiyotga kirib kelgan 
bo‘lsa ham, Iroq adabiyotidagi rivojlanish aynan poeziya, ayniqsa, siyosiy poeziya bilan bog‘liq 
edi.  Bu  hol,  birinchi  navbatda,  Iroq  poeziyasi  boshqa  adabiy  shakllarga  nisbatan  xalqqa  yaqin 
bo‘lganligi, tushunarliroq, ifodaliroq bo‘lgani bilan izohlanadi. Ikkinchidan, qisqa va ta’sirchan 
she’r  odamlar  ongiga  tez  ta’sir  qilar,  miting  qatnashchilari  she’rlarni  jo‘r  bo‘lib  takrorlashar, 
kuylashar,  qo‘lda  ko‘chirib  tarqatishar,  bu  esa  she’riyatga  qiziqishni  ham  kuchaytirardi. 
Uchinchidan,  shoirlar  ishtirokida  o‘tgan  ommaviy  miting  va  namoyishlar  xalqqa  o‘z  ta’sir 
kuchini ko‘rsatar, uni kurashga chorlar edi.  
Tabiiyki,  shoirlar  siyosiy  voqealarni  ifodalashda  turli  adabiy  vosita  va  uslublardan 
foydalanar  va  bu  narsa  har  bir  ijodkorning  salohiyati,  iste’dodi,  ro‘y  berayotgan  voqealar 
mohiyatini tushunib, haqqoniy ifodalash qobiliyatiga bog‘liq edi.  
Bu davrda adiblar xalq hayoti muammolarini chuqurroq anglay boshladilar. Vatanparvar 
shoirlar ijodida kurashchan xalq obrazi muhim o‘rin egalladi. Bunday mualliflarning ko‘pchilik 
asarlari  xalq  turmushi,  uning  iqtisodiy,  siyosiy,  ijtimoiy  ahvoli  tasviriga  bag‘ishlangan.  Ularda 
xalq  ommasi  kayfiyati,  ularning  tuyg‘ulari,  baxtga  intilishlari  va  hokazolar  o‘z  aksini  topgan. 
Iroq vatanparvar shoirlari  asarlari xalq qudratini tashqi va ichki reaksiyaga qarshi birlashtirishda 
katta  rol  o‘ynadi.  Poeziya  xalq  ongini  o‘stirish,  uni  ma’rifatli  qilish,  tevarak-atrofdagi 
xatarlardan  ogoh  etishga  xizmat  qilardi.  Badiiy  ijod  ozodlik  yo‘lidagi  kurashda  xalq  qo‘lidagi 
qurolga aylandi.  
Bu  ijodkorlarning  xalqqa  bo‘lgan  ishonchi,  ular  taqdirining  xalq  taqdiri  bilan  birlashib 
ketishi,  o‘z  ijodlarini  xalq  xizmatiga  bo‘ysindirishlari  ular  merosini  xalqchil  adabiyot  sifatida 
baholash imkonini beradi. Mazkur davr Iroq adabiyotining ulkan shoirlaridan biri Jamil Sidqi az-
Zaxovi edi.  
 

Download 1,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish