Yangi davr arab adabiyoti



Download 1,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/73
Sana01.08.2021
Hajmi1,55 Mb.
#135534
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   73
Bog'liq
yangi davr arab adabiyoti

 
 
BAHR AL-ULUM 
Shoir Najafda - shoirlar shahrida dunyoga keldi. Adibning  ismiga e’tibor qilinsa, uning 
ajdodlari ilm olamida mashhur bo‘lganligini bilib olish mumkin.  
Shoirning  ajdodlari  ota  tomonidan  Bahr  al-Ulum,  ona  tomonidan  Javohiriy  bo‘lib,  bu 
xonadonlar o‘z shoirlari bilan shuhrat qozongan edilar. Muhammad Mahdi al-Javohiriy, Bahr al-
Ulumning tog‘asi, buyuk arab shoiri ham shu xonadon namoyandasi edi.  
Iroqda  uzoq  muddat  davomida  reaksiya  hukmroklik  qildi.  Xalqning  eng  yaxshi 
o‘g‘lonlari  qamoqxonalarda  azob  chekdilar.  Xalq  shoiri  Bahr  al-Ulum  ham  30  yilga  qamoq 
jazosiga  hukm  qilingan,  undan  16  yilini  qamoqxonada  o‘tkazgan  edi.  Mamlakatdagi  feodal  - 
monarxiya  tuzumini  ag‘darib  tashlagan  1958  yil  14  iyuldagi  inqilob  uni  ozodlikka  olib  chiqdi. 
Qamoqxonadagi alamli kunlarni eslab shoir bunday yozgandi:  
 
Ko‘p yillar chidadim mustabidlar hukmronligiga,  
 
Ammo qalbimda umid yashar edi barhayot.  
Bahr  al-Ulum  inqilobgacha  yaratgan  barcha  she’rlar  mustamlakachilarga  qarshi 
qaratilgan.  Iroq  yozuvchilaridan  biri  topib  aytganidek,  yozuvchi  "imperializm  uni  qanchalik 
ta’qib qilgan bo‘lsa, u ham o‘z ijodi bilan imperializmni undan ortiqroq ta’qib qildi".  
Bahr al-Ulumning asarlari sodda va tushunarli tilda yozilgan. U chinakamiga xalq shoiri, 
uning she’rlarini Iroqda sevib o‘qishadi. Javohiriy mumtoz shoirlar orasida birinchi bo‘lsa, agar 
u al-Mutanabbiy, al-Buxturiy, al-Maariy, ar-Rusafiy kabi o‘lmas shoirlar orasida o‘ziga munosib 
joy  egallagan  bo‘lsa,  Bahr  al-Ulum  xalq  irodasini  ifodalagan  shoirlar  orasida  birinchi  o‘rinni 
egallaydi.  Zunnun  Ayyubning  aytishicha,  u  o‘z  asarlarini  shunday  kishilarga  mo‘ljallab 
yozganki, ular al-Javohiriyning  yuksak  va jimjimador she’riyatini tushuna olmaydilar, adabiyot 
darg‘alarining murakkab asarlarini tushunmaydilar va bunday asarlarni o‘qib chiqqandan keyin 
aytadilar: "Biz yo buni tushunmaymiz, yoki shoir ajnabiy tilda gapirmoqda".  
Bahr al-Ulum o‘z asarlarini xalqning aksariyat ko‘pchiligi uchun  yozadi. Uning so‘zlari 
sodda, iboralari dilkash, yengil hazm qilinadi, she’rlari o‘quvchini toliqtirmaydi. Biror tanqidchi 
bunga e’tiroz qilishi ham mumkin: "She’rlari xalqning jonli tilidek sodda bo‘lgan odamni shoir 
deb bo‘ladimi?"  "Agar uning she’rlari kishi shuuriga ta’sir qilsa, tuyg‘ularini uyg‘otsa, albatta, 
shoir  desa  bo‘ladi.  Agar  shunday  bo‘lsa,  soddalik  fazilat  hisoblanishi  lozim".  Bahr  al-Ulum 
she’rlariga ana shunday qiyinchilik bilan erishiladigan soddalik xosdir.  
Bahr  al-Ulumning  she’rlari  14  iyul  inqilobigacha  taqiqlangan  edi.  Inqilobdan  keyin  esa 
uning  she’rlarini  qo‘rqmasdan,  sevib  o‘qiy  boshladilar.  Shoir  o‘zining  "Inqilob  uchqunlari" 
she’rlar to‘plamini 1958 yildagi 14 iyul inqilobiga bag‘ishladi.  
Endi uning ajoyib asari "Dehqon" she’riga qaytamiz. Shoir bu asarida dehqonlar hayotiga 
oid  muhim  masalalarni  qalamga  oladi,  mehnatkashlar  hayotini  ularning  mehnatlari  samarasini 
o‘g‘irlab taralla-bedod hayot kechirayotganlar turmushi bilan qiyoslaydi.  
Shoir bu she’rini Najaf shahrida bo‘lgan ko‘p ming kishilik mitingda xalqqa o‘qib bergan 
va buning uchun bir umrlik qamoq jazosiga hukm qilingan edi. She’rda u dehqonlarga shunday 
so‘zlar bilan murojaat qiladi:  
 
Ey dehqon, qashshoqlik azobini chekmoqdasan,  
 
O‘zgalar ko‘radi mehnating rohatini.  
 
Tunlari uxlamaysan boylarning farog‘at, rohat, ayshi  
uchun.  


 
126 
 
Seni ezganlar qancha boyligingni tortib oldilar,  
 
Sening esa, g‘amu azoblardan sillang qurigan.  
 
Chiroqlar ham o‘chgan bo‘lardi,  
 
Bo‘lmasaydi sening mehnating.  
 
Xalq bu azoblarga qachongacha chidaydi?  
 
Bu dahshatli dardning davosi nima?  
Shoir  bu  muammolarning  yechimini  yolg‘iz  bir  narsada  -  mavjud  xukumatga  qarshi 
qurolli qo‘zg‘olon ko‘tarib ijtimoiy adolatni tiklashda ko‘radi:  
 
Ekinzorlarni tark eting, o‘roqlarni tashlang,  
 
Qon bilan bo‘yalsin zamin.  
 
Qo‘lda qilich bilan o‘ch oling endi -  
 
Huquqlaringizni poymol etganlardan.  
Ba’zibir she’rlarida u hatto ayollarni ham inqilobga chaqiradi:  
Ey qishloq qizlari, o‘tin yig‘ingiz,  
Mening nafasimdan unga tutashtiring o‘t.  
Barcha zolimlarni gulxanda yoqing,  
Halqga zulm qilib rohat topganlarni.  
Ularni ayamang, axir, ular yirtqich,  
Ular sizni ayamaydi hech.  
 

Download 1,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish