Yangi davr arab adabiyoti


V BOB  MUSTAQILLIK DAVRIDAGI MISR ADABIYoTI



Download 1,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/73
Sana01.08.2021
Hajmi1,55 Mb.
#135534
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   73
Bog'liq
yangi davr arab adabiyoti

V BOB 
MUSTAQILLIK DAVRIDAGI MISR ADABIYoTI  
(1952 yil va undan keyingi davr) 
Ikkinchi  jahon  urushidan  keyin  Sharq  bo‘ylab  feodal  reaksiyasi  va  kolonial  hujumga 
qarshi  qudratli  to‘lqin  yuzaga  keldi.  Sharq  mamlakatlarida  milliy  mustaqillik  qo‘lga  kiritilishi 
bilan  turmushning  an’anaviy  shakllarini  tubdan  o‘zgartirish,  jamiyatni  ijtimoiy  qayta  qurish 
muammolarini  butun  keskinligi  bilan  yuzaga  chiqdi.  Tabiiyki,  yozuvchilar  oldida bu  murakkab 
jarayonni badiiy aks ettirish muammosi turardi. 
Taraqqiyparvar Sharq adabiyoti rivojlanishida ilg‘or estetik tafakkur muhim rol o‘ynaydi. 
Yangi,  ayniqsa,  eng  yangi  davrlarda  mamlakatlar  madaniy  boyliklar  bilan  muttasil  almashinib 
turishga  undovchi  yaqin  aloqalar  bog‘laydilar.  Yangi  davrda  G‘arbdan  Sharqqa,  Sharqdan 
G‘arbga adabiyotlarning  o‘zaro ta’siri shiddat bilan boradi. Sharq xalqlarining zamonaviy ijodi 
keng kitobxonlar ommasiga ega bo‘ladi. 
XX  asrning  ikkinchi  yarmidagi  Sharq  adabiyotlari  taraqqiyotini  ikki  davrga  ajratish 
mumkin.  Birinchisi  1945-1950  yillar  -  ijtimoiy  ko‘tarilish  davridir.  Ommaga  insonparvarlik, 
ijtimoiy  taraqqiyot  g‘oyalarini  eltuvchi  bu  davr  adabiyoti  hayotni  bilishning  faol  vositasiga 
aylanadi.  Adabiyot  taraqqiyotining  bosh  yo‘li  -  realizmning  cheklanmagan  imkoniyatlari  orqali 
tarix dialektikasi, hayot dialektikasi qalb dialektikasini anglashdir.  
50-yillarning o‘rtalaridan boshlangan ikkinchi davr ijtimoiy faolikning ma’lum darajada 
sustlashgan vaqti bo‘lib, mafkuraviy kurashning keskinlashuvi bilan ajralib turadi, bu hol Sharq 
adabiyotlariga xam ta’sir ko‘rsatadi. 
Mazkur  yillarning  murakkab  tarixiy  vaziyatida  realistik  adabiyot  bilan  bir  qatorda 
modernizmning  estetik  tamoyillariga  mo‘ljallangan  va  G‘arb  sub’ektiv-idealistik  falsafiy 
qarashlari ta’siriga berilgan adabiyot ham rivojlandi. 
Modernizmning  Sharq  sharoitiga  moslashuviga  ma’lum  mafkuraviy  bo‘shliq  yaratgan 
tarixiy-siyosiy  vaziyat  ham  yordam berdi. U ba’zi  yozuvchilarning g‘oyaviy o‘zgarishiga sabab 
bo‘ldi.  Bunga  ko‘p  hollarda  adabiy  jarayoning  borishi,  Sharq  yozuvchilarida  tabiiy  ravishda 
yuzaga  kelgan  dunyo  adabiyoti  tajribalarini  tez  egallashga  intilish,  bunda  esa  shaklning 
murakkablashtirishga,  yozishning  yangi  texnikasiga  moyillik,  bu  ko‘pincha  yozuvchilarning 
voqelikka  munosabatining  o‘zgarishi  bilan,  hayot  va  shaxsning  ekzistensialistik  konsepsiyasi 
kurashini idrok qilish bilan bog‘liq bo‘ladi. 
Sharq  adabiyoti  XIX  -  XX  asrlarda,  asosan,  Yevropa  adabiyoti  bosib  o‘tgan 
bosqichlardan  o‘tdi,  uning  ta’sirini  his  qildi.  Shunga  qaramasdan  Sharq  adabiyotlari  milliy 
an’analar bilan mustahkam bog‘langan mustaqil badiiy boyliklar  hadya etuvchi o‘ziga xoslikni 
saqlay oldilar. 
Jahon  adabiyotining  yutuqlarini  boy  milliy  meros  bilan  ijodiy  qo‘shgan  holda  shoir, 
nosir,  dramaturglar  yuksak  badiiy  asarlar  yaratmoqdalar,  o‘z  adabiyotlarini  jahon  adabiy 
jarayonining  o‘zaniga  olib  kirmoqdalar.  Arab  mamlakatlari  yozuvchilari  ikkinchi  jahon 
urushidan  keyingi  davrda  o‘z  mamlakatlarining  siyosiy  va  ijtimoiy  muammolari  doirasidan 
tashqariga  chiqdilar.  Isroil  tomonidan  arab  yerlarining  zabt  etilishi,  Falastin  muammosi,  arab 
olamining  parchalanishi,  dehqonlar,  ishchilar,  ziyolilar  vakillari  hayoti  kabi  mavzular  dunyo 
murakkabligini  aks  ettirib,  shaxsiy  drama  orqali  ochib  beriladi.  Voqelikni  ijtimoiy-tanqidiy 
tahliliga  intilish  jamiyatda  o‘z  yechimini  kutayotgan  dolzarb,  o‘ta  zarur  muammolarni  ajratib 
olishga ko‘maklashadi. 
Shaxs  psixologiyasining  ijtimoiy  asoslanishi  Suriya-Amerika  maktabi  va  Misr 
yangilovchilari  maktabining  badiiy  kashfiyoti  edi  (XX  asrini  birinchi  choragi).  Jubron  Xalil 
Jubron, Muhammad al-Muvaylihiy, Mixail Nuayme, Taha Husayn va boshqalarning gumanistik 
an’analarining  davomi  Abdurahmon  ash-Sharqoviy,  Yusuf  Idris,  Muhammad  Dib,  Gada  as-
Samonlar nasrida aniq ko‘rinadi. 
Hozirgi  hayotning  salbiy  tomonlarini  ochib  tashlagan  arab  adiblari-Najib  Mahfuz, 
Zakariya Tamer, Dris Shraybiy, Mulud Feraun va boshqalar jamiyatni qayta qurishda shaxsning 
ahamiyatiga  katta  e’tibor  qaratmoqdalar.  Faqat  ma’naviy,  axloqiy  jihatdan  kuchli  odamlargina 


 
58 
hayotni  o‘zgartirishga  qodir.  Ular  shaxs  va  jamiyat  o‘rtasidagi  dialektik  aloqani  ta’kidlab, 
adolatli, insonparvar jamiyatga yuksak darajadagi shaxsgina loyiq, deb aytadilar.  
Arab  yozuvchilarining  XX  asr  ikkinchi  yarmidagi  ijodida  realistik  metod  keng 
diapazonda - an’anaviy mumtoz realizmdan tortib, eng zamonaviy modernistik shakllarga qadar 
ko‘rindi.  Ammo  ramzlar  bilan  to‘la,  assotsiativ  va  murakkablashtirilgan  uslubiy  yo‘llar 
yozuvchilarni  (Jorj  Salim,  Najib  Mahfuz,  Gamal  al-Gitani  va  b.)  voqelikni  realistik  idrok 
etishdan 
uzoqqa 
olib 
ketmaydi, 
balki 
unga 
chuqurroq 
kirib 
borish, 
jamiyatni 
hayajonlantirayotgan muammolarni o‘tkirroq va keskinroq qo‘yish imkonini beradi. 
Arab  yozuvchilarining  voqelikni  ijtimoiy-tanqidiy  tahlil  qilishda,  ijobiy  qahramon 
izlashda ularni shaxs sifatida xarakterlovchi konsepsiya ana shudir. 
1988  yilda  misrlik  Najib  Mahfuzga  nufuzli  Nobel  mukofotining  berilishi  arab 
yozuvchilari  dunyoni  chuqur  badiiy  idrok  etishda,  murakkab  adabiy  texnologiyani 
o‘zlashtirishda  muvaffaqiyat  qozonayotganlarini  ko‘rsatdi.  Hozirgi  arab  adabiyoti  milliy 
xarakterga  chuqur  kirib  borish  yo‘lidan  rivojlanmoqda.  Bu  esa  realistik  san’at  cho‘qqilarini 
egallash imkonini yaratadi. 

Download 1,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish