Muhammad Kurd Ali (1876-1953). Ma’rifatparvar filolog – purist Muhammad Kurd Ali va
uning atrofiga birikkan adabiyotchilar faoliyati arab adabiyotshunosligi tomonidan XIX asr
ma’rifatparvarligi davomigina emas, «Misr yangilovchilari» maktabi ijodiga o‘ziga xos parallel
sifatida qaraladi. Ayni chog‘da Kurd Alining o‘zini XX asr Suriya madaniyati tarixidagi ahamiyatiga
qarab Taha Husayn bilan qiyoslashadi.
Lekin «Misr yangilovchilari»dan farqli o‘laroq, bu davr Suriya adiblari uchun asosiy narsa
yangi nasriy shakllarni e’tirof etish emas, arab mumtoz she’riyati an’analariga e’tiborni qaratish
asosida Suriya tarixiy romani o‘sib chiqqan qadimiy o‘tmish obidalarini keng tarixiy-filologik tadqiq
etish edi.
Bu davrning diqqatga sazovor shoirlari Xalil Mardam (1895-1960) va Muhammad al-
Do'stlaringiz bilan baham: |