Yangi davr arab adabiyoti



Download 1,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/73
Sana01.08.2021
Hajmi1,55 Mb.
#135534
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   73
Bog'liq
yangi davr arab adabiyoti

Misr she’riyati. XX asrning birinchi yarmi Misr shoirlari ichida Ahmad Shavqiy, Hofiz 
Ibrohim, Xalil Mutron ijodida novatorlik tamoyillari ko‘zga tashlana bordi. 
Ahmad  Shavqiy  (1869-1932).  Xediv  Ismoil  hukmronligi  davrida tug‘ildi.  Otasi  -  kurd, 
onasi  esa  turk  edi,  ota  tomonidan  buvisi  cherkesga,  otasi  tomonidan  grekka  taqaladi.  Shunday 
qilib,  o‘zining  so‘zlari  bilan  ifodalaganda,  uning  shaxsi  ana  shu  to‘rt  ildizdan  kuch  olib 
shakllangan.  Ma’lumoti  huquqshunos,  Fransiyada  tahsil  olgan.  U 1891  yilda  Misrga  qaytadi. 
Ijodining boshlanishida Ahmad Shavqiy Abbos II huzurida saroy shoiri bo‘lgan, uning siyosatini 
qo‘llab-qo‘ltiqlagan, boylik orttirgan. 
1915 yilda Abbos II taxtdan tushirildi. Shoir yangi hukmron Husayn Komilning iltifotini 
qozona olmadi, Ispaniyaga surgun qilindi. Birinchi jahon urushi oxirigacha Barselonada yashadi, 
vatanini  sog‘inadi.  Vatanga  qaytgach  (1919-1932)  siyosiy  ahvol,  xalq  ommasining  kayfiyati 
o‘zgarganini ko‘radi, shoir asarlarining yo‘nalishi o‘zgaradi, vatanparvarlik mavzusi kuchayadi. 
Ahmad  tabiatan  badiiy  iste’dod  bilan  yaratilgan  edi.  Beqiyos  xotira,  xayolot  boyligi, 
tasavvur, voqelikni nozik his etish uni o‘z davrining mashhur shoiri va buyuk shaxsi darajasiga 
ko‘tardi. 
A. Shavqiy  mumtoz  arab  adabiyotini  yaxshi  bilardi.  Har  bir  shoirdan  noyob  bir 
xususiyatini  olishga  intilardi.  Abu  Nuvasdagi  sevgi  va  may  madhini,  Al-Buxturiydan  xayolot 
tiniqligini,  she’r  ohangini,  al-Mutanabbiydan  esa  mazmun  sayqalini  o‘rgangan  edi.  Shoir 
Yevropa  adabiyotidan  ham  yaxshi  xabardor  bo‘lgan,  V. Gyugo  asarlarini  sevib mutolaa  qilgan. 
Undagi insonparvarlik va inson ozodligi g‘oyalari shoirni maftun etgan. 
Tafakkur  kengligi,  unda  barcha  dinlarga  hurmat  hisini  yuzaga  keltirdi.  Uning  o‘zi 
e’tiqodi butun musulmon edi. Ahmad Shavqiy ulkan poetik meros qoldirdi: 
1. 
«Shavqiyot»  devoni,  4  qismdan  iborat.  1925  yilda  Muhammad  Husayn  Haykal 
mazkur  devonning  1-qismini  chop  ettirdi,  2-qism  1930  yilda,  3-qism  1936  yilda,  4-qism  1943 
yilda chiqdi. 
2. 
«Arab davlatlari va islom arkonlari» to‘plami. 
3. 
6  ta  pesa  (1929-1932):  «Kleopatra  halokati»,  «Majnun  va  Laylo»,  «Ulug‘ 
Alibey», «Antara», «Hodi xonim» komediyasi. 
 A. Shavqiy ijodini shartli ravishda 3 davrga bo‘lish mumkin: 
1. 
Taqlid davri. 
2. 
Eskilikdan yangilikka o‘tish davri. 
3. 
Yangilanish davri. 
Shoir ijodining birinchi davri saroyda o‘tdi, asosiy o‘rinni madhiya, bag‘ishlov, marsiya, 
g‘azal, xamriyotlar tashkil etadi. Madhiyalar o‘sha davrning hukmdorlari va mashhur kishilariga 
–  Saad  Zag‘lul,  Muhammad  Farid  va  boshqalarga  bag‘ishlangan.  Shoir  o‘z  madhiyalarida  al-


 
54 
Buxturiyga  taqlid  qildi.  «Senga  qasida  yo‘lladim,  ey  Amiril  muslimin.  Mayli,  u  men  uchun 
sening qadamlaring izini o‘psin»
19
.  
Qarindoshlari, siyosiy arboblarga bag‘ishlangan marsiyalarida shoir ko‘pincha mubolag‘a 
qiladi,  aksar  marsiyalarida  marhum  botgan  quyosh,  qabrga  kirgan  oy,  uchgan  yulduz,  deb 
ta’riflanadi.  Mazkur  tashbihlar  qadimgi  davr  shoirlaridan  olingan.  Shavqiy  bu  an’anaviy  janrni 
hayot, o‘lim haqidagi falsafiy mushohadalar bilan boyitdi. 
G‘azallarda  shoir  go‘zallikning  barcha  ko‘rinishlarini  kuyladi,  Imruul  Qays,  Umar  ibn 
Rabi’aga taqlid qildi.  
Surgundan  vataniga  qaytgach,  Ahmad  Shavqiy  saroy  bilan  barcha  aloqalarni  uzdi,  o‘z 
iste’dodini xalq xizmatiga baxsh etgan shoirlar qatoriga o‘tdi. 
Shavqiy ko‘pgina she’rlarida Misrni Nil bilan qiyoslaydi. U qachonlardir Misr xalqi ana 
shu yoyilgan daryodek unga xalaqit berganlarni yuvib tashlaydi, deb umid qiladi. 
Botiniy  sabablar  tufayli  uning  ijodida  sodir  bo‘lgan  bu  burilish  mantiqan  asosli  edi. 
Shoirning  o‘zi  ozodlikka  erishgandagina  o‘zligini  namoyon  qilaolar  edi.  U surgundan  keyin 
vatanida yangi olamni kashf qildi, xalqning o‘y-fikrlari va tashvishlari bilan yashadi. 
Ahmad  Shavqiy  she’riyatida  ijtimoiy  motivlar  yangraydi,  she’rlari  zamonaviy  mazmun 
bilan to‘ladi. Ahmad Shavqiy o‘z davrining barcha voqealariga aks-sado beradi. U o‘zining juda 
ko‘p vatanparvarlik ruhidagi she’rlarini Misrga baxsh etadi: 
«Ey, mening vatanim, Misr, men senga ilgaridek, 
Sodiqman hozir ham. 
Garchi men olisda bo‘lsam ham, qalbim sen Bilan. 
Menga bunda suv berdilar necha marta chanqog‘i qonsin deb, 
Ammo Nildan boshqa har kanday chashma menga achchiqdir…» 
Shoirni  faqat  Misr  muammosi  emas,  boshqa  arab  mamlakatlari  masalalari  ham 
qiziqtiradi. 
Shoir  Sharq  xaqida  ilgari  ham  yozgan,  unda  Sharq  Usmonli  imperiyasining  asiri  edi. 
Hozir  esa  u  mustaqillik  olish  uchun  intilmoqda  va  chet  el  kishanlaridan  ozod  bo‘lmoqda. 
Shavqiy xalqning yuksak ideallaridan ilhomlanadi, saroy shoiridan Misr shoiriga aylanadi, so‘ng 
esa  butun  arab  Sharqi  kuychisi  bo‘ladi.  Ahmad  Shavqiyning  Lev  Tolstoy  o‘limiga  bag‘ishlab 
yozgan  she’ri  buyuk  mutafakkir  adibning  hayoti,  ijodini  ulug‘laydi.  She’r  Lev  Tolstoy  va  al-
Maariy suhbati shaklida yozilgan. 
«Sharq bu bir oila, bitta urug‘, uning o‘g‘lonlari birlashurlar har safar, g‘am kelsa agar». 
Ahmad  Shavqiyning  arab  milliy  teatri  taraqqiyotidagi  xizmati  katta.  U birinchi  bo‘lib 
arab  poeziyasini  teatr  maqsadlariga  bo‘ysindirdi,  undan  dramaturgiyada  foydalandi.  O‘zining 
dramatik  asarlarida  shoir  an’analarga  amal  qilmadi,  vazn  va  qofiyalardan  erkin  foydalandi. 
A.Shavqiy she’riy dramaturgiya rivojiga  ko‘p xizmatlar qildi. U dramaturgiyaga qo‘shiqni olib 
kirdi. Uning dramalarida qasida va qo‘shiqli sahnalar ko‘p. Dramaturg monumental sahnalarga 
dabdabali saroylar, raqslar va bazmlarga ko‘p e’tibor beradi.  
A. Shavqiy  dramaturgiyasi  to‘g‘risida  Taha  Husayn  shunday  deydi:  «Dramaturgiya 
xaqida gap ketsa, Shavqiy odamlar qalbiga ta’sir qilishdan ko‘proq kuylaydi va o‘ynaydi, lekin 
sahnada  hech  narsani  tasvirlamaydi…  Uning  pesalari  jonsiz  sahnalardan  iborat  edi.  Ularning 
tomoshabinlarga  ma’qul  bo‘lgani  esa,  faqat  ularda  ashulaning  yuksak  darajasiga  ko‘tarilgani 
tufayli edi.
20
 
Shavqiy  pesalari  katta  tarbiyaviy  ahamiyatga  ega,  ularda  eng  yaxshi  insoniy  fazilatlar  - 
oliyjanoblik,  g‘urur,  jasorat,  vatanparvarlik  kuylandi.  U birinchi  bo‘lib  she’riyatni  an’analar 
kishanidan ozod etdi va teatr talablariga bo‘ysindirdi.  

Download 1,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish