Yangi davr arab adabiyoti


ABDURAHMON AL-HAMISIY (1920-1987)



Download 1,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/73
Sana01.08.2021
Hajmi1,55 Mb.
#135534
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   73
Bog'liq
yangi davr arab adabiyoti

ABDURAHMON AL-HAMISIY (1920-1987) 
Bu  yo‘nalishga  mansub  yozuvchilarning  aksariyati,  hamisha  omma  harakatning  eng 
qaynagan joyida bo‘ldilar, ularning qalbi va qulog‘i doimo xalq dardi-quvonchiga yaqin bo‘ldi. 
Ular  xalq  vakillari  obrazini  chizishga,  dunyoqarashini  aks  ettirishga,  xalqning  milliy  - 
vatanparvarlik va ijtimoiy kurashini tasvirlashga mohir edilar. Abdurahmon al-Hamisiy ana shu 
toifadagi yozuvchilarning eng iste’dodli vakili edi. 
Abdurahmon  al-Hamisiy  1920  yilning  12  noyabrida  Port-Saidda  tug‘ildi.  Otasi  dehqon, 
onasi  esa  shaharlik  dindor  oiladan  edi.  Al-Hamisiyning  hikoya  qilishicha,  uning  bolaligi  xiyla 
og‘ir kechgan: ota-onasi inoq bo‘lishmagan, oxiri ajrashishgan. Al-Hamisiy shunday xotirlaydi: 
«Ko‘p yillardan keyin bu voqealarni eslab, butun iztirob-uqubatlar ortida yurakka nashtar urgan 
yagona qo‘lni - bir-biriga begona bo‘lganlarni nikoh zanjiri bilan bog‘lovchi tobe’likning qo‘lini 
ko‘rdim».
27
 
                                         
25
 Кирпиченко В. Н. Современная египетская проза, М., 1986 стр 67 
26
 Кирпиченко В. Н. Современная арабская проза, М., 1986 стр 68 
27
 Ҳозир ва бундан кейин ҳам иќтибослар Р. У. Хўжаеванинг «Художественная проза  и драматургия Абдурахмана аль – Хамиси». Т., 
1975 китобидан олинади.  


 
66 
Al-Hamisiy  oz  muddat  onasi  bilan,  so‘ng  otasi  bilan  birga  bo‘ldi.  Otasi  bolaga  yetarli 
diqqat  qilolmadi,  uni  qo‘shni  qishloqdagi  begona  oilaga  berdi,  chunki  u  yerda  boshlang‘ich 
qishloq  maktabi  bor  edi.  Shunday  qilib  al-Hamisiy  yetti  yoshidan  ota-ona  mehridan  bebahra, 
odamlar orasida yashay boshladi. 
Rutubatli  bolalik  yozuvchi  qalbida  og‘ir  izlar  qoldirdi:  «Men  dard  alamlarimni  to‘kib 
solishni  juda  erta  o‘yladim,  chunki  qalbimdan  og‘ir  g‘ussalar  o‘rin  olgan  edi,  ana  shu  yuk-
iztiroblarni  sochib  yuborishim  kerak  edi.  Atrofimda  esa  menga  quloq  soladigan  zot, 
tushunadigan  hamdard yo‘q edi.  Faqat qayg‘uli, noxush  yolg‘izlik, ota-ona mehriga zor baxtsiz 
bolalik  bor  edi,  xolos.  Men  yurak  dardlarimni  bo‘shatishim  lozim  edi,  8  yoshimdayoq  zajali 
yozishga urindim. Ular o‘ta sodda, ammo dard bilan to‘la edi». 
30-yillarning  o‘rtalarida  ingliz  istilosiga  qarshi  Misrning  ko‘p  shaharlarida,  jumladan, 
Mansurda  ham  kuchli  g‘alayonlar,  ish  tashlash  va  namoyishlar  bo‘ldi.  Inglizlarga  qarshi 
harakatda  talabalar,  maktablarning  yuqori  sinf  o‘quvchilari  faollik  ko‘rsatdilar.  Ana  shu 
harakatda al-Hamisiy barvaqt ishtirok etadi. U mansurlik o‘quvchilar namoyishiga qatnashibgina 
qolmasdan,  Foruq  polisiyasi  va  Britaniya  askarlarining  namoyishchilarga  nisbatan  qilgan 
qonxo‘rligi guvohi bo‘ldi. Namoyishchilarni o‘qqa tutish paytida al-Hamisiyning do‘sti, Mansur 
sudyasi o‘g‘li o‘ldirildi. U al-Hamisiy qo‘lida jon berdi. Bu dahshatli voqeaning yosh yigitchaga 
ta’sirini ifodalash amri mahol. 
Al-Hamisiy  oliy  ma’lumot  ololmadi.  U ayovsiz  hayot  yo‘lini  bosib  o‘tdi:  daydi  aktyor, 
hammol,  avtobus  konduktori,  baqqol  do‘konida  dastyor  bo‘lib  ishladi,  nashriyotlarda 
musahhihlik, maktabda o‘qituvchilik qildi. 
A. V. Lunacharskiyning  xalq  ziyolilari  sha’niga  aytilgan:  «Xalq  ichidan  chiqib  o‘zicha 
bilimdon bo‘lganlarda tabiiyki, yorqin bo‘yoqlar va yaltiroqlikka, melodrama, ko‘tarinki ovozga 
qiziqish  kuchli  bo‘ladi.  Shu  yerning  o‘zida  ta’kidlashimiz  kerakki,  bu  toifaga,  bevosita  xalqqa 
xos kuzatuvlar ham xosdir»
28

Al-Hamisiy 1938 yilda Qohiraga keldi va u yerda taniqli Misr shoiri Xalil Mutron bilan 
uchrashdi. Har qanday boshlovchi shoir singari al-Hamisiy hayajon bilan o‘zining ilk she’rlarini 
zabardast shoir hukmiga havola qildi. Xalil Mutron she’rlarni faqat ma’qullabgina qo‘ymasdan, 
ularning  matbuotda  chop  etilishiga  ham  yordam  berdi.  Bu  she’rlar  lirik  bo‘lib,  romantik  va 
ma’yuslik bilan sug‘orilgan edi. Mazkur she’rlarda Misr xalqining og‘ir ahvoliga qarshi g‘azab 
va isyon ifodalangan edi. 
1945  yildan  boshlab  al-Hamisiy  Qohira  matbuotida  ishlay  boshlaydi,  uni  bu  dargohga 
adabiy iste’dodi boshlab kelgan edi. 
Jurnalistika  unga  ilgari  noma’lum  bo‘lgan  ko‘pgina  ijtimoiy  va  siyosiy  masalalarni 
tushunishga  yordamlashdi.  Har  kuni  al-Hamisiy  qo‘li  ostidan  yuzlab  xalqaro  voqealar  haqidagi 
axborotlar o‘tardi, tabiiyki, yosh adib ularni oldin ongsiz, keyinroq tetik tahlil qila boshladi. 
Abdurahmon 
al-Hamisiy 
taraqqiyparvar 
demokratik 
adabiyot 
va 
jurnalistikaning  rahnamolaridan  biriga  aylandi   va  «Roz  al-Yusuf»,  «al-Hilol» 
nashriyotlaridagi  yozuvchi  doiralari  va  jurnalistlariga  nisbatan  keskin  muxoliflikka 
o‘tdi,  «al-Misriy»  va  «al-Masa»  gazetalari  atrofiga  uyushgan  doiralarga  yaqinlashdi. 
30-yillarning  oxiridagi  «Al -Maso»,  «al-Gumhuriya»  gazetasidagi  hamkorlik  al-
Hamisiyni  Misrning  mashhur  ijtimoiy-siyosiy,  adabiy  arboblari-tinchlik  tarafdorlari 
Misr  komitetining  raisi  Homid  Muhiddin  (sobiq  «al-Maso»ning  bosh  muharriri), 
adabiy  tanqidchi  Ahmad  Rushdiy  Solih,  Butun  Dunyo  Sira  Ittifoqi  raisi, 
adabiyotshunos  Muhammad  Mandur,  hozirgi  taraqqiyparvar  Misr  dramaturgi  Nu ’mon 
Ashur va boshqalar bilan mustahkam bog‘ladi. 
Ana  shu  1945-1953  yillarda  al-Hamisiy  lirik  va  romantiklikdan  demokrat  yozuvchiga, 
grajdan yozuvchi darajasiga ko‘tariladi, uning asarlarida vatan ozodligi va ijtimoiy adolatsizlikka 
qarshi  chaqiriq  salobatli  jaranglaydi.  1945-1953  yillarda  al-Hamisiy  jahon  mumtoz  adabiyoti 
vakillarining  asarlarini  mustaqil  chuqur  o‘rganadi,  ularning  ichidan  ayniqsa  rus  adabiyoti 
                                         
28
 Р. Ходжаева. Художественная проза и драматургия А. ал-Хамиси. Т., 1975  стр 7 


 
67 
vakillarini  ilg‘or,  taraqqiyparvar  g‘oyalari,  yuksak  insoniy  ideallari,  gumanizmi  uchun  yuqori 
baholaydi.  Ular  ijodidan  ilhomlanib  al-Hamisiy  M. Gorkiy,  M  Sholoxov  to‘g‘risida  qator 
maqolalar  yozadi,  ularda  arab  kitobxonini  yozuvchi  biografiyasi,  ijodining  o‘ziga  xos 
xususiyatlari bilan tanishtiradi. 
M. Gorkiy  hamisha  al-Hamisiyning  adabiy  ideali  bo‘lib,  uni  insonga  muhabbat, 
yashashga,  o‘qishga,  mehnatga,  tinchlikka  bo‘lgan  huquqini  himoya  qiladigan  asarlar  yozishga 
undagan. 
1965  yilda  Gorkiy  kunlari  arafasida  al-Hamisiy  «Literaturnaya  gazeta»  sahifalarida 
«Ikkinchi jahon urushi natijalaridan biri shu bo‘ldiki, Misr Gorkiyga behad qiziqdi va uni sevib 
qoldi,  biz  Gorkiyga  mahliyo  bo‘ldik.  O‘sha  davrlarda  Gorkiyning  hikoyalari  va  romanlari  biz 
uchun  inqilobiy  targ‘ibotchi,  ma’naviy  rahbar,  bizning  sotsializmga  bo‘lgan  muhabbatimizni 
yuksaltiruvchi,  kurashimiz  g‘alabasiga  ishonch  tug‘diruvchi  mayoq  vazifasini  o‘tadi»
29
  deb 
yozgan  edi.  Inqilobgacha  bo‘lgan  Misr  ijtimoiy  voqeligini  al-Hamisiy  keng  tahlil  va  tanqid 
qiladi.  Adib  burjua  jamiyati  illatlarini  ochib  tashlaydi  va  la’natlaydi,  qonunlarining  vahshiy 
tabiatini, chirigan ahloqni ayovsiz fosh etadi. Al-Hamisiy Misr, Sudan, Jazoir va boshqa Afrika 
xalqlari milliy-ozodlik kurashi haqida yozadi. 
Al-Hamisiy o‘z asarlarida xotinlarni uy tutquni, quliga aylantirgan reaksion urf-odatlar va 
an’analarga  qarshi  chiqadi,  xotin-qizlar  ozodligi,  ular  o‘z  huquqlarini  o‘zlari  himoya  qilishlari 
tarafdori.  Al-Hamisiyning  butun  ijodida  gumanist  san’atkor  sadosi  yangrab  turadi,  u  insonga 
mehr, taraqqiyotga ishonch ruhi bilan yo‘g‘rilgan. 
Al-Hamisiy uslubi hamisha rivojlanib va boyib bordi, u ijodining ilk davrlarida birdaniga 
shakllanmadi.  Al-Hamisiy  «Bu  qon  qurimaydi»  deb  nomlangan  hikoyalar  to‘plamining  so‘ng 
so‘zida  «G‘oyaviy  pozisiyalarim  mujassamlangan  narsalarni    ko‘rishga  vosita  bo‘ladigan, 
voqealarni  tahlil  etadigan  va  munosabatni  belgilaydigan  bugungi  falsafam  yuzaga  kelguncha 
ijodiy  yuksalish  davri  turli  bosqichlarni  boshdan  kechirdi  va  ko‘p  yillarga  cho‘zildi»
30
,  deb 
eslaydi. 
 Adabiyot maydoniga al-Hamisiy shoir sifatida kirib keldi. O‘rta maktabda o‘qib yurgan 
chog‘idayoq yosh shoir ilk devonini tuzdi, 17 yoshidan boshlab, hozirgi Misr yozuvchisi Yusuf 
Idrisning  ko‘rsatishicha,  adabiy  doiralarda  nozik  kuzatishlari  va  o‘ziga  xos  yorqin  badiiy 
ifodalari bilan shuhrat qozondi. 1943 yilda al-Hamisiyning «O‘tmish» dostoni bosilib chiqdi va 
kitobxonlar,  adabiy  tanqid  asarni  yuksak  baholadilar.  Doston  fikr  yangiligi,  tuyg‘ular 
samimiyligi, hayajonli ifodasi bilan muxlislarni maftun etdi. 
«O‘tmish»da  23  yashar  Hamisiyning  turmush  tajribasi,  erta  boshlangan  mustaqil  hayot 
girdobi o‘z aksini topdi. She’rlarini devon shaklida jamlash va chop etish turli sabablarga ko‘ra 
ancha kechikib ketdi. Faqat 1958  yildagina birinchi devon  «Insoniy ehtiroslar», 1962  yilda  esa 
ikkinchisi - «Ko‘z yoshlari va olov» bosilib chiqdi. 
 Al-Hamisiy  devonlari  tahlilidan  ko‘zga  tashlanadigan  eng  muhim  xususiyat  -  shoir 
evolyusiyasi, san’atkorning individual ichki alamini aks ettiruvchi intim lirikadan zamonasining 
dolzarb  muammolarini  ko‘targan  yirik  asarlarga  o‘tish  edi.  Taniqli  arab  adabiy  tanqidchisi 
Muhammad  Mandur  (1907-1965)  «Insoniy  ehtiroslar»ga  yozgan  so‘z  boshisida:  «Ushbu  9 
qasida Abdurahmonning ijodiy evolyusiyasini yaqqol namoyish qilib kelmoqda, yoshlik tongida 
jaranglagan  nasriy,  jo‘shqin  romantizmdan  milliy  kurashning  teran  g‘oyaviy  she’riyati  sari 
taraqqiyotini «Jazoirlik Abul Qosim», «Iroq haqidagi qo‘shiq»lari ham ko‘rsatib turibdi» degan 
edi. Ba’zi arab munaqqidlari al-Hamisiyning ilk she’riyatiga g‘arb romantizmi vakillari, ayniqsa, 
Shiller  va  Bayron  sezilarli  ta’sir  o‘tkazganini  ta’kidlaydilar.  Mazkur  shoirlar  30-40-yillarda 
Misrda  ko‘p  tarjima  qilingan  va  sevilib  o‘qilgan.  To‘g‘ri,  ular  al-Hamisiy  ijodiga  ta’sir  qilgan 
bo‘lishlari  mumkin,  lekin  bu  shoir  individualligini  aslo  yo‘qqa  chiqarmaydi.  Al-Hamisiyning 
daslabki she’rlari chuqur lirizm bilan yo‘g‘rilgan bo‘lib, shoirning ichki tuyg‘ularini, muhabbati 
iztiroblari, shaxs ozodligiga chanqoqlik tuyg‘ularini bildiradi. 
                                         
29
 Ходжаева Р. У. Художественная проза и драматургия А. аль-Хамиси, Т., 1975, стр 56 
30
 Ходжаева Р. У. Художественная проза и драматургия А. ал-Ҳамиси. Т., 1975 стр 57 


 
68 
1957  yilda  «Jazoirlik  Abul  Qosim»  dostoni  chop  etildi.  Bu  asar  shoir  iste’dodining 
teranlashayotganidan,  dunyoqarashi  kengayotganidan  darak  berardi.  Doston  o‘sha  davr 
taraqqiyparvar  adabiyotchilarning  dolzarb  talablarini,  adabiyotni  hayot  uchun  yaratish,  uning 
ijtimoiy  roli,  mas’uliyati,  g‘oyaviyligi,  uning  milliy-ozodlik  kurashiga  munosabatini  e’tiborga 
olib yaratish talabini qondirar edi. 
 «Jazoirlik  Abul  Qosim»,  «Moskva  haqida  qo‘shiq»,  «Iroq  xaqida  qo‘shiq»,  «Alo 
Abdullatif  xotirasiga»,  «Gagarin  mening  qishlog‘imda»  kabi  asarlari  mazmuni  uning  dastlabki 
«O‘tmish»,  «Kechasi»,  «Isyon»  dostonlaridan  keskin  farq  qiladi.  Ularda  mustaqillik  va  vatan 
ozodligi  yo‘lidagi  kurash  va  fidoyilik  kuylanadi.  «Jazoirlik  Abul  Qosim»da  Jazoir  ozodligi 
uchun jangga kirgan va qahramonlarcha halok bo‘lgan falloh tarixi hikoya qilinadi. 
Mayli so‘nggi nola yuzlarini o‘zgartirsin, 
G‘azabimiz kuchayadi bilmasdan oxir, 
Go‘zal Laylo, yechgin motam libosin, 
Sevganing o‘lmagan, u barhayot, safdadir 
Yana o‘lim sari borar yurt g‘amini deb, 
Dushmanlarni nari haydar, u bo‘lar g‘olib. 
1966 yilda «al-Kotib» jurnalida Al-Hamisiyning «Kamshish xotirasi», «Istak», «Mening 
orzularim», «Kichkina may va shar» she’rlari e’lon qilinadi. 

Download 1,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish