Yangi davr arab adabiyoti


Hofiz Ibrohim (1871-1932)



Download 1,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/73
Sana01.08.2021
Hajmi1,55 Mb.
#135534
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   73
Bog'liq
yangi davr arab adabiyoti

Hofiz Ibrohim (1871-1932) Shavqiyning zamondoshi, mashhur Misr shoiridir. Bo‘lajak 
shoir  5  yoshga  to‘lmasdan  uning  otasi  olamdan  o‘tdi.  Bolalik  va  o‘smirlikda  u  muhtojlik, 
ishsizlikni azobini chekdi. Ish topolmay u armiyaga kirdi va 13 yil xizmat  qildi, Sudanda bo‘ldi, 
ofiserlar isyoniga qatnashgani uchun armiyadan bo‘shatildi. 
                                         
19
 Ханна аль Фахури. История арабской литературы, М., 1959, стр. 42 
20
 Ханна аль-Фахури. История арабский литературы, М., 1959, стр 42 


 
55 
Misrga  kaytib,  Hofiz  adabiyotchilar  bilan  aloqa  o‘rnatdi  va  adabiy  faoliyatini  boshladi. 
Islom  modernizmining  mafkurachisi  Muhammad  Abduh  bilan  yaqinlashdi,  uning  ilmiy  va 
adabiy bilimlari H. Ibrohimni boyitdi. 
H. Ibrohim nozik qalb sohibi bo‘lib, uning o‘tkir aqli, ajoyib xotirasi keng bilim olishiga 
imkon  yaratdi.  H. Ibrohim  ma’lumotida  arab  madaniyatini  unsurlari  Yevropa  madaniyati 
unsurlaridan ustunlik qilardi. 
Nasriy  asarlaridan  maqomalar  to‘plami  bo‘lmish  «Satih  kechalari»,  poetik  asarlaridan 
uch qismli devoni ma’lum. Undan tashqari H. Ibrohim bir qancha siyosiy maqolalar muallifi, V. 
Hugoning  «Tahqirlanganlar»  romanining  tarjimoni.  Uslub  va  janr  jihatdan  H. Ibrohim  asarlari 
Ahmad  Shavqiy  she’rlaridan  oz  farq  qiladi.  Ularning  alohida  xususiyati  shundaki, 
H. Ibrohimning poetik tili soddaroq, tabiiyroq, uning ijodi oddiy kitobxonlarga yaqin. 
Ayniqsa,  marsiya  janridagi  asarlari  diqqatga  loyiq.  Shoir  janrni  shaxsiy  doiradan  olib 
chiqib,  unga  ijtimoiy  mazmun  bag‘ishladi.  Hofiz  payg‘ambarlarni  alqamaydi,  din  peshvolariga 
xushomad  qilmaydi,  ammo  vatanni  chet  el  zulmidan  ozod  qilish  uchun  kurashganlarni 
olqishlaydi. 
Hofiz Ibrohim o‘zining eng mashhur marsiyasini arab Sharqida yangi adabiyot oqimining 
tug‘ilishi va taraqqiyotida buyuk xizmatlari singgan Muhammad Abduhga bag‘ishlaydi. «Sharq 
yig‘laydi, «unga hamdard butun yer shari. Dunyoning ko‘zi yoshga to‘la. Hind ham, Xitoy ham 
bezovta. Misr ingraydi mangu dard bilan», yozadi shoir. 
Mustafo  Komil  vasiyatlarini  xalqqa  yetkazishga  intilgan  shoir:  «sen  bizni  undading:  bu 
binoni  men  yaratdim.  Xudo  xaqqi,  ey  odamlar,  qurganimni  buzmang  hech  qachon».  Xalq 
nomidan Hofiz bu vasiyatga javob beradi: «bino saqlanadi va sening siymoing namuna bo‘ladi. 
Sening ovozing eshitilmoqda, garchi olisda bo‘lsang ham». 
Xotin-qizlar xuquqi, tengligi uchun, ayolning zabun ahvoli va chodraga qarshi kurashgan 
Qosim  Aminga  bag‘ishlangan  marsiyada  «Sen  chodraga  qarshi  bosh  ko‘tarding,  tabiiyki 
tarafdori  bo‘lmading.  Vaqt  sening  g‘oyangni  avaylaydi  va  o‘z  hukmini  chiqaradi»
21
  deydi. 
H. Ibrohim Sa’d Zag‘lul, Jurji Zaydon, Ismoil Sabri, L. Tolstoy o‘limiga marsiyalar bitdi. 
H. Ibrohim Misr jamiyati liberal oqimlarining ifodachisi edi. Uning ilk asarlarida mehnatkash 
xalqqa  xayrixohlik  o‘z  ifodasini  topdi.  Ko‘pchilik  she’rlarida  kelajakka,  yaxshi  kunlarga  umid 
tuyg‘ulari  ifodalandi.  «Arab  tili»,  «Misr  o‘zi  xaqida  so‘zlaydi»  she’rlarida  shoir  arablarni  birlikka 
chaqiradi,  buyuk  o‘tmishni  eslatadi.  U arab  tilining  ulug‘vorligi  va  go‘zalligini  ta’kidlab, 
bosqinchilar uni siqib chiqarmoqchi bo‘lganlarini aytadi. Shoir arablar va arab tilining abadiy, deydi. 
«Arab  she’riyati»da  u  balandparvoz  shoirlar  nazmning  obro‘sini  to‘kdilar,  surbetlarcha  yolg‘onni 
ulug‘ladilar, deb ta’kidlaydi. H.Ibrohim ona xalqiga chinakam ozodlikni tilaydi. 
1911 yilda H. Ibrohimga davlat kutubxonasidan lavozim beriladi. Shu davrdan boshlab uning 
she’riyati shamshirining dami o‘tmaslasha boshladi. U tarixga murojaat qiladi, islomning dastlabki 
qahramonlarini madh etadi. 
«Nil  shoiri»  unvoniga  ega  bo‘lgan  Hofiz  Ibrohim  Misr  adabiyoti  tarixiga  XX  asar 
boshlaridagi eng zabardast shoirlardan biri sifatida kirdi. 

Download 1,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish