Yangi davr arab adabiyoti



Download 1,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/73
Sana01.08.2021
Hajmi1,55 Mb.
#135534
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   73
Bog'liq
yangi davr arab adabiyoti

Mustafo  Komil  (1874-1908)  Qohirada  harbiy  injener  oilasida  tug‘ildi.  Mutaxassisligi 
huquqshunos, Tuluza universitetining huquqshunoslik fakultetini tamomlagan. Misrga qaytgach, 
bir  oz  muddat  advokatlik  qildi,  keyin  o‘z  faoliyatini  butunlay  siyosiy  kurash  va  jurnalistikaga 
bag‘ishladi,  inglizlarni  Misrdan  haydash  uning  asosiy  shiori  bo‘lgan.  Yevropa  bo‘ylab  ko‘p 
sayohat qildi:  Vena, Budapesht,  London,  Berlinda bo‘ldi, hamma joyda iste’dodli siyosiy notiq 
sifatida  o‘zini  namoyon  qildi.  M. Komil milliy  maktablarni  ochishda,  Misr milliy  universitetini 
tashkil qilishda jo‘shqin faollik ko‘rsatdi. 1900 yilda u «al-Liva» («Bayroq») gazetasini chiqardi. 
1907 yilda esa «Hizb al-Vatan» («Vatan partiyasi») partiyasini tuzdi. Mazkur partiyaning asosiy 
vazifasi  ingliz  istilosiga  barham  berish,  Misr  Muxtoriyatini  saqlagan  holda  turk  sultoni 
hokimiyatini  tan  olish  va  konstitusion  tuzum  o‘rnatishdan  iborat  edi  M. Komil  1908  yilda  sil 
kasalidan  vafot  etdi.  Uning  «Sharq  masalasi»  (1898),  «Chiqayotgan  quyosh»  (1904)  kitoblari 
mashhur.  «Chiqayotgan  quyosh»da  u  vatandoshlariga  Yaponiya  misolida  muvaffaqiyatga 
erishish yo‘llarini ko‘rsatdi. 
M. Komilning  butun  faoliyati  vatanga  xizmat  etishning  yorqin  namunasidir.  U vatani 
Misrning  ingliz  istilosidan  xalos  bo‘lishi  uchun  kurashdi.  Bu  fidoyi  inson  mazkur  masalada 
siyosiy kurash va dinni chambarchas bog‘liq, deb bilar edi. Uning fikricha, din va vatanparvarlik 
tushunchalari ajralmasdir. 
M. Komil  islomga  butun  e’tiborini  qaratib,  o‘z  ma’naviy  ustozlari-musulmon 
islohatchilari  singari  din  erkinligiga  va  diniy  totuvlikka  chaqiradi.  Jamoliddin  al-Afg‘oniyga 
ergashib,  turk  sultoni  boshchiligida  tuziladigan  umummusulmon  xalifaligida  Sharq 
muammolarining  yagona  yechimini  ko‘radi.  M. Komil  turk  imperiyasi  tarkibiga  kiruvchi  arab 
mamlakatlari  xalqlari  chekayotgan  adolatsizliklar  va  kamsitishlardan  ko‘z  yumadi.  U  ingliz 
bosqinchilariga qarshi kurashda nafaqat turk sultonidan madad kutadi, balki Yevropa davlatlari 
orasidagi  ziddiyatlardan  xam  foydalanmoqchi  bo‘ladi.  Uning  Yevropa  poytaxtlariga  qilgan 
safarlari ular siyosatini Misr foydasiga o‘zgartirish maqsadini ko‘zlagan edi. 
Komil inqilobga qarshi bo‘lib, kurashning tinch usullarini maqullagan. Inglizlarga qurolli 
qarshilik ko‘rsatgani, natijada ingliz istilosiga sababchi bo‘lgani uchun u Orobi poshshoni millat 
xoini deb e’lon qiladi. 
M. Komil  o‘z  faoliyatida  xalqni  ma’rifatli  qilishga  asosiy  diqqatini  qaratdi. 
U sivilizatsiya  deganda  yevropaliklardan  olingan  moddiy  madaniyatni  emas,  yangilangan 
islomga asoslangan milliy ma’naviy madaniyatni ko‘zda tutgan edi. 
«Telegraf, telefon, grammofon va boshqa Yevropa texnik ixtirolaridan nima foydaki, ana 
shu  ajoyib  narsalarning  ixtirochilari  bizga  zulm  qilsalar,  bizni  asoratga  solsalar?  Inglizlar  zabt 
qilgan  mamlakatim  bo‘ylab  katta  tezlik  bilan  avtomobilda  sayr  qilishdan  ko‘ra  otga  minib, 
sahrolarda  kezib,  o‘zimni  ozod  his  etishni  ming  marta  afzal  deb  bilaman.»
1
  Aniq  dasturga  ega 
bo‘lgan  «al-Liva»  gazetasi  Komilning  quyidagi  g‘oyalarini  ommaga  yetkazishga  xizmat  qilar 
edi: 
 
1.  Britaniya  istilosidan  ozodlikka  chiqishning  yagona  yuli  sifatida  musulmon 
birligi g‘oyasini himoya qilish. 
 
2.  Milliy  harakatni  har  qanday  yo‘llar  va  vositalar  bilan  faollashtirish, 
kengaytirish. 
                                         
1
 Аҳмад Рашад. Мустафо Комил. Ҳайатуҳу ва кифаҳуҳу («Унинг ҳаёти ва кураши»). Ќоҳира, 1958 й., 166 б. 


 
12 
 
3. Misr yoshlarini siyosiy jihatdan tarbiyalash. 
 
4.  Misrda  jamoatchilik  fikrini  konstitusion  tuzum  va  ijtimoiy  islohatlar  tomon 
yo‘naltirish. 
 
5. Musulmon dinini Yevropa siyosati xurujidan himoya qilish. 
M. Komil yozuvchilikdan ko‘ra notiqlikda mohir edi. Keng jamoatchilikka mo‘ljallangan 
nutqi qurilishi va uslub jihatidan g‘oyat sodda, ayni chog‘da behad ta’sirchan va ehtirosli bulardi. 
Bu jihatdan Komil Adib Ishoqdan ham yuqori turar edi. Komil sodda jonli xalq tilida gapirishni 
ma’qul ko‘rardi, qofiyali nasrni ishlatmas, lekin adabiy til tizimidan chetga ham chiqmas edi. 
 Qosim  Amin  (1865-1908)  atoqli  publisist  va  ma’rifatparvar,  Qohirada  xediv  Ismoil 
xizmatida  bo‘lgan  kurd  knyazi  oilasida  dunyoga  keldi.  Q.Amin  Fransiyaga  davlat  hisobidan 
huquqshunoslik  bo‘yicha  o‘qishga  yuboriladi,  huquqshunoslik  doktori  ilmiy  darajasini  olib, 
adliya va ichki ishlar vaziriligida xizmat qildi. 
Q.Amin  1894  yilda  fransuz  tilida  «Misrliklar»  nomli  ilk  kitobini  chop  ettirdi.  Fransuz 
sayyohi  gersog  D’Arkur  o‘zining  yo‘l  xotiralarida  islom  va  sharq  urf-odatlari  haqida  yuzaki, 
yengil-elpi fikr bildirgan edi. Q.Amin o‘z asarida unga javob berarkan, ayniqsa, sharq ayolining 
ahvoli to‘g‘risida batafsil ma’lumot beradi.  
Yevropacha  ta’lim-tarbiya  ko‘rgan,  arab  ma’rifatparvarlik  tafakkuridan,  musulmon 
modernizmi  g‘oyalaridan  chuqur  bilimga  ega  bo‘lgan  Q.Amin  ayollar  masalasini  jiddiy 
o‘rganadi,  1899  yilda  arab  tilida  «Ayol  ozodligi»  («Tahrir  al-mar’a»)  kitobini  nashrdan 
chiqaradi.  Asar  keskin  munozaralarga  sabab  bo‘ladi.  Milliy  uyg‘onish  mafkurasi  tarafdorlari 
Q.Amin fikrlarini jo‘shqinlik bilan yoqlab, uni hatto «Sharq Lyuteri» deb atadilar. Qadimparast 
musulmonlar esa, uni dinga hurmatsizlikda, musulmon ijtimoiy tuzumiga qarshi qo‘poruvchilik 
qilishda  aybladilar.  Tanqidga  javoban  Q.Amin  1901  yilda  ikkinchi  kitobi  «Yangi  ayol»  («Al-
mar’a al-jadida»)ni nashr ettirdi. Garchi u paytlarda ayollar ahvolini o‘zgartirish mushkil bo‘lsa 
ham, uning kitoblari bir necha yillar davomida Misr va musulmon Sharqining qator shaharlarida 
qizg‘in muhokama qilindi. Qosim Amin umrining so‘nggi yillarini Misr universitetini ochishga 
bag‘ishladi, lekin adib 1908 yilda universitet ochilishiga sanoqli kunlar qolganda vafot etdi. «Al-
Jarida»  jurnali  adibning  o‘limidan  so‘ng  uning  yon  daftaridagi  fikrlarni  «Qosimbek  Amin 
so‘zlari»  (“Kalimat  Qosimbek  Amin”,  Qohira,  1908)  sarlavhasi  bilan  chop  etdi.  Bu  yozuvlar 
ham Qosim Amin oila, muhabbat, nikoh masalalari bilan yaqindan qiziqqanini ko‘rsatadi. 
Qosim  Amin  arab  publisistikasida  birinchilardan  bo‘lib  ayollar  masalasiga  zamonaviy 
islom  nuqtai  nazaridan  yondashdi.  Uning  nazarida,  ayolning  hozirgi  ahvoli  Olloh  tomonidan 
belgilangan  tabiiy  qonunlarga  mutlaqo  ziddir.  Q.Amin  o‘z  asarlarida  hijobga,  ayollarning 
“ichkari”ga  qamalib  o‘tirishiga  qarshi  chiqadi.  Uning  fikricha,  siyosiy  istibdod  bilan  qoloq 
oilaviy  munosabatlar  o‘rtasida  yaqin  bog‘liqlik  mavjud.  «Musulmonlarning  inqirozi  ular 
hayotidagi oilaning tuban holatidan kelib chiqadi.» 
Q.Amin «ayolning ijtimoiy tizimdagi roli millat xarakterini shakllantirishdan iborat», deb 
yozadi. Shuning uchun ham ayollarni ham jismoniy, ham aqliy, ham axloqiy jihatdan tarbiyalash 
zarur. 
Bu fikr Qosim Amin taklif etgan ayollarni tarbiyalash dasturining o‘q ildizidir. Ayollarga 
mos keladigan mutaxassislik deb, u pedagogika, medisina va savdoni ko‘rsatadi. 
Q.Amin  ayollarga  beriladigan  siyosiy  xuquqlar  to‘g‘risida  gapirmaydi,  chunki  «Misr 
ayoli  hozir  hech  narsaga  tayyor  emas,  shunday  davr  keladiki,  bilimlar  va  tajriba  bilan  boygan 
Misr ayoli ijtimoiy faoliyat jabhasida erkaklar bilan bellashishga tayyor bo‘ladi».
2
 
Xaqiqiy  modernist  sifatida  Q.Amin  Qur’onda  belgilangan  qoidalarni  inkor  qilish  uchun 
emas, balki o‘z xulosalarini asoslash niyatida muqaddas kitobga murojaat etardi. Qur’ondan (33-
sura  32  va  53-oyatlar)  ayollarning  hijobga  kirishi  xaqidagi  so‘zlarni  keltirar  ekan,  adib  bu 
ko‘rsatma Payg‘ambar ayollariga qaratilganini ta’kidlaydi, chunki ular «har qanday xotinlardek 
xotin  emaslar».  Zamonaviy  nikoh  va  taloq  odatlarini  tanqid  qilarkan,  Amin  o‘z  mulohazalarini 
isbotlash  uchun  Qur’on  oyatlarini  keltiradi.  (Olloh  er-xotin  orasiga  «sevgi  va  shafqat»  solgan). 
                                         
2
 Долинина А. А. Очерки истории арабской литературы нового времени. М, 1968. часть I, стр. 74.  


 
13 
Q.Amin  ko‘pxotinlikka,  erkaklar  uchun  osongina  bo‘lgan  taloq  tartibiga  keskin  qarshi  chiqdi. 
U ajralish  to‘g‘risida  yangi  qonun  loyihasini  tavsiya  qiladi,  bu  loyiha  bo‘yicha  «sen  taloqsan» 
deyish  kifoya  emas,  ajralish  hujjatlar  bilan  rasmiylashtirilishi  kerak.  Nima  uchun  islom  bunga 
yo‘l qo‘yadi, undan ham o‘taroq, Olloh o‘z qonunidan bu qadar qo‘pol og‘ishlarni quvvatlaydi? 
Q.Amin  bularni  dinning  inqirozi,  turli-tuman  bid’atlar  bilan  buzilganligi,  butun  tarixi 
davomida  musulmon  sivilizatsiyasining  takomillashmagani  bilan  izohlaydi.  musulmon 
madaniyati  tarixiga  bunday  tanqidiy  munosabat  Q.Amin  muxoliflarini  g‘azabga  keltirdi.  Uni 
bid’atda, musulmon madaniyatiga nopisandlikda ayblashdi. 
Q.Aminning  dasturi  uzoq  yillar  davomida  ayol  ozodligi  uchun  kurashuvchilarni 
ilhomlantirdi, «ayol mavzusi» esa, yangi arab adabiyotining asosiy mavzularidan biriga aylandi. 
«So‘zlar»da Q.Amin ingliz istilosining ayovsiz dushmani, vatanparvar, Misr adiblaridan 
birinchi bo‘lib «Misrning yagona bedor qalbi» ifodachisi sifatida namoyon bo‘ladi. 
Aminning  yon  daftaridagi  hikmatlar  gumanizm  bilan  yo‘g‘rilgan.  U insonlarni  go‘zal 
yashashga  chaqirdi,  insonlarga  hayot  jozibasini  ochishga  intildi.  Q.Amin  asarlari  leytmotivida 
hayot ma’nosi boylikda, yuqori mansabda, aslzodalarga mansublikda emas, «insonning dunyoda 
abadiy  iz  qoldiradigan  harakatchan  kuch  bo‘lishida»,  degan  g‘oya  yotadi.  «Ayol  ozodligi», 
«Yangi ayol» asarlarida u ko‘proq masalaning diniy, ijtimoiy tomonlariga e’tibor bergan bo‘lsa, 
bu  asarda  axloqiy  mavzularga  diqqat  qildi.  Nikoh,  muhabbat,  sadoqatda  u  hayotda  suyanchiq 
bo‘ladigan  ruhiy,  ma’naviy  kuchni  ko‘rdi.  Adibning  bu  darajada  insonning  ichki  dunyosiga, 
hissiyotlar  tarbiyasiga  e’tibor  berishi,  xo‘rlanganlar,  zulm  chekkan  ayollarga  hamdard  bo‘lishi, 
sof muhabbatni ardoqlashida ma’lum darajada sentimentalizm nishonalari ko‘zga  chalinadi. Bu 
yo‘nalish  arab  adabiyotida  XX  asrning  ilk  o‘n  yilliklarida  al-Manfalutiy,  Jubron  Xalil  Jubron 
ijodida shakllandi. 

Download 1,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish