Yangi davr arab adabiyoti



Download 1,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/73
Sana01.08.2021
Hajmi1,55 Mb.
#135534
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73
Bog'liq
yangi davr arab adabiyoti

So‘z boshi 
Yangi davr arab adabiyoti tadqiqodchilari arab Sharqi mamlakatlarining tarixiy taqdiri va 
madaniyati bilan bog‘liq qator muammolarga duch keladilar. 
Qadimgi  va  o‘rta  asrlarda  gullab  yashnagan  arab  adabiyoti  yangi  davr  bo‘sag‘asida 
qoloq, susaygan taraqqiyot bosqichini boshdan kechirib, ilgarilab ketgan Yevropa adabiyotining 
ketidan quvishga majbur bo‘ldi. 
O‘rta  asrlarda  vujudga  kelgan  madaniy,  adabiy  umumiylikning  parchalanishi  va  milliy 
adabiyotlarning  shakllantirish  jarayoni  arab  Sharqida,  bir  tomondan,  qudratli,  barqaror  o‘rta  asr 
madaniy an’analarining mavjudligi, boshqa tomondan esa, ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotning tezlashuvi 
va  jahon  madaniyati  bilan  bo‘lgan  aloqalarning  kengayishi  singari  omillar  ta’siri  ostida  sodir 
bo‘ldi. 
Bu omillarning o‘zaro nisbati, ularning badiiy adabiyotga ta’siri darajasi va xarakteri bir 
xil emasdi,  goh u, goh bu omil ustun kelar edi. 
Yangi  davr  arab  adabiyoti  an’analarning  tuganmas  xazinasi,  voqelik  va  jahon 
madaniyatidan o‘z taraqqiyotining turli bosqichlarida har xil unsurlarni o‘zlashtirdi. 
Yangi  arab  adabiyoti  bir  xalqning  ijod  mahsuli  emas,  uni  Misr,  Suriya,  Livan,  Iroq, 
Iordaniya,  Jazoir,  Tunis,  Marokash  va  Arabiston  yarim  oroli  mamlakatlari  xalqlari 
yaratmoqdalar. Tabiiyki, arab Sharqi mamlakatlari bu adabiyot taraqqiyotiga qo‘shgan ulush bir 
xil emas. 
Yangi arab adabiyoti tarixini rivojlantirishda Misr, Suriya va Livan mamlakatlari alohida 
rol o‘ynadi. 
Aksariyat arab tadqiqodchilari bugungi arab mamlakatlari adabiyotini Misr, Suriya, Tunis 
va  boshqalarga  bo‘lmasdan,  yagona  adabiyot  sifatida  qaraydilar.  Mahalliy  o‘ziga  xosliklar  va 
farqlarni nazarda tutgan holda arab adabiyotshunoslari «Misrdagi (Suriyadagi, Iroqdagi va h.k.) 
arab adabiyoti» atamasini qo‘llaydilar, lekin «Misr adabiyoti», «Iroq adabiyoti» kabi atamalarni 
inkor etadilar. 
Misr,  Suriya  so‘zlarini  esa,  odatda,  janr  bilan  bog‘liq  holda  “Misr  romani”,  “Suriya 
novellasi” kabi ishlatadilar. 
Darhaqiqat, bir tomondan ular orasida etnik yaqinlik, umumiy arab adabiy tili, ko‘pgina 
mamlakatlar  uchun  umumiy  bo‘lgan  islom  dini,  arab  birdamligi  g‘oyasi  mavjud.  Bular  arab 
adabiyotini  birlashtiruvchi  omillar  bo‘lib,  ularga  iqtisodiy  va  siyosiy  sabablar  bilan  yuzaga 
keladigan arab 
Ichki  sharoit  va  ijtimoiy-siyosiy  o‘ziga  xosligi  bilan  ajralib  turuvchi  mustaqil,  milliy 
davlatlarning paydo bo‘lishi, shevalar mavjudligi singari omillar milliy adabiyotlar tez sur’atlar 
bilan rivojlanib borayotgan hozirgi zamon arab adabiyotini o‘zanidan chetga tortadi. 
Tarixiy  sharoitlardagi  tafovut  va  XIX  asrda  arab  mamlaktlari  ijtimoiy-iqtisodiy 
taraqqiyotining notekis kechgani arab dunyosining turli regionlari adabiyotning bir vaqtda o‘rta 
asrdan zamonaviy shakllarga o‘tishiga xalaqit berdi. Aksariyat arab mamlakatlari uchun XX asr 
Misr  adabiyoti  Yevropa  tajribalarini  yoyishda  vositachi  vazifasini  o‘tadi.  Turk  sultoni 
Abdulhamid  II  hukmronligi  davrida  Suriya  va  Livandagi  yangilikka  intilish  harakati 
ziyolilarning  majburan  chet  elga  ketishi  munosabati  bilan  xiyla  sekinlashdi.  Yevropa  va 
Amerika  mintaqasida  muhojir  adabiy  markazlar  paydo  bo‘ldi,  Misrda  o‘sha  davr  adabiy 
kuchlarining  markazlashishi  yuzaga  keldi.  Hozirgi  paytda  esa  arab  Sharqining  bir  qator 
mamlakatlarida adabiyotning bir me’yorda taraqqiy etib borishi tamoyili yuzaga kelmoqda. 
Yangi  arab  adabiyotining  o‘rganilishiga  I. Yu. Krachkovskiy,  A.  Ye. Krimskiy, 
K. V. Ode-Vasilyev,  A. Sultonov,  A. A. Dolinina,  V. Borisov,  N. K. Usmonov,  A. B. Xolidov, 
V. N. Kirpichenko,  S. V. Projogina  va  boshqa  olimlar  salmoqli  hissa  qo‘shdilar.  Arab 
tadqiqodchilaridan  Mahmud  Amin  al-Alim,  Abbos  Mahmud  al-Akkad,  Muhammad  Mandur, 
Jamil Salib, Mustafo Shokir, Husayn Muravvalarni ko‘rsatib o‘tish lozim. 
Ayniqsa,  akademik  I. Yu. Krachkovskiy  asarlarini  alohida  e’tirof  etish  kerak.  Ma’lumki 
ungacha rus va G‘arbiy Yevropa sharqshunosligi faqat o‘rta asr arab adabiyotini o‘rganishga loiq 
deb  bilardi.  I. Yu.  Krachkovskiy  XIX  asrning  ikkinchi  yarmidan  boshlab  taraqqiy  etayotgan 


 

yangi  arab  adabiyotining  o‘ziga  xos  ahamiyatini  to‘g‘ri  baholab,  Muntazam  o‘rgana  boshladi. 
Uning  milliy  merosi  arab  Sharqi  mamlakatlaridagi  adabiy  jarayonlarni  o‘rganishda  poydevor 
vazifasini o‘taydi. 
Yangi arab adabiyoti tarixi materiallarini bayon etishda biz akademik I. Yu.Krachkovskiy 
qoldirgan quyidagi davrlashtirish prinsipiga amal qilamiz. 
I-ma’rifatparvarlik davri (1800-1880 yillar). 
II-arab jangovar publisistikasi davri (1880-1910 yillar) 
III-ilk realizm davri (1910-1935 yillar) 
IV-yangi davr adabiyoti (1940-bugungacha). 
 


 


Download 1,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish