Yangi davr arab adabiyoti


II BOB  YaNGI ARAB ADABIYoTINING ILK ShAKLLANISh DAVRI



Download 1,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/73
Sana01.08.2021
Hajmi1,55 Mb.
#135534
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73
Bog'liq
yangi davr arab adabiyoti

II BOB 
YaNGI ARAB ADABIYoTINING ILK ShAKLLANISh DAVRI 
(1880-1910) 
 
1. Arab publisistikasi, uning yangi arab adabiyotining vujudga kelishidagi roli (1880-1910). 
XIX  asr  arab  adabiyotidagi  birinchi  mustaqil  janr  publisistika  bo‘lib,  uning  milliy  asosi 
arablar hamma asrlarda e’zozlagan, qadimiy va hamisha navqiron notiqlik sa’nati edi. 
Arab publisistikasi  va matbuotining asosiy o‘chog‘i Misr bo‘ldi. Mamlakatdagi ijtimoiy 
iqlim,  bosmaxonalarning  mavjudligi  shunga  asos  yaratdi.  1828  yilda  Muhammad  Ali  saltanati 
davrida  birinchi  hukumat  gazetasi  –  «Al-Vaqoyi  al-Misriya»  («Misr  yangiliklari»)  chop  etildi, 
uni  Rifa  at-Taxtaviy  boshqardi.  Misr  matbuoti  taraqqiyotiga  suriyalik  muhojir  arablar  salmoqli 
hissa  qo‘shdilar.  Shuningdek,  1870-1914  yillardagi  adabiyot  taqdirida  muhojir  arab  ziyolilari 
sezilarli iz qoldirganliklarini o‘z vaqtida akademik I. Yu. Krachkovskiy ko‘rsatib o‘tgan edi. 
Yevropaga,  aksar  hollarda  Parijga,  faqat  ayrim  siyosiy  arboblargina  emas,  balki  arab 
Sharqida taqiqlangan nashrlar ham ko‘chirib o‘tilar edi. Masalan, Britaniyaga zid bo‘lgan Yoqub 
Sannuning  «Abu  Naddara  zarqo»  («Ko‘k  ko‘zoynakli  odam»),  1877-1910),  Jamoliddin  al-
Afg‘oniy  va  Muhammad  Abduhlarning  «Al-Urvat  al-vusqa»  («Baqquvat  suyanch»)  gazetalari 
ham Parijga ko‘chirilgan edi. 
Turk  istibdodi  zo‘raygan  Suriyadan  ziyolilarning  ommaviy  muhojirat  qilishi  ham  ro‘y 
berdi.  Misrda  hozirgacha  nashr  etilayotgan  «al-Ahrom»  («Piramidalar»,1876  yildan  muharriri 
Bishara Takla, 1885 yildan – Ya’qub Sarruf va Foris Nimr), «Al-Hilol» («Yarim oy», 1892 yilda 
nashr etilgan, birinchi muharriri Jo‘rji Zaydon) gazetalarining ilk muharrirlari suriyaliklar edilar. 
Shu  davrda  mashhur  Suriya  publisistlari  Adib  Ishoq  va  Abd  ar-Rahmon  al-Kavokibiy, 
shoir,  dramaturg,  publisist  Najib  al-Haddod,  tarixchi  olim,  filolog,  tarixiy  roman  janrining 
yaratuvchisi Jo‘rji Zaydon, faylasuf Foriq Antunlar Misrda yashab, ijod qildilar. 
Aksariyat mashhur publisistlar u yoki bu darajada Jamoliddin al-Afg‘oniy g‘oyalarini va 
«islom modernizmi»ni qo‘llab quvatlardilar. Ular milliy-ozodlik harakati va feodalizmga qarshi 
kurashga  hayrixoh  edilar.  Ayni  paytda  Jo‘rji  Zaydon  kabi  siyosiy  kurash  bilan  bog‘lanmagan 
«betaraf»,  sof  ma’rifatparvarlikni  maqsad  qilib  olgan  adabiyotchilar  ham  yo‘q  emasdi. 
Inglizlarni qo‘llab - quvvatlaydigan jurnalistlardan eng ko‘zga ko‘ringani Ya’qub Sarruf bo‘lib, 
A.E.Krimskiy  uni  «Yevropa  axborotchisi»  deb  atagan  edi.  Ya.Sarruf  Sharq  va  G‘arb 
madaniyatlarining yaqinlashuvi tarafdori bo‘lgan. 
Publisist  yozuvchilar  safi  ancha  keng  edi.  Ulardan  ba’zilarining  hayoti,  adabiy  faoliyati 
xususida to‘xtalib o‘tamiz. 

Download 1,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish