Yangi davr arab adabiyoti



Download 1,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/73
Sana01.08.2021
Hajmi1,55 Mb.
#135534
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73
Bog'liq
yangi davr arab adabiyoti

Ben  Jellun  (1919  yilda  tug‘.)  Misrda  o‘qidi.  U  yo‘nalish  va  uslub  jihatidan  turlicha 
bo‘lgan bir necha kitob muallifidir. Ular orasida tarix, iqtisod, madaniyatga oid kitoblar bilan bir 
qatorda  badiiy  asarlar  –  «Bu  marokashdir»  («Hazihi  Marokesh»),  «Bolaligim»  («Fit-tufula»), 
«Qonli vodiy» («Vadi ad-dima», 1948) hikoyalar to‘plami ham bo‘lib, ularda mustamlakachilik 
yuki ostida ezilgan xalq taqdiri haqida hikoya qilinadi.  
Gallab ham Ben Jellun kabi Misrda o‘qidi. U ijtimoiy-siyosiy  va adabiy muammolarga 
bag‘ishlangan  «Madaniyat  va  adabiyot  haqida»  («Fi-s-saqafa  va-l-adab»)  kitobi  hamda  «Yetti 
eshik»  («Sabatu  abvab»),  «Omadli  kishi  o‘ldi»  («Mata  karir  al-ayn»)  romanlari  muallifidir. 
O‘zining  oxirgi  to‘plamiga  yozgan  so‘zboshisida  Gallab  «buyurtmali»,  ya’ni  ijtimoiy  faol, 


 
167 
ma’lum  siyosiy  dasturini  targ‘ib  qilishga  qaratilgan  adabiyotga  nisbatan  munosabat  bildirdi. 
Adib  bunday  asarlarning  badiiy  qimmati  haqida  ba’zibir  tanqidchilar  salbiy  fikr  bildirishlariga 
qaramay, ular juda katta ijtimoiy ahamiyatga ega ekanini ta’kidlaydi. O‘quvchi adibdan hayotda 
uchraydigan  insonlar  obrazini  chizishni,  hayotda  ro‘y  beradigan  voqealarni  tasvirlashni  talab 
qilishga haqli, yozuvchi muxlislar talabini inobatga olishi lozim, deb hisoblaydi.  
Marokashning hozirgi arabiyzabon poeziyasi o‘rta asrlar adabiyotining boy an’analarini 
meros  qilib  oldi.  Boshqa  arab  mamlakatlarida  bo‘lganidek,  Marokashda  shoirlar  mumtoz 
adabiyotni «zamonaviylashtirish» ga, uni bugungi kun talablari darajasiga ko‘tarishga intiladilar. 
Keksa  avlod  vakillari  –  Muhammad  as-Sulimani  (1863-1926),  Abdulloh  al-Fasi  (vaf.  1930) 
ijodlarida  asta-sekin  mumtoz  adabiyotdan  chekinish  boshlanadi,  bu  jarayon  XX  asr  boshlarida 
Muhammad Garrit, Ahmad al-Balgisi, Muhammad as-Suleymaniy kabi liriklar ijodida tezlashib 
bordi.  Mazkur  adiblar  she’riyatida  ijtimoiy  hayot  voqealariga  munosabat,  mustamlakachilik 
zulmiga  qarshi  norozilik,  islom  dinini  zamonaviylashtirishga,  ma’rifatga  chaqirish,  zamonaviy 
sivilizatsiya va texnik yutuqlarni ta’riflash ifodalanganini ko‘rish mumkin.  
Marokashning  hozirgi  zamon  shoirlari  orasidan  Muhammad  al-Xalauini  alohida  ajratib 
ko‘rsatish  kerak.  U  Fesdagi  Karauin  universitetini tugatgan,  asarlari  mavzusi  juda keng  bo‘lib, 
ham  Marokashga  oid  ijtimoiy-siyosiy  muammolarni,  ham  xalqaro  hayot  masalalarini  qamrab 
oladi.  1956  yilda  uning  birinchi  she’rlar  to‘plami  –  «Ohanglar  va  aks  sadolar»  («Angam  va 
asda») bosilib chiqdi.  
Marokashning  arabiyzabon  poeziyasida  borgan  sari  ko‘proq  yangi  tamoyillar  ko‘zga 
tashlanmoqda.  An’anaviy  lirikaning  shakli  va  mazmunini  yangilashga  intilayotgan  shoirlar 
jumlasidan  Abu  Bakr  al-Lamtuni,  Mustafo  Muhammad  as-Sabbag‘a,  Muhammad  at-
Tanjaunlarni tilga olish mumkin.  
Marokashning  arabiyzabon  dramaturgiyasi  ham  o‘zining  ilk  qadamlarini  qo‘ymoqda. 
Muhammad at-Tanjaui Marokashda birinchi bo‘lib «Ozodlar gimni» («Anashid al-ahrar») nomli 
she’riy pesani ijod etdi. 1952 yilda esa, o‘quvchilar Bel Xashmining «Chodirni uloqtirgan ayol» 
dramasi  bilan  tanishib,  unga  yuksak  baho  berdilar.  Muhammad  bin  Zayyanning  1958  yilda 
yozgan  «Kanza» pesasi ayollarning jamiyatdagi o‘rni masalasiga bag‘ishlangan; 60-yillarda al-
Hasan  as-Saihning  «Arjluna»,  «Buyuk  Sulaymon»,  «Malikshoh»  kabi  bir  qator  tarixiy  pesalari 
bosilib chiqdi.  
Marokashning  adabiy  arab  tilidagi  adabiyoti  shakllanishi  yo‘llarini  bosib  o‘tmoqda. 
Shoirlar,  nosirlar,  dramaturglar  yangi  badiiy  metodni  egallashga,  boshqa  arab  mamlakatlari, 
jahon yozuvchilari tajribasini o‘zlashtirishga harakat qilmoqdalar.  
Marokashning  fransuzzabon  nasrining  tug‘ilishi  1949  yilda  Ahmad  Sefreuining 
«Qahrabo  tasbih»  novellalari  to‘plami  e’lon  qilingan  vaqtda  boshlanadi.  Bu  to‘plam  ma’lum 
darajada    an’anaviy  adabiyot  bilan  bo‘lgan  aloqani  o‘zida  mujassamlantiradi.  Shu  bois 
Sefriuining  ilk  kitobida  diniy  pandgo‘ylik  tamoyili  ustunlik  qiladi.  Yozuvchi  taqvodorlikni, 
dindoshlarga  muhabbatli  bo‘lishni,  halol  yashashni  targ‘ib  etadi.  Bu  tamoyillar,  ayni  vaqtda, 
mustamlaka mamlakatlar hayotiga  kirib kelayotgan arab burjua merkantilizmiga qarshi norozilik 
sifatida  ham  yangraydi.  Pandomiz,  majoziy  novella  janrining  o‘zi  Sefriui  ijodida arab  mumtoz 
adabiyoti janri bo‘lmish – maqoma ta’sirida paydo bo‘lganini taxmin qilsa bo‘ladi.  
Sefreuining  ikkinchi  asari  –  «Ajoyibotlar  sandiqchasi»  (1954)  bolalik  ayyomiga 
bag‘ishlangan  avtobiografik  asar  bo‘lib,  Shimoliy  Afrika  yozuvchilari  ijodiga  xos  maishiy 
asarlarga  yaqin  turadi.  Sefriui  Marokashning  shaharlik  mohir  hunarmandlarining  an’anaviy 
turmushini  badiiylashtirib  tasvirlaydi,  mustamlakachilik  davri  ijtimoiy  problematikasi  esa 
asardan  tashqarida  qolib  ketadi.  Yozuvchi  tasvirlagan,  Marokashning  patriarxal  davriga  xos 
farog‘atli  turmush  manzaralari  uning  ijodini  G‘arbning  eskicha  romantik  asarlariga 
yaqinlashtiradi.  Bu  asarlarda  ham  sarmoyaning  beshafqat  zo‘ravonligi  ostida  parchalanib 
borayotgan,  ideallashtirib  tasvirlangan  patriarxal  turmush  aks  etgan  edi.  Ayni  vaqtda  Sefriui, 
birinchi  galda,  Marokash  yozuvchisi.  Uning  asarlaridagi  milliylik  nafaqat  ular  mavzusida 
(Marokashning  o‘ziga  xos  shahar  sivilizatsiyasi,  unda  o‘rta  asrlar  Andaluziyasining  badiiy 
an’analarini  o‘zida  aks  ettiradigan  amaliy  san’atning  gullab  yashnashi  kabi),  balki  tasvir 


 
168 
ob’ektiga  munosabatda  ham  seziladi.  Hatto  Sefriui  ijodining  diniy  qobiqqa  egaligi  ham 
Marokash  madaniyatining  o‘ziga  xosligi  bilan,  uning  arab  dunyosining  ijtimoiy  harakatlardan 
yiroq chet o‘lkasi bo‘lgani bilan, boshqa Mag‘rib davlatlariga nisbatan ijtimoiy hayotning barcha 
jabhalarida islom dinining arxaik institutlari tayziqi sezilib turishi bilan izohlanadi.  
Dris  Shraybi  (1929  y.  tug‘.)  ijodi  esa  boshqacha  yo‘nalishda  davom  etadi.  U  boshqa 
adiblarga  ko‘ra  ko‘proq  Mag‘rib  ziyolilarining  mustaqillik  arafasidagi  kayfiyatini  aks  ettiradi. 
Uning  ijodi  «intellektual  adabiyot»  atalmish  toifaga  mansub.  Bu  adabiyot  bevosita  hissiyotga 
ta’sir  etadigan  voqelikni  emas,  balki  hayot  haqidagi  mulohazalarni,  bugungi  dunyo  borasidagi 
yozuvchi  konsepsiyasini  o‘zida  aks  ettiradi.  Hayotiy  materialga  bunday  yondashish  oqibatida 
Shraybi  qonuniy  ravishda  haqqoniy  tasvirdan  chekinadi,  to‘liq  holda  majozdan  foydalanadi. 
Uning «Eshak» (1956) va «Olomon» (1961) nomli romanlari aynan shu uslubda yozilgan.  
Adib  asarlarining  asosiy  mavzusi  –  g‘arbcha  demokratiyaga  erishgan  mamlakat  taqdiri 
(qoloq, feodal Marokashda so‘nggi o‘n yilliklar davomida kapitalistik munosabatlar sur’at bilan  
rivojlanib bormoqda), shuningdek, xuddi shu g‘arbcha demokratiyani fosh qilishdan iborat.  
«Eshak»  -  mustaqillikni  qo‘lga  kiritgan  mamlakat  haqidagi  majoziy  asar  bo‘lib,  uni 
shartli  ravishdagina  roman  deb  atash  mumkin.  Asarda  «haddan  tashqari  to‘satdan,  haddan 
tashqari  majburan  asrlar  davomida  o‘ziniki  bo‘lgan  dunyodan  yangi,  ularni  yutib  yuborgan, 
muvozanatdan chiqargan, oldindan mag‘lub qilib qo‘ygan dunyoga o‘tilgani» haqida gapiriladi. 
Shraybi  vatandoshlarining  minglab  yillar  davomida  hukmron  bo‘lib  kelayotgan  qotib  qolgan 
turmush  tarzidan  undan  battar  mudhish  muhitga,  hozirgi  G‘arbning  «ommaviy  jamiyati» 
muhitiga kirib kelishida xavf-xatar his qiladi. «Eshak» romanida Shraybiga xos «olomon insoni» 
iborasi paydo bo‘ladi. Bu tushunchani keyinchalik u «Olomon» nomli pamflet romanida izohlab 
berdi.  Uning  ta’biricha,  taraqqiyot  va  sivilizatsiya  tanholikni  tug‘diradi.  «Biz  qanchalik 
madaniyroq bo‘lib borsak, shunchalik yashashni unutib boramiz. Oxir-oqibat, biz hayot haqidagi 
tasavvurdan  butunlay  mosuvo  bo‘lamiz,  hayot  bilan  yuzma-yuz  kelganda  borgan  sari  ko‘proq 
o‘zimizni  tanholikda turmush  girdobida g‘arq  bo‘lgandek  sezamiz.  O‘shanda  o‘zaro  jipslashib, 
podaga aylanamiz, millat, din, mafkura yoki iqtisodiy tizim doirasidagi to‘da shakliga kiramiz… 
Hozirgi  jamiyatshunoslik  atamasi  bilan  aytganda,  «ommaviy  madaniyat»  mevasi  bo‘lgan 
«olomon insoni» shunday paydo bo‘ladi».
79
  
«Eshak»  romanida  nimaga  ko‘ngil  qo‘yishni,  nimaga  ishonishni  bilmagan  olomon  o‘z 
kuchini ishlatadigan joy izlaydi, maqsadsiz ravishda  yo‘lida uchragan barcha narsalarni yakson 
qiladi.  Kitob  ramzli  mudhish  manzara  tasviri  bilan  tugaydi:  qop-qora  olomon  «sotqin»larni 
qidirib  harakatga  tushadi,  sotqin  bo‘lsa  bas,  «vatanini  sotgan,  xudoni  sotgan,  ayniqsa,  ana  shu 
olomonga  xiyonat  qilganlar»ni  izlaydi.  Bu  omma  kuchini  qo‘zg‘ab,  unga  to‘g‘ri  yo‘l  ko‘rsata 
olmaganlarning jazosi. Mana, qurbon ham tayyor – bu sartarosh Musa. U qilgan xatosini anglab, 
odamlarni  «chin  hayotga»  qaytarmoqchi  bo‘lgan  edi.  Uni  tiriklay  o‘tda  yoqishadi,  ammo  bu 
qilmish olomonning ko‘r-ko‘rona g‘azabi tufayli yuz bermaydi. Olomon uni ur-kaltak qilmaydi, 
balki oldindan belgilangan taomilga ko‘ra jazolaydi. Buning boisi, Shraybi fikricha, olomonning 
uyushish kuchiga ishonishda, eng ishonchli uyushma esa kazarmadir.  
Haqiqat qidiruvchi Musa obrazi o‘ta dramatik. Uning shartliligi ta’kidlanib tursa ham, bu 
obraz nigeriyalik yozuvchi G.Okaraning «Ovoz» (1964) povestidagi Okologa o‘xshab ketadi. U 
ham  Musa  kabi  o‘zini  o‘rab  turgan  ma’nosiz  hayot  qobig‘ini  yorib  chiqmoqchi  bo‘ladi,  lekin 
muvaffakiyatsizlikka  uchrab,  vatandoshlarining  ongsizligi,  qo‘rqoqligi  qurboniga  aylanadi. 
Marokashlik  Shraybi  va  Nigeriyalik  Okara  yaratgan  tasvirlardagi  fojeaviylik  Afrikaga  xos 
voqelikdan  kelib  chiqqan  bo‘lsa  ham,  ammo  Shraybining  o‘z  zamonasi  haqidagi  tasavvurlari 
G‘arb  mafkuraviy  konsepsiyalari,  ayniqsa,  fransuz  ekzistensializmining  buyuk  namoyandasi 
Alber  Kamyu  (1913-1960)  qarashlari  ta’sirida  shakllangani  yaqqol  sezilib  turadi.  Bu  ta’sir 
nafaqat  «Eshak»  romanida  bot-bot  uchraydigan  dunyoning  absurdligi,  ma’no-maqsadsizligi 
haqidagi  fikrlarda,  balki  Kamyu  qahramonlari  singari  kurashga  qat’iyat  bilan  bel  bog‘lagan, 
Kamyuning  «Nuzul»  (1956)  qissasi  qahramoni  aytganidek,  atrofdagilarning  tushunmasligidan, 
                                         
79
 Современные литераторы Африки. М.:1973, С.87.  


 
169 
«devorga  gapirib»  noumid  bo‘lishdan  qo‘rqmaydigan  qaysar  Musa  obrazida  ham  ko‘zga 
tashlanib  turadi.  Shraybi  asarning  parabolik  –  qabariq  shaklini  Kamyuning  estetik  prinsiplari 
ta’siri  ostida  tanlagan  bo‘lishi  ehtimoldan  xoli  emas,  Kamyu  ham  o‘z  kitoblarida  muallif 
falsafasini bayon etishga imkon beradigan shartli holatlarni tasvirlaydi. U o‘z kundaligida «faqat 
obraz orqali fikrlash mumkin, faylasuf bo‘lishni xohlasang – roman yoz», - deb qayd qilgan.  
Yozuvchi  odamlar  orasidagi  parokandalikni  yo‘qotish  mumkin  emasligi  haqidagi  o‘z 
tasavvurini  Musa  va  «belkurak  ko‘targan  odam»  orasidagi  suhbat  tasvirida  ifodalagan.  Musa 
uning ko‘zi oldida xuddi o‘zi kabi yaxshi hayot haqidagi orzulari chippakka chiqqan qiz o‘zini 
o‘ldirganidan hayajonda. Bu haqda u tasodifiy suhbatdoshiga aytib bermoqchi bo‘ladi. «Ha, men 
u  yerda  sakkiz  kun  qolib  ketdim,  sakkiz kun…»,  «Ha,  -  javob  beradi  unga  belkurak  ko‘targan 
kishi,  -  bu  juda  yaxshi  belkurak».  Ko‘rinishdan,  suhbatdoshi  unga  diqqat  bilan  quloq  solib  
turgandek». “Burab chiqarsangiz, - davom etadi u, - kurakka aylanib qoladi, o‘rniga qotirsangiz 
uchli belkurak bo‘ladi. Bu belkurak Amerikada chiqqan…»  
Musa,  axiri,  bu  odamga  gap  uqtirishdan  hafsalasi  pir  bo‘lib  deydi:  «Bir  hisobdan  kar 
bo‘lganingiz ham ma’qul. Kar bo‘lmaganingizda ham, baribir, gaplarim qulog‘ingizga kirmasdi.  
-  Kasaba  uyushmasining  baholari  qirq  sakkiz  soatlik  hafta  hisobidan  qilingan,  -  deydi 
belkurak ko‘targan kishi. U ayb ish qilib qo‘ygan odamdek tortinibgina kulib qo‘ydi.»
80
 
«Olomon»  asarida  tasvirlangan  voqea  o‘ta  keskin,  dramatik  bayonga  asoslangan, 
«Eshak»  romani  bilan  qiyoslaganda,  yengil  hazilga  o‘xshab  ketadi.  Shunga  qaramay  asar 
madaniy  odam  imkoniyatlari  haqidagi  zaharxandaga  to‘la.  Asar  syujeti  korchalon  matbuot 
tomonidan  olomonning  navbatdagi  xudosi,  joni  –  diliga  aylantirilgan  sobiq  tarix  o‘qituvchisi 
Matyurenning  hokimiyatni  egallashi,  farmonravonligi  va  ag‘darilishi  tasviriga  asoslangan. 
Matyuren  esi  past,  ahmoqni  hokimiyat  ustida  ko‘rishni  istab  qolgan  puldorlarning  fitnasi 
oqitabida  hokimiyat  tepasiga  chiqib  oladi.  Ammo  uning  mustaqil  ravishda  sog‘lom  fikrlashga 
qobil  ekanligini,  ularning  qudratini  cheklashga  qaror  qilganini  bilganlaridan  so‘ng  ag‘darib 
tashlaydilar.  
Falsafiy satira an’analariga ko‘ra yozilgan bu romanda Shraybi ijodiga xos milliy xislat 
deyarli  sezilmaydi.  Ammo  uning  ijtimoiy  konsepsiyasi  birmuncha  o‘zgargani,  voqealarni 
baholashda  yozuvchining  erkin  harakat  qilishi,  bizningcha  ijobiy  xislat  sifatida  qaralishi 
mumkin.  Endi  Shraybidagi  voqelikka  fatalistik  qarash,  hukmronlik  qilayotgan  ma’nosizlik, 
absurdning mutloqligi borasidagi qarashlar yo‘qolib boradi.  
Shraybi  nazarida  absurd  falsafasi  ilgarigi  ko‘rkamligini  yo‘qotgandek  bo‘ladi,  hatto  bu 
narsa burjua tuzumining hukmdorlargagina naf keltiradigan mevasi bo‘lib ko‘rinadi.  
«Olomon»  romanida  Bi  ismli  qandaydir  janobning  obrazi  chizilgan.  U  kerakli  molni 
yetkazib  beruvchi  monopolistik  korchalonlarning  malayi.  Matyurenning  o‘zi,  uning  biror-bir 
siyosiy dastur mohiyatiga ega bo‘lmagan siyosiy dasturi ham shunday tovardir. Istisnosiz hamma 
narsa  bilan  –  o‘rgamchik  va  ustasi  farang  yozuvchilar  uchun  mo‘ljallangan  adabiy  syujetlar, 
qahramonlar,  situatsiyalardan  tortib  siyosiy  partiyalar,  BMTdagi  eng  chaqqon  tovar  –  bu 
tonnalab sotiladigan absurddir.  
Marokashning  fransuzzabon  prozasi  60-yillarda  rivojlanishdan  to‘xtab  qoldi  –  1962 
yildan, ya’ni Shraybining «Hammabop meros» romani nashr etilganidan boshlab 1967 yilgacha 
bitta ham yangi asar nashr etilmadi.  
Marokashda  60-yillarning  oxirlarida  yosh  iste’dodli  muallif  Muhammad  Xayriddin 
maydonga chiqib, 1967 yilda «Agadir» qissasini, 1968 yilda bir kitob holida ikkita kichik qissa – 
«Manfiy jism» va «Rahmdil tangricha tarixi»ni, 1969 yilda «O‘rgimchaksimon quyosh» she’rlar 
to‘plamini bosmadan chiqardi. Yozuvchi syurrealizmning kuchli ta’siri ostida ijod qiladi. Uning 
odatda  birinchi  shaxs  tilidan  qilingan,  bir  ko‘rinishda  bir-biri  bilan  bog‘lanmagan  bayonida 
muallifning,  xuddi  Shraybi  kabi,  g‘arbning  g‘ayriinsoniy  sivilizatsiyasiga  qarshi  noroziligi  o‘z 
ifodasini  topgan.  «Atom  portlaydi.  Odamlar  boyiydi.  Buning  uchun  vayronalarni  borib 
ko‘rishning  o‘zi  kifoya.  Odamlar  yashirinadi.  Faqat  soldatlar  bu  yerdan  o‘tish  huquqiga  ega. 
                                         
80
 Современные литературы Африки. М.: 1973. с.89.  


 
170 
Taqdiri  azal  tuni.  Men  Prometeyman.  Men  o‘z  tanimdan  voz  kechaman,  ichak-chavog‘imni 
xomtalash  qilaman,  bu  –  oz  narsa  emas.  Ha,  mse,  men  haq  berayapman.  Siz  so‘rov  o‘tkazgani 
kelgansiz. Mse, siz insonparvarsiz, siz tushunasiz, sizdan hech narsani  yashirmayman. Sizni bu 
yerga  xo‘jayin  yuborgan.  Ammo  qurib  ketsin,  qurigandan  qurib  ketsin,  bu  vayronalardan  siz 
nima olmoqchisiz? Xayr, mayli, bu gaplarni qo‘yaylik».
81
  
Marokashning  fransuzzabon  poeziyasida  Jazoir  adabiyotidagi  o‘ziga  diqqatni  jalb 
qiluvchi  ko‘rkamlik  –  xalq  og‘zaki  ijodi  bilan  bog‘liqlik  ko‘zga  tashlanmaydi.  To‘g‘ri, 
Muhammad  Aziz  Lahbabi  arab  va  berber  poeziyasi  antologiyasini  tuzib,  o‘zi  barcha  asarlarni 
fransuz tiliga badiiy tarjima qilib berdi va bu to‘plamning eng katta va eng muvaffaqiyatli qismi 
to‘y,  marosim,  qahramonlik  qo‘shiqlari,  boshqa  xalq  qo‘shiqlariga  oid  bo‘limidir.  Muhammad 
Aziz  Lahbabi  Marokash  shoirlarining  eng  yirigi  bo‘lib,  birinchi  galda  serqirra  iste’dodi  bilan 
mashhurdir.  U  ham  tarjimon,  ham  folklor  to‘plovchisi,  ham  shoir,  ham  faylasuf.  U  arab  tilida 
yozilgan  quyidagi  falsafiy  asarlar  muallifidir:  «Islom  mutafakkirlari»  (1946),  «Erkinlik  yoki 
erkin  bo‘lish»  (1956),  «Yashirindan  ochiqlik  tomon»  (1961).  U  fransuz  tilida  ham  she’rlar 
to‘plami nashr ettirdi va unga o‘zining 1959 yilda yozgan eng mashhur she’ri – «Qorong‘ulik va 
yorug‘lik»ni  kiritdi.  1969  yilda  Laxbabining  «Ovozim  o‘z  yo‘lini  qidirmoqda»  nomli  yana  bir 
she’rlar to‘plami bosilib chiqdi.  
Laxbabi  she’rlarini  chin  ma’noda  grajdanlik  lirikasiga  taaluqli,  deyish  mumkin.  O‘z 
she’rlarining  shiormonandligi,  xitobga,  ochiqdan  –  ochiq  chaqiriqqa  moyilligi  bilan  u  jazoirlik 
shoir Anri Kreani eslatadi:  
Yetar ko‘z yoshi, o‘kirib yig‘lashlar,  
Endi g‘azabga o‘rganmoq vaqtidir.  
Tiz cho‘kib yashash munosib emas,  
Boshingizni ko‘taring, nurga intiling!  
Salom sengi, mustaqillik! 
Muhammad  Xayriddinning  ijodiy  uslubi  boshqacha.  U  Marokashdan  ham  ko‘ra  Parijda 
sevimli,  avangardizmning  namoyandalaridan  biri  hisoblanadi.  «O‘rgimchaksimon  quyosh» 
to‘plami  adibning  katta  ijtimoiy  muammolar  ustida  bosh  qotirayotganini,  uning  syurrealizm 
qonuniyatlari  hududida  siqilib  qolganini,  bu  qonuniyatlar  uning  asarlaridagi  ijtimoiy  jarangni 
bo‘g‘ib  qo‘yayotganini  ko‘rsatadi.  Bu  jihatdan  uning  reaksionerlar  tomonidan  o‘ldirilgan 
Marokashning ilg‘or jamoat arbobi Mehdi Ben Barqiga bag‘ishlangan she’rining so‘ngi satrlari 
diqqatga sazovor:  
O‘lim – bu tamaki bargidir,  
G‘aliz narsani chaynagandeksan.  
O‘lim – bu jasurlikdir.  
To‘plamga kirgan yana bir she’r – «Janjal» qora tanli Afrikadagi fransuzzabon inqilobiy 
poeziyaning rivojiga katta ta’sir ko‘rsatgan Ema Sezerga bag‘ishlangan. Xayriddin o‘z she’rida 
Afrika ijodiy intelligensiyasining bu peshqadam yo‘lboshchisini qutlaydi.  
Kemal  Zebdi  ham  o‘z  vataniga  ko‘ra  Parijda  ko‘proq  shuhrat  qozongan.  U  1961  yilda 
bosib  chiqargan  «Mulkim  ovozi»  to‘plami  uchun  Fransiya  Akademiyasi  mukofotiga  sazovor 
bo‘ldi.  Zebdi  asarlari  Muhammad  Xayriddin  she’rlaridan  o‘quvchilarga  tushunarliligi  bilan 
ajralib  turadi.  U  «avangardizm»  cho‘qqilarini  zabt  etgan  emas,  uslubi  Preverning  bezaksiz 
lirikasi kabi sodda, bolalar she’riyatiga xos qisqa va mug‘ombirona yarim ertak she’rdir.  
Mening kichik bir uycham bor edi.  
U «devordagi barmoqcha» deb atalar edi.  
Biz ikkovlon unda rohat qilib yashardik,  
So‘ngra esa,  
Sen devordan oshib tushding, ketib qolding.  
Bir o‘zim kirmoqchi bo‘lganimda  
«Devordagi barmoqcha»ga  
                                         
81
 Современные литературы Африки. М.: 1973. с.90.  


 
171 
Buning uchun, albatta, barmog‘imni devorga qo‘yganimda.  
Shunda devor –  
Qulab tushdi, qulab tushdi barmog‘im ustiga.  
Sindirganini sindirdi.  
Sovuq qotayapman, og‘riqdan azob chekayapman.  
«Mulkim  ovozi»  mavzu  jihatidan  ham,  shakl  jihatidan  ham  milliylikdan  yiroq.  Uning 
asosiy  mazmuni  ishqiy  lirikadan  iborat,  ba’zida  esa  shoir  Parijning  yengiltabiat  udumlarini 
tanqid  qilib  qo‘yadi.  Shu  bilan  birga  Marokashning  fransuzzabon  poeziyasini  Yevropaning 
modaga  kirgan  ana  shu  asarlariga  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  taqlid  qilish  hamda  antikolonial  siyosiy 
shiorsifat she’rlar bilan cheklab qo‘yish insofdan bo‘lmas edi. Marokashning  yosh  yozuvchilari 
muhitida  60-yillarning  oxirida,  xuddi  Jazoirdagidek,  ajoyib  bir  harakat  kuzatildi.  Yosh 
bo‘lishlariga  qaramasdan  «Suffl»  («Epkinlar»)  jurnalida  doimiy  ravishda  bosilib  turadigan 
asarlari orqali mamlakatda tanilgan bir necha shoir o‘zaro yaqin adabiy prinsipga asoslangan bir 
guruh  tuzadilar.  Bu  prinsiplar  avangardizmga  xos  so‘z  o‘yinlaridan  voz  kechish,  ozodlikka 
chiqqan  Marokashning  ichki  muammolariga  diqqatni  qaratish,  oddiy  odamlar,  xalq  turmushiga 
yaqindan nazar solishni ko‘zda tutadi.  
Marokashning  yosh  shoirlari  ovozi  samimiy  va  qat’iy  yangramoqda.  Bu  mamlakatdagi 
fransuzzabon she’riyat kelajagini voqelikka ochiq ko‘z, murosasizlik bilan yondashayotgan ana 
shu yoshlar belgilaydi, deb umid qilish mumkin. 
  
 
 

Download 1,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish