yigitday kulib turibdi ( Erkin Vohidov ).
Ba‟zan poetik nutqda xursandlik ruhiy holati insonga tegishli
bo„lgan narsa va predmetlarni sifatlash orqali ham ifodalanadi:
Rubobim tori ikkidur: / Biri quvnoq, biri mahzun. / Ki baytim
satri ikkidur: / Biri dilxush, biri dilxun. ( Erkin Vohidov ).
Tilimizda xafalik holatini ifodalovchi sifat leksemalar ham
keng tarqalgan bo„lib, ma‟yus, g„ash, xunibiyron, giryon, g„amnok,
diltang, parishon, g„amgin, dilgir, xafa, xomush kabi sifat
leksemalar shular jumlasidandir. Bu LSG tarkibiga kiruvchi
leksemalarning qo„llanilishida farqli holatlar ham ko„zga tashlanadi.
Jumladan, xafa, g„amgin, dilgir, xomush sifat leksemalarning
belgini ifodalash darajasi bir xil bo„lsa, xafa, g„amgin, xomush
so„zlari kishining yuz – ko„zidan ifodalanib, turadigan g„amginlik
holatini aks ettiradi: Nimadan ko„ngling g„ash, nimada darding /
Hoy, kichik qishloqning jajji bolasi? ( Muhammad Ali ).
Ma‟lumki, ko„z yoshi to„kish insonning ortiq darajada xafa
ekanligini to„g„ridan to„g„ri ko„rsatadigan harakatdir. Insonning ana
shu ko„z yoshi to„kish, yig„lash holati tilimizda giryon sifat
leksemasi orqali ham ifodalanadi. Fors – tojikcha bu leksema biroz
eskirgan, arxaik xarakterga ega bo„lib,
57
asosan poetik nutqqa
xoslangandir: Men uning ortidan yugurdim giryon / Nogoh ayriliqdan
ko„zlarim yoshlab ( Abdulla Oripov ).
Shuningdek, poetik nutqda kishining nihoyatda qattiq azob
chekkanligi, qattiq ruhiy iztirobda ekanligi xunibiyron sifat leksemasi
orqali ham ifodalanadi: Nega qoshlari chimirilgan? / Nega yig„lar
u xunibiyron? ( Usmon Nosir ).
57
O‘zbek tilining izohli lug‘ati, ikki tomlik, 1 – tom, M.: 1981. 192 – bet.
51
Poetik nutqda parishon, parishonhol so„zlari ham kishining
ruhiy holatini ko„rsatish maqsadida qo„llanadi. Parishon so„zi aslida
xayolga nisbatan ishlatilib, har tomonga sochilgan, to„zg„igan,
tartibsiz, tarqoq kabi ma‟nolarni bildiradi va bu leksemani og„zaki
hamda yozma nutqda qo„llash orqali kishining ruhiy qiyofasi
yoritib beriladi: Tushim qursin, ko„nglim parishon / Xayolimda sen
yashab ketding / Yuragimga ishq tashlab ketding / Tushim qursin,
ko„nglim parishon ( Usmon Nosir ).
G„azabli holatni ifodalovchi sifat leksemalar orqali insonning
tevarak – atrofdagi voqea – hodisalar, predmetlar, odamlar xatti -
harakatidan noroziligi tufayli yuzaga kelgan kuchli ruhiy holati
ifodalanadi: Ba‟zan yog„ayotgan o„qlar bamisol / Dudoqlaridan kinli
Do'stlaringiz bilan baham: |