2. Yalpi ishlab chiqarish va xizmatlarni makroiqtisodiyot
sektorlari bo‘yicha hisoblash
Yalpi ishlab chiqarish va xizmatlar hajmi makroiqtisodiyotning moliyaviy va nomoliyaviy sektorlari bo‘yicha hisobga olib boriladi.
Nomoliyaviy sektor deganda turli mulk shakliga asoslangan ishlab chiqarish va moliyaviy bo‘lmagan xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi korxonalar to‘plami tushuniladi. Nomoliyaviy sektorga quyidagi korxonalar kiradi:
Nomoliyaviy sektorda yalpi ishlab chiqarish hajmi quyidagicha hisoblanadi:
YaICh = STX + BSTX,
Bu yerda: STX - sotilgan tovarlar va xizmatlar hajmi;
BSTX - bozorga chiqarish uchun mo‘ljallanmagan tovar va xizmatlar.
Sotilgan tovarlar va xizmatlarning (STX) bozor bahosidagi qiymati quyidagicha hisoblanadi:
STX = A + V,
Bunda: A – sotilgan tovar va xizmatlar;
V – tayyor mahsulotlar g‘amlamasidagi farq (bu
qoldiq ijobiy yoki salbiy bo‘lishi mumkin).
Bozorga chiqarish uchun mo‘ljallanmagan tovar va xizmatlar (BSTX)ga quyidagi ne’matlar kiradi:
Korxonada ishlab chiqarilgan, ammo mehnat haqi o‘rniga o‘z xodimlariga natura shaklida to‘langan mahsulotlar;
Barter usulida almashiladigan mahsulotlar;
Korxonaning jami kapital jamg‘armasi maqsadida qoldirilgan mahsulotlar;
Shaxsiy iste’molga mo‘ljallangan nokooperativ korxonalarning mahsulotlari va xizmatlariga uy xo‘jaligida ishlab chiqarilgan, tayyorlangan, iste’mol qilinadigan qishloq xo‘jalik mahsulotlari kiradi.
Nomoliyaviy sektordan tashqari moliyaviy sektorda ham yalpi ishlab chiqarish hajmi aniqlanadi. Moliyaviy sektor deganda tijoratga asoslangan moliyaviy muomilalar bilan shug‘ullanuvchi institutsional birliklar to‘plami tushuniladi. Bular tijorat-kredit muassasalaridir, tijorat bank muassasalari, sug‘urta tashkilotlari, nafaqa fondi birgalikda moliyaviy sektor tarkibiga kiradi. Buni tijorat banklari misolida ko‘rib chiqamiz. Tijorat banklari moliya bozorida vositachilik vazifasini bajaradi. Uning yalpi ishlab chiqargan pirovard daromadi quyidagicha hisoblanadi (TBPD):
TBPD =DP + STF + KK + V,
Bu yerda: DP – depozitlardan tushgan foizlar;
STF – sertifikatlardan tushgan foizlar;
QQ – qimmatli qog‘ozlardan tushgan daromadlar;
V – veksellarni sotishdan tushgan daromadlar.
Mamlakat miqyosida yalpi ishlab chiqarish va xizmatlarni o‘zida yaxlit holda umumlashtirib ifodalovchi ko‘rsatkichlar YaIM, SIM, YaMD, SMD lar hisoblanadi.
Ushbu ko‘rsaxkichlar majmuasini odatda, «Milliy hisoblar tizimi» (MHT) deb yuritiladi. «Yalpi» tushunchasi «Sof» tushunchasining o‘rniga ishlatilib, milliy hisoblar tizimida asosiy kapitalning oraliqdagi iste’molini (A) bildiradi. MHT dagi ushbu to‘rtta umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlar o‘zaro bog‘liqligini quyidagi chizmadan aniq ko‘rish mumkin:
YaIM
|
–
|
A
|
=
|
SIM
|
|
|
|
|
|
D
|
|
|
|
D
|
=
|
|
|
|
=
|
YaMD
|
–
|
A
|
=
|
SMD
|
Bu yerda: D= A – B.
Shunda: A – mazkur mamlakat rezidentlarining xorijiy
mamlakatlardan olgan daromadlari.
B – xorijiy investorlar va ishchilarning mazkur
mamlakatdan olgan daromadlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |