Oldingi
tahrirga qarang.
1. Uyda yoki davlat ta’lim muassasalarining foydalanilmayotgan bino va inshootlari xonalarida
repetitorlik qilish — bolalar va kattalar bilan ta’lim fanlari bo‘yicha yakka tartibda hamda
guruh bo‘lib mashg‘ulotlar o‘tkazish.
2. Bolalarga qarab turish va ularni parvarish qilish bo‘yicha jismoniy shaxslarga ko‘rsatiladigan
xizmatlar
3. Bemorlar hamda doimiy ravishda o‘zgalar parvarishiga muhtoj keksa kishilarga qarab turish
va ularni parvarish qilish bo‘yicha jismoniy shaxslarga ko‘rsatiladigan xizmatlar
4. Uy xo‘jaligini yuritish va uy ishlarini bajarish, shu
jumladan, turar joylarni tozalash, ovqat
pishirish bo‘yicha uy xo‘jaliklariga xizmat ko‘rsatish
5. Xonalarni tozalash, jismoniy sh
�
xs hududini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish
6. Uyda jismoniy shaxslarning mebellarini ta’mirlash va yig‘ish
7. Jismoniy shaxslarga murakkab bo‘lmagan umumiy qurilish, qurilish-ta’mirlash ishlari (beton
quyish, bo‘yoqchilik, suvoqchilik ishlari, g‘isht va kafel terish,
perforatsiya, duradgorlik,
chilangarlik va boshqa umumiy qurilish ishlari)
8. Jismoniy shaxslarning santexnika uskunalarini mayda ta’mirlash va o‘rnatish
9. Jismoniy shaxslarga kvartira ichida (shaxsiy qurilish ishlarida — uy ichida) elektr montaj
ishlari (elektr xavfsizligi bo‘yicha ruxsati bo‘lganda)
10. Dehqon va fuqarolarning tomorqa uchastkalarida yer chopish va rekultivatsiya ishlari
11. Fermer xo‘jaliklari egalari buyurtmasi bo‘yicha qishloq xo‘jaligi ishlari (qishloq xo‘jaligi
o‘simliklari va hayvonlarni parvarish qilish, qishloq xo‘jaligi ekinlari hosilini yig‘ish va
boshqa qishloq xo‘jaligi ishlari)
12. Fuqarolarning dala-hovli va tomorqa uchastkalari landshaftini barpo etish ishlari
13. Qishloq xo‘jaligi o‘simliklarini ekish va parvarish qilishda, qishloq xo‘jaligi ekinlari hosilini
yig‘ib olishda dehqon va tomorqa uchastkalari egalariga yordam berish
14. Chorva mollarini o‘tlatish, ularni parvarish qilish
15. Jismoniy shaxslarga kompyuterlarni ta’mirlash va sozlash, litsenziyalangan dasturiy ta’minot
o‘rnatish
16. Buyurtmachining uyida bajariladigan maishiy texnikani o‘rnatish va ta’mirlash
17. Jismoniy shaxslarning shaxsiy avtomobillarini mayda ta’mirlash, ularga aksessuarlar va
avtosignalizatsiya o‘rnatish, g‘iloflar va pol qoplamalarini tikish
18. Jismoniy shaxslarning avtomobillarini yuvish, avtomobillar kuzovlarini silliqlash
19. Mexanizatsiya vositalarini qo‘llamay, uyda bajariladigan yuk ortish-yuk
tushirish ishlari
20. Makulatura, plastik idish, temir-tersak va qo‘shimcha xomashyo to‘plash
21. Xalq tabobati (litsenziyasi bo‘lganda)
22. Xususiy shaxslarga bosh xizmatkor va konsyerj xizmatlarini ko‘rsatish
23. Shaxsiy transportdan foydalanib, jismoniy shaxslarga tovarlarni yetkazib berish (yuk tashish
bundan mustasno)
24. Bozorlar va savdo komplekslarida mayda yuklarni aravalarda tashish
25. Ilgari foydalanilgan tovarlarni sotib olish va sotish
26. Velosipedlarni ta’mirlash
27. Yog‘och me’morchiligi (bolalar maydonchalari va park zonalari uchun yog‘ochdan yasalgan
qurilmalar, haykallar)
28. Rassomlik
29. Metall ta’mirlash ishlari (uyda amalga oshiriladigan maishiy metall buyumlarini ta’mirlash
(kalitlarning dublikatlarini tayyorlash, soyabonlarni ta’mirlash, boshqa maishiy metall
buyumlarini oddiy ta’mirlash)
30. Uyda popkorn, frezerda muzqaymoq tayyorlash va sotish
31. Dehqon bozorlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari
bilan chakana savdo qilish
32. Gazetalar, jurnallar va kitob mahsulotlari bilan chakana savdo qilish
33. Sartaroshlik xizmatlari, manikyur, pedikyur xizmatlari
34. Kosmetolog xizmatlari va shunga o‘xshash boshqa xizmatlar
35. Uyda kir yuvish va dazmollash xizmatlari
36. Tikuv, mo‘yna, charm va trikotaj buyumlarni, bosh kiyimlarni va to‘qimachilik galantereyasi
buyumlarini ta’mirlash, aholining yakka tartibdagi buyurtmasi bo‘yicha tikuv va trikotaj
buyumlarini, bosh kiyimlarini va to‘qimachilik galantereyasi buyumlarini tikish
37. Gazlamalarga naqshlar solish (gazlamalar va kiyim ashyolarini qo‘lda bo‘yash, gazlamalarga,
shu jumladan trafaretli bosma va qo‘lda rasm chizish usuli bilan rasmlar solish)
38. Aholining yakka tartibdagi buyurtmalari bo‘yicha poyabzal tikish, poyabzalni ta’mirlash,
bo‘yash va tozalash
39. Yakka tartibda deraza va eshik pardalarini tikish va ta’mirlash, kashtachilik
40. Galantereya buyumlarini tayyorlash va ta’mirlash
41. Bijuteriya va jevaklarni tayyorlash va ta’mirlash
42. Kalitlar tayyorlash
43. O‘lchov vositalari tayyorlash va ijaraga berish
44. Gulchambarlar (shu jumladan, motam gulchambarlari), sun’iy gullar, ikebana, gul
marjonlarini tayyorlash
45. To‘siqlar, haykallar, metalldan yasalgan gulchambarlarni tayyorlash va ta’mirlash
46. Kesuvchi buyumlar va asboblarni charxlash
47. Akvarium baliqlari, dekorativ qushlar va boshqa hayvonlarni ko‘paytirish va sotish
48. Musiqa asboblarini ta’mirlash va sozlash
49. Video va fotosuratga olish xizmatlari
50. Qadoqlash uskunalaridan foydalanmagan holda uy sharoitida milliy shirinliklar, qandolat
mahsulotlarini tayyorlash va sotish
51. Milliy non va patirlarni tayyorlash va sotish
52. Salatlar va tuzlamalarni tayyorlash va sotish, shuningdek, uy sharoitida donalab sotiladigan
taomlarning ayrim turlarini tayyorlash va o‘tirish joylarini tashkil etmasdan yoki
mahalliy
davlat hokimiyati organlarining qarori bilan ajratilgan maxsus joylarda sotish
53. Uyda quyib sotish uchun salqin ichimliklar, ayron, go‘ja hamda qurt tayyorlash va sotish
54. To‘garaklar tashkil etish va yuritish
55. Tulumni shishirish xizmatlari (taksidermik ishlar)
56. Gullar va dekorativ daraxtlar yetishtirish va sotish (shu jumladan bonsay san’ati)
57. Reklama bukletlarini tarqatish, uyda operatorlar tomonidan buyurtmalar qabul qilish
58. Muqovalash ishlari
59. Namoyishlarda kiyimlar modelini namoyish qilish, rasmli jurnallarda, reklama filmlari va
video kliplarda suratga tushish
60. Gid (gid-tarjimon), ekskursiya yetakchisi va yo‘riqchi-yo‘l boshlovchilar xizmatlari
61. Matnni yaratish va ishlov berish (kopirayter, rerayter,
SEO-kopirayter, SEO-rerayter,
musahhih, kontent-menejer, muharrir, e-mail orqali xatlarni jo‘natish bo‘yicha mutaxassis,
spichrayter, transkriber va boshqalar)
62. Multimedia, dizayn va san’at materiallarini yaratish va ishlov berish (veb-dizayner, grafika
dizayneri, kompyuter o‘yinlari dizayneri, interyer dizayneri, landshaft dizayneri, liboslar
dizayneri, retusher, fotokollajchi, vektor grafikasi muharriri, arxitektor, vizuallashtiruvchi
dizayner, ma’lumot dizayneri,
interfeys dizayneri, texnik dizayner, moushn-dizayner, banner
yasovchi, nashriyot dizayneri, flesher, 3D-dizayner, video muharrir, videooperator, bastakor,
ovoz rejissori, aranjirovkachi, suxandon, foto muharrir va boshqalar)
63. Dasturiy ta’minot, axborot tizimlari, mobil ilovalar va veb-saytlarni ishlab chiqish va texnik
qo‘llab-quvvatlash (dasturchi, dasturiy ta’minotni sinovchi mutaxassis,
veb-sahifalarni
sahifalovchi, veb-tahlilchi, veb-saytlarni optimizatsiyalash bo‘yicha mutaxassis)
64. Tarjima qilish xizmatlari (badiiy adabiyotni tarjima qilish, texnik tarjima, veb-saytlar,
filmlar, kompyuter va mobil ilovalar, taqdimotlar, video, audio va reklamalar tarjimasi)
65. Ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyat (PR-menedjer, internet-marketolog, ijtimoiy tarmoqlarda
tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni ilgari surish va reklama qilish (SMM), ijtimoiy tarmoq sahifalari
administratori, akkaunt-menejer, marketolog, link-menejer, targetolog,
kontekst-reklama
bo‘yicha mutaxassis, direktolog, media rejalashtiruvchi, SMO mutaxassisi)
66. Kadrlar tanlash sohasidagi faoliyat (internet-loyihalar bilan ishlovchi menejer, frilanserlar
guruhi rahbari, HR-menejer, rekruter, shaxsiy assistent)
67. Onlayn konsultatsiya berish (onlayn-konsultant, onlayn-trener, moliyaviy maslahatchi,
vebinar olib boruvchi)
67
1.
Nomoddiy madaniy meros obyektlarini (dorboz, askiya va lapar) asrash va ulardan
foydalanish (madaniyat markazlari tarkibida faoliyat yuritayotgan shaxslar bundan mustasno)
68. Hamshiralik ishi
Izoh: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zini o‘zi band qiladigan shaxslar uchun faoliyat (ishlar,
xizmatlar) turlari ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: