Yakka tartibdagi tadbirkorlar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatini tasdiqlash to‘G‘risida


TADBIRKORLIK FAOLIYATI VA O‘ZINI O‘ZI BAND QILISHNI DAVLAT



Download 7,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/134
Sana14.04.2022
Hajmi7,14 Mb.
#549922
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   134
Bog'liq
6 07

TADBIRKORLIK FAOLIYATI VA O‘ZINI O‘ZI BAND QILISHNI DAVLAT 
TOMONIDAN TARTIBGA SOLISHNI SODDALASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI 
TO‘G‘RISIDA 
Aholini tadbirkorlik faoliyatiga yanada keng jalb qilish va qonuniy mehnat faoliyatini 
amalga oshirish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlarni yaratish maqsadida:
1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, O‘zbekiston Respublikasi Soliq 
kodeksiga
muvofiq 
o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning mehnat faoliyati natijasida olingan daromadlari jismoniy 
shaxslar jami daromadlari tarkibiga kiritilmaydi. 
2. 2020-yil 1-iyuldan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan 
faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari ro‘yxati 
ilovaga
 muvofiq kengaytirilsin. 
3. 2020-yil 1-iyuldan boshlab shunday tartib joriy etilsinki, unga muvofiq: 
o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarni ro‘yxatga olish xabar berish tartibida o‘zini o‘zi band 
qilgan sifatida ro‘yxatdan o‘tganlikni tasdiqlovchi matritsali shtrix kod (QR-kod) bergan holda 
maxsus mobil ilova yoxud soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali amalga oshiriladi hamda 
vaqtinchalik mehnat guvohnomalarini berish tartibi bekor qilinadi; 
o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar 2020-yil uchun ijtimoiy soliqni o‘zini o‘zi band qilgan shaxs 
sifatida haqiqatda ishlagan vaqtidan qat’i nazar bazaviy hisoblash miqdorining kamida 50 foizi 
hajmida to‘laydi hamda ushbu summa to‘liqligicha budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga 
yo‘naltiriladi va undan kelib chiqqan holda yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun o‘rnatilgan tartibda 
pensiya hisoblash uchun daromad hajmi aniqlanadi; 
o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar yollanma ishchilarni jalb qila olmasligi hamda ish 
beruvchiga ega bo‘la olmasligi to‘g‘risidagi talab saqlanib qoladi. 
4. Internet tarmog‘i orqali xizmatlar ko‘rsatuvchi (ishlar bajaruvchi) o‘zini o‘zi band qilgan 
shaxslarga (frilansing) quyidagi huquqlar berilsin:
ko‘rsatilgan xizmatlar (bajarilgan ishlar) uchun chet eldagi jismoniy va yuridik shaxslar — 
norezidentlardan xorijiy valyutadagi to‘lovlarni Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron 
axborot tizimiga tegishli ma’lumotlarni kiritmagan holda O‘zbekiston Respublikasining banklaridagi 
hisob raqamlariga qabul qilish; 
kontrakt tuzmasdan, kelishuv to‘g‘risidagi ommaviy taklifni (oferta) qabul qilish yoki 
elektron yozishmalar almashish yoxud hisob-kitob fakturalarni (invoys), shu jumladan elektron 
shaklda taqdim qilish yo‘li bilan chet ellik jismoniy va yuridik shaxslarga xizmatlar ko‘rsatish (ishlar 
bajarish). 
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi 2020-yil 1-iyulga qadar o‘zini o‘zi band 
qilgan shaxslarni masofadan turib ro‘yxatga olish uchun quyidagi imkoniyatlarni nazarda tutuvchi 
mobil ilovani ishlab chiqsin hamda joriy qilsin:
buyurtmalarni qabul qilish va ko‘rsatilgan xizmatlar (tovarlar) uchun to‘lovlarni amalga 
oshirish; 
yuridik shaxslarga xizmatlar ko‘rsatishda (tovarlarni sotishda) elektron hisob-kitob 
fakturalarni taqdim qilish; 
mobil ilova yordamida ixtiyoriy asosda daromadlar va xarajatlar hisobini yuritish hamda 
ushbu ma’lumotlardan keyinchalik, shu jumladan kredit olish va (yoki) soliqlarni hisobdan chiqarish 
maqsadida foydalanish;
o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning tovarlarini (ishlarini, xizmatlarini) reklama qilish; 
ko‘rsatilayotgan xizmatlar (tovarlar) sifatini baholash va iste’molchilar tomonidan fikr-
mulohazalar qoldirish.
6. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq: 


joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgarganda yuridik shaxslar — tadbirkorlik subyektlarini 
davlat tomonidan qayta ro‘yxatdan o‘tkazish katta miqdorlarda soliq qarzdorligi mavjud bo‘lmagan 
taqdirda xabar berish tartibini qo‘llagan holda bekor qilinadi; 
yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish ularni davlat 
tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilayotganda (qayta ro‘yxatga olinayotganda) tadbirkorlik faoliyatini olib 
borish joyi bo‘yicha amalga oshiriladi; 
yakka tartibdagi tadbirkorning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma 
unda yakka tartibdagi tadbirkorning fotosurati aks ettirilgan holda beriladi.
7. Belgilab qo‘yilsinki, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun nazarda tutilgan faoliyat 
turlari bilan shug‘ullanuvchi, ishtirokchilari soni kamida uch nafar bo‘lgan oilaviy korxonalar 
aylanmadan soliqni belgilangan miqdordan 50 foizga kamaytirilgan stavkada to‘laydilar. 
8. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, 
Adliya vazirligi va Savdo-sanoat palatasi 2021-yilda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishni 
osonlashtirish, shu jumladan quyidagilarga imkon yaratuvchi servislardan real vaqt rejimida 
foydalanishga yordam beradigan “Biznes navigator” axborot tizimini joriy qilsin:
tadbirkorlik faoliyatining tegishli hududdagi raqobatbardosh turini tanlash; 
kredit olish uchun zarur bo‘lgan biznes-reja loyihasi va hujjatlar to‘plamini shakllantirish;
tegishli tadbirkorlik faoliyati uchun taqdim etilgan imtiyoz va preferensiyalar to‘g‘risida 
ma’lumot olish;
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun ko‘chmas mulk obyektlarini tanlash. 
9. Quyidagilar: 
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi 
huzuridagi Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi “Biznes navigator” axborot tizimini 
yaratish bo‘yicha buyurtmachi etib; 
Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi mablag‘lari “Biznes 
navigator” axborot tizimini yaratish, texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish bo‘yicha 
ishlarning moliyalashtirish manbai etib belgilansin. 
10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda 2021-
yilga mo‘ljallangan soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasini tayyorlashda quyidagilarni 
nazarda tutsin: 
o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar tomonidan to‘lanadigan ijtimoiy soliq summasining eng kam 
miqdorini o‘rnatish; 
yakka tartibdagi tadbirkorlarning yollanma ishchilariga yollanib ishlash asosida mehnat 
faoliyatini olib boruvchi shaxslar uchun o‘rnatilgan soliqqa tortish tartibini tatbiq qilish. 
11. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi 
Moliya vazirligi hamda Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda mazkur qarorning mazmun-mohiyati 
hamda amaliy ahamiyati keng yoritilishini ta’minlasin. 
12. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan 
birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va 
qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 
o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin. 

Download 7,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish