Bog'liq shuhratning oltin zanglamas va o.hoshimovning tushda kechgan umrlar asarlari misolida
Tadqiqot maqsad va vazifalari. Ilmiy ishdan ko‘zlangan asosiy maqsad
tarixiy haqiqatning badiiy talqini mohiyatini ikkala roman tipologik tahlili
misolida qiyosiy – funksional va qiyosiy - tarixiy jihatddan tahlil etish hamda
o‘ziga xosligini yoritishdan iborat. Magistrlik dissertatsiyasida ko‘zlangan
maqsadidan kelib chiqqan holda tadqiqotda quyidagi hal qiluvchi
vazifalar belgilab olindi:
– milliy ma’naviyat takomilida adabiy talqin vazifaviy ahamiyatini
aniqlash;
– tarixiy haqiqatni badiiy talqin etish jarayonida ijodiy alohidalik va
tipologik mushtaraklik aloqadorligiga alohida e’tibor qaratish;
–
tarixiy voqelikni individual baholash mezonlari va takomilini kuzatish;
– Shuhrat va O‘.Hoshimov ijodiaro qatag‘on mavzui hozirgi o‘zbek
tanqidchiligida o‘rganilish darajasini umumlashtirish;
– romanlarning g‘oyaviy-badiiy xususiyatlarini o‘rganish;
– muallifning xarakter yaratish mahoratini tavsiflash;
7
–
romanlarda hayotiy haqiqat va adabiy mahorat masalasini yoritish.