Ilmiy yangiligi.
O‘.Hoshimov hamda Shuhrat ijodi bo‘yicha ko‘plab
ilmiy tadqiqotlar olib borilgan. Ayniqsa, O‘.Hoshimov ijodi, xususan,
“Tushda kechgan umrlar” romani borasida qilingan ishlar nihoyatda
salmoqli. Har ikkala asarga ham biz tadqiq qilayotgan qatag‘on voqeligi
yoritilishi yuzasidan ayrim mulohazalar bildirilgan. Lekin aynan mazkur ikki
roman bir-biriga qiyosan tadqiq qilinmagan. Bu borada taqdim etilayotgan
tadqiqot yangilik bo‘lib, maxsus obyekt sifatida ilk bora mustaqillik
mafkurasi negizida shakllangan qarashlar asosida yoritildi hamda mavjud
ijtimoiy hayot hamda adabiy tanqidchilik nuqtai nazaridan tahlil qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |