62
o’q ildiz bo’lib tashqi ko’rinishi odam gavdasiga o’xshaydi. Poyasi 1ta,
ingichka, tik o’suvchi, bargi 2 - 5 ta bo’lib, yuqori qismiga to’p
holda
joylashgan. Bargi bandli, panjasimon murakkab, 5
ta bargchadan iborat.
Bargchalari ellipssimon
o’tkir uchli, mayda tishsimon qirrali pastki 2 tasi
kalta va kichikroq, yuqoridagi 3 tasi uzun bandli,
yirikroq, o’simlik sekin o’sadi.
O’simlik 10 - 11
yoshga kirganda yuqori bargi joylashgan joyidan gul o’qi o’sib chiqadi.
Gullari
oddiy soyabonga joylashgan, ko’rimsiz, oq yashil rangda. Otaligi 5ta,
onalik tuguni 2 xonali, yuqoriga joylashgan. Mevasi qizil, buyraksimon,
sersuv, danakli meva.
Iyul
oyida gullaydi, mevasi avgust – sentyabrda yetiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: