Jang qiling xoch uchun va sharaf uchun!
Kimningki qilichi, yuragi bo‘lsa,
Isoning muqaddas ismi bilan jang - Qilsin va o‘ldirsin xudosizlarni!
Suv yoki qon bilan cho‘qintiramiz!
Peslarni ov qilib haydaymiz bundan.
Kuylaylik qirg‘inga chorlovchi qo‘shiq;
Qon tekkan xarsanglar chin mehrob bo‘lsin!
Poemaning bir joyida yepiskopning hujumkor va'zini bir musulmon bo‘lib qo‘yadi va shunday deydi:
Bu yer bizlarning ham vatanimizdir,
Bir joyda ikki din bo‘lishi mumkin, Xuddi bir qozonda ikki taomday Yashasak bo‘ladi ahil va inoq.
Arxiepiskop bu taklifni rad qiladi va poema quyidagicha davom etadi:
Na ko‘rar biror ko‘z, na muslim tili Uning rivoyatin so‘zlamay qolmas. Kimki cho‘qinmasa, boshiga qilich Solinar bir kuni, qutulolmaydi.
Avliyo bolaga kimki cho‘qinsa, Nasoro bo‘ladi va xochli bo‘lar, Birodar singari qutlanadi u.
Muslimlar uyiga o‘tlar qo‘ydik biz,
Kuyib, kunpayakun bo‘ldi barchasi,
Shayton malaylari qolmaydi omon!
Setinyedan musulmonlar ko‘p bo‘lgan
Cheklitchega shoshib ravona bo‘ldik;
Ba'zilarin tikkalayin so‘ydik biz,
Hammasining uyi lovullab yondi,
Katta-kichik masjid qolmadi omon,
Barining o‘rnida kultepa qoldi - Nafratlanmog‘iga uni ko‘rganlar. [414]
Serbiyaning millatchilarni xursand qiladigan, liberallarni tashvishga soladigan ushbu milliy epik poemasi pati yulingan tovuqqa o‘xshab qolgan Yugoslaviya maktablarida o‘qitiladi va e'zozlanadi[415].
Uzoq Sharqda rus, xususan, kazaklarning musulmonlar hukmronlik qilgan Volga, Sibir va Kavkazdagi yerlarni tortib olish xususidagi rivoyatlari haliyam og‘izdan-og‘izga o‘tib yuradi. Ular tatarlarga qarshi shafqatsiz kurashchi Ivan IV Grozniy va tatarlar ustidan g‘alaba qozonish uchun tunu kun ibodat qilgan va qurdirgan monastiri Rossiyadagi eng katta ibodatxonalardan biri bo‘lgan, "Rossiya me'mori" rodonejlik avliyo Sergiy singari shaxslar tufayli o‘sha rivoyatlar butun millat iftixori ramziga aylanib ketdi. "Dmitriy Donskoy balladasi" rus adabiyotining tamal toshini qo‘ygan adabiy asarlar qatoriga kiradi va islomga qarshi urush ochishning yangi Vizantiyacha da'vatidir. U ruslarning milliy o‘ziga xosligi poydevorini qo‘ygan muqaddas ziddiyat hissini aks ettiradi[416]. Bu asar mazmuni va ohangiga ko‘ra, "Vseslav" epik dostonidan farq qilmaydi:
Kattadir, kichikdir, omon qo‘ymangiz, Ular saltanatda urchib ketmasin.
Faqat tanlab oling ba'zilarini,
Oz ham emas, ko‘p ham emas, yetti ming - Huriliqo sanam qolsalar bo‘ldi[417].
Rossiya keyinchalik ispan inkvizitsiyasini rivojlantirishga kirishib, uning ba'zi bir pozitsiya - turimlari va usullarini o‘zida joriy qila boshladi[418].
Frantsiyada esa tarixchi Fernan Brodel (1902-1985) Puatye jangining "choc éléctrique»[419] frantsuzlar milliy o‘ziga xosligi shakllanishining muhim lahzasi sifatida le vraie premiere croisade[420] bo‘ldi. Islomga qarshi o‘z taqdirini o‘zi belgilashdagi mana shu va boshqa Karoling[421] lahzalari «Yevropaning tug‘ilishi»[422]ga olib kelgan Frantsiyaning muhim milliy epik dostoni «Rolan haqida qo‘shiq»da juda yaxshi tasvirlab berilgan.
Hatto islom dunyosi bilan umumiy chegarasi bo‘lmagan Germaniyada ham mana shu qarama-qarshilik ta'sirida shakllangan dunyoqarash namoyon bo‘la boshladi. Bunga sabab dastlab Falastinda harbiy tariqat sifatida paydo bo‘lgan Tevtor ritsarlaridir. Ular 1268 yili Quddus yaqinidagi Starkenberg qal'asidan ayrilgach, nemislarning buyuk drang nach Osten[423] sagasiga o‘zlari Suriyada o‘rgangan harbiy texnologiyasi va salib yurishi pozitsiyasi - turimi tafsilotlarini kiritdi. Ritsarlarning buyuk ustalari kelib chiqishi jihatidan ma'jusiy prussiyaliklar va shimollik sarasen[424]larga borib taqaladi; Desmond Zevard ko‘rsatib berganiday, Tevtonlar ordeni hududlarining doimiy vahshiyliklar oqibatida sharq tomon kengayib borishi Autremer[425]ning issiqxona muhitida yaratilgan mutlaq diniy munosabatni o‘zida aks ettiradi[426].
Uchinchi reyxning drang nach Osten loyihasini qayta tiklashini musulmonlarga qarshi salib yurishining merosidan boshqa narsa deb tushanish mumkin emas. Kerak bo‘lsa, Lyuftvaffening ramzi Tevton ritsarlarining xochi edi. Es-eschilarning etnik xaritani qayta tuzishi ritsarlarning o‘z ordeni hukmronlik qilgan yerlarda yuritgan siyosati haqidagi romantik xotira bilan bog‘liq. Bu siyosat musulmon aholini boshqarishda salibchilar usullaridan foydalanar edi. albatta. Gitlerning o‘zi xristian emasdi, ammo o‘z va'ziga quloq solganlarni salib yurishi sarasenlarga qarshi so‘zamolligi bilan ilhomlantira bilar edi. U o‘zining 1937 yili Nyurnberg qurultoyida qilgan ma'ruzasida "bir-biriga dushman bo‘lgan natsional-sotsializm va bolshevizm Weltanschauungen[427] o‘rtasidagi to‘qnashuvni xristianlik bilan musulmonlik o‘rtasidagi to‘qnashuvga qiyoslagan edi»[428].
Buning mutlaqo teskarisi bo‘lgan Britaniya milliy rivoyati islomga qarshi tarixiy, armageddon[429]simon kurashga kirishuvchi unsurlardan tarkib topmagan. Ketlin Reyne ko‘rsatib berganiday, «Britaniya masalasi» Artur afsonalari[430] va, unchalikma'jusiy-bo‘lmagan Muqaddas jom[431]ni emas, unchalik-xristian-bo‘lmaganlarni axtarishdan kelib chiqqan. Meloridan Valter Skottgacha bo‘lgan Persellning "Qirol Arturi"da, Jon Kauper Pouisning "Porius"ida, E.Uayt (va Britten)ning "Tosh ichidagi qilichi"da va son-sanoqsiz mahalliy hikoyalarda Artur haqidagi afsonalar turkumi Britaniya epik poemalar yaratishga juda yaqin kelgan narsa deb ta'riflanadi[432], u yerda musulmonlarga qarshi juda kam gapiriladi yoki umuman gapirilmaydi. Ushbu diniy rivoyat o‘ziga xoslikka oid emas, ezoterik - sirli ramzlarga to‘la: davra stoli burjdir, u qirolning falak ostidagi hukmronligini anglatadi, ushbu ramz O'rta Sharqdan kelib chiqqan bo‘lsa ajab emas. Afsonalardagi axloqiy nekbinlik, (shohning o‘z jiyani) Mordreddan mag‘lubiyatga uchralgan fojiaga qaramasdan, dinning inglizlarga xos xususiyatini bexato ko‘rsatib turadi. Artur halok bo‘lmaydi, uyquga ketadi. U o‘z podsholigida adolatni qaytadan qaror toptirish uchun yana qaytib keladi; u xaloskor shaxsdir, ehtimol, ko‘zdan yashirin imom bo‘lishi ham mumkin. U bu bilan uyqudagi kelib chiqishi ismoiliy bo‘lishi mumkinligi ehtimol qilinayotgan Kristian Rozenkreyts haqidagi rozikrutsianizm (Yevropada 17-18-asrlarda ezoterik donishmandlikka bag‘ishlangan harakat) afsonalarini esga tushiradi.
Britaniyaning milliy o‘ziga xosligi islomga muxolif pozitsiyada - turimda shakllanmagan, deyish bilan Britaniyadagi musulmonlarning o‘ziga xosligi va boshqalar bilan birga tinchtotuv yashashining kelajagi haqida osoyishta nekbinlikka berilmoqchi emasmiz, aksincha, Britaniya va islom narratsiyalarining qalin munosabatlariga an'anaviy milliy o‘ziga xoslik tarkibining asosiy omillari xalal bermasligini aytib o‘tmoqchimiz.
Britaniyaliklarga, ko‘proq inglizlarga xos muhojirlarni yoqtirmaslik va irqchilik hissiyotlari islomga emas, irland va mahalliy amerikaliklarga qarshi olib borilgan Styuart janglari chog‘ida paydo bo‘lgan edi.
* * *
Biz mamlakatning o‘zi haqidagi tarixiy rivoyatlarda islomga nafratni ifodalovchi mavzularning yo‘qligi xususida ba'zi bir mulohazalarimizni bayon etar ekanmiz, e'tiborni ayni paytdagi Britaniya islomi ichidagi tangliklarga qaratishimiz va bu dinning Birlashgan qirollikning tarixiy o‘ziga xosligi va, xususan, uning diniy to‘qimalariga kirib borishi jarayonini to‘g‘ri baholashimiz kerak bo‘ladi.
Islomning Buyuk Britaniyada mustahqam o‘rnashishi musulmon mamlakatlarida an'anaviy sunniylikka qarshi kurash boshlangan paytga to‘g‘ri keldi. Hozir islomning boshiga Eamon Daffi «mehrobni shilish» deb atagan hol tushgan. Biz buni islomning hozir qo‘l urilayotgan islohoti deb atasak ham bo‘ladi. Xuddi Lotin g‘arbidagi Reformatsiya singari, bu islohot ham transtsendentlik (g‘ayrishuuriy narsa)ning immanentlik (tabiiylik) ustidan hukmronligini o‘rnatishni maqsad qilib olgan. Avliyolarning qabrlari buzib tashlanmoqda. Ayni paytda tabiblar, vositachilar, tumor sotuvchilar va ruhoniy brokerlarning faoliyati shubha ostiga qo‘yilmoqda, buni oldingi avlod tasavvur ham qilolmas edi. Jazoir qishloqlarini ziyorat qilganlar ufqdagi go‘zal bir o‘zgarishni ko‘rishlari mumkin. Afrika islomi asta-sekin janubga tomon siljib, Afrikadagi islom diniga aylanib bormoqda[433]. Mahalliy qoloqlikning ko‘hna qoliplari R.Robertson "glokallashuv" deb atagan narsa, ya'ni olis masofadagi (bu holatda arab) me'yorlarning ma'lum bir hududda o‘zlashtirilishiga yo‘l bermoqda; bu "chet elga borishni istaydigan, ammo uyini tashlab ketishni istamaydigan sayyoh uchun pillapoyadir"[434].
Britaniya musulmonlari bepoyon islom dunyosining bir bo‘lagini tashkil qiladi, binobarin, ular ham ushbu tamoyillardan chetda turishi mumkin emas. Ularning Buyuk Britaniyadagi boshqa jamoalar bilan ahil va inoq birga yashashi uchun zarur bo‘lgan narsalarni aniqlab olish kerak bo‘ladi. Keksa avlod hurmat qilgan ulamolar uchun chet el bo‘lgan bu yerda G'azzoliy ulgi olish kerak bo‘lgan zotdir; yoshlarning aksariyati uchun uning o‘rnini Ibn Taymiya egallab olgan. Eskilar xristianlar[435] hamda fiqh va amaliyotning shofiiycha talqiniga hurmat nazari bilan qaragan. Bu hol ularga mahalliy urf-odatlar bilan yangi amaliyotlarni o‘zaro moslashtirishga imkon tug‘dirgan va shariatning xuddi shu tarzda bir to‘xtamga kelingan ko‘plab ahkomlarini taftish qilishga ommaning qiziqishini oshirishga yo‘l berish bilan musulmonlarning ijtimoiy va fiqhiy an'analarining moslashuvchanligiga kafolat bergan[436]. O'zining jiddiy xavf-xatar paytida "urush ilohiyotshunosligi"[437]ni yozgan Ibn Taymiya faol aksil-xristian bo‘lib, islom jamiyatini sof ko‘rishga oid qarashlarida uni tashqi qo‘shimchalar[438]dan jonjahdi bilan himoya qiladi. Jamiyatshunoslar musulmonlar bilan xristianlar o‘rtasida, deylik, Indoneziya yoki Nazaret va yoki Sudanda ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar natijasi o‘laroq yuzagan kelgan tanglikning kuchayib borishini o‘zlaricha talqin qilishni yoqtirishadi, ammo ularning bu qarashi haqiqiy vaziyatga unchalik mos kelmaydi. Mazkur holat keyingi yillardagi islom dunyosiga oid g‘arbcha talqinning, u universitetlarga asoslanadimi, yoki idoralargami, bundan qat'i nazar, ulkan xatolaridan biri ro‘y berayotgan voqealarning markazida ilohiyotshunoslik turishini tan olishni istamaslik bo‘ldi. Kamdan-kam kishilargina Germaniyaning 16-asrga oid tarixini xristianlarning muqaddas ilohiyotshunosligi va ekklesiologiya[439]sini bilmay turib tushunish mumkin deb o‘ylaydi. Boz ustiga, islom dunyosi xususida bahs yuritilganda milliy dunyoviy aslzodalarga qarshi "mutaassiblar" yoki "islomchilar" degan qo‘pol atamalar ishlatiladi. Aslida bunday kategoriyalar o‘ta darajadagi kaltabin ilmiy, siyosiy va ommaviy axborot vositalarining yanglish tahlilida tez-tez ko‘zga tashlanadi. Odatda, keskinlik ikki qutbli emas, uch burchakli bo‘ladi. Uning tarkibiga G'arb modernizmi, an'anaviy madaniylashgan islom va transtsendental islomizm o‘rtasidagi muzokaralar va bir-birini inkor qilish kiradi.
Nafaqat xristianlikka, qolaversa, islomning immanentlik[440] ma'lumotlariga, xususan, atrofdagi madaniyatlarning xatolarini qabul qilishga tarixiy jihatdan o‘ta moyil bo‘lgan tasavvufga qarshi bo‘lgan, shovinizmni esga tushiruvchi yangi trantsendentalizm[441] islomning ahvolini ko‘rsatib berishda muhim ahamiyatga ega, bundan Britaniya islomi ham mustasno emas. Qohiradagi Al-Azhar universitetida ta'lim olayotgan turli millatlarga mansub masjid xodimlari o‘z mamlakatlariga xushmuomala xizmatchi bo‘lib, Madina yoki Riyodda ta'lim olganlar esa ko‘pincha munozarachiga aylanib qaytadi. Misr ta'limi G'azzoliy ta'limotiga asoslangandir. Shahardagi sharoitga xristian va g‘arblashtiruvchi omillarning, shuningdek, ommaviy xudojo‘ylikning mavjudligi bilan erishilgan. Madina yoki Riyoddagi din ta'limi esa Ibn Taymiya (ta'limoti)dan olingan va, asosan, raqobatga moyildir. Keskin tafovutga e'tibor bering: G'azzoliy izdoshlari moslashuvchan va kechirimlidir, Ibn Taymiya izdoshlari esa, duragaylashuv gunohdir, degan qat'iyati bilan talabni yuqori qo‘yadi[442].
Vahhobiylik Britaniyada ham tobora ildiz otmoqda. Bu yerda Ibn Taymiya qarashlarining eng ziddiyatli jihatlari muhokama qilinmoqda. Bu al-vala' val-bara', ya'ni faqat tayinlangan imomga sodiqlik; inson qo‘li bilan yaratilgan har qanday hokimiyat inkor qilinadi, degan aqidadir. Xristianlar va boshqa kitob ahli, aynan o‘sha imom qo‘l ostida bo‘lishiga qaramasdan, vahiy himoyasi - zimmaga ega emas[443].
Ushbu satrlar muallifi Birmengemdagi kichik bir masjidda saboq berayotgan paytda zikr etilgan qarashning yoyilib ketganidan xabar topib qoldi. Bir vahhobiy yigit kaminadan: "Agar men musulmon mamlakatida bo‘lsam, Britaniya sayyohlarini o‘ldirishim mumkin, agar musulmonlarga zarar yetkazadigan xavf tug‘ilsa ham shunday qilishim mumkinmi", deb so‘rab qoldi. Albatta bu savolning an'anaviy sunniylikka aloqasi yo‘q; ammo vahhobiylikning ba'zi bir ekstremistik tarmoqlarida real mazmunga ega. Misrdagi sayyohlarga qilingan hujum uchun mas'uliyatni o‘z zimmasiga olgan jamoat, o‘z aqidasiga ko‘ra, haqiqiy vahhobiylardir[444].
Do'stlaringiz bilan baham: |