Men Albionni uzoq va sovuq
G'aflat oromidan uyg‘otishim mumkin
Bekon va Niyutonning yovuz po‘lat bilan himoyalangan terrori Albion uzra osilib turar Va temirday savalar uni.
Albionning uyqusi, uning «gunohi» befarqlikdir, nafis va g‘ayritabiiy narsalarni tushunishning dag‘allashib, yo‘qola borishidir[477].
Reynening kuzatishicha, «Bleyk hech qaerda xristian ilohiyotshunosligidagi odamning bo‘ysunmasligi va gunohi tufayli jannatdan haydalishi xususida so‘z qotmaydi; u buning o‘rniga inson ahvolini abadiy narsalarning g‘aflatidan biri deb hisoblagan platoncha qarashni ma'qullaydi»[478]. U ham xuddi Milton kabi, Platonning «10-Respublika» kitobidagi suratdan boxabar edi. U yerdagi ruhlar dunyoga kirishdan avval g‘aflat daryosidan suv ichishga majbur edi. Ular suvdan to‘yib ichmagani uchun dunyoga kelganidan so‘ng ijodkor, dindor va musiqachi bo‘ladi.
Bleykning nima uchun hech qachon cherkovga bormagani ma'lum. U Tavrotning neoplatonik talqinidan ilhomlanadi. Ayni hol uning Tavrotga bo‘lgan qiziqishini oshiradi. Bleykning vizual san'atda erishgan yuksak natijalari «Ish kitobi»[479]dagi gravyuralar turkumidir. Ulardan ayrimlarini (Londondagi San'at muzeyi bo‘lmish) Teyt galereyasida ham ko‘rish mumkin. Biz bu yerda «Ish»ning sabot va o‘zini ko‘z-ko‘z qilmaslik orqali kamolotga yetganini va, shuningdek, ma'naviy ma'rifatini ko‘rishimiz mumkin. Isoning najotkorlik uchun o‘zini qurbon qilishi hech qaerda ko‘zga tashlanmaydi[480].
Bularning barchasi musulmonlarning najot xususidagi fikrlariga mos keladi. Bleykning gunohni uyqu sifatida tasvirlashi Qur'ondagi yaratishga oid mashhur muqaddima bilan o‘zaro bog‘liqdir. O'sha muqaddimada butun insoniyat dunyoga kelishdan oldin Buyuk Ahdga shohidlik berish uchun Alloh huzuriga chaqirilgani bayon qilinadi[481]. Islom va, xususan, uning ichidagi so‘fiylik an'anasi g‘aflat printsipini odamni doimo ta'qib qilib yuruvchi muammo deb biladi. Xuddi Bleyk va ingliz an'anasi kabi, Qur'on ham najot tarixiga bunday nigoh tashlaganida odamni dunyoga keltirgan ibtidoiy gunohga o‘rin qolmaydi. Biz begona ilohiy tashabbus bilan «najot topmasligimiz», aksincha, Allohning yordami bilan o‘zimizni qaytadan tiklashimiz kerak bo‘ladi.
Ushbu mavzu haqida yana ko‘p gapirish mumkin. Bleyk «Shorhem eynshentz» nomi bilan mashhur guruh orqali Britaniya dinining chekkasida so‘nggi harakatlarga o‘z ta'sirini o‘tkazadi. O'sha harakatlardan ayrimlar to shu kungacha davom etib kelyapti.
Masalan, Bernard Shou va Oskar Uayld yoki 20-asrdagi Britaniya ilohiyotshunosligining o‘ziga xos ko‘rinishi bo‘lgan yashirin unitar tamoyil (tendentsiya), kembrijlik Jeoffri Lampe[482] singari shaxslar misolida ko‘zga tashlanganiday, haqli sur'atda bemalol mana shu shajaraga da'vogar bo‘lishi mumkin.
Xulosa chiqaradigan vaqt ham keldi. Mening bir necha mavzular chegarasidan chiqib ketgan paytlarim ham bo‘ldi, ammo bunga ehtiyoj borligi aniq edi. Mening fikrimcha, islom nuqtai nazaridan bu dinning Britaniya hayotiga kirib borayotganini kamsonli musulmon jamoalarining moslashuvi haqidagi uzun tarixning yana bir bobi qilib kiritish mumkin. Bunday jarayon uchun islom fiqhi va tarixida yetarli misollar mavjud. Aytib o‘tganimday, bu borada vahhobiylik qarashlarining kuchayib borishi yagona to‘siq bo‘lishi mumkin. U biror jamiyatga mohiyatan kirib borgan dinga qattiq qarshilik ko‘rsatadi.
Britaniyaliklar nuqtai nazaridan islomning kirib kelishi mutlaqo begona dunyoqarashning bostirib kirishi deb emas, aksincha, mavjud turli dinlar manzarasining kengayishi deb qaralishi kerak. Islom bu manzaraning o‘ziga xosliklarini oldingi asrlarda shakllantirib bergan edi va u an'anaga begona emas. Men an'anani pelagiylik va platoncha deb tavsifladim. U islomning asosiy masalalarini o‘ziniki deb biladi.
Britaniyada istiqomat qilayotgan musulmonlar mana shu aloqadorlikni tadqiq qilishi va ommalashtirishi kerak. Britaniya musulmonlari peshvolari o‘z qavmlarining gullabyashnashi va integratsiyalashuvi yo‘lida nafaqat millatlararo munosabatlar komissiyalari, halol go‘sht masalalari va mahalliy siyosatning o‘tkinchi manzarasida, qolaversa, milliy madaniyatning teran strukturasida o‘z o‘rni qaerda ekanini anglab yetishlari kerak bo‘ladi. Britaniya musulmonlari geolog bo‘lishlari kerak, ular Buyuk Britaniya diniy izlanishlar borasida ko‘p izhorotlarni vujudga keltirganini va o‘shalarga haqiqiy mansublik hissini tuyushi mumkinligini, bular insoniyatning fundamental butunligini eslatib turishini tan olishlari darkor. Britaniya musulmonlari uchun o‘tmish "boshqa mamlakat" bo‘lishi mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |