Xxi-asrda islom postmodern dunyoda qiblani topish



Download 397,89 Kb.
bet24/83
Sana13.06.2022
Hajmi397,89 Kb.
#665661
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   83
Bog'liq
XXI

Islom nasxi boshqa dinlar o‘rnini oldi manguga;
Buni rad etganlarning jazosini Allohning o‘zi bersin[352].
Uning sharhlovchisi Bayjuriy esa faqat zarur so‘zlarni qo‘shib qo‘yadi:
Bu mavzuga tegishli hadislar nihoyatda ko‘p va tavotur (og‘izdan-og‘izga o‘tib tarqalish) darajasiga yetadi va shu ma'noda Payg‘ambar (Uni Alloh rahmat qilsin va unga Allohning salomi bo‘lsin)ning dini boshqa dinlar o‘rnini egalladi va musulmonlarning o‘zaro murosa (ijmo) si orqali qaror topadi[353].
Boshqa bir mashhur shaxs, 13-asrda Suriyada yashagan huquqshunos An-Navaviy hatto quyidagilarni talab ham qiladi:
Mabodo, biror kishi boshqa bir kishining islomdan boshqa dinga e'tiqod qilishiga ishonmasa, o‘zi musulmon emas, yoki o‘sha kishini dindor emas deb gumon qilsa, ularning mazhabini qonuniy deb bilsa, garchi islomni tan olib, unga e'tiqod qilsa ham kofir sanaladi[354].
Ushbu aqidadan iqtibos olgan zamonaviy ilohiyotshunos Nuh Keller shunday qo‘shimcha qiladi:
Bu faqatgina an-Navaviy ham vakili bo‘lgan shofiiylar fiqh maktabining pozitsiyasi - turimi bo‘lib qolmay, boshqa 3 ta sunniy maktabning ham yozib qo‘yilgan turimidir:
Hanafiya (Ibn Obiddin, Radd al-muxtor, 3.287), Molikiya (Ad-Dardir, "Ash-Sharh assag‘ir", 4.435), Hanbaliya (Al-Bahutiy, "Kashshof al-qina", 6.170). [...] Muqaddas qonun nuktadonlari islomning boshqa dinlarni nasx qilishi borasidagi qarashlarida yakdil, chunki islomning maqsadi aslida shudir[355].
Ammo islomning oldingi dinlar ustidan g‘alaba qozongani, mantiqan olib qaraganda, o‘sha dinlarga e'tiqod qiladigan kishilarga nisbatan abadiy la'nat yog‘dirishni talab etmaydi. Keller bir hadisdan iqtibos keltiradi: "Mening Allohning payg‘ambari ekanimni eshitgan, ammo unga imon keltirmay o‘ladigan yahudiy yoki xristian do‘zax o‘tida kuyuvchilar safida bo‘ladi"[356].
Ushbu misol musulmon bo‘lmagan qavm taqdiri xususidagi an'anaviy kalom ta'limotining bosh masalasidir. Partikulyarizm[357] teoditseyasi[358] boshqa din vakillari amalini ma'qullamaslik johillikdan emas, ataylab rad etishdan kelib chiqadi, degan qarash bilan hal etiladi. Islomda ibtidoiy gunoh (Odam Ato bilan Momo Havoning gunoh qilib jannatdan quvilgani ma'nosida) doktrinasi - mabdasi yo‘qdir. Islom hadis so‘zlarida "har bir bola ibtidoiy insoniy fitrati bilan dunyoga keladi[359], ushbu fitratga amal qilinsa, u omad keltirishi muqarrar"[360], deb ishontirish bilan, har bir kishi gunohi tasdiqlanmaguncha begunohdir, (hatto Odam Ato bilan Momo Havo jannatdan quvilganlaridan so‘ng ham) begunohlik bizning tabiiy holatimizdir, binobarin, jannat Odam Atoning avlodlari uchun erishish mumkin bo‘lgan manzildir[361], deydi. Mana shu insonparvarlik yo‘lini tutgan kalom ilmining dastlabki nuktadonlari aql-zavokatni axloqiy bilimning avtonom manbai deb hisoblagan va inson aqlining, hatto o‘ziga xos vahiy kelmagan paytda ham Allohni va axloqiy qonunning universal mohiyatini bilib olish uchun umumiy vahiyni rad eta bilish qobiliyati borligini e'tirof etishgan. Faqat ehtiyotkor tajriba va kuzatuv intuitsiya sifatida bizga to‘yimli va zaharli ovqatlarni bir-biridan ajratish imkonini beradi, xuddi shu tariqa insonlar o‘ziga xos vahiy yordamisiz ham yaxshilikni yomonlikdan ajratib olishi mumkin[362]. Darhaqiqat, moturidiya tarafdorlari shu ma'noda vahiy tushmagan va musulmon bo‘lmaganlarni mukallaf etish, ya'ni majburlash kerak, deb hisoblagan, garchi Alloh ularga vahiy tufayli nozil bo‘lgan mukammal qonunga ega bo‘lishni buyurmagan bo‘lsa-da, Ul zotga aks sado bergani uchun ularni kechiradi, deb biladi[363]. Chunki ular ham, xuddi musulmonlar singari toifadadir, ammo [islom dini] payg‘ambari va shariat hukmlaridan g‘ofil bo‘lishgani uchun ma'zur tutiladi[364], ular funktsional diniy jamoa deb qaralashi kerak, bu jamoa kelgusida o‘zini jannat yoki do‘zax kutib turganini biladi.
Ash'ariylikning keyingi davri vakillarining o‘zini vahiyning "yuksak" nuqtai nazariga daxldor deb bilishi musulmon bo‘lmaganlar ham Allohni va axloq qonunini bilishga majburdir, degan qarashni istisno qilar edi. Shunga qaramasdan, aksariyat ash'ariylar ularni shunday qilishi kerak, deb hisoblar edi. Allohning birligi va adolatli ekanini tan oladigan, ammo vahiy yordamida nozil bo‘lgan qonunidan g‘ofil kishilar "musulmonlar maqomidadir" va narigi dunyoda jannatga tushishlari mumkin. Allohning bir va adolatli ekanini bilmasdan kufr holatida o‘lib ketadigan kishilar, garchi Alloh ularni "ajr berib emas, o‘zining beadad marhamati sababli xuddi balog‘at yoshiga yetmay o‘lib ketgan norasida go‘daklarni tushirganday jannatga tushirsa-da, ajr ham, jazo ham olisholmaydi[365].
Garchi kalom ilmi shu tariqa vahiy kelmagan bir paytda ham ilohiyotshunoslik mavjud bo‘ladi (ash'ariya) yoki hatto zarur (moturidiya) deb hisoblasa-da, Allohning bandalari o‘z davrining payg‘ambarini tan olish majburiyatidan ozod etilmaydi. Uning dini bandalarining ehtiyojlariga qarab ilohiy bir tarzda bichilgan, bandasiga esa uni qabul qilish uchun mo‘‘jizalar mukofot qilib yuborilgan; binobarin, Muhammadning payg‘ambarligi bilan bog‘liq ishonarli alomatlar, bular jumlasiga uning qo‘lida Allohga hamdu sano aytgan tosh, oyning shiqqa bo‘lishi, uning barmoqlari orasidan oqqan suvni kiritish mumkin[366]; Kimdir u mo‘‘jiza ko‘rsatishda jodu yoki ko‘zboylag‘ichlikdan foydalandi, deb da'vo qilsa, bu da'vosi uning Musoga nisbatan qilgan da'vosidan yaxshiroq emas[367]. Ammo oldinroq hadisda qayd qilingani va kalom ilmi murosasi talab etayotganiday, solih amallarni qilgandagina (oxir) zamon payg‘ambariga bo‘ysunish kerak. Ash'ariya va moturidiya vakillari o‘zlari aybdor bo‘lmagan hollarda bundan bexabar esa, faloh (najot kutish)ga nomzod bo‘ladi. Shunga qaramasdan, ikkala maktabga mansub ilohiyotshunoslar ham aynan qaysi nuqtada yangi vahiy dinini qabul qilish boshlanishini aniqlashda ojiz qolmoqda. Rum ilohiyotshunoslari Allohni rad etishday gunohi - chunki ular musulmonlar botiq mis sfera[368] (kura)ga e'tiqod qiladi - uchun yoki lotin salb yurishi peshvolari ularning Chansons de Geste[369] da ko‘pxudolilik dini deb kuylangan bu dinni rad etishday vazifani bajarish uchun yollangan, deb ishongani uchun aybdor bo‘lganmi?[370] Garchi turli xil qarashlar ilgari surilgan bo‘lsa-da, islom ilohiyotshunosligi hech qachon aniq bir aqidaga ega bo‘lmagan. G'azzoliy ash'ariylarning tabiiy bilim borasidagi tushkunliklariga qaramasdan, bir ishonchli ko‘zqarashni ilgari suradi. U ushbu ko‘z qarashi bilan Qur'ondan oldingi (ya'ni johiliyat davri jamoalari) o‘zlariga yangi vahiy yetarli darajada yetkazib berilmagani uchun islomni rad etish yo‘lini tutgan taqdirda ham falohga mustahiq bo‘lishi mumkin, deb ishonishini bayon qiladi. Quyidagi uzun iqtibos G'azzoliyning bu qarashi muhim ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatadi:
Garchi johiliyat davri ahlining aksariyati yo bir oz fursat yoki soat, yoki bo‘lmasa, uzoq vaqt jahannam olovida kuysa ham Alloh ulardan o‘z rahmatini darig‘ tutmaydi, chunki "Olov ahli" atamasi aynan o‘shalarga nisbatan qo‘llanishi mumkin[371]. Boz ustiga, men bugungi kunning xudojo‘y Rum xristianlari va turklarini Alloh rahmatiga olgan, deb hisoblayman. Men bu bilan (islomga) da'vat yetib bormagan Rum va turk yerlarining olis joylarida yashovchi kishilarni nazarda tutyapman. O'sha kishilar uch toifaga bo‘linadi:

Download 397,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish