Xxi asr kоʻnikmalarini shakllantirish yоʻllari. Reja


Bolalarni STEAMga jalb qilish



Download 1,59 Mb.
bet9/10
Sana02.02.2022
Hajmi1,59 Mb.
#424941
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
9-маъруза

Bolalarni STEAMga jalb qilish. Ushbu taʻlim maktabgacha yoshdan boshlab boshlanishi kerak, shuning uchun dasturlarni bolalar bogʻchalariga kiritish kerak.

  • Fan tili ingliz tilidir. Agar ilm-fanni oʻrganish va olim boʻlishni istasangiz, bu tilni bilishingiz kerak.

  • Qizlar uchun Steam-taʻlim dasturlari kerak. Ilm-fan sohasidagi qizlar, ularning tartibliligi tufayli, oʻgʻil bolalar qila olmaydigan narsalarni qilishlari mumkin.

  • Science is fun! Ilm-fan quvnoq boʻlishi kerak, u oʻquvchilar uchun qiziqarli va oʻziga jalb qiluvchi boʻlishi kerak.

    Xulosa qilib aytganda, shuni taʻkidlashni istardikki, anʻanaviy oʻqitish uslublari bilan taqqoslaganda, oʻrta maktabdagi STEAM yondashuvi bolalarni tajribalar oʻtkazishga, modellar tuzishga, mustaqil ravishda musiqa va filmlar yaratishga, oʻz gʻoyalarini haqiqatga aylantirishga va yakuniy mahsulotni yaratishga undaydi. Ushbu taʻlim yondashuvi bolalarga nazariya va amaliy koʻnikmalarni samarali tarzda birlashtirishga imkon beradi va universitetga kirish va keyingi oʻqishni osonlashtiradi.
    STEAM texnologiyasi taʻlimdan farqli ravishda bilimlarni alohida emas, oʻzaro mutanosib holda olib borishni taʻminlab beradi. Oʻquvchi oʻzida nostandart fikrlash, muammoga bir nechta yechim topish va ijodkorlik koʻnkmalarini shakllantiradi va bu uning kelajakdagi faoliyatida juda qoʻl keladi.
    Al-Xorazmiy nomidagi IT maktabning taʻlim jarayonida ham STEAM texnologiyasidan keng foydalanib kelinadi. Bundan asosiy maqsad, oʻquvchilarning darsda olgan bilimlarini amaliyotda qoʻllash va hayotga tadbiq qilish imkonini yaratishdan iborat.
    Maktabda robototexnika, sexmatexnika xonalari bilan bir qatorda STEAM xonasi ham mavjud boʻlib, u zamonaviy interaktiv platforma, ish qurollari, tikuv mashinalari, toʻquv moslamalari, Arduino platformalari va 5 xil turdagi kesish va randalash uskunalaridan iborat. Qizigʻi shundaki, bu uskunalar oʻquvchilar tomonidan qayta yasalib, boshqa koʻrinish va vazifani bajarish imkonini beradi. Maktabda STEAM va robototexnika darslari oʻzaro uygʻunlikda olib boriladi.
    Texnologiyalar rivojlangan hozirgi davrda robototexnika istiqbolli sohalardan biri hisoblanadi. Al-Xorazmiy nomidagi IT maktabda ham bu sohaga alohida eʻtibor qaratilgan.
    Robototexnika darslari orqali oʻquvchilar quyidagi bilim va koʻnikmalarga ega boʻlib kelmoqdalar:
    – C dasturlash tili;
    – Elektronika asoslari;
    – Sodda va murakkab sxemalar yasash;
    – 3D dizayn va 3D modellashtirish;
    – 3D printerdan 3D modellarni chiqarish;
    – Arduino dasturlash;
    – Tranzistor va mikrochiplar bilan ishlash;
    – Qoʻshimcha modul va sensorlar bilan ishlash (RGB, WiFi, PIR, LCD display, RFID)
    – Mustaqil ravishda turli xildagi Arduino proyektlar yasash. Barcha sinf oʻquvchilarining robototexnika faniga katta qiziqish bilan qatnashadilar va ular hozirga qadar bir qancha loyihalarni ishlab chiqishdi va kelgusi loyihalar ustida izlanishlar olib borishmoqda.



    I lm-fan va taʻlim taraqqiyotida rivojlangan davlatlarning shu sohadagi tajribalaridan foydalanish va uni ommalashtirish samarali boʻlishi ayni haqiqat. Bunday yoʻsindagi hamkorlik taraqqiyotga zamin hamdir. Bu boradagi islohotlar zamirida ham ana shu maqsad yotadi. Fan, texnologiya, muhandislik va matematikani birlashtiradigan taʻlim yondashuvi STEM tizimi afzalliklari haqida ijobiy fikrlar bildirilayotgani ham rost. Uni aniq va maqsadli tarzda joriy etishimiz bizga keng imkoniyatlar eshigini va taraqqiyot darvozasini ochadi.


    STEAM esa fan, texnologiya, muhandislik, sanʻat va matematikani birlashtirgan taʻlim yondashuvidir. Ilmiy, matematik, muhandislik va texnologiya maktablar va boshqa taʻlim muassasalarida anʻanaviy tarzda toʻrtta alohida fan sifatida oʻqitiladigan sohalar ekani maʻlum. Ular­ning birlashtirilgan tarzda oʻqitilishidan maqsad, bir tomondan fanlararo integ­ratsiyalashuv imkoniyatiga yoʻl ochsa, ikkinchi tomondan berilayotgan bilim va hayotiy voqelikning uygʻunligini, boshqacha aytganda, fan, taʻlim, amaliyot va ishlab chiqarishning bogʻliq boʻlishini taʻminlaydi. Shu bilan birga, STEM va STEAM oʻqitish yondashuvlari ushbu yoʻnalishlarni birlashtiradi.
    Fan, texnologiya, muhandislik va matematikani anglatadigan qisqartma bu STEMdir. Bugungi voqelik, taʻlim taraqqiyoti ularni oʻzaro bogʻliq holda oʻrgatish zaruriyatini yuzaga chiqardi. Qolaversa, bu taraqqiyotga nisbatan innovatsion qarash va yondashuv hamdir. Dunyoga keng­roq nazar tashlaydigan boʻlsak, bugungi rivojlanish ana shu toʻrt sohaning birligiga tayanadi. Muhandislik ilmiy ixtirolari ham matematikani qay darajada qoʻllay olish va texnologiyadan qay yoʻsinda foydalanish usuliga bogʻliq. Shuning uchun ham bu oʻquv modeli rivoj topgan xorijiy taʻlim muassasalarida muvaffaqiyatli oʻqitilmoqda. Bugungi yoshlarni ushbu toʻrt soha uygʻunligidagi taʻlimga qiziqtirish muhim masaladir. Qiziqish qiziqtirish mahoratiga bogʻliq. Bu esa faqat raqamlarni, hisoblashni bi­lish degani emas, balki bildirish yoʻllari va usullarini ham egallashdir. Taniqli nemis mutafakkiri Gyote bejiz “Raqamlar dunyoni boshqarmaydi, balki uning qanday boshqarilayotganini bildiradi” demagan. Raqam muhim, soʻz undan ham muhim. Tasavvur qiling. Guruch, goʻsht, sabzi va piyoz toʻrtta alohida masalliq. Shularni qozonga solgan bilan palov tayyor boʻlib qolmaydi. Ularni oʻzaro bogʻlaydigan, chogʻlaydigan, yogʻlaydigan “yogʻ” ke­rak. Shunga monand holda aytish lozimki, STEM uchun STEAM ham kerak, aniqrogʻi ART — sanʻat zarur. Busiz ularning birligini va rivojlantiruvchi taʻlimning mohiyatini anglash, tasavvur etish mushkul. Oʻquvchi yoki talaba­ning ong-u shuuriga toʻrtta fanni joylashda xizmat qiladigan adabiyot, sanʻat, musiqa va yozuv kabilar zarurligini inobatga olish muhim. Yuqorida qayd etilgan sohalarga oid mavzularni oʻrgatishda mustaqil fikr yuritish sanʻati, miya rivojlanishi va muloqot qila olish salohiyati, nutq madaniyati, notiqlik mahoratini eʻtibordan soqit qi­lish kulgilidir. Shundagina oʻquv­chilarda tanqidiy oʻqish, tahliliy nazar, tadqiqiy maqsad reallashadi. Bu STEMga sanʻatni qoʻshish kerak emas deyuvchilarga javob. Xoʻsh, STEAMning oʻzi nima?
    STEAM oʻquv modeli tashabbusining asoschisi Georget Yakman boʻlib, u shunday taʻrif beradi: “STEAM muhandislik va sanʻat orqali matematikaning barcha elementlariga asoslangan fan va texnologiyalar". Bizningcha, bundan ziyod asosli va aniq taʻrif boʻlmasa kerak.
    STEMdagi asosiy maqsad qayd etilgan sohalar boʻyicha oʻquvchilarning oliy maʻlumot va martaba olishga in­tilishiga imkoniyat yaratish, yaxshi mutaxassis sifatida tayyorlashdir. Lekin shu maqsadni amalga oshirishda yuksak mahorat va sanʻat tili bilan tushuntirish ijobiy natija beradi. Bu oʻrinda rasm chizish yoki studiyada ishlash nazarda tutilayotgani yoʻq. Muammolarni ye­chishning turli usullarini kashf etish, yara­tish, boshqacha aytganda, inkishof etish va innovatsiya nazarda tutilmoqda. Bu oʻz-oʻzidan oʻquvchilarda mushohada qilish madaniyati va fanga qiziqishni uygʻotadi. Tarix shohidki, “insonlarda ehtirossiz, zavq-shavqsiz biron ixtirolarni ochish, kashf etish mumkin boʻlmagan, boʻlmaydi ham” mazmunidagi ahli donishlarning fikri bejiz emas. STEM tana boʻlsa, STEAM jondir. Jonni jismdan ayro tushunish oʻrinsiz.
    Demak, STEAM sanʻatni STEM bilan birlashtiradi. Ushbu taʻlimiy yondashuv anʻanaviy darsga muqobil tarzdagi oʻquv modelidir. STEAMni fan boʻyicha emas, balki mavzular boʻyicha integratsiyalashgan oʻqitish tizimi deb tushunish oʻrinlidir. Shuningdek, u amaliy mashgʻulotlar yordamida ilmiy-texnik bilimlarni real hayotda faol va jozibador qoʻllashdir. Prezident maktablarida bu taʻlim tizimi muvaffaqiyatli qoʻllanilmoqda. Uning asosiy vazifalaridan biri – tabiiy va aniq fanlarni chuqur oʻqitish, oʻquvchilarning innovatsion bilimlarni oʻzlashtirishi, ularning intellektual, ilmiy-ijodiy salohiyatlarini kashf etishga koʻmaklashish va rivojlantirishdan iborat. Xorijda STEAM yondashuviga oid darslik va oʻquv qoʻllanmalari chet ellarning nufuzli nashriyotlari tomonidan chop etilgan. Kembrij taklif qilayotgan oʻquv dasturining asosiy afzalligi jahon mehnat bozoridagi tamoyillardan kelib chiqib, oʻquvchilarda tegishli zamonaviy bilim va koʻnikmalarni shakl­lantirishga urgʻu berishdir. Shu oʻrinda 9—11-sinf oʻquvchilarining qiziqishlari va xususiyatlariga qarab ish tutish maqsadga muvofiq, Prezident maktablari­da taʻlim oʻquv jarayonining individuallashtirilgan holda olib borilishi ham eʻtiborga molik. Prezident maktablari bitiruvchilari belgilangan tartibda davlat tomonidan tasdiqlangan shahodatnoma, attestat bilan bir qatorda, xalqaro nufuzli oliy oʻquv yurtlariga kirish uchun tayyorgarlik koʻrisha­di. Mantiqiy fikrlash, yozma imtihon va suhbatlar natijalariga koʻra sinovlar­ning amalga oshirilishi katta ahamiyat kasb etadi. Oʻquvchilarning qiziqishlaridan kelib chiqqan holda sinfdan tashqari amaliy mashgʻulotlar oʻtkazish ham maqsadga muvofiq.
    Finlandiya taʻlim tizimi ham oʻziga xos. Bugungi kunda uning afzalligi yuzaga chiqqani Finlandiyaning “Dunyo­ning eng yaxshi mamlakati”, “Erkaklar va ayollar huquqlari teng mamlakat”, “Dunyoning eng barqaror mamlakati”, “Dunyoning eng xavfsiz mamlakati”, “Dunyoning eng qulay mamlakati” deyilishiga bevosita sabab boʻlganining belgisi. Fin maktablarida bolalarning juda koʻp insho yozishga jalb etilishi, oʻz fikriga ega boʻlishiga va uni badiiy yoʻsinda, obraz­li tarzda izohlash usullarini oʻrgatishga diqqat qilinishi eʻtiborga molik. Bironta fanni boshqa fanlar oʻrnida chuqurroq oʻrganish, deylik matematikani sanʻatdan koʻra oʻrganish muhimroq deb hisoblash ularga xos emas. Fin maktablari­da bolalarni imtihonga emas, hayotga tayyorlash muhimligiga diqqat qilinadi. Oʻquv­chilarni qiziqtirish va fan xususiyatlarini yuqtirish taʻlim mohiyatini ifoda etishga qodir.
    Bundan koʻrinib turibdiki, STEMning qudrati va mohiyatini ARTsiz, yaʻni sanʻat tilisiz tushuntirish mushkul. U taʻlimning sifati va samarasiga ham bevosita taʻsir qiladi. Demak, STEAM davr va taraqqiyot talabi.



    Download 1,59 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish