STEAM taʻlim tizimi nima?
Agar ushbu qisqartmani yoysak, quyidagilarni olamiz:
STEAM bu — S – science, T – technology, E – engineering, A – art va
M – math. Ingliz tilida bu shunday boʻladi: tabiiy fanlar, texnologiya, muhandis-
lik, sanʻat va matematika. Ushbu yoʻnalishlar zamonaviy dunyoda eng mashhur boʻlib kelayotganini unutmang. Shuning uchun bugungi kunda STEAM tizimi asosiy tendentsiyalardan biri sifatida rivojlanmoqda. STEAM taʻlimi yoʻnalishi va amaliy yondashuvni qoʻllash, shuningdek, barcha beshta sohani yagona taʻlim tizimiga integratsiyalashuviga asoslangan.
STEAM yondashuvi oʻquv samaradorligiga qanday taʻsir qiladi?
Uning asosiy gʻoyasi shundan iboratki, amaliyot nazariy bilimlar singari muhimdir. Yaʻni, oʻrganish paytida biz nafaqat miyamiz bilan, balki qoʻlimiz bilan ham ishlashimiz kerak. Faqat sinf devorlarida oʻrganish tez oʻzgaruvchan dunyo bilan hamqadam emas. STEAM yondashuvining asosiy farqi shundaki, bolalar turli xil mavzularni muvaffaqiyatli oʻrganish uchun ham miyani, ham qoʻllarini ishlatadilar. Ular olgan bilimlarni oʻzlari “uqib oladilar”.
Do'stlaringiz bilan baham: |