«Shaxsiy» kontekstda berilgan muammolar turkumiga tegishli topshiriqlarda:
– oʻquvchining shaxsiy hayoti bilan bogʻliq,
doʻstlar bilan muloqot qilish, sport bilan shugʻullanish, dam olish kabi kundalik turmushdan olingan vaziyatlar;
– oila, doʻstlar va tengdoshlar davrasiga aloqador kundalik maishiy vaziyatlar;
– kattalarning kundalik turmushi bilan bogʻliq xaridlar, ovqat tayyorlash, sogʻliq, shaxsiy ishlarni rejalashtirish va boshqa vaziyatlar tasvirlanishi mumkin.
«Kasbiy» kontekstlarda berilgan muammolar turkumiga tegishli topshiriqlarda:
– oʻquvchining maktabdagi hayoti yoki mehnat faoliyati bilan bogʻliq vaziyatlar;
– maishiy qurilish sohasi yoki maktab hayoti bilan bogʻliq oʻlchash ishlari, qurilish materiallariga buyurtma berish va narxlarni hisoblash, toʻlovlar, muayyan yumushni bajarishga doir vaziyatlar;
– oʻquvchilar uchun tushunarli boʻlgan kasbiy faoliyatga va kasblar olamiga doir vaziyatlar tasvirlanishi mumkin.
Kasbiy kontekst ishchi kuchining ixtiyoriy darajasiga (maxsus malakani talab qilmaydigan ishlardan tortib to yuqori malaka talab qiladigan ishlargacha) bogʻliq boʻlishi mumkin. Bunda PISA tadqiqotida berilgan topshiriqlar 15 yoshli oʻquvchining yosh xususiyatlariga mos boʻlishi lozim.
«Ijtimoiy» kontekstlarda berilgan muammolar turkumiga tegishli topshiriqlarda:
– jamiyat (jamoa, mahalla, millat yoki butun dunyo xalqlari) ijtimoiy hayoti bilan bogʻliq vaziyatlar;
– oʻquvchining yaqin atrofida sodir boʻladigan muammolarga (masalan, valuta almashtirish, bankdagi pul omonatlari) doir vaziyatlar;
– jamiyatda sodir boʻladigan (saylovlarda ovoz berish, transport qatnovi masalalari, hukumat qarorlari, aholi sonining oʻzgarishiga doir muammolar, milliy iqtisodiyot statistik koʻrsatkichlari bilan boʻgliq) vaziyatlar tasvirlanishi mumkin.
«Ilmiy» turkumiga tegishli topshiriqlarda:
– fan va texnikada matematikaning qoʻllanishi bilan bogʻliq vaziyatlar;
– tabiatda kechadigan hodisalar (ob-havo va iqlim oʻzgarishlari, ekologiya, tibbiyot, kosmos, genetika) ga doir vaziyatlar;
– bevosita real hayotiy vaziyatlar bilan bogʻliq boʻlmagan, nazariy xarakterga
ega boʻlgan sof matematik masalalar ham tasvirlanishi mumkin.
Kontekstda berilgan muammoni yechish uchun matematikani qoʻllash – matematik savodxonlikning muhim jihatidir.
Kontekst – bu mazkur muammolar paydo boʻladigan inson olamining bir qismi.
Tegishli matematik strategiyalar va ifodalarni tanlash koʻpincha muammo kontekstiga bogʻliq, shuning uchun modelni ishlab chiqishda real olam konteksti haqidagi bilimlardan foydalanish kerak. Aytish joizki, matematik savodxonlikni muvaffaqqiyatli namoyish qilish matematikani oʻqitishda rivojlantiriladigan universal kognitiv kompetensiyalarga bogʻliq ekan. Shuning uchun ham kutilayotgan 2021-yil PISA tadqiqotida aytib oʻtilgan matematik kompetensiyalardan tashqari, yuqorida aytib oʻtilgan «XXI asr koʻnikmalari» deb ataluvchi kompetensiyalarni baholash koʻzda tutilgan:
– tanqidiy fikrlash; – ijodkorlik, kreativlik; – tadqiqot va tahlil qilish; – mustaqillik, tashabbuskorlik va qatʻiylik; – maʻlumotlardan foydalanish; – tizimli fikrlash; – muloqot qilish; – mulohaza yuritish.
Quyidagi rasmda PISA–2021 tadqiqotida baholashda matematik mulohaza yuritish, masalalar yechish (modellashtirish) sikli, matematik mazmun, kontekstlar hamda XXI asr koʻnikmalari orasidagi bogʻlanish koʻrsatilgan.
Rasm. Matematik savodxonlik: Matematik mulohaza yuritish, masalalar yechish (modellashtirish) sikli, matematik mazmun, kontekstlar hamda XXI asr koʻnikmalari orasidagi bogʻlanish.
Do'stlaringiz bilan baham: |