operatori
tomonidan
keng
foydalanib
kelinmoqda. Yuqoridagi
hususiyatlari sabab bunday turdagi kabellar kompyuter tarmoqlarining
ham signallarni o‗tkazishning asosiy fizik uzatish muhiti sifatida eng
ko‗p qo‗llanishga ega kabel turi hisoblanadi. Ko‗plab
kompyuter
tarmog‗ini qurish texnologiyalari (Ethernet,Arcnet,Tohen Ring ) aynan
simmetrik o‗rama juftli kabellardan foydalanishga asoslanadi.
Simmetrik o`rama juftli kabellarni keng polosali kompyuter
tarmoqlarida qo`llanilishi takidlanganidek, simmetrik o`rama
juftli
kabellar lokal hisoblash tarmoqlarida samarali qo`llanilib kelinmoqda.
Bunday kabellar lokal hisoblash tarmoqlarida tarmoq qurilmalari (oxirgi
qurilmalar yoki kommunikatsiya qurilmalri) ga ulanishlari uchun 8P8C
raz`em bilan jihozlangan bo‗lishi lozim. Ba‘zi manbalarda bu RJ45
nomini olgan, garchi bu to‗g‗ri bo‗lmasada.
Lokal hisoblash tarmoqlarida qo‗llanilishi lozim bo`lgan simmetrik
o‗rama juftlik kabellar tarkibidagi elementlar (asosan o`tkazgichlar) va
kabel orqali o`tuvchi signallar himoyalangan bo`lishi lozim. Simmetrik
o`rama juftli kabellar qanday turdagi himoyaga ega ekanligiga bog`liq
ravishda (elektromagnit, ximik, mexanik ta`sirlardan ximoyalovchi) bir
biridan farqlanadilar. Odatda bunday kabellar tarkibidagi alohida
juftliklarini ustidan o‗ralgan yoki to‗qilgan element (metal to`r yoki
falga) ekran deb ataladi va u bugungi kunda qo`llanilayotgan
kabellarning markirovkasida ―shielding‖ – ekranlash kabi belgilanadi.
Agar kabel tarkibidagi barcha o`tkazgichlar ustidan o`ralgan yoki
to`kilgan elementi mavjud bo`lsa ―Screening‖ – zirxlanish qismiga ega
bo`ladi.
Shuningdek, kabelning ishlash
muddatini oshirish va mis
o`tkazgichlarni havodagi kislorod ta`siridan himoyalash maqsadida
alyuminiy falga yoki alyuminiy qatlami hosil qilingan plyonkadan
foydalaniladi. Bunday elementga ega kabellar nomlanishida ―Failed‖ –
falgalangan atamasi qo`llaniladi.
Falga kabelning elektrik va mexanik hususiyatlariga deyarli ta`sir
ko`rsatmaydi.
Bunday
kabellarda
shuningdek
quyosh
nuridan
himoyalash maqsadida maxsus ximoya qatlami qo`llanilishi mumkin.
Bunday himoya qobig`i qora rangli polietilendan iborat bo`lib, bunday
qobig`ni ifodalash uchun kabellar nomlanishida ―Double Jucket‖
atamasi qo`llaniladi.
Kabellarda ekranlashni amalga
oshirish uchun va tashqi
elektromagnit maydon ta`sirlaridan himoyalashning eng samarali
yechimidir. Ma`lumot uzatish tezligi 100 Mbit/s li lokal hisoblash
tarmoqlarida
odatda ekranlanmagan simmetrik aloqa
kabellari
qo`llaniladi. Ammo uzatish tezligi 10 Gbit/s va undan yuqori bo`lgan
tarmoqlarda albatta ekranlangan kabellardan foydalanish lozim.
Simmetrik o`rama juftli kabellar yuqorida sanab o`tilgan
elementlarning qay biriga ega ekanligiga bog`liq
ravishda quyidagi
turlarga bo`linadi:
UTP (Unshielded twisted pair) – ekranlanmagan o`rama juftli
kabel
FTP yoki F/UTP (Failed twisted pair) – umumiy falgalangan
o`rama juftli kabel (ekranlanmagan).
STP (Shielded twisted pair) – ekranlangan o`rama juftli kabel.
Bunda har bir o`rama juft alohida ekranlangan.
S/FTP (Screened Failed twisted pair) – Kabel umumiy falga va
zirxlanishga ega.
S/STP (Screened Shielded Twisted Pair) –
Kabel har biri juftligi
ekranlangan va umumiy zirxlanishga ega.
SF/UTP (Screened Failed Unshielded Twisted Pair) – zirxli,
falgali ammo ekranlanmagan o`rama juftli kabel.
2.4-rasm. Simmetrik o‗rama juftli kabellarning turlari
Bu kabellar qo‗llanilish sharoiti va maqsadiga bog‗liq ravishda
turlich qo‗llanishlarga ega. Tashqi xalaqitlardan va ichki o‗zaro
o‗tishlardan eng muhofazalangan kabel S/FTP va S/STP markali o‗rama
nuftlik kabekllardir.