KIRISH
XXI asr – haqiqatdan ham axborotlashgan
jamiyat asri deb tan
olindi, chunki axborotning tez, sifatli aylanishini ta‘minlash jahon
taraqqiyoti va ravnaqining bosh mezoniga aylandi. Shuning uchun
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini jadal sur‘atlar bilan
rivojlantirish O‗zbekiston iqtisodiyotida amalga oshirilayotgan tarkibiy
o‗zgarishlar hamda iqtisodiy islohotlarning ustivor yo‗nalishlaridan
biriga aylandi. Ushbu yo‗nalish nafaqat Respublikani axborotlashgan
jamiyatga aylantirish uchun xizmat qiladi, balki mamlakatni iqtisodiy
rivojlangan davlatlar darajasiga ko‗tarish uchun o‗ziga
xos yetakchi
tarmoq rolini ham bajaradi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini rivojlanishida
tolali optik aloqa tizimlari muhim o‗rin tutadi, ayniqsa shahar bilan
qishloq o‗rtasidagi tafovutni kamaytirish, ya‘ni, qishloq aholisiga ham
shaharlardagidan qolishmaydigan darajada zamon talabiga mos
telekommunikatsiya va internet hizmatlarini ko‗rsatishda optik kabellar
hamda keng polosali tarmoqlardan foydalanish zaruriyati sezilmoqda.
Shuning uchun Respublikamizda ushbu soha rivojiga jiddiy e‘tibor
qaratilib, qator xukumat qarorlari qabul qilindi.
Jumladan, O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‗zbekiston
Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada
rivojlantirish chora-tadbirlari to‗g‗risida» 2013 yil 27 iyundagi PQ-
1989-sonli qarori bilan ―Respublika milliy
axborot-kommunikatsiya
tizimlarini 2013-2020 yilllar mobaynida rivojlantirish kompleks dasturi‖
tasdiqlandi. Ushbu qaror bilan O‗zbekiston Respublikasida 2013-2020
yillar mobaynida telekommunikatsiya texnologiyalari, tarmoqlari va
infrastrukturasini rivojlantirish dasturi hamda «Elektron hukumat»
axborot tizimi komplekslari va ma‘lumotlar bazasini yaratish bo‗yicha
tadbirlar va loyihalar ro‗yxati tasdiqlangan. Bundan tashqari, ushbu
qaror bilan O‗zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya
tizimlarini 2013-2020 yillar mobaynida rivojlantirish kompleks dasturini
amalga oshirishni muvofiqlashtiruvchi Respublika komissiyasi tashkil
etildi.
O‗zbekiston Respublikasida 2013-2020 yillar mobaynida
telekommunikatsiya texnologiyalari, tarmoqlari
va infrastrukturasini
rivojlantirish dasturida keng polosali optik tarmoqlarni kengaytirish,
optik tolali aloqa liniyalarini qurish, BRAS qurilmalarini o‗rnatib, keng
polosali tarmoq imkoniyatlarini kengaytirish, «UZMOBILE» mobil
tarmog‗ini hududlarda rivojlantirish – 1-bosqich yuqori tezlikdagi
internet xizmatlarini ko‗rsatish (EVDO texnologiyasi), «UZMOBILE»
mobil tarmog‗ini hududlarda rivojlantirish – 2-bosqich yuqori tezlikdagi
internet xizmatlarini ko‗rsatish (LTE texnologiyasi), 3G, 4G, LTE va
boshqa mobil aloqa operatorlarini hisobga olgan holda mobil aloqa
tarmoqlarini
rivojlantirish,
NGN
texnologiyasi
bo‗yicha
kommunikatsiya qurilmalarini kengaytirish, kommutatsiya markazlarini
modernizatsiyalash,
paketli
kommutatsiya
xalqaro
markazlarini
kengaytirish, O‗zbekiston Respublikasi
magistral tarmoqlarining
o‗tkazuvchanlik qobiliyatini kengaytirish, ma‘lumotlarni uzatish
multiservis tarmoqlarini qurish, magistral optik tolali aloqa liniyalarini
qurish, korporativ sektorga multimediali xizmatlarni ko‗rsatuvchi
studiyalarni yaratish, axborot-ma‘lumot xizmatlari markazlarini yaratish
(call-center), ma‘lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazlarini
yaratish «Data-sentr» (quyidagi shaharlarda: Toshkent, Qo‗qon,
Buxoro), tez-tez foydalaniladigan ma‘lumotlarni
saqlash markazlarini
yaratish (keshlash markazlari), davlat va xo‗jalik boshqaruvi, mahalliy
xokimiyat organlari korporativ va lokal-hisoblash tarmoqlarini yaratish
va modernizatsiya qilish kabi vazifalar rejalashtirilgan.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoevning 2107 yil 7
fevral kuni ―O‗zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‗yicha
Harakatlar strategiyasi to‗g‗risida‖ farmonida Respublika hududlarida
2300 km optik tolali aloqa liniyalarini qurish, kommutatsiya
markazlarini IMS texnologiyasi asosida modernizatsiya qilish, mobil
aloqa operatorlarining 1843 ta baza stansiyalarini o‗rnatish, 66 ta yuqori
quvvatli va 328 ta kam quvvatli raqamli
televidenie uzatkichlarini
o‗rnatish va ishga tushirish kabi vazifalar belgilangan.
Yuqorida ko‗rsatib o‗tilgan vazifalarni bajarish uchun soha
mutaxassislari hamda ―Telekommunikatsiya texnologiyalari‖ yo‗nalishi
bo‗yicha tahsil olayotgan talabalar optik aloqa asoslarini mukammal
bilishlari talab etiladi. Nazariy, amaliy bilim va ko‗nikmalarga ega
bo‗lish uchun o‗quv-uslubiy ta‘minotning o‗rni muxim axamiyatga ega.
Keng polosali tarmoqlar fanidan hozirgi kunda davlat tilidagi o‗quv
adabiyotlar, ayniqsa, lotin alifbosidagi adabiyotlar yetishmayotganligi
kuzatilmoqda. Ushbu kamchiliklarni to‗ldirish maqsadida ―Keng
polosali tarmoqlar‖ o‗quv qo‗llanmasi tayyorlandi.
O‗quv qo‗llanma kirish qismi va 9 bobdan iborat bo‗lib, unda
asosan, quyidagi mavzular bo‗yicha muxim nazariy va amaliy
ma‘lumotlar berilgan. Jumladan, Keng poloasli tarmoq tushunchasining
paydo bo‘lishi; Keng polosali tarmoqlarda xizmatlar; Radio aloqa
kanallari va ularning xususiyatlari; Elektr o‗tkazgichli
uzatish muxitlari
va ularning xususiyatlari; Analog modulyasiya usullari va ularning
o‗ziga xos xususiyatlari; Amplitudasi modulyasiyalangan signallar;
Raqamli abonent kirish tarmoqlari; Simsiz keng polasali kirish
tarmoqlari va ularni kirish usullari; zamonaviy optik abonenet ulanish
tarmoqlari; Sinxron raqamli iyorarxiyali SDH texnologisiga
asoslangan
keng polosali transport tarmoqlari; Kanallar to‗lqin uzunligi bo‗yicha
zichlovchi WDM texnologisiga asoslangan keng polosali transport
tarmoqlari; Ethernet texnoloiyasi asoslari; Kanallari to‗lqin uzunligi
bo‗yicha zichlovchi WDM texnologiyasiga asoslangan keng polosali
transport
tarmoqlari;
keng
polosali
tarmoqlarda
qo‗llaniluvchi
protokollar; va keng polosali trasport va abonent kirish tarmoqlarining
qurilish usullari bayon qilingan.
Ushbu o‗quv qo‗llanma ―Telekommunikatsiya texnologiyalari‖
bakalavriatura yo‗nalishi ―Keng polosali tarmoqlar‖ fanini o‗zlashtirish
uchun mo‗ljallangan. Bundan tashqari ―Optik aloqa tizimlari‖,
―Telekommunikatsiya tarmoqlari‖, ―Telekommunikatsiya tarmoqlarini
boshqarish asoslari‖, ―Keyingi avlod kanvergent tarmoqlar‖ va ―Aloqa
tizimlarini
modellashtirish
va
simulyatsiyalash‖
kabi fanlarini
o‗zlashtirish uchun ham qo‗llanilishi mumkin.
―Keng polosali tarmoqlar‖ o‗quv qo‗llanmasi
axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari sohasida ilmiy faoliyat olib borayotgan
mutaxassislar va ―Telekommunikatsiya texnologiyalari‖ yo‗nalishida
ta‘lim olayotgan talabalar uchun mo‗ljallangan.