Xx asrning oxirgi o’n yilligi va XXI asr boshlarida xalqaro munosabatlar. Reja: Kirish. I bob. “Sovuq urush” barham topgandan keyin xalqaro maydonda yuz bergan jarayonlar



Download 167,69 Kb.
bet24/27
Sana08.05.2021
Hajmi167,69 Kb.
#63680
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
diplom ishi Ahrorjon

Bojxona Ittifoqi. Yagona bojxona hududini tashkil etish va bojxona ittifoqini shakllantirish to’g’risidagi shartnoma 2007-yil 6-oktabrda Dushanbeda imzolandi. 2009-yil 28-noyabrda D. A. Medvedov, A. G. Lukashenko va N. A. Nazarboyevning Minskdagi uchrashuvida 2010-yil 1-yanvardan Rossiya, Belorus va Qozog’iston hududida yagona bojxona makonini tashkil etish bo’yicha imzolagan kelishuvi orqali ushbu ittifoq o’z faoliyatining yangi bosqichiga ko’tarildi99.

Bugungi kunda MDH doirasida ikkita parallel jamoaviy tuzilmalar faoliyat yuritmoqda. Ulardan biri – yagona harbiy siyosatni ishlab chiqish uchun 1992-yilda tuzilgan MDH Mudofaa vazirlari kengashi. Unda doimiy kotibiyat va MDH Harbiy hamkorligini muvofiqlashtirish bo’yicha shtab (HHMSh) faoliyat yuritmoqda. Ikkinchisi – Jamoaviy xavfsizlik to’g’risidagi shartnoma tashkiloti (JXShT). JXShT doirasida tarkibida mobil qo’shinlar, vertolyot eskadriliyalari, armiya aviatsiyalarining bir nechta batal’onlari bo’lgan tezkor harakatlanuvchi jamoaviy kuchlar tashkil etilgan. 2002 - 2004-yillarda harbiy sohadagi hamkorlik asosan JXShT doirasidagina rivojlandi100.

1996-yilda Rossiya, Xitoy, Qozog’iston, Qirg’iziston va Tojikiston mamlakatlari ishtirokida “Shanxay beshligi” forumi tashkil etildi. Forumning huquqiy va amaliy jihatdan taraqqiyoti va faoliyati doirasining kengayishi yangi asr boshiga to’g’ri keladi. Markaziy Osiyoda xavfsizlikni ta’minlash XXI asrning dastlabki o’n yilligida mintaqa davlatlari o’zaro munosabatlarining muhim masalasiga aylandi. 2001-yilda “Shanxay beshligi” forumi bazasida Xitoy tashabbusi bilan yangi xalqaro tuzilma – Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (ShHT) tashkil etildi. SHhT xartiyasida mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash va o’zaro qo’llab-quvvatlash tashkilot a’zolarining ustuvor yo’nalishi sifatida e’lon qilindi. Bundan avvalroq, ya’ni 1998-yildan boshlab “beshlik” sammitlarida xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm, milliy separatizm bilan birgalikdagi kurash kun tartibiga aylangan edi.

“Shanxay forumi” ning dastlabki vazifasi sobiq SSSR va XXR ning qarama-qarshiligidan qolgan asoratlar, ya’ni eski chegaraviy masalalarni hal etish edi. Muammolarning bosqichma-bosqich hal etilishi ( 1996-yildagi chegara rayonida qurolli kuchlarni ikki tomonlama qisqartirish va harbiy sohada o’zaro ishonchni mustahkamlash haqidagi, 1997-yildagi chegara rayonida qurolli kuchlarni ikki tomonlama qisqartirish to’g’risidagi bitimlarning imzolanishi) “Shanxay beshligi” ga forumning barcha ishtirokchilari birgalikda kuchaytirishini talab etgan xavfsizlik masalalariga e’tibor qaratishga yo’l ochdi101. 1999 - 2000-yillarda “O’zbekiston islom harakati” faoliyati natijasida yuzaga kelgan siyosiy ekstremizm va terrorizm tahdidlarining kuchayishi O’zbekiston hukumati oldiga mintaqaviy xavfsizlik doirasida anchayin faol qatnashish va radikal islomchilar bilan birgalikda kurashish vazifalarini qo’ydi. Mazkur muammo faqatgina O’zbekiston uchun mavjud muammo bo’lib qolmadi. XXI asr boshiga kelib “Shanxay jarayoni” ning barcha ishtirokchilari radikal kayfiyatdagi islom mutaasiblari qiyofasida davlatlar xavfsizligiga ochiqchasiga tahdidlar bilan to’qnashdi. Bu davrda XXR da Sintzyan – Uyg’ur avtonom rayonidagi uyg’urlar separatistik intilishlarining yangi to’lqini qayd etildi. Kulchjedagi ommaviy qo’zg’olonlar, Urumchi va Pekindagi 1997-yilgi portlashlar, 1999-yildagi teraktlar XXR rahbariyatini RF va Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan xavfsizlik sohasida hamkorlikni uzoq muddatga kuchaytirish yo’liga o’tishga majbur etdi102.

Yuqorida ifodalanganlarga bog’liq holda iyun Deklaratsiyasi bilan bir vaqtda imzolangan terrorizm, separatism va ekstrеmizm bilan kurash haqidagi Konvensiya (2001yil) alohida ahamiyatga ega103.

Shimoliy va shimoliy - g’arbiy yo’nalishdagi Xitoy diplomatiyasining ustuvor vazifalari Rossiya bilan munosabatlarni yaxshilash va mintaqaviy siyosiy, iqtisodiy tashkilotlarni tuzish hamda XXR, Rossiya va Markaziy Osiyo Mamlakatlari ishtirokida harbiy-siyosiy hamkorlikning istiqbollari edi104.

2001-yil 15-iyunda Shanxayda “Shanxay forumi” ning besh mamlakati rahbarlarining oliy darajadagi uchrashuvi tashkil etildi. “Forum” bu paytga qadar besh yil davomida faoliyat yuritgan bo’lsa-da, O’zbekiston dastavval uning ishida umuman ishtirok etmadi, keyinchalik esa kuzatuvchi sifatida qatnasha boshladi. Shanxaydagi uchrashuv O’zbekiston vakillari to’la huquqli ishtirokchi maqomiga ega bo’lgan dastlabki uchrashuv edi. Uning natijasiga ko’ra forumni tashkilotga – Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga aylantirgan xolda qayta tashkil etish e’lon qilingan deklaratsiya qabul qilindi. 2002-yil yozida Sankt-Peterburgda tashkilotining ustavi qabul qilingan yangi sammiti bo’lib o’tdi105.

Shanxay Hamkorlik Tashkiloti o’z faoliyatini uch yo’nalishda tashkil etmoqda: xavfsizlik, iqtisodiyot va madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlik. ShHT ning 2002-yildagi Xartiyasida ifodasini topgan xavfsizlik masalalari tashkilotning kun tartibida birinchi o’rinda turadi. Hujjatda mintaqada tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash va qo’llab-quvvatlash maqsadlarida ko’p tarmoqli hamkorlikni rivojlantirish, yangi demokratik, adolatli va ratsional siyosiy va iqtisodiy xalqaro tartibotni yaratish harakatlari ustuvor yo’nalish sifatida asoslandi. Bundan tashqari, hujjatda ShHT organlarining ish tartibi va funksiyalari, qarorlar qabul qilish tartibi (konsensus) belgilandi. 2005-yilda Mongoliya, Hindiston, Pokiston, Eron va Afg’onistonni o’z ichiga olgan kuzatuvchilar instituti tuzildi. Turkiya, Belorus va Shri-Lanka tashkilotning muloqot bo’yicha hamkorlariga aylanmoqda. Ushbu maqom bo’yicha holat 2008-yilda imzolandi106. ShHT da xavfsizlik muammolarining hal etilishi bilan parallel ravishda iqtisodiy sohada ham hamkorlik olib borilmoqda. 2001-yilda ShHT ga a’zo davlatlar hukumatlari o’rtasida mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik, savdo va investitsiya sohalarida qulay sharoitlarni yaratish bo’yicha jarayonlarni amalga kiritishning asosiy maqsadlari va yo’nalishlari to’g’risidagi Memorandum imzolandi. Unda hamkorlikning asosiy yo’nalishlari sifatida energetika, telekommunikatsiya, qishloq xo’jaligi, turizm, bank-kredit sohasi, suv xo’jaligi, tabiatni muhofaza qilish va boshqa yo’nalishlar belgilandi. ShHT doirasida nohukumat tuzilmalar ham ishlamoqda. Ayni shunday, 2005-yilda Hamkorlikning a’zo davlatlari hukumat boshliqlari (bosh vazirlari) Kengashining majlisida ShHT Banklararo birlashmasini tashkil etish haqida rasman e’lon qilindi va Banklararo birlashma haqida Bitim imzolandi. 2008-yilda ShHT Mehnat kengashi tuzildi.

ShHT ni tuzish haqidagi Deklaratsiyada ishtirokchi mamlakatlar madaniy hamkorlikni ham rivojlantirish zarurati to’g’risida bildirishdi. Xartiyada gumanitar sohadagi hamkorlik tashkilotning ustuvor yo’nalishlaridan biri ekanligi qayd etib qo’yildi. Ilm-fan va texnika, ta’lim, sog’liqni saqlash, madaniyat, sport va turizm sohasida o’zaro aloqalarni kengaytirish madaniy-gumanitar sohadagi faoliyatning anchayin muhim yo’nalishiga aylanmoqda.

Hamkorlikning yana bir yutug’i madaniy-gumanitar sohada – ShHT Universiteti. Universitetni tashkil etish g’oyasini 2007-yilda V. V. Putin bildirdi. Bu loyihani amalga oshirish shakli to’g’risida turli xil fikrlar yangradi. Oxir-oqibatda “Universitet tashkilotga a’zo davlatlar va shuningdek, kuzatuvchi davlatlardagi mavjud universitetlarni funksiyalashtirishi kerak” ligi to’g’risida qaror qilindi.

Ishtirokchilarining rivojlanishidagi notenglik darajasi tashkilotning muammosiga aylanmoqda. Ikki yetakchi – Rossiya va Xitoy – olti mamlakat orasida alohida ajralib turadi. Ikki davlatning mintaqadagi ustunlikka intilishi ShHT rivojlanishining ijobiy istiqbollarini shubha ostiga qo’ymoqda. Moskva va Pekin tashkilotni harakatlantirishi kerak bo’lgan uzoq yo’lga nisbatan turli qarashlarni ilgari surmoqda. Rossiya xavfsizlik masalasini birinchi o’ringa qo’ymoqda, Xitoy esa yangi ustunlik bilan iqtisodiy hamkorlik qilishga intilmoqda107.

Dunyo hamjamiyatining Shanxay Hamkorlik tashkiloti faoliyatida qiziqishi yildan yilga ortib bormoqda. Biroq ikki uch yil oldin shunday edi. Hozir vaziyat o’zgardi. Ukrainadagi inqiroz yuzaga keltirgan Rossiya va G’arb o’rtasidagi keskinlikning yangidan jonlanishidan so’ng G’arb ommaviy axborot vositalari ShHT ni salbiy baholay boshladi. 2015-yil Boshqirdiston poytaxti Ufada ShHTning navbatdagi sammiti tashkil etildi. Bu sammitda juda muhim voqealar bo’lib o’tdi. Hindiston va Pokiston ShHT ga qo’shildi, Eron va Afg’oniston esa ShHT ga a’zo bo’lish istagini bildira boshladi. Bugungi kunda Rossiya, Qozog’iston, Qirg’iziston Xitoy, Tojikiston, O’zbekiston, Hindiston va Pokiston ShHT ning a’zolaridir. Eron va Mug’uliston kuzatuvchi davlatlar maqomiga egadirlar. ShHT ga a’zo davlatlarning umumiy maydoni 34 million kvadrat kilometrni tashkil etmoqda, bu esa Yevrosiyo hududining 60 foizini tashkil etadi. Tashkilotga a’zo davlatlarning umumiy aholisi soni esa 3 mlrd dan ortiq bo’lib, bu dunyo aholisining yarmiga tengdir108. ShHT mintaqada tinchlik va xavfsizlik, shuningdek, siyosiy, iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni rivojlantirishda muhim o’rinni egallamoqda.

Yuqorida nomlari keltirilgan tashkilotlar bugungi kunda Yevroosiyo mintaqasida hamkorlik aloqalarining taraqqiyotida hal qiluvchi ahamiyatga ega. Shu o’rinda ta’kidlash joizki, bu borada ushbu tashkilotlarga a’zo davlatlarning o’zaro munosabatlari ham rivojlanmoqda. RF prezidenti V. Putin mamlakatning tashqi siyosatida Xitoy va Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan aloqalarni kengaytirishga urg’u bermoqda. O’zbekistonning amaldagi prezidenti Sh. M. Mirziyoyev bu sohada keng ko’lamli ishlarni amalga oshirmoqda. Xususan O’zbekiston rahbarining RF, XXR, Qozog’iston, Qirg’iziston, Turkmaniston va Tojikistonga amaliy tashriflari, shuningdek ushbu mamlakatlar rahbarlarining O’zbekistonga tashrifi hamda turli xalqaro forumlar va sammitlar chog’ida imzolangan shartnomalar, og’zaki kelishuvlar mintaqadagi hamkorlik aloqalarining taraqqiyotini yangi bosqichga ko’tardi.


Download 167,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish