Xx asrning oxirgi o’n yilligi va XXI asr boshlarida xalqaro munosabatlar. Reja: Kirish. I bob. “Sovuq urush” barham topgandan keyin xalqaro maydonda yuz bergan jarayonlar


III bob. Xalqaro va mintaqaviymuammoli masalalar hamda ularni hal etishning yo’llari, yondoshuvlar va amaliy harakatlar



Download 167,69 Kb.
bet25/27
Sana08.05.2021
Hajmi167,69 Kb.
#63680
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
diplom ishi Ahrorjon

III bob. Xalqaro va mintaqaviymuammoli masalalar hamda ularni hal etishning yo’llari, yondoshuvlar va amaliy harakatlar.

3.1. Globalizatsiya jarayoni bilan bog’liq muammolar.

Bugungi kunda o’zining yangi davr jihatlarini namoyon etayotgan zamonaviy dunyo sivilizatsiyasi universal tizimli transformatsiya jarayonini boshdan kechirmoqda. Ushbu transformatsiya asosi bugungi kun tadqiqotchilari tomonidan globalizatsiya va jahonning yakka hukmron davlatiga aylanayotgan AQSh ning iqtisodiy, moliyaviy, harbiy va geosiyosiy ustunligiga asoslangan bir qutbli dunyoni yaratishga bo’lgan urinishlari jarayoni bilan bo’g’lanadi. Mazmuniga ko’ra o’zaro bog’liq bo’lgan bu jarayonlar zamonaviy davlatchilik taraqqiyotiga o’z ta’sirini ko’rsatmoqda.

“Globalizm” va “globalizatsiya” tushunchalari lotincha globus – “shar” so’zidan kelib chiqqan. Fransuzchadan tarjima qilinganda, “global” so’zi “umumiy” degan ma’noni anglatadi va “butun yer sharini egallovchi; umumjahon; barchaga tegishli, keng miqyosli, to’liq, universal” kabi ma’nolarda ham qo’llaniladi109.

“Globalizatsiya” atamasi ilk bor R. Robertson tomonidan muomalaga kiritilgan, biroq keyingi o’n yilliklar davomida ilmiy jamiyatlarning e’tiboridan chetda qolib keldi. Va faqatgina 1990-yillarning o’rtalarida “yangi dunyo qurilishi” to’g’risidagi muhokamalar asosida globalizatsiya atamasi tilga olingan kitoblar va maqolalar soni keskin oshdi. Globalizatsiya ob’ektiv jarayonga aylanmoqda. Globalizatsiya sub’ektiv omillarning aniq belgilangan ta’sirini boshdan kechirayotgan bo’lsa-da, uning taraqqiyoti alohida shaxslar, ijtimoiy guruhlar va xattoki butun bir davlatlarning ham xohishiga bog’liq emas. Globalizatsiya – jamiyatning ob’ektiv va qonuniy taraqqiyoti natijasi110.

Globalizatsion jarayonlarning tub asosi uzoq tarixga borib taqaladi, biroq baribir globalizatsiya – XX asr fenomeni. O’tgan yuz yillikni globalizatsiya asri sifatida ham belgilash mumkin, shuning uchun uning saboqlari dunyoning XXI asrdagi globallashuvi istiqbollari tushunchasi uchun muhimdir111. Eng yangi zamonda “globalizatsiya” atamasi dastlab bir necha yillar avval dunyodan o’tgan Garvard biznes maktabining professori Teodor Levit qalamiga mansub “Bozorlar gobalizatsiyasi” maqolasida paydo bo’ldi va avvallari o’zini namoyon etish imkoniyatiga ega bo’magan global miqyosdagi standartlashtirilgan mahsulotlar uchun global bozorlarni tashkil etilishi jarayonlarini aks ettirdi112.

Shu o’rinda, globalizatsiya tushunchasining turli izohlari ortida uning bir-biridan keskin farqlanuvchi sharxlaridan iborat ochiq muommolar turibdi:

1) Globalizatsiya iqtisodiy jarayon sifatida ( T. Levit, oldinroq K. Omai va boshqalar);

2) Globalizatsiya ijtimoiy-madaniy, ta’bir joiz bo’lsa, ijtimoiy-sivilizatsion jarayon sifatida ( R. Robertson va G. M. Makluin);

3) Globalizatsiya siyosiy jarayon sifatida ( keyinroq K. Omai, o’zining so’ngi uch asarida Z. Bjezinskiy va boshqalar)113.

Ba’zi tadqiqotchilar globalizatsiyani insoniyat taraqqiyotining oldingi bosqichlari bilan bog’liq universal ijtimoiy jarayon, mamlakatlar, xalqlar, madaniyatlarning umumsayyoraviy birlashuvi tendensiyasi, sivilizatsiyalar o’rtasidagi aloqalarning muhim riskogen bosqichi sifatida qabul qiladilar114.

O’z tabiatiga ko’ra globalizatsiya jarayoni oddiy, silliq va nizolarsiz bo’la olmaydi. Bu jarayon hammani va har bir sub’ektni: individlar, kichik va yirik hamjamiyatlar, mintaqalar va davlatlar, xalqlar va sivilizatsiyalarni o’ziga jaib etmoqda. U yoki boshqa yo’llar va metodlar orqali global muommolarni hal etish ortida umuminsoniy hamjamiyatning shakllantiruvchi modellari bo’lib yirik manfaatlar turibdi. Mazkur qarashlardan biriga ko’ra, globalizatsiya zamonaviy hayotning barcha qarama-qarshiliklari va nizolarini o’zida aniq ifoda etmoqda. Globalizatsiya jarayonlaridagi yirik nizolarning muhim sabablaridan biri – insoniyatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy taraqqiyoti darajasi, ularning hayot tarzi, maishiy turmushning muhim muommolariga munosabati, yashash qiymati tizimidagi keskin farqlar. Nizolarning boshqa bir manbayi – alohida ishtirokchilar imkoniyatlaridagi farqlar. Rollarning oldindan bo’linishida boshlang’ich imkoniyatlarning notengligi globalizatsiyaning g’oliblari va mag’lublari, global jamiyatning favoritlari va autsayderlari o’rtasidagi bo’lg’usi nizolarning urug’larini ekmoqda.

Bugungi globalizatsiya ko’p jihatdan G’arbning, eng avvalo, AQSh faoliyatining mevasidir. Istaymizmi yo yo’qmi, bugungi globalizatsiya G’arb bilan Sharq o’rtasidagi tarixiy ildizga ega notenglikni, sovuq urushdan so’ng dunyoda AQSh ning yetakchilik rolini mustahkamlashga yo’naltirilgan115.

Globalizatsiya tizimli xususiyatni o’zida mujassam etmoqda va jamiyat hayotining barcha sohalariga o’z ta’sirini ko’rsatmoqda. Xalqaro mehnat munosabatlari, butun dunyo miqyosidagi kapitallar aylanmasi, kishilar va ishlab chiqarilayotgan resurslarning migratsiyasi, qonunchilik, iqtisodiy va texnologik jarayonlarning standartlashuvi, turli mamlakatlar madaniyatlarining yaqinlashuvi va aralashuvi hamda boshqa ko’plab jarayonlar globalizatsiyaning natijasiga aylanmoqda.

Shu o’rinda, golobalizatsiyani jamiyatga ta’sirining turli yo’nalishlarini aks ettiruvchi bir nechta jihatlarini ko’rsatib o’tish zarur: iqtisodchilar moliyaviy bozorlarning transmilliylashuvi jihatidan muhokama yuritadilar, siyosatchilar demokratik institutlarni asos qilib olishga intiladilar, madaniyatshunoslar va boshqa sohlar vakillari ham globalizatsiyaning namoyon bo’lishini o’z nuqtayi nazarlaridan baholaydilar.

So’ngi paytlarda jahon ilm-fanida sayyoramizning barcha kishilari dunyoning alohida mamlakatlari mahalliy tuzilmalaridan tarkib topgan yagona global jamiyat fuqorolariga aylanishi nuqtayi nazaridan anchayin mashhur Global jamiyat (Global society) konsepsiyasi yuzaga kelmoqda. Bu konsepsiya ushbu vaziyatda global jamiyat doirasida an’anaviy jamoaviy tuzilmaga aylanib borayotgan globalizatsiya jarayonining yoyilishini muhim darajada mustahkamlamoqda116.

Mutahassislar globalizatsiya taraqqiyotining turli bosqichlarida uning bir necha turlarga bo’lishadi:

1) Insoniyat madaniy qadriyatlari kompleks “unifikatsiyasi” jarayonining uzoq tarixiga ega “tub” yoki madaniy-g’oyaviy globalizatsiya.

Italyan renessansidan boshlangan ushbu jarayon har bir bosqichida geografik doirasini kengaytirib borgan “fransuz”, “ingliz” va “amerika” madaniy ta’sirlarining qorishuvi orqali o’z shaklini topgan. Amerika madaniy an’analarini hech mubolag’asiz sayyoraviy deb nomlash mumkin.

Globalizatsiya sharoitida diniy omil mutlaqo muhim ahamiyatga ega. Bugungi kunda butun dunyo asosan oltita diniy tizimlarda namoyon bo’lmoqda (xristianlik, islom, yaxudiylik, buddaviylik, hinduiylik, konfutsiylik). Xristianlik ortida qudratli qurolli kuchlar (NATO - Turkiyadan tashqari, Rossiya) va dunyoda siyosiy yetakchilik (“Katta sakkizlik” ning yettitasi xristian mamlakatlaridir) turibdi. Yaxudiylik jahon moliyaviy tizimida mustahkam o’ringa ega va hokimiyatning ko’plab rasmiy va norasmiy tuzilmalarida yetakchilik qilmoqda. Islom o’z tarafdorlariga ta’sir ko’rsatish bo’yicha favqulodda faol – musulmon mamlakatlari o’rtasidagi mavjud qarama-qarshiliklarga qaramasdan “Islom birligi” xususida ishonch bilan gapirish mumkin. Neft eksporti hisobiga olinayotgan islom dunyosining muhim moliyaviy resurslari bilan hisoblashmaslikning iloji yo’q. Konfutsiylikda yer yuzining eng ko’p aholisi, sayyoramiz barcha mehnat resurslarining 25% qismi to’plangan. Hinduiylik ham o’zining faol tarafdorlari soni bo’yicha muhim o’ringa ega, chunki Hindiston aholisining o’sish surati Xitoyga nisbatan yuqoridir. Boshqa tizimlardan farqli ravishda Buddizm u yoki bu resurslar bilan bir mazmunda qo’llanilmaydi va uning mazmuni o’z tarafdorlarining soni bilan (garchi ular kam sonli bo’lmasa-da) emas, intellektual elitaga ta’siri bilan belgilanadi.

2) Iqtisodiy globalizatsiya ikki jarayon – bozorlar globalizatsiyasi (kapital, mehnat resurslari, tovarlar va xizmatlar) va o’z doirasida iqtisodiyotning tashkiliy tuzilmalari – kompaniyalar, firmalar, korporatsiyalar va boshqa birlashmalarning yiriklashuvini ifodalaydigan iqtisodiy shakllarni o’zida aks ettirmoqda. Iqtisodiy shakllar globalizatsiyasi o’rta asrlardagi professional sexlarning tashkil topishidan boshlangan, kapitalning konsentratsiyasi va markazlashuvi bosqichlaridan o’tgan va global miqyosdagi korporatsiyalarning shakllanishi bilan mantiqan yakunlanmoqda.

Iqtisodiy globalizatsiya – murakkab va ixtilofli jarayon. Bir tomondan, u davlatlar o’rtasidagi o’zaro xo’jalik aloqalarini yengillashtiradi, mamlakatlarning insoniyat ilg’or yutuqlariga erishishi uchun shart-sharoitlar yaratmoqda, iqtisodiy resurslar bilan ta’minlamoqda va dunyo taraqqiyotini jadallashtirmoqda. Boshqa tomondan, globalizatsiya salbiy oqibatlarga olib kelmoqda: iqtisodiyotda begona modellarning mustahkamlanishi; ba’zi mamlakatlarning o’z resurslarini yo’qotishi; kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning to’siqlarga uchrashi; kuchsiz mamlakatlar uchun raqobatchilik globalizatsiyasi bosimining ortishi va boshqalar.

3) Axborot – kommunikatsion globalizatsiya bugungi kunda integratsion jarayonlarning muhim ko’rsatkichiga aylanmoqda va quyidagilarni o’z ichiga olmoqda: kommunikatsion imkoniyatlarning taraqqiyoti va axborotlarni uzatish uchun kosmik makondan foydalanish; global informatsion tarmoqlarning paydo bo’lishi va tezkor suratda o’sishi; insoniyat hayotiy faoliyatidagi ko’pgina jarayonlarning kompyuterlashuvi.

Yaqin o’n yilliklar ichida sayyoramizda sivilizatsiyaning mutlaqo yangi turi – informatsion sivilizatsiya shakllanmoqda. Biroq mamlakatda yangi informatsion texnologiyalarni joriy etish va foydalanish uchun nafaqat tegishli moliyaviy imkoniyatlarni, balki jamiyatning informatsion madaniyatini hisobga olish zaruriyatini ham esdan chiqarmaslik lozim.

Aynan shuning uchun bugun informatika va yangi axborot texnologiyalari zamonaviy vositalarining ko’pchiligi rivojlangan boy mamlakatlarda to’plangan. Misol uchun, bugungi kunda Internet tarmog’idan foydalanuvchilarning 50 foizi AQSh da, 40 foizi Yevropada, 5 foizi Yaponiya va Janubiy Koreyada va faqatgina 5 foizi qolgan boshqa mamlakatlarda istiqomat qiladi117.

Shu tariqa, informatsion globalizatsiya rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar o’rtasidagi notenglikni keskin oshirmoqda. Informatsion notenglik sivilizatsiya taraqqiyotining yangi global muammosini o’zida aks ettirmoqda. Bu sohada G’arb bosimining oshishi nafaqat dunyo boylar va qashshoqlar o’rtasidagi bo’linishi uchun qudratli tahdidlarning yanada ortishi xavfini, balki rivojlangan mamlakatlarning egoistik manfaatlari uchun informatsion vositalardan yovuz maqsadlarda foydalanishi xavfini ham yuzaga keltirmoqda.

4) Hududiy globalizatsiya – davlatlar va ular ustidagi tashkilotlarning yiriklashuvi jarayoni. Iqtisodiyot, davlat qurilishi bilan bir qatorda harbiy-siyosiy va iqtisodiy ittifoqlarning shakllanishi ham maksimal darajada globalizatsiyaning mavjudligini namoyon etmoqda. Barcha rivojlangan mamlakatlar hududiy ekspansiya bosqichini bosib o’tgan, ShHT, YI va MDH kabi loyihalar esa XIX asr boshida birinchi global harbiy-siyosiy blokka aylangan “Muqaddad Ittifoq” ning tashkil etilishi bilan asos solingan “bloklar qurish” siyosatining mantiqiy davomiga aylanmoqda. Siyosatda milliy davlatchilikning zaiflashuvi globalizatsiyaning natijasidir. Bu zamonaviy davlatlar suverenitetining cheklanishiga va o’zgarishiga olib kelmoqda. Bir tomondan, bu zamonaviy davlatlarning Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Butunjahon savdo tashkiloti va boshqa shu kabi ta’sir kuchiga ega bo’lgan xalqaro tashkilotlar orqali o’z kuch-qudratlarini yanada kengroq namoyish etishiga imkoniyat yaratmoqda. Boshqa tomondan, iqtisodiyotga davlat aralashuvining qisqarishi hisobiga tadbirkorlar (asosan yirik transmilliy korporatsiyalar) ning siyosiy ta’siri ortmoqda.

Kishilarning hech qanday to’siqlarsiz xorijga migratsiyasi va kapitallar kiritilishining erkinligi sababli ham davlatlar hukumatlarining o’z fuqorolariga munosabatidagi roli qisqarmoqda. Nohukamat tashkilotlarning ta’sirchanligi va xalqaro faolligi oshib bormoqda. Mintaqaviylashuv rivojlanmoqda. Mintaqalar xalqaro munosabatlar tizimining holatiga yanada ko’proq ta’sir ko’rsatmoqda, davlatlarning ichki va tashqi siyosatiga ham ularning ta’siri kuchaymoqda.

O’z o’rnida, bu hodisa demokratik jarayonlar taraqqiyoti uchun shart-sharoitlar yaratmoqda. Shu bilan birga, milliy davlatlarning boshqaruvchilik imkoniyatlari va ularning iqtisodiy jarayonlarga ta’sir doirasini toraytirgan holda, globalizatsiya rivojlanayotgan mamlakatlarda ijtimoiy davlatchilik asoslarini qurish imkoniyatlarini so’roq ostida qo’ymoqda.

Shunday qilib, globalizatsiya amalda insoniyatga nafaqat ijobiy holatlarni, balki yangi tahdidlarni ham tug’dirmoqda, dunyo tartibotidagi eski qarama-qarshiliklarni qayta mustahkamlamoqda. Globalizatsiya jarayonida sanoatlashgan mamlakatlar katta foyda olmoqda. XX asr oxirida dunyo aholisining 20 foizini tashkil etuvchi boy mamlakatlar aholisi jahon ishlab chiqarish aylanmasining 86 foizini ishlab chiqargan.

Sanoatlashgan mamlakatlarning boshqa mamlakatlardan keskin ravishda farqlanishi, bir tomondan, ularning mulkiy qudratini xususiyatlashtiradi, lekin, boshqa tomondan, ularga terrorizm, jinoyatchilik, giyohvandlik, OITS – infeksiyalari, iqtisodiy muammolar, o’z aholisi bir qismining qashshoqlashuvi va immigrantlar oqimining o’sishi, dunyoda ijtimoiy notenglik, islom radikalizmi va boshqa shu kabi masalalariga nisbatan munosabatlarda hotirjam bo’lishlariga yo’l bermaydi118.

Dunyo adabiyotida globalizatsiyaning xalqaro munosabatlarga ta’siri bilan bog’liq quyidagi xarakterli tendensiyalar qayd etiladi:

1. turli shakllarni qabul qiluvchi davlatlararo chegaralar o’tkazuvchanligining ob’ektiv ravishda kuchayishi.

2. jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlarning nodavlat tartibga soluvchi mexanizmlari rolining kuchayishi.

3. xalqaro miqyosda o’zaro munosabatlar ob’ektining o’zgarishi: agar avval unga suveren davlatlarning bir-biri bilan munosabatlari yuzasidan olib boriladigan munosabatlar sohasi tegishli bo’lgan bo’lsa, 1990-yillarning oxirida alohida davlatlarning ichki siyosati masalalari (demokratik tamoyillar, inson huquqlari) xalqaro doirada o’zaro munosabatlarning ob’ektiga aylandi.

4. individlarning o’zi yashab turgan olamda butunjahon informatsion jarayonlari bilan bevosita muloqoti uchun imkoniyatlarni keskin oshiruvchi yagona kommunikatsion jamiyatning shakllanishi.

5. sivilizatsion markazlarning yetakchiligi ostida birlashgan dunyoga “xizmat qiluvchi” tendensiyalarning bir vaqtning o’zida maqbulligi va muqarrarligini asoslashga chaqiruvchi o’zaro bog’langan qarashlarning yig’indisi sifatida “globalizatsiya ideologiyasi” ning yaratilishi.

Qayd etish mumkinki, insoniyat taraqqiyoti tarixida o’zaro intensiv munosabatlar va xalqaro munosabatlarning strukturalashuvi yuz berayotgan makonni yanada kengaytirish, universallashuv va dunyo gomogenizatsiyasi (yagona etnik birlikni tashkil etish uchun harakatlar) tendensiyalar hamda globalizatsiya o’zgarishlariga simmetrik bog’liq ravishda xalqaro munosabatlar tizimi uchun uning oqibatlariga taalluqli bashoratlar ham mavjud119.

Globalizatsiya davlatning makroiqtisodiy siyosati ta’sirchanligini susaytirmoqda, milliy iqtisodiyotning holatini, inflyatsiya, valyuta kursini nazorat qilishda davlatning qudratini kamaytirmoqda. U milliy bozorlarning beqarorligiga olib kelmoqda, milliy ishlab chiqaruvchilarning raqobatbardoshligiga salbiy ta’sir etmoqda120.

Shunday qilib, globalizatsiya ajoyib imkoniyatlar va o’ta xavfli tahdidlarni o’zida mujassam etayotgan birinchi darajali global muammoga aylanmoqda. U istiqbol uchun yo’l ochmoqda va bir vaqtning o’zida eski og’riqli vaziyatlarni keskinlashtirmoqda, yangi xavflarni yuzaga keltirmoqda121.

Mamlakatlar globalizatsiyaga turli xil munosabatda bo’lmoqda. Misol uchun, tanqidiy baholarga qaramasdan, G’arb mamlakatlarining ko’pchilik qismi globalizatsiyani ijobiy hodisa sifatida qabul qilmoqda. G’arb mamlakatlarining ijobiy reaksiyasini to’liq oldindan o’ylangan deb atash mumkin. Ma’lumki, aynan ular globalizatsiyadan asosiy foydani olmoqda.

Sharq mamlakatlari (eng avvalo, neft qazib chiqaruvchi mamlakatlar va “Osiyo yo’lbarslari”) globalizatsiya jarayonida yutuqlarga erishmoqda va amalda unga qarshi chiqmayapti.

Islom dunyosi jahon iqtisodiyotiga zaif munosabatda bog’langan, biroq G’arb madaniyati tomonidan ulkan ta’sirlarni boshdan kechirmoqda. Shuning uchun globalizatsiyada musulmonlarga o’zlarining diniy va madaniy qadriyatlariga, xattoki mustaqilliklariga tahdid bo’lib ko’rinmoqda va ular globalizatsiyaga qarshi chiqishmoqda.

Bozor munosabatlari ancha avval o’rnatilgan ba’zi mamlakatlar (shu jumladan Rossiya) ga globalizatsiya xalqaro savdo munosabatlarini kengaytirish uchun ulkan imkoniyatlarni taqdim etmoqda. Shuning uchun bunday holatda globalizatsiyaga munosabat ikki xil ko’rinishda – yo qulaylik, yoki noqulaylik. Zamonaviy bosqichdagi globalizatsiyaning asosiy jihatlari oshkora a’yondir. Ularni sanab o’tamiz. Shunday qilib, bugungi kunda globalizatsiya bu:


  • Rivojlangan mamlakatlar va ularning jahon iqtisodiyotidagi transmilliy korporatsiyalarining hal qiluvchi roli;

  • Ichki iqtisodiy aloqalarga nisbatan xalqaro munosabatlarning ustunligi;

  • Moliyaviy, buxgalteriya, statistik va boshqa standartlarning uyg’unlashuvi va bir shaklga keltirilishi;

  • Kapitalning ulkan miqyosda markazlashuvi va konsentratsiyasi, mamlakatlar o’rtasidagi kapital oqimining o’sishi va bank sohalari rolining ortishi;

  • Xalqaro iqtisodiy munosabatlarni tartibga soluvchi xalqaro moliyaviy va iqtisodiy tashkilotlarning tashkil etilishi122.

Globalizatsion o’zgarishlar ortida XX asrning 90-yillari oxiri va XXI asr boshida antiglobalistlar nomini olgan jamoat birlashmalarining faolligi to’lqini jonlandi. Antiglobalizm – zamonaviy shakldagi globalizatsiya jarayonlarining aniq belgilangan jihatlariga, xususan, Butunjahon savdo tashkiloti kabi global transmilliy korporatsiyalar va savdo-hukumat tashkilotlarining ustunlikka intilishiga qarshi yo’naltirilgan siyosiy harakat.

Antiglobalizmni ko’pincha alterglobalizm, ya’ni muqobil neoliberalistik globalizatsiya bilan chalkashtiradilar. Strategik maqsadlaridagi katta farqlarga qaramasdan (antiglobalistlar izolyatsion va konservativ pozitsiyada, alterglobalistlar esa milliy chegaralarning tozalanishini ko’zlovchi klassik so’l platformada turadilar), kundalik siyosiy amaliyotda antiglobalistlar va alterglobalistlar odatda birgalikda faoliyat olib boradilar. Antiglobalistlar muntazam ravishda dunyoning turli mamlakatlarida ijtimoiy forumlar, norozilikning turli aksiyalarini olib borishadi. Bu tashkilotlar turli xil va bir vaqtning o’zida keng aholi qatlamlarining manfaatlarini himoya qilmoqda. Ular, o’zlarining fikricha, globalizatsiya sharoitida jamiyat hayotining turli sohalarida ijtimoiy adolatsizlikning yuzaga kelishiga munosabatlarini bildirishmoqda. Ular fuqorolarning holatiga ta’sir etuvchi milliy hukumatlar va xalqaro tashkilotlarga o’z talablarini ifoda etmoqda. Antiglobalistlarning asosiy tezisi – globalizatsiyaning hozirgi modeli dunyo kapitali qobig’i ostida shakllangan va o’z natijalariga ko’ra jamiyat uchun xavflidir123.




Download 167,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish