Loyihalashning texnik asoslari deb, loyihalanayotgan avtomobilning sifat ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lishi va avtomobilni ishlab , chiqarishda uning sifati o‘zgarmasligini ta’minlashga aytiladi. Unga quyidagilar kiradi:
avtomobillarning istiqbolli tipajini ishlab chiqish va ulardan foydalanish;
avtomobil konstruksiyalarini rivojlantirish usullarini qo‘llash;
avtomobil ekspluatatsion xususiyatlarining istiqbolli ko‘rsatkich- larini belgilash;
loyiha ishlarining alohida etaplarini bajarishda zamonaviy va ilg‘or usullarini qo‘llash (avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari, dizaynerlik ishlarini kengaytirish, eng yaxshi chet el tajribalaridan foydalanish);
yangi avtomobil konstruksiyalarini yaratishda va ulami takomillashtirishda standartlash, unifikatsiyalash va agregatlash;
tanqis bo‘lmagan va yengil materiallardan keng foydalanish (plastmassa, alyuminiy qotishmasi, legirlangan po‘lat va b.)
Loyihalashning iqtisodiy asoslari deb, avtomobilni ishlab chiqarish va ekspluatatsiya qilishda kam xarajat qilib eng yaxshi natijalarga erishishga aytiladi. Iqtisodiy tahlil asosida quyidagilar aniqlanadi:
avtomobilni ishlab chiqarish strukturasi aniqlanadi;
avtomobil va uning agregatlari tipaji tuziladi;
har xil regionlar va xalq xo‘jaligi sohalari uchun avtomobillarning turi va modifikatsiyalari aniqlanadi;
avtomobillar ishlab chiqarish va ekspluatatsiya qilish sohalarini qamrab olgan xalq xo‘jaligida yangi avtomobillarning iqtisodiy samarasi baholanadi;
yangi avtomobil va uning alohida agregatlarining maqsadga ’ muvofiq variantlari tanlanadi.
Loyihalashning tashkiliy asoslari deb, konstruktorlik ishlarini bajarish uchun. tajribali miitaxassislarrting ijodiy jamoasini shakl- lantirish, kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish, konst- ruktor va tadqiqotchilaming ilg‘or maktablarini yaratishga aytiladi. Avtomobillami loyihalash uchun tashkil etilgan konstruktor va tadqiqotchilarining ijodiy jamoasini bosh konstruktor boshqaradi. Bu ijodiy jamoada konstruktorlar, kompyuter dasturchilari, dizaynerlar, sinovchilar, hisobchilar va boshqalar mchnat qiladi. Ijodiy jamoaning vazifasi loyihalash bosqichlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarish, tadqiqot, tajriba va hisob-kitob ishlarini tashkil etish, konstruktorlik byurosi va laboratoriyalarni zamonaviy asbob-uskunalar bilan ta’minlash, shu sohada yig‘ilgan ilg‘or tajribalardan foydalanish va boyitish (shu jumladan chet el tajribasi) va shu kabi ishlami bajarishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |