XIX asrning so’nggi choragidagi xalqaro aloqalar. XIX asr oxirida Germaniya bilan AQSh zamonaviy texnika bilan ta’minlanib Fransiya va Angliyadan o’zib ketgan edi. Bu holat jahon bozori uchun kurashni keskinlashtirib yubordi. Chunonchi, dunyoni taqsimlash jarayonini tezlashtirib yubordi, Buyuk Britanya va Fransiya Afrika va Osiyda harbiy ekspansiyalarini boshladila, Rossiya esa O’rta Osiyoni mustamalakaga aylantirishi nihoyalab bordi.
1881- yilda Fransiya Tunisni bosib olib u yerda o’z protektoratini o’rnatdi. Oqibatda Fransiya–Italiya munosabatlari keskinlashdi. Bu esa Uchlar ittifoqini tuzilishiga olib keldi.
Endi Afrikani “bo’lib olish“, ayniqsa keskin bo’ldi. Ingliz hukumati Kongo daryosining quyilish joyini Angliyaga iqisodiy va moliyaviy jihatdan qaram bolgan Portugaliyaga berishni istardi. Fransiya va Germaniya esa bu joyni Belgiya qiroli Leopoldga bermoqchi edi. O’sha vaqtda deyarli butun Kongo havzasini Belgiya bosib olgan edi. 1884–1885- yildagi Berlin Konferensiyasida mustaqil Kongo davlatining chegaralari belgilandi. XIX asrning 70- yillarida ingilizlar va fransuzlar Nigeriya va Niger daryosining irmoqlarini egallash uchun kurashni kuchaytirdilar 1884- yilda Angliya bu hududlarni zabt etdi. Ular o’rtasidagi nizo 1889- yilgacha cho’zilib, nihoyat bir bitimga kelindi. XIX asr 80–90- yillarda Fransiya G’arbiy va markaziy Afrikada juda katta mustamlaka imperiyasini vujudga keltirdi. Fransiya 1886- yilda Madagaskarni ham bosib oldi. 1874- yildan 1887- yilgacha o’tgan davr ichida Angliya Malayya yarimorolidagi davlatlar 114
ustidan protektorati o’rnatdi .Angliya bu davlatlardan juda katta foyda olardi. 80-yillarning boshlarida Fransiya Hindistonning janubiy qismini bosib olishga kirishdi. 1883- yilda Annani egalladi, fransuz agressiyasi V’etnam xalqining qattiq qarshiligiga duch keldi. Xitoy ham fransuzlarga qarshi urushga kirdi, 1885-yil martda Long Song yonida fransuzlarga zarba berdi. Lekin, 1885- yilda fransuzlar Tonkinni bosib olishga erishdilar. Bu bilan fransuzlar Hindiston chegaralarigacha bo’lgan hududlarni o’z mustamlakalariga aylantirdilar. Fransiyani Hindistonga “yaqinlashtirmaslik“ uchun 1885- yilda inglizlar Birmani bosib oldilar. Fransuz Hindixitoyi bilan Britaniya Hindistoni o’rtasida “oraliq” davlat sifatida Tailand qoldi. Keyinchalik u ham ingliz-fransuz “ta’sir doirasi“ga kirdi.
Germaniya XIX asrning 70- yillaridan mustamlakalar egallashga urinsa-da, Bismark bunga jur’at eta olmadi. 80- yillarning boshlarida Britaniya-Fransiya, Fransiya-Italiya o’rtasidagi, 70- yillarning ikkinchi yarmidan Britaniya-Rossiya munosabatlarining keskilashuvi natijasida, Germaniya qa’tiyatlik bilan o’zining mustamlakachilik siyosatini boshladi. 1884- yilda dastlab Janubiy G’arbiy Afrika yerlari, so’ngra Togo va Kamerun hududlari, 1885-yilda G’arbiy Afrika va Yangi Gvineyaning shimoli-sharqiy qusmlarini bosib oldi.
1885–1887- yillarda Bolqonda vaziyat keskinlashdi. 1887- yil iyulda 1881-yildan amal qilib kelayotgan “betaraflik“ haqidagi Avstriya-Vengriya va Germaniya-Rossiya bitimining muddati tugadi. Rossiya-Avstriya bilan bitim tuzishni istamadi, shuning uchun Rossiya-Germaniya bitimi tuzildi. Bu bitim “Hadiksirash bitimi“ deb nom oldi. Chunki, rus hukumati Germaniya Fransiyaga hujum qilganda betaraf qololmaganidek, Germaniya ham Rossiya Avstriyaga hujum qilsa betaraf qolaolmas edi. Fransiya-Rossiya munosabatlari Germaniyaning “g’ashiga“ tegar edi. Shu tufayli 1887- yilda nemis hukumati Rossiyaga qarz berishni to’xtatdi. Rus qimmatbaho qog’ozlari Reyxsbank tomonidan rad etildi. Rossiya hukumati Parij bankiga murojaat qilib, Berlin rad etgan va o’ziga kerakli bo’lgan pulni oldi. Germaniya Rossiya munosabatlari keskinlashgach, Germaniya Angliya bilan yaqinlashishga harakat qildi. Biroq, 115
Angliya nemislarning ittifoqchilik haqidagi taklifini rad etdi. 1890- yilda Bismark iste’fo berishga majbur bo’ldi. Uning o’rniga hokimiyat tepasiga Kaprivi keldi. Kaprivi 1887- yildagi bitimning mustahkamligiga ishonmadi va uni bekor qildi.
Mustamlakalar egallashda, ayniqsa Tunis tufayli Italiya-Fransiya munosabatlari keskinlashdi. Tunisda fransuz kapitali hukmron edi. Yosh italiyan burjuaziyasi bu hukmronlikni o’z qo’liga olmoqchi edi shunday qilib, Fransiya bilan Italiya o’rtasida “boj urushi“ boshlandi. Bu urush 1886- yildan 1898-yilgacha davom etdi.
Germaniyanig “Hadiksirash bitimi“dan voz kechishi Rossiya-Fransiya ittifoqiga turtki berdi, 1891- yildan Rossiya bilan Fransiya o’rtaida bitim tuzildi.
1892- yilda harbiy konvensiya ishlab chiqldi. Konvensiyada qarshi kuchlar hujum qilganda, Rossiya bilan Fransiya bir vaqtning o’zida safarbarlik e’lon qilishi lozim edi. 1893- yilda konvensiya ratifikatsiya qilindi.
XIX asr oxirida Xitoy tufayli kapitalistik mamlakatlar o’rtasida kurash kuchaydi. Bunga 70- yillardayoq Tayvan orolini bosib olgan yaponlar asos solgan edi. 1894- yilda Yaponiya urush e’lon qilmasdan Xitoy yerlariga hujum boshladi. Xitoy armiyasi tor-mor qilindi. 1895- yilda Yaponiya hukumati Xitoyga sulh shartalrini majburan qaabul qildirdi. Simonesiki sulhi shartiga ko’ra, Tayvan oroli, Tyanzisi va Pekinga kirib boradigan dengiz yo’lida joylashgan Port-Arttur hamda Lyaodun yarim orolini Yaponiyaga berdi. Xitoyga qaram bo’lgan Koreya “mustaqil” bo’ldi. Yaponiya Lyaodun va Koreyani bosib olgach, Rossiyaning uzoq sharqiga xavf sola boshladi. Fransiya Rossiyaning ittifoqchisi bo’lgani sababli yapon agressiyasiga qarshi yordam berishni va’da qildi.
Yaponiya-Xitoy munosabatlariga aralashish Uzoq Sharqda ta’sir o’tkazish imkonini beradi, deb hisoblagan Germaniya ham bu janjalga qo’shilgan edi. Rossiya, Fransiya va Germaniya Yaponiyadan bosib olingan yerlardan voz kechishni talab qildilar, aks holda yapon suvlariga o’z harbiy dengiz kuchlarini yuborish bilan po’pisa qildilar. Uch davlatning tazyiqi ostida Yaponiya chekinishiga majbur bo’ldi. Ammo Tayvanni o’zida saqlab qoldi. Lyaodun yarim oroli Xitoyga qaytarildi, buning evaziga Xitoy Yaponiyaga to’laydigan tovon 116
miqdori ko’paytirildi. Xitoyda mablag’ yo’q edi. Shuning uchun Rossiya bilan Fransiyadan qarz oldi. Bu ularga o’z kapitallarini Xitoyga kirish imkonini berdi. 1896- yilda Rossiya-Xitoy ittifoqi tuzildi, unga ko’ra, Yaponiya Xitoyga hujum qildudek bo’lsa, Rossiya Xitoyni himoya qilish majburiyatini oldi.
Rossiya hukumatining Uzoq Sharqda Yaponiya ustidan qozongan diplomatik g’alabasi 1896- yilda Sharqiy Xitoy temir yo’lini qurish va ekspluatatsiya qilish imkoniyatini berdi. Bu Baykal bo’yidan Vladivostokgacha boruvchi yo’lni Xitoy hududidan o’tkazish, binobarin, qurilishini tezlashtirish imkonini berardi. 1897- yilda Germaniya Szyaochjouvan buxtasini bosib oldi va Xitoyni Szyaochjouvanni Germaniyaga “ijaraga berish haqida”gi shartnomani imzolashga majbur qildi. Rus hukumati bunga qarshilik qildi, lekin Port-Arturni olgach, ortiqcha monelik qilmadi. 1898- yilning boshlarida Lyaodun yarimorolini Rossiyaga ijaraga berish haqida rus-xitoy bitimi tuzildi.
Uzoq Sharqda o’zini “xo’jayin” hisoblagan Britaniya kapitali Xitoyda birinchi o’rinda edi. Chunki, XIX asrning 60- yillarida Gonkong-Shanxay banki inglizlarning eng yirik mustamlaka banklaridan biri edi. Xitoy dengiz bojxonasi ustidan inglizlar nazorati o’rnatilgan edi. Buyuk Britaniya 90- yillarga qadar Xitoyda zamonaviy harbiy dengiz bazasi bo’lgan yagona davlat edi.
Britaniya Rossiyani Osiyo uchun kurashda o’zining asosiy raqibi deb bilardi. 1896- yilda Angliya Yaponiyaga qarshi Germaniya, Rossiya va Fransiya talablariga qo’shilishdan bosh tortdi. Britaniya Yaponiya bilan munosabatlarini buzishni istamas, chunki Rossiyaga qarshi kurashda Yaponiyadan foydalanishni nazarda tutardi.
Ingliz hukumati strategik ustunlikka erishish uchun Veyxey portini bosib oldi. Temiryo’l qurilishi Rossiya bilan Fransiya ta’siriga tushib qolmasligi uchun inglizlar Xitoy hukumatidan ko’proq temiryo’l konsessiyasi olishga intildilar. Janubda Hindi-Xitoy bilan qo’shni yerda temiryo’l konsessiyasini Fransiya qo’lga oldi. Shandun temir yo’l qurilishi va kon sanoati Germaniya ta’sirida edi. Britaniya hissasiga Xitoyning eng boy Yanszi daryosi havzasi, Gonkongga yaqin materikda joylashgan Kanton bilan Guandun viloyati qoldi. Xitoy xorijiy davlatlar 117
tomonidan shu tariqa bo’lib olindi. Bu davrda AQSh ham Xitoyda o’z ta’sir doirasiga ega bo’lishni istardi. AQSh monopolistlari 90- yillarda Xitoyga bostirib kirishni o’zlariga asosiy maqsad qilib oldilar. 1899- yil sentyabrda AQSh davlat kotibi Xeyning “ochiq eshiklar va teng imkoniyatlar” siyosati e’lon qilindi va “Xey” doktrinasi deb nom oldi. O’zining iqtisodiy kuch-qudratiga ishongan Amerika kapitali Xitoyda barcha raqiblarini yengishga umid bog’ladi. Bu AQShning o’ziga xos bo’lgan diplomatiyasi va mustamlakachilik siyosatidan tanlangan yo’li bo’ldi.
Xitoy bo’linib olinayotgan bir vaqtda dunyoning boshqa turli nuqtalarida o’ziga hos kurashlar ketayotgan edi. Jumladan diplomatiya tarixida “Fashoda inqirozi” deb nomlanuvchi voqea ham huddi shu davrda yuz berdi. Bu inqiroz quyidagicha ro’y berdi. 1896- yilda Italiya Habashistonni bosib olishga kirishdi. Biroq italiyaning ekspeditsion korpussi Adua yonidagi jangda butunlay tormor qilindi. Habashiston bu kurashda o’z mustaqiligini saqlab qoldi.
1896- yilda Angliya Sudanni bosib olishga kirishdi. 1898- yilda mahaliy aholining qarshiligiga qaramay Xartumni egalladi. Ingliz ekspiditsion korpussi Nil daryosining yuqori qismida, Fashoda qishlog’i yaqinida fransuz kapitanni Marshan qo’mondonligidagi qo’shinga duch keldi. Marshanning maqsadi inglizlarga Nil daryosining yuqori qismini egallashga yo’l qo’ymaslik edi. Mrashan bu yerda joylashib olib, Misrda fransuzlar ta’sirini kuchaytirishga yordam berishi lozim edi. Ingliz qo’shinlari qo’mondoni Kitchener Marshanaga Nil havzasidan “ketishini” taklif qildi, taklif rad etilsa, urush boshlanadi, deb Fransiyaga po’pisa qildi.Marshan hukumat ko’rsatmasi bilan “yon berdi”. Tez orada Sudanni bosib olish tuggalandi.
AQSh yuqorida Xitoy masalasidagina faol tashqi siyosat olib borganliginigina keltirdik, bu davrda o’z diplomatiyasini o’ziga hududiy yaqin mamlakatlarga iqtisodiy ekspansiyalar uyushtirishida yaqqol namoyon bo’ldi. Bu AQSh diplomatiyasining o’zigagina hos bo’lgan, va tanlangan yo’li edi. Maslan, Panamerkanizm siyosatini yuritdi endigina Yevropadan mustaqil bo’lgan Lotin Amerikasi mamlakatlariga turli niqoblarda asosan iqtisodiy jihatdan yorib kirib 118
borishga harakat qildi va “Amerika amerikaliklarniki“ deya shior bilan o’z ekspansiyasini amlga oshirdi. AQSh Lotin Amerikasida hukmron bo’lib olish uchun kurashib, riyokorlik bilan "Xamma Amerika mamlakatlarining manfaatlari bitta", degan g’oyani targ’ib qilib keldi. 1889- yilda AQSh Davlat departamenti tashabbusi bilan Vashingtonda birinchi Panamerika konferensiyasi chaqirildi. Birinchi Panamerika konferensiyasining birdan bir aniq natijasi xalqaro “Amerika respublikalari s’yezdi” degan assotsiatsiyasi tuzishdan iborat bo’ldi. AQShning G’arbiy yarim shardagi mamlakatlar ustidan tanho hukmronlik qilishga qaratilgan Panamerikanizm siyosati shu tariqa vujudga keldi. 80- yillarda Venesuela bilan Britaniya Gvineyasi o’rtasidagi ziddiyat juda kuchayib ketganda AQSh “Monro doktrinasi”ga tayanib, bu janjalni bartaraf qilishda o’zi vositachilik qilmoqchi bo’lganligini Angliyaga ma’lum qildi. 1899- yilda Venesuela masalasi hal etildi. Ko’p o’tmay, Samoa orollari ham qo’lga kiritildi.
XIX asrning oxirida AQSh nihoyatda qudratli davlatga aylandi. Ispaniyaga qarashli Kuba oroli Amerika hukmron doiralarining havasini keltirardi. AQSh Ispaniyaga qarshi urushga tayyorlana boshladi. AQSh o’z fuqarolarining manfaatini himoya qilish bahonasi ostida 1898- yil 15- fevralda Kuba sohillariga o’z harbiy kemasini yubordi. Bu harbiy kema Gavana reydida turgan joyda noma’lum sababga ko’ra portlab ketdi. Natijada, 268 kishi halok bo’ldi, 100 ga yaqin kishi esa yarador bo’ldi. AQSh bu qo’poruvchilikda Ispaniyani aybladi va Kongress 1898- yil 22- aprelda Ispaniyaga qarshi urush harakatlarini boshlash haqida qaror qabul qildi. Bu dunyoni qayta bo’lib olish yo’lidagi birinchi urush edi. 3 oy davom etgan urushda Ispaniya yengildi va sulh so’rashga majbur bo’ldi. 1898- yil 10- dekabrda Parij shahrida AQSh-Ispaniya tinchlik shartnomasi imzolandi. Unga ko’ra, AQSh Puerto Riko va Guam orollariga, Ispaniyaga 20 mln. dollar to’lab Filippinga ega bo’lib oldi. Gavayi orollari batamom anneksiya qilib olindi. 1898- yilda Kuba nomiga mustaqillik oldi. Amalda esa AQShga qaram bo’lib qolaverdi. Bundan ko’rinib turibdiki, asr oxiriga kelib o’zaro ixtiloflarni qurol yordamida yechishga turtki bo’ldi. 119
Do'stlaringiz bilan baham: |