Nazorat uchun savollar:
1. Pyotr I davrida nima sababdan Pol’shaga Rossiya ta’siri kuchaydi?
2. Kanada qachon Fransiya mustamlakasiga aylantirildi va uning oqibati nimadan iborat?
3. Angliyadagi Ost-Indiya kompaniyasi faoliyati haqida ma’lumot bering? 74
4. Angliya Ispaniya merosi uchun keskin kurash olib borilganligining asosiy sabablari va oqibatlari nimadan iborat?
5.1763-yil Versalda imzolangan Angliya, Fransiya va Ispaniya o’rtasidagi sulh shartnomasining shartlarini ayting?
6. Rus – Turkiya urushining kelib chiqish sabablari nimadan iborat?
7. Fransuz monarxiyasi xalqaro obro’yiga ta’sir etgan voqeani izoxlang?
8. Nima sababdan Avstriya qo’shinlari mag’lubiyatga uchradi?
9. Qachon Fransiya Avstriya bilan ittifoq tuzdi va uning oqibatlari nimadan iborat?
10. Angliya – Rossiya munosabatlarining keskinlashuviga sabab bo’lgan omillar?
XIX – XX ASR BOSHIDA XALQARO MUNOSABATLAR VA DIPLOMATIYA
REJA:
1. XVIII asr oxiri – XIX asr boshida xalqaro munosabatlar.
2. Vena kongressi.
3. 1815 – 1850-yillardagi xalqaro munosabatlar
Tayanch so’z va iboralar: Fransiyada inqilobiy harakatlar. Direktoriya. Napaleon. Koalitsiya. Gegemoniya. Direktoriya. Austerlits jangi. Reyn ittifoqi. Shenburunn tinchlik shartnomasi. Borodino jangi. “Xalqlar jangi”. Burbonlar. Kontinental qamal. Vena kongressi. Metternix tizimi. Muqaddas ittifoq. Konvensiya. Usmoniylar imperiyasi. Bolqon. Yunoniston. Rossiya – Turkiya urushlari. Adrianopol sulhi.
XVIII asr oxiri – XIX asr boshida xalqaro munosabatlar. 1789-yilda Fransiyada Lyudovik XIV absolyut monarxiyasining qulashiga olib kelgan inqilob ro’y berdi. Ushbu voqea inqilobiy Fransiyaga qarshi birlashtirgan butun Yevropani harakatga keltirdi. 1791-yil 27-avgustda Saksoniyaning Pilnits qasrida Avstriya va 75
Prussiya o’rtasida deklaratsiya imzolandi. 1792-yilning 7-fevralida Fransiyaga qarshi Yevropa davlatlarining birinchi koalitsiyasiga (ittifoqiga) asos solindi.
Fransiyaning o’zida ushbu xabar vatanparvarlik harakatini keltirib chiqardi. Federatlarning qurollangan otryadlari tuzila boshlandi. Qonun chiqaruvchi majlis “Vatan xavf ostida!” deb e’lon qildi va hujumni kutib o’tirmasdan, Avstriyaga urush e’lon qildi. Harbiy harakatlar Fransiya uchun muvaffaqiyatsiz boshlandi. Avstriya bilan ittifoqda Prussiya ham harakatlar olib bordi. Uning armiyasi Fransiyaga bostirib kirdi va bir qator qal’alarni ishg’ol etdi. Biroq, Fransiya qurollanmoqda va safarbarlikni amalga oshirmoqda edi. Va 1792- yilning 20-sentyabridayoq fransuzlar Valmi qishlog’i yonida prusslarning hujumini qaytardi. Ushbu jangdan so’ng Fransiyaning inqilobiy armiyasi Belgiya, Reyn daryosining chap sohili, Nitssa va Savoyyani egalladi. Ushbu yerlarning bir qismi Fransiyaga qo’shib olindi. Ammo, qirolning qatl qilinishi Yevropa monarxlarini hayajonga soldi. Koalitsiyaga Angliya va Ispaniya qo’shildi. Rossiya emigrantlar armiyasiga moliyaviy yordam ko’rsatdi. Yakobinchilar diktaturasi o’matilishi bilan, fransuz qo’shinlari 1794- yilning boshiga kelib o’z davlatining yerlarini interventlardan tozalashga erishdi va urush dushman hududlariga ko’chirildi. iyun oyida Fleryus qishiog’i (Belgiya) yonida fransuzlar Avstriya armiyasining asosiy kuchlarini tor-mor etdi. Koalitsiya (ittifoq) mag’lubiyatga uchradi.
Fransiyaning o’zida esa 9- termidor aksilinqilobiy to’ntarilishi ro’y berdi, yakobinchilar diktaturasi quladi. Biroq, ushbu hokimiyat almashuvi ham uzoqqa cho’zilmadi. Direktoriyaning o’rniga Napoleon Bonapart keldi va o’zining yakka hokimiyatini o’rnatdi. Konsullik va Birinchi imperiya davrida Fransiya to’xtovsiz urushlar olib bordi. Bosib olingan mamlakatlarni fransuz mollari sotiladigan bozorlar va Fransiya sanoati uchun xomashyo manbasiga aylantirish siyosati olib borildi.
Shuni ta’kidlash lozimki, Napoleon olib borgan urushlarning asosiy maqsadi, Yevropada Fransiyaning ustunligini o’rnatish uchun kurash edi. Fransiyaga qarshi ittifoqlarga kirgan mamlakatlar: Angliya, Rossiya, Avstriya va Prussiya nafaqat fransuz gegemoniyasiga qarshi kurashdilar, balki o’zlarining 76
maqsadlariga ham ega edilar. Lekin, XIX asr boshida xalqaro munosabatlarning markazida Angliya va Fransiya o’rtasidagi raqobat turardi.
1800- yilda ichki ziddiyatlar tufayli Fransiyaga qarshi ikkinchi koalitsiya tarqab ketdi. 1801- yilda Rossiya va Avstriya bilan tinchlik shartnomalari imzolandi. Natijada Fransiyaning hokimiyatini endilikda butun Italiya, Belgiya, Gollandiya va bir qator german knyazliklariga yoyildi.
1802- yilda Amen shahrida Angliya bilan xalqaro shartnoma imzolandi. Uning bandlariga ko’ra, Fransiya va Angliya Yevropadagi tartibni saqlash majburiyatini oldilar. Biroq, tinchlikning umri qisqa bo’ldi. Va 1803- yilda harbiy harakatlar qaytadan boshlanib ketdi. 1805- yilda Yevropa davlatlarining uchinchi koalitsiyasi (ittifoqi) shakllandi. Unga Angliya, Rossiya, Avstriya va Neapolitan qirolligi kirdi.
1805- yil 21- oktyabrda Trafalgar bumi yonidagi jangda admiral Nelson qo’mondonligidagi ingliz floti birlashgan fransuz-ispan flotini mag’lub etganidan so’ng Napoleon barcha kuchlarini avstiryaliklarga qarshi qaratdi. 1805- yilning oktyabrida Avstriya armiyasi taslim bo’ldi va fransuz qo’shinlari Venaga kirib keldi.
Dekabr boshida Austerlits yonidagi jangda Rossiya va Avstriyaning birlashgan kuchlari mag’lubiyatga uchradi. Tez orada Avstriya va Fransiya o’rtasida tinchlik shartnomasi imzolandi. 1806- yilda Napoleon protektorati ostida 16 german davlatidan iborat “Reyn ittifoqi” tashkil etildi. Shu tariqa German millatining Muqaddas Rim imperiyasi quladi.
1806- yilda Fransiyaga qarshi to’rtinchi (Angliya, Prussiya, Rossiya va Shvetsiya) koalitsiya shakllandi. Lekin, o’sha yilning o’zida Yena va Auershtedt yonidagi janglarda Prussiya armiyasi tor-mor etildi. 1806- yil oktyabrda Bonapart Berlinga kirib keldi va bu yerda Yevropa davlatlari iqtisodiyotiga jiddiy zarba bergan, kontinental (qit’aviy) qamal to’g’risidagi dekretni imzoladi (1806- yil 21-noyabr). Dekretga ko’ra, butun Fransiya va unga qaram bo’lgan mamlakatlarda Buyuk Britaniya bilan savdo qilish man etildi. 77
O’zining asosiy vazifasini Angliyani tor-mor etish va Fransiyaning gegemoniyasini o’rnatishni Napoleon Rossiya bilan vaqtinchalik murosaga kelish yoki orqali hal etishga urindi. Tilzit shartnomasiga (1807- yil 7- iyul) binoan, Rossiya Yevropada Bonapart tomonidan amalga oshirilgan o’zgarishlami tan oldi va kontinental (qit’aviy) qarnalga qo’shildi. Shu yerning o’zida Fransiya–Prussiya tinchlik shartnomasi ham imzolandiki, unga ko’ra, Prussiya davlati qisqartirilgan ko’rimshda saqlab qolindi. Prussiya ham kontinental (qit’aviy) qamalga qo’shildi.
1808- yilda boshlangan Ispaniyaning okkupatsiyasi natijasida Napoleon Fransiyasiga qarshi beshinchi koalitsiya tuzildi (1809- yil) va uning tarkibiga faqat Angliya va Avstriya kirdi. 1809- yil iyulda Vagram yonidagi jangda fransuzlar armiyasi avstriyaliklarni mag’lub etdi. O’sha yilning oktyabrda Shenburunn tinchlik shartnomasi imzolandi, Unga binoan, Avstriya hududlari qisqartirildi. Bundan tashqari, u armiyasining sonini kamaytirishi, kontributsiya (urushda yengilgan davlat tomonidan g’olib davlatga to’lanadigan tovon) to’lashi va kontinental (qit’aviy) qamalga qo’shilishi majbur edi.
1812- yilning boshiga kelib Fransiya–Rossiya munosabatlarinng keskinlashishi oqibatda urushga sabab bo’ldi. Urush 1812- yil 24- iyunda boshlandi. 26- avgustda bo’lib o’tgan “Borodino jangi”da fransuzlarning talofati 60 ming askarni tashkil etdi. Garchand rus armiyasi chekingan bo’lsa ham, lekin o’z jangovarligini saqlab qoldi. 1812- yil 14- sentyabrda fransuzlar Moskvaga kirib kelishdi, biroq atrofda partizan urushi, xalq urushi avj olayotgan edi. 1812- yil 12-oktyabrda Napoleon armiyasi Moskvani tark etishga majbur bo’ldi. Keyinchalik Bonapartning o’zi ham armiyasini tashlab, Parijga jo’nab ketdi. Fransuz armiyasining Rossiyadagi mag’lubiyati “yengilmas” Napoleon imperiyasining qulashini boshlab berdi.
1812- yilning bahorda Fransiyaga qarshi oltinchi koalitsiya tashkil etildi. Uning tarkibiga Rossiya, Angliya, Shvetsiya, Prussiya, Ispaniya, Portugaliya, Avstriya kirdi. Hal qiluvchi jang 1813- yil 16–19- oktyabrda Leypsig shahri yonida ro’y berdi. “Xalqlar jangi” natijasida Napoleon mag’lub bo’ldi va Reyn daryosi ortiga chekindi. 78
1814- yil mart oyining boshida ittifoqchilar Napoleonni to’la tor-mor qilmaguncha urush harakatlarini olib borish to’g’risidagi shartnomani imzoladilar. 31- martda ittifoqchilar Parijga kirib keldi. Napoleon o’z o’g’li foydasiga taxtdan voz kechdi. Biroq, senat va Yevropa davlatlari Fransiya taxtida Burbonlarni tiklashdi. Napoleon Elba oroliga badarg’a qilindi. 1814- yil 30- mayda Parijda tinchlik shartnomasi imzolandi. Unga binoan, Fransiya 1792- yil chegaralariga qaytarildi. Napoleonga xayrixoh bo’lgan kayfiyatlar yana jonlandi. 1815- yil 1-martda Napoleon Fransiyaning janubiga borib tushdi va 20- martda Parijga qaytib keldi. Imperiya tiklandi. Napoleonga qarshi oxirgi, yettinchi koalitsiya tashkil etildi. 1815- yil 18- iyunda Vaterloo yonidagi jangda Napoleon armiyasi batamom tor-mor etildi. Napoleonning o’zi Muqaddas Yelena oroliga surgun qilindi va bu yerda 1821- yilda vafot etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |